Mavzu: Uzluksiz ta’lim tamoyillari mazmun va mohiyatini izoxlang



Download 49 Kb.
Sana22.11.2019
Hajmi49 Kb.
#26815
Bog'liq
Mustaqil O’zbekistonda uzluksiz ta‘lim


Mavzu: Uzluksiz ta’lim tamoyillari mazmun va mohiyatini izoxlang

Reja:


1. Mustaqil O’zbekistonda ta‘limning uzluksizligi va izchilligi.

2. Ta‘lim mazmunini shakllantirish.

3. Davlat ta‘lim standartlari.

4. O’quv rejalari va dasturlari.

Mustaqil O’zbekistonda ta‘limning uzluksizligi va izchilligi

Mustaqil O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy taraqqiyotning demokratik – huquqiy, fuqarolik jamiyatini qurish yo’lidagi ishlar boskichma-bosqich amalga oshirilmoqda. “... barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi, ... fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma‘naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, eng muhim vazifalardan biri bo’lib qoladi”. (Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, “SHarq”, 1998. 3-b). Shu boisdan ilk qadamlardanoq milliy ta‘lim-tarbiya tizimini jahon andozalari darajasiga chiqarish maqsad qilib qo’yildi. Bunday ulug’vor vazifalarni amalga oshirishni mamlakatdagi mavjud uzluksiz ta‘lim tizimini isloh qilmasdan ta‘minlab bo’lmas edi.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997) xuddi shu maqsadga qaratilgan tarixiy davlat hujjatidir. Unda uzluksiz ta‘limga shunday ta‘rif beriladi: “Uzluksiz ta‘lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.

Uzluksiz ta‘lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma‘naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning ildam tayyorlanishi uchun zarur shart – sharoitlar yaratadi” (O’sha manba, 43-b).

“Uzluksizlik” – to’xtovsiz, muntazam davom etuvchi jarayon tushunchasini anglatadi. “Uzluksiz ta‘lim”, tushunchasi yuqoridagi fikrga monand – komil shaxs ta‘lim – tarbiyasini uzluksiz yo’lga qo’yishni anglatadi.

Muhammadi Rasululohning muborak xadislarida: “Beshikdan qabrgacha ilm izla!”, - deyilgan. Demak, buyuk ajdodlarimiz ham barkamol avlod ta‘lim-tarbiyasi uzluksiz bo’lishi lozim deb hisoblashgan (Imom Ismoil Buxoriy. Hadis. 1- kitob. Toshkent, “Meros”, 1991. ....-b.)

Faqat uzluksiz davom etuvchi pedagogik jarayonlardagina barkamol shaxs shakllanishi mumkin. Shaxsni shakllantirmasdan, rivojlantirmasdan turib, davlatni ham, jamiyatni ham, rivojlantirish mumkin emas. Uzluksiz ta‘lim shaxs kamoloti jarayoniga jadal ta‘sir ko’rsatuvchi eng muhim omildir.

Kadrlar tayyorlashning milliy modeli: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz, ta‘lim, fan, ishlab chiqarishdan iborat yaxlit jarayon komponentlarini o’z ichiga oladi. Binobarin, shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub‘ekti va ob‘ekti, ta‘lim xizmatlarining iste‘molchisi va muallifi; davlat va jamiyat – ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi, qabul qiluvchi ijtimoiy hodisa, kafolatchilar; uzluksiz ta‘lim - raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi, ta‘lim turlari va standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimini o’z ichiga oladi; fan – yuksak soviyali pedagogik texnologiyalarni ishlab chiquvchi kuch; ishlab chiqarish - kadrlar tayyorlashga, ularning sifatiga qo’yiladigan talablar buyurtmachisidir.

Uzluksiz ta‘limining faoliyat ko’rsatish tamoyillari quyidagilarni o’z ichiga olishi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ko’rsatib o’tilgan:

-ta‘limning ustuvorligi (jamiyatda yuksak darajadagi bilim, ta‘lim va intellekt nufuzining yuqori qo’yilishi);

-ta‘limning demokratlashuvi (ta‘lim – tarbiya uslublarini tanlashda o’quv yurtlari mustaqilligi ...);

-ta‘limning insonparvarlashuvi (inson qobiliyatlarining ochilishi va ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlarning ustuvorlashuvi);

-ta‘limning ijtimoiylashuvi (ta‘lim oluvchilarda estetik did, ma‘naviyat, ijodiy fikrni shakllantirish);

-ta‘limning milliy yo’naltirilganligi;

-ta‘lim va tarbiyaning uzviyligi;

-iqtidorli yoshlarni aniqlash, yuksak darajali, jadal ta‘lim olishga shart-sharoitlar yaratish.

Uzluksiz ta‘limni isloh qilish jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida zaruratga aylandi. Buning uchun milliy istiqlol davrida ob‘ektiv va sub‘ektiv shart-sharoitlar yetildi. Respublikamizning milliy xususiyatlari, umumbashariy talablar, xalqimiz mentalitetiga dahldor omillar hisobga olinib, uzluksiz ta‘limning quyidagi islohot yo’nalishlari, tizimi va turlari belgilandi:

Uzluksiz ta‘lim yo’nalishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

a) ta‘lim tizimida kadrlar salohiyatini, pedagoglar kasbiy nufuzini oshirish;

b) davlat va nodavlat ta‘lim muassasalarini rivojlantirish;

v) ta‘lim tizimini, ta‘lim dasturlarini tubdan qayta qurish;

g) majburiy umumiy o’rta ta‘limdan o’rta maxsus kasb-hunar ta‘limiga o’tishni ta‘minlash;

d) fan va ishlab chiqarish integratsiyalashgan yangi tipdagi o’quv muassasalarini vujudga keltirish;

e) ilg’or texnologiyalarni keng o’zlashtirish;

yo) ta‘limning boshqaruv tizimini takomillashtirish;

j) ta‘lim olishda xalqaro fondlar, xayriyalar, jamoat tashkilotlari rolini kuchaytirish;

z) ta‘lim va ilm-fan bilan bog’liq xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish; va boshqalar.

Uzluksiz ta‘lim tizimining faoliyati davlat ta‘lim standartlari (asosida) va turli darajadagi ta‘lim dasturlari izchilligi asosida yo’lga qo’yiladi. U quyidagilarni o’z ichiga oladi:

a) maktabgacha ta‘lim;

b) umumiy o’rta ta‘lim;

v) o’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi;

g) oliy ta‘lim;

d) oliy o’quv yurtidan keyingi ta‘lim;

e) kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

yo) maktabdan tashqari ta‘lim;

Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlaridir.

Ta‘lim mazmunini shakllantirish

Ta‘limning mazmuni deb, o’quvchilarning o’quv jarayonida egallashi lozim bo’lgan va maxsus tizimga solingan bilim, ko’nikma, malakalarning aniq belgilangan doirasiga aytiladi. Ta‘limning mazmuni uning maqsadidan kelib chiqadi. Ya‘ni, ta‘lim qanday maqsadga qaratilgan bo’lsa, uning mazmuni shu maqsadga muvofiqlashtiriladi.

O’zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to’g’risida” gi Qonuni (1997 yil) da ta‘limning dunyoviy harakterda bo’lishi lozimligi va DTS talablari asosida ta‘lim olishning hamma uchun ochiqligi alohida uqtirilgan (3-modda). (Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, “SHarq”, 1997 20-b).

Ta‘lim mazmunini shakllantirishda quyidagi omillarni hisobga olish taqoza etiladi:

1) milliy mafkura, ijtimoiy tuzum xususiyatlari;

2) mavjud ishlab chiqarish ehtiyojlari;

3) davlatning xalq ta‘limi tizimi va muayyan o’quv yurti oldiga qo’yadigan talablari;

4) o’qitish qoidalariga muvofiq keluvchi va o’quvchilarning intellektual, fiziologik, yosh imkoniyatlarini e‘tiborga oluvchi didaktik talablar (Pedagogika. A.Q. Munavvarov tahriri ostida. Toshkent, “O’qituvchi”, 1996. 68-b.).

SHuni ta‘kidlash lozimki, maktab ta‘limining mazmunining tarixiy va sinfiy xususiyatiga ega ekanligi kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida namoyon bo’lgan. Chunki, o’tmishdagi barcha davrlarda, ijtimoiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida ta‘limning mazmuni va hajmi (parametrlari) o’sha davr, o’sha ijtimoiy-iqtisodiy tuzum mafkurasi, talab va ehtiyojlari, fan-texnika taraqqiyoti darajasi bilan belgilab kelingan.



Hozirgacha pedagogika nazariyasi fanida ta‘lim mazmunini belgilash muammosiga doir ikki xil qarash mavjud:

а) “shakl ma‘lumot” tarafdorlari;

b) “moddiy ma‘lumot” tarafdorlari;

SHakl ma‘lumot” tarafdorlari maktab ta‘limi mazmuni o’quvchilarning fan asoslarini o’rganishini emas, balki atigi yoshlarning qobiliyat va tasavvurlarini o’zgartirishi zarur deb hisoblaydilar. Shunga ko’ra ularning tavsiyasida ta‘limning tillar (lotin, yunon) va matematika fanlaridan tashkil topishi zarurligi belgilab qo’yildigan edi. Bunday yondashuv oqibatida maktablar ta‘limi turmushdan ajralib qoldi.

Moddiy ma‘lumot” nazariyasi (XX asr boshi) tarafdorlari maktab ta‘limida yoshlarga turmushda foyda beruvchi ilmlar o’rgatilsa kifoya, bola qobiliyati rivojlanaveradi. Alohida fanlarni o’qitish shart emas, degan fikrni olg’a surdilar.

Yuqorida ta‘kidlangan har ikkala nazariyalar ham amaliy hayotda o’z isbotini topmadi va pedagogika fani nazariyotchilari tomonidan o’tkir tanqid ostiga olindi.

Ta‘lim mazmunini dunyoviylashtirish uchun utmishda o’z hayotini xavf ostiga qo’yish evaziga kurashgan jadid-ma‘rifatparvarlarning say‘i-harakatlari o’z davri va hozirgi davr nuqtai-nazaridan ijobiy baholanmoqda (Qosimov B., Ismoilbek Gaspirali. Toshkent, “O’qituvchi”, 1992).

Milliy istiqlol davrida ta‘lim mazmunini shakllantirish muammosini hal qilishda o’tmish pedagogikasi merosining ilg’or jihatlariga, xalqimizning milliy xususiyatlariga, milliy istiqlol mafkurasiga, O’zbekistonning o’z istiqlol va tanlangan taraqqiyot yo’liga, hozirgi ijtimoiy taraqqiyot bosqichidagi mamlakatimiz hamda umumbashariy ehtiyojlarga alohida e‘tibor berildi.

Ta‘lim mazmuni o’quv rejalari, dasturlari va darsliklarda DTS talablari doirasida o’z aksini topgan.
Davlat ta‘lim standartlari (DTS)

“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning “Dasturni bajarish uchun javobgar shaxslar oldiga qo’yilgan vazifalar” (“SHarq”, 1999) mavzusi bilan boshlangan Xalq ta‘limi vazirligi “Axborotnomasi” ning maxsus 7 ta sonida (7 ta kitob) da Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o’rta ta‘limning davlat ta‘lim standartlari” (DTS) ni tasdiqlash to’g’risida” (16.08.1999) gi Qarori, fanlar bo’yicha DTS va ularga sharh, yangi o’quv dasturlari mujassamlashgan” (DTS talqini va o’rta ta‘limda o’zbek filologiyasi parametrlari. 2 t. E. Shodmonov va b. Qarshi, “Nasaf”, 2001. 5-b.).



DTS – ma‘muriy hujjat bo’lib, u Respublikamiz xalq ta‘limi tizimiga ijtimoiy zarurat tufayli kirib keldi.

DTS da:


1) o’quvchilar umumta‘lim tayyorgarligiga qo’yiladigan majburiy minimal talablar;

2) ta‘lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullari;

3) ta‘limning barqaror darajasini ta‘minlash shartlari;

4) o’quv dasturlari, darsliklar, qo’llanmalar, me‘yoriy hujjatlarni yaratish asoslari bayon etilgan;

5) o’zining tarkibiy tuzilishi va mazmun-mohiyatiga ko’ra davlat va jamiyat, shaxs va ta‘lim muassasalarni maqomiga ko’ra muvozanatini ta‘minlaydigan;

6) individ (o’quvchi) shaxsi, uning qobiliyati, intellektual imkoniyatlari, qiziqishi ustivor omil sifatida qaralgan va ular milliy, umumbashariy, davlat va jamiyat manfaatlariga bo’ysundirilgan;

7) tayanch o’quv rejasi ta‘lim sohalarini me‘yorlashga, muassasaning moliyaviy ta‘minotini belgilashga asos bo’luvchi;

8) O’zR miqyosidagi barcha ta‘lim muassasalarida bajarilishi shart va majburiy bo’lgan ma‘muriy davlat hujjati hisoblanadi.


O’quv rejalari va dasturlari

O’quv rejasi deb, maktabda o’qitiladigan fanlar, ularni o’qitish uchun belgilangan o’quv soatlari va o’quv yili tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatiga aytiladi.

O’quv rejasi xalq ta‘limi Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Unga kiritilgan fanlarning hajmi, sinfi, soatlar miqdori, o’quvchilarning yoshi va bilim saviyasiga qarab belgilanadi.

O’quv dasturi deb, alohida olingan har bir fan uchun o’quv rejasi asosida tuziluvchi, o’quv fanini o’qitish jarayonida o’quvchilarga beriladigan bilimlar hajmi, tizimi, mafkuraviy yo’nalishini belgilab beruvchi davlat hujjatiga aytiladi. Dasturda muayyan o’quv yili va muayyan sinfda o’quvchi o’zlashtirishi zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar doirasi qisqacha ifodalab beriladi. Ta‘bir joiz bo’lsa, o’quv dasturi o’qituvchi uchun ta‘lim jarayonida yo’l ko’rsatuvchi kompasdir.

O’quv dasturida har bir sinfda o’qitiladigan fanning mavzulariga doir sarhadlari qat‘iy belgilangan, ilmiy-falsafiy asoslangan, nazariy qoidalarni amaliyot bilan bog’lashga qaratilgan, tarixiylik, muntazam ketma-ketlik, kontsentrik (markazlashgan) qoidalariga amal qilingan bo’lishi lozim.

Darslik deb, muayyan fan yuzasidan o’quvchilarga beriladigan ilmiy bilim, ko’nikma, malakalarni o’zida mujassam etgan, o’quv rejasi va dasturiga, o’quvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlariga, didaktik talablarga muvofiq keluvchi o’quv quroliga aytiladi.

Darslik – o’quvchi uchun “ikkinchi muallim”. Uni yaratishda mualliflar amal qilishi lozim bo’lgan alohida talablar mavjud (Pedagogika. A.Q. Munavvarov tahriri ostida. Toshkent, “O’qituvchi”, 1996. 73-74 bet).

Darsliklarda millat fikrining, millat tafakkuri va mafkurasining eng ilg’or namunalari aks ettirilishi kerak ... . Biz darslik yaratishga eng ilg’or va eng sharafli vazifa sifatida qarashimiz, yaxshi darslik yaratgan odamlarni boshimizga ko’tarishimiz kerak”, -degan edi Prezidentimiz I.A. Karimov (Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, “SHarq”, 1997. 8-b).



Adabiyotlar ro’yxati:
1. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1 tom. Toshkent, “O’zbekiston”, 1996.

2. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, “SHarq”, 1998.

3. Barkamol avlod orzusi. Sh. Qurbonov va b.tahr. ostida. Toshkent, “SHarq”, 1999.

4. Pedagogika. A.Q. Munavvarov tahriri ostida. Toshkent, “O’qituvchi”, 1996.

5. Tursunov I. va boshqalar. Pedagogika kursi. Toshkent, “O’qituvchi”, 1997.

6. Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika. Toshkent, “O’qituvchi”, 2001.

7. Hoshimov K. va boshqalar. Pedagogika tarixi. T., “O’qituvchi”, 2006. va b..

8. www.ziyonet.uz
Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish