Sana: 24.10.2013 Sinf:5 Fan: Ona tili Mavzu: Uyushiq bo`lakli gaplar va ularda Dars turi:yangi bilimlarni o`zlashtirish darsi Dars usuli:”Aqliy hujum”, axborot uzatish, mashqlar bajarish Dars jihozi: darslik, hayvonlar tasviri, mavzuga doir ko`rgazma, tarqatmalar va rangli baholar Darsning maqsadi: a) ta`limiy maqsad: uyushiq bo`laklar haqida ma`lumot berish; b) atrof-muhitni asrash ruhida tarbiyalash; d) o`quvchilarning ekologik madaniyati va saviyasini o`stirish Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: ( ingliz tilida)salomlashish, fan shiori, navbatchi hisoboti II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va uyga vazifa nazorati: G`arq pishgan olmalardan tatib ko`rishni xohlasangiz, “Olma daraxti”savollariga javob bering. va uning so`roqlari SAVOLLAR: 1.Aniqlovchilar necha xil bo`ladi? 2.To`ldiruvchi hokim bo`lakka qanday vositalar yordamida bog`lanadi? 3.Sodda yig`iq gap deganda nimani tushunasiz? 4.Gapning mazmuniy markazi nima? U ishtirok etgan gap tuzing. 5.Ega qaysi bo`lak bilan bog`lanadi va uning so`roqlari? 6.Kesim necha xil bo`ladi? 7.Hol deganda nimani tushunasiz? 8.Sifatlovchi aniqlovchi qanday savollarga javob bo`ladi? 9.Gap bo`laklari nechta? Sanang. 10.Sodda yoyiq gap deb qanday gapga aytiladi? YANGI MAVZU BAYONI Darsning rejasi: 1.Gapning uyushiq bo`laklari. 2.Uyushiq bo`laklarda tinish belgilarining ishlatilishi. Bir xil so`roqqa javob bo`lib, bir xil vazifada keladigan so`zlarga uyushiq bo`laklar deyiladi. Masalan:dadam, oyim va men hayvonot bog`iga bordik. 1.Maktab bog`iga manzarali, mevali ko`chatlar ekildi. 2.Tog`larda gullar, lolalar, dorivor giyohlar juda ko`p. Chittak, qarqunoq, qizilishton, zarg`aldoq kabi qushlar zararkunanda hasharotlarni qirib, katta foyda keltiradi. Sanash ohangi yordamida bog`langan uyushiq bo`laklar bir-biridan vergul bilan ajratiladi. 164-mashq darslikdan matnni o`qing. Jayra, tipratikan, jirafa, bo`taloq, zebra, maymun, ot, uloq, yo`lbars, timsoh,qoplon, jayron kabi so`zlarning ingliz tilidagi tarjimasini toping.
MUSTAHKAMLASH
165-mashq qavs ichidagi so`roqlarga uyushiq bo`laklari bilan javob berib, tinish belgilarini qo`ying. 166-mashq nuqtalar o`rniga bilan, va,-u, -yu bog`lovchi vositalarini qo`yib, gaplarni ko`chiring, uyushiq bo`laklarining tagiga chizing. Dars yakuni: o`quvchilar qo`lidagi rangli baholarga asosan rag`batlantiriladi uyga vazifa: 167-mashq O`zbekiston respublikasi madhiyasidagi uyushiq bo`lakli misralarni topib, daftaringizga ko`chiring. e`tiboringiz uchun rahmat! Tayyorladi:Yusupova Oygul- 39-IMI ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
Do'stlaringiz bilan baham: |