Mavzu: uyg'onish davrida tasviriy san'atni o'qitish metodlari reja: kirish I bob. Tasviriy san’at o’qitish metodikasi faníning nazariy mazmuni va ahamiyati


Adabiy asarga illyustratsiya ishlash



Download 2,05 Mb.
bet12/15
Sana18.02.2022
Hajmi2,05 Mb.
#451060
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Evropada Uyg`onish davri rassomlarining xizmatlari.

Adabiy asarga illyustratsiya ishlash.
Dekorativ kompozitsiya ishlaridan awal naqsh tuzishda
ishlatiladigan elementlami o‘ziga qarab rasmini chizish lozim.
Shuningdek, o‘quvchilarga tabiiy shaklni stillashtirish bo^icha
mashqlami bajarib borish foydalidir. Stillashtirish dekorativ tarzda qayta
ifodalanadigan shakllarning tuzilishi, silueti, rangiga taalluqlidir.
o’quvchilar naqsh namunalaridan ko‘chirish darslarida naqsh
chizishning o‘ziga xos xususiyatlari, ritm, simmetriya va uning
ahamiyati bilan tanishadilar, ranglarning nomlarini o‘rganadilar, bo‘yoq
va ulami omuxta qilib ishlatish ustida ish olib boradilar.
Naqsh namunalaridan ko‘chirish va mustaqil naqsh ishlash
darslarida 0‘quvchilar ko‘z bilan chamalashni o‘rganadilar, qalam,
akvarel, mo‘yqalam, rangli qog'ozlar, tabiiy materiallar bilan ishlash
usullarini 0‘zlashtiradilar.
Mustaqil ravishda ijodiy naqsh ishlash orqali bolalaming ijodiy
qobiliyati, fantaziya va tafakkuri o‘stiriladi.
Dekorativ-amaliy san’at asarlari xalqning go‘zallik, yaxshilik
haqidagi tasawurlarini bolalarga yetkazib, mehnatni va xalq ustalari
mahoratini ardoqlashga o‘rgatadi.
Adabiy asariarga illyustratsiyalar ishlash esa o‘quvchilaming eng qiziqarli mashg‘ulotlaridan bo‘lib, unda bolalar ertak, hikoya, masaldagi
qahramonlarning obrazlarini o‘z rasmlarida ifodalashga harakat
qiladilar.Zamonaviy mavzulardagi asarlarga yoki dostonlarga hamda
ertaklarga kompozitsiya ishlash uchun avvalo, bolalar mavzuga oid
odam, hayvon rasmlari va ba’zi bir narsalaming o‘ziga qarab rasmini
chizib oladilar. Adabiy asarlarga illyustratsiya ishlash mashg‘ulotlarida
o‘quvchilarga asarlardagi voqea sodir bo‘layotgan mamlakat yoki
davming madaniyati, xalqlar turmushining o‘ziga xos xususiyatlari,
klyim-kechaklari, me’morchiligi va ulaming xarakterii tomonlari haqida
so‘zlab berish, unga oid narsalar ko‘rsatish kerak bo‘ladi.
Rangshunoslik bo‘yicha beriladigan nazariy bilimlar o‘quvchilarga
ranglar va uning nomlari, tuslari hamda ulaming kishilar hayotidagi
ahamiyati haqida bilimlar berishni vazifa qilib qo‘yadi. Boshlang‘ich
sinflarda o‘quvchilar asosan akvarel, guash bo‘yoqlar bilan rasm
ishlaydilar. Rangtasvir, dekorativ ishlami bajarish jarayonida esa asosiy
va hosila ranglar, ulaming tuslaridan foydalangan holda ish olib
borishlariga to‘g‘ri keladi.
Avvalo, o‘quvchilar «Asosiy va hosila ranglar» bilan tanishadilar.
Ularning nomlarini bilib oladilar. Bo‘yoqlami o‘zaro aralashtirish orqali
yangi rang tuslarini hosil qilish bilan amaliy ravishda shug‘ullanadilar.
Asosiy (qizil, sariq va ko‘k) ranglar v£ ulaming o‘zaro aralashuvidan
hosil bo‘lgan hosila (yashil, binafsha va zarg‘aldoq) ranglardan o‘z ish
faoliyatlarida to‘g‘ri foydalana olishni o‘rganadilar. O’quvchilai' keyin
«Iliq va sovuq ranglar», «Rang tuslari va ulaming nomlari» kabi
mavzularda nazariy bilimlami ham egallab boradilar. Shuningdek,
o‘quvchilar «Ranglar halqasi» bilan yaqindan tanishadilar va tevarakatrofdan ana shunday rang tuslarini topislini o‘rganadilar.
Mavjud bo‘yoq tarkibiga suvni oz yoki ko‘proq qo‘shish orqali
rang tuslari hosil qilinadi. Bunda ma’lum bir (masalan qizil) rangning
to‘qdan och ko‘rinishgacha boMgan bir talay tuslari hosil boMadi.
O’quvchilar dars jarayonida amaliy tarzda rang tuslarini hosil qilishni
bajarib ko‘radilar.
O’quvchilarda atrof-muhitdagi, borliqdagi rang tuslarining boyligi
va xilma-xilligi haqida tushuncha hosil qilish uchun «Tabiatda rang»
mavzusi kiritilgan. O’quvchilar sayohat paytida darsda o‘rgangan
ranglarni va ulaming tuslarini tabiat qo‘ynidan topishga harakat
qiladilar.
Rangshunoslik bo‘yicha beriladigan nazariy bilimlar kundalik
turmushda uchraydigan ranglar va ulaming inson his-tuyg‘ulariga,
kayfiyatlari ta’siriga ham bog‘liq bo‘ladi.
Bulardan tashqari, o‘quvchilar o‘zlari yashab turgan joyda mavjud
bo‘lgan idish-tovoqlar, kiyim-kechaklar, yog‘och buyumlarining qanday
rangda va nima uchun ana shu rangga bo‘yalganligi haqida tushunchaga
ega bo‘ladilar. Chunki ranglar inson hayotida muhim ahamiyatga ega
bo‘lib, ayrimlari ko‘zni quvontirib, kayfiyatni chog‘ qiladilar, ba’zi
birlari esa kishi ko‘nglida g‘ashlik, g‘amguzorlik uyg‘otadi. Ana shunda
kishi didini o‘stiradigan, ko‘zni quvontiradigan ochiq ranglardan
foydalanish lozimligi o'quvchilarga uqtiriladi.
d) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi real haykaltaroshlik va
dekorativ haykaltaroshliklarga bo‘linadi.
Real haykaltaroshlikda o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan tavsiya
etilgan mavzularda haykallami asliga o‘xshatib ishlaydilar. Bunda
o‘quvchilar tasviriy san’at mashg‘ulotlarining boshqa turlarida orttirgan
bilim, ko‘nikma va malakalarga tayanadilar.
Haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida o‘quvchilar loy yoki plastilindan
clumaloqlash, bosib yalpaytirish, siqimlab cho‘zish, ortiqcha qismlarini
inaxsus sidirgich yordami bilan olib tashlash, stek bilan ishlash usullari
bilan tanishadilar.
Haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida ikki xil ish uslubi mavjud boiib,
ular yaxlit, alohida-alohida loy yoki plastilin boiaklariga ishlov berish
orqali amalga oshadi.
Dekorativ haykaltaroshlik haykaltaroshlikning turlaridan biri
boiib, u o‘quvchilarda turli dekorativ bezakli releflar va o‘yinchoqlar
ishlash orqali maxsus bilim hamda malakalar hosil qiladi.
Dekorativ haykaltaroshlikda ishlov berish usullarining soddaligi,
shakllaming oddiyligi o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. Dekorativ
haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida o‘zbek xalq kulol ustalarining
dekorativ haykallaridan (mayda plastika) keng foydalaiüsh bolalami
ijodiy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Loydan ishlangan haykallarga bezak berilganidan so‘ng ular guash
bo‘yogida bo‘yalib, ustidan lok qoplanadi. Lekin ayrim ishlar bo‘yoqsiz
ishlanishi ham mumkin.
Tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarning qiziqishlari va
ijodkorliklarini oshirish maqsadida turli badiiy, tabiiy materiallardan
foydalanish ham nazarda tutilgan. Bundan maqsad o‘quvchilarga berilgan o‘quv topshiriqlarini turli materiallar va texnologiya yordamida
bajarishga o‘rgatishdir. Odatda, bu mashg‘ulot turi boshqa faoliyat turlari (rangtasvir kompozitsiyasi, dekorativ kompozisiya, naturaga qarab
rasm ishlash) tarkibiga singdirib yuborilgan bo‘lib, u yoki bu mashg‘ulot
turi yuzasidan beriladigan o‘quv topshirig‘i mazmunini yanada samarali
va qiziqarli qilib o‘tkazilishini ta’minlaydi. Shunga ko‘ra, mazkur
mashg‘ulot turiga alohida namunaviy topshiriqlar bo'limi ajratilmagan.
Tabiiy materiallar - mayda toshchalar, chiroyli ko‘rinishdagi daraxt
shoxchalari, ildizlar, quritilgan barglar va gullar, archa bo‘qogiari,
sabzavot va mevalarning urug‘lari, po‘stloqlar, bug‘doy, arpa poyalari
va shu kabilardan iborat. O’quvchilar ana shu tabiiy materiallardan
foydalangan holda ayrim o‘quv topshiriqlarini bajarishni o‘rganadilar.



Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish