Mavzu: Uyg‘onish davri musiqa san’ati



Download 233,06 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.12.2022
Hajmi233,06 Kb.
#881762
Bog'liq
1. Uyğonish davri musiqa san\'ati 1



JB (JeyBi) online maktabi
t.me/garmoniyam
t.me/JeyBischool
Mavzu: Uyg‘onish davri musiqa san’ati
XVII asmi musiqa madaniyati tarixining
ma’lum pillapoyasi si- fatida qabul qilish
mumkin. Asrlar davomida to‘plangan ijod
namu- nalari unda mujassamlandi hamda
musiqa san’atining ko‘pgina yangi tur va
janrlari namoyon bo‘la boshladi. Aynan XVII
asrda dunyoviy va cherkov professional
musiqasining bir-biridan ajratish jarayoni
tugadi hamda opera musiqasining yaralishiga
imkon tug‘ildi.
Opera janrining paydo bo'lishi nafaqat musiqa
san’atidagi ulkan taraqiyotdan darak beradi,
balki musiqaning dunyoviy unsurlari o‘sib
borayotganidan dalolat beradi. 0 ‘rta asr
tafakkur shakllaridan asta- sekin yiroqlashib,
hayotiy san’atga bo‘lgan ochiq intilish - zamo-


naviy insonni hayajonga soluvchi
muammolami, uning his hayajonla- rini,
fikrlarini yorqin tasvirlashga qaratilgan jamiyat
ongidagi chuqur rivojlanishdan dalolatdir.
Opera - san’atning sintetik turi bo‘lib, unda -
teatr, sheriyat, raqs, rassomchilik, musiqa
san’atlari o‘zaro uyg‘unlashgan holda namoyon
bo‘ladi. Uning badiiy ta’sir vositalari deyarli
chegara bilmaydi. Ope raning ta’siri XVII va
XVIII asr musiqasining barcha sohalariga tar-
qaldi. Uning negizida cholg‘u musiqaning yangi
janrlari, jumladan, uvertyura, orkestr va balet
syuitasi tashkil topdi. Shuningdek, opera
dramaturgiyasiga, uning obrazlariga yangi
bo‘lgan simfoniya shakl- landi. Hatto diniy
musiqa -oratoriya, kantata opera obrazlarining
dra- matizmi bilan opera shakllari, konsertbop
vokal uslubi, kompozitsiya tamoyillari kirib
keldi.
Janming kompleks tabiati uni katta sahnada
ijro etilishi, keng de- mokratik auditoriya bilan
muloqotda bo‘lishni taqozo etdi, operani
jamiyatda tutgan o‘mining o‘ziga xosligi ham
shundan iborat boidi.


Italiya operasi. Renessans davri san’ati gullab
yashnagan va o‘zinig ajoyib hosilini bergan
Italiya - opera vataniga aylandi.
0‘zining boy badiiy madaniyati bilan shuhrat
qozongan Florensiya - operaning ilk
o‘choqlaridan boidi. Shoir, sozanda, olim va
san’at shinavandalarining to‘garagi (camerata)
tarixiy dovruqqa ega bo‘ldi, uni florensiyalik
metsenat Jovanni Bardi (1534-1612) va uning
do‘sti kompozitor Yakopo Korsi(1561-1602)lar
boshqardi. Ushbu to‘garakda yangi
musiqiy-dramatik janming asosini tashkil
qiluvchi estetik nizomlar, ba’zi tamoyillar
birinchi marta shakllantirildi. Shoir Ottavio
Rinuchchini (1562-1621), sozandalar Yakopo
Peri (1561—
1633) va Julio Kachchini ("1548-1618)
Florensiya operasining asos- chilari bo‘ldilar.
O.Rinuchchinining matni va Y.Perining
musiqasi bilan (tarixan) birinchi opera “Dafna”
1594-yil Florensiyada Y.Korsining uyida
qo‘yildi. Afsuski asar partiturasi saqlanib
qolmagan. Bizgacha yetib kelgan birinchi
Florensiya operasi antik afsona syujetiga yozil 
gan “Evridika” operasi bo‘ldi (1600), uning


mualliflari - shoir Ottavio Rinuchchini va
kompozitor Yakopo Peri bo‘ldi. Florensiya
operasida qo‘shiq - sahnada joylashgan, uncha
katta bo‘lmagan cholg‘u an- sambli jo‘rligida
ijro etilardi. Ilk Italiya operasining yana bir
maktabi Rim edi. Bu maktabning opera
syujetlarida xristian diniy g‘oyalari, albatta
nasihatlar bilan targ‘ib qilinar edi. Rim
operasini eng mash hur qo‘shiqchi va
kompozitorlari Stefano Landi, aka-uka
Madroki- lar, Marko Maradzoli, Loretto Vittori
va boshqalar. Stefano Landi (1586-1639)ning
ijodi Rim opera maktabiga xosdir. Uning
“Avliyo Aleksey” operasi 1632-yilda Barberinilar
teatrida qo‘yildi va katta shuhrat qozondi.
Ushbu asar dramaturgiyasidagi yangilik va
muhim narsa - komediya unsurlarining
kiritilishi bo‘ldi. Loretto Vittorining (1588-1670)
“Galateya” operasi Rim maktabining eng
yaxshi asar- laridan bir hisoblanadi.

Download 233,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish