Monografik usul. Ushbu usul har bir baxtsiz hodisani alohida chuqur tahlil qilish, uning aniq sabablarini o‘rganishga asoslangan. Bunda ishlab chiqarish jarayonida
ishlatilgan mashina, mexanizmlar va boshqa texnik jihozlarning mexanik holati, ishlatiladigan materiallarning tarkibi, havo va suvning sanitar-gigiyenik holati kabi faktorlar tekshirilib o‘rganiladi.
Statistik usulda esa jarohatlanishlarning sabablari keng massh- tabda, уa’ni tuman, viloyat, vazirliklar, tarmoqlar va umuman respublika miqyosida o‘rganiladi. U tashkilotlar va korxonalarning baxtsiz hodisalar bo‘yicha hisobotlarini statistik qayta ishlash va tahlil qilishga asoslangan bo‘lib, baxtsiz hodisalarni ishchilarni kasbi, yoshi, jinsi, ish staji kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha taqsimlanishini yoritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |