MAVZU. USMONIYLAR DAVLATI. TURKLARNING YEVROPAGA HARBIY YURISHLARI.
REJA.
Kichik Osiyoda turk davlatining tashkil topishi. Saljuqiylar sultonligi.
Usmoniylar davlatining ijtimoiy –iqtisodiy ahvoli. Davlat tuzimi.
Konstantinolning egallanishi. Turkiyaning XV asrning ikkinchi yarmidagi xalqaro ahvoli.
Usmoniylar imperiyasining rivojlanishi va uning tashqi siyosati.
Tayanch so’z va iboralar:saljuqiylar, Kichik Osiyo, Usmon beyligi, usmoniylar, sulton, Boyazid, Sulton Salim, Istanbul, serblar va bolgarlar, Vizantiyaning egallanishi, yanicharlar, xristian bolalari.
1071 yilda saljuqiylar sultonlari Alp-Arslon boshchiligida Manzikert yonida vizantiya qo’shinlarni tor-mor keltiradilar va turklarning bu g’alabasi imperiyaning parchalanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
1073 yildan boshlab saljuqiylar alp Arslonning qarindoshi Sulaymon ibn Qutilmish boshchiligida Kichik Osiyoni egallashni boshlaydilar. Vizantiya hukdorlarining siyosatidan norozi bo’lgan mahalliy aholi va ko’chirib keltirilgan slavyan, valax, suriyalik dehqonlar bu bosqinchilik yurishiga qarshilik ko’rsatmaydilar, ularning ko’pchiligi hatto turklar tomoniga o’tib ketadilar. 1077 yilda Konya va Kaysari hududlari oralig’ida saljug’iylarning Kichik Osiydagi davlatiga asos solinadi. Sulaymonning o’zi esa bu davlatning sultoni deb e’lon qilinadi.
Kichik Osiyoning g’arbiy chegaralini egalar ekan, saljuqiylar endi Vizantiyaning poytahti Konstantinopolga xavf sola boshlaydilar. Ammo ularning keyingi yurushlari salib yurishlari natijasida to’xtatiladi. Salibchilar o’zlarining birinchi yurishlaridayoq saljuqiylarni Markaziy Anatoliyaga chekinishga majbur etib, ularning poytaxti Nikeyani egallaydilar (1097 yilda) va turklarning Janubi-Sharqiy Yevropaga bo’lgan yurushini to’xtatadi. Salkam yuz yil maboynida saljuqiylar Markaziy Anatoliyadagi kichik hudud bilan cheklanishga majbur bo’ladilar. 1116 yilda ularning poytaxti Konya bo’lib, Saljuqiylar hukmronligining oxiriga qadar, ya’ni XIV asr boshlariga qadar poytaxt o’zgarmaydi. Bu shaharning nomi bilan sultonlik Konya sultonligi, sharqda esa Rum sultonligi nomi bilan mashhur bo’lgan.
Kichik Osiyo turklar tomonidan o’zlashtirilar ekan bu hududga ko’chmanchi qabilalrning kelib joylashishi tezlasha boradi. Izlanuvchilarning fikriga ko’ra XI-XII asrlarda Kichik Osiyoga 500 mingdan 1080 minggacha turklar ko’chib kelganlar.
Saljuqiylar sultonligida yer davlat mulki hisoblangan. Sulton o’z yaqinlari va katta lavozim egalariga katta yerlar berib bu yerlar- iqta, xarbiylarga yaxshi xizmatlari uchun beriladigan yerlar-timar (tarxon) deb atalgan. Bu yer egalari xarbiy xizmat majburiyatini olib, agar bosh tortsalar bu yerdan mahrum bo’lganlar. Bundan tashqari yer egaligining boshqa turlari – vaqf (machit-madrasa yerlari) va mulk (shaxsiy yer egalik turi) ham bo’lgan.Bu yerlardan foydalanganliklari uchun dehqonlar asosan ushr –(hosilning o’ndan bir qismi) solig’ini va boshqa soliqlar to’laganlar. Boshqaruvda asosiy til – fors tili bo’lgan. Aosiy qonun kodeksi bu shariat bo’lib, og’uz ko’chmanchi qabilalarining qonuni tyure deb atalgan.
Sultonlikning eng gullab yashnagan davri XIII asrning 20-30 yillariga to’g’ri kelib, bu vaqtda sultonlar Alouddin key Kubod I (1219-1236) va G’iyosiddin Key Xusrav (1236-1245) mamlakatni boshqarganlar.
1242 yilda mo’g’illar O’rta Osiyo va Erondan so’ng Saljuqiylar davlatining shimoli- sharqiy hududlarini egallaydilar. 1243 yilda Kyosedag (Sivass dan 60km sharqiy tomonda) yonidagi jangda mo’g’illar saljuqiylar qo’shini ustidan g’alaba qozonib, davlatning keyingi taqdirini xal qiladilar. Sulton o’zini mo’g’il xonining vasssali deb e’lon qilib, har yili soliq to’lashni bo’yniga oladi.
XIII asr oxiriga kelib Saljuqiylar sultonligi 10 ta (ba’zi ma’lumotlarda 16 ta) mustaqil beylik (knyazlik yoki amirlik) larga bo’linib ketadi. Ularning kuch qudrati ularning qo’shin soniga qarab belgilangan. Masalan: Germiyan – 200 ming, Karaman – 25 ming, Kastamonu – 200 ming, Menteshe – 100 ming, Karasi – 40 ming, Saruxan – 20 ming kishidan iborat qo’shin va boshqalar.
1307 yilda mo’g’illar tomonidan oxirgi saljuqiy sultoni G’iyosiddin Ma’sud III bo’g’ib o’ldiriladi. Bu sana sultonlikning tugatilish sanasi hisoblanadi. Budavlat 230 yil umr ko’rgan.
Saljuqiylar davlati beyliklarga bo’linib ketar ekan, ular ichida bir nechta yiriklari ham bor edi. Ammo geografik jihatdan qulay hududdda joylashganligi, Vizantiyaga yaqinligi, Kichik Osiyoda mo’g’illar vassalligidan ozodligi, bu hududga ko’plab turk ko’chmanchi qabilalarning kelib joylashuvi natijasida nisbatan zaifroq bo’lgan usmon beyligini yangi turk davlatining asosi bo’lishiga sabab bo’ladi. Beylikning markazi Syogut shahri bo’lgan.
Usmoniylar beyligining tashkil topishi tarixi qo’yidagicha bo’lgan. Chingizxon boshchiligidagi mo’g’illarning O’rta Osiyoga 1219-1221 yillardagi yurushidan so’ng turkmanlarning qayi qabilasi Ertog’rul rahbarligida turkman dashtlaridan XIII asrning 30 yillarida g’arbga tomon yurib, Kichik Osiyoga kelib qoladilar. Ertog’rul saljuq sultoni Alouddin Key Kuboddan iqta sifatida bu hududda joylashadi va buning evaziga bu yerlarni himoya qilishgni o’z zimmasiga oladi. 1281 yilda (ba’zi ma’lumotlarga ko’ra 1288 yilda, 90 yoshda)Ertog’rul vafot etadi, qabilani esa uning o’g’li Usmon boshqara boshlaydi. U yangi sulolaga asos solib, usmoniylar sulolasi Turkiyada 1922 yilga qadar, ya’ni sultonlikning bekor qilinishiga qadar boshqarganlar. (Umumiy hisobda 37 ta sulton.)
Ertog’rulning hukmrolik qilgan davrdanoq u vizantiyaga tegishli yerlarni egalllab, o’z yerlarini kengaytirishga harakat qila boshlagan. Konstantinopolning olib borgan siyosatidan, soliqlarning og’irligi bu yurishlarni muvaffaqiyatli bo’lishiga sabab bo’ldi. 1258 yil Syogut shaxrida dunyoga kelgan o’g’li Usmon otasining siyosatini davom ettirgan. 1299 yilada mo’g’illar tomonidan qo’yilgan saljuq sultoni G’iyosiddin Ma’sud IIga qarshi qo’zg’alon ko’tariladi va u poytaxti Konyadan qochib ketishga majbur bo’ladi. Usmon esa bu vaziyatdan foydalangshan xolda o’z yerlarini mustaqil boshqara boshlaydi. 1299 yil Usmoniylar davlatining tashkil topish sanasi deb qabul qilingan. U dastlab 1291iyilda Melangiyani 1301 yilda Yangishaxarni egallab, bu yerda qal’a qurib, 1315 yilda Bursu shahrini qamal qilinadi. Shaxar Usmon o’lim to’shagida yotgan vaqtda o’g’li O’rxon davrida egallanib poytaxtga aylantiriladi. Bu shaxarni egallashga o’n yil vaqt ketadi. 1327 yildan boshlab O’rxonning buyrug’iga ko’ra bu yerda birinchi usmoniylar kumush tangasi- aqcha zarb qilina boshlanadi. Shundan so’ng Kichik Osiyoning shimoli-g’arbiy hududlarini Marmar va Qora dengiz qirg’oqlariga qadar, Dardanel bo’g’ozi hududlarini eagllashga muvaffaq bo’ladi. (1330 yilda Iznik-Nikeya, 1337 yilda Nikomediya-Izmit) Vizantiya imperatori Ioan VI O’rxonga o’z qizini nikohlab berish bilan munosabatlarini yaxshilashga xarakat qilgan. O’rxon Vizantiya hududlarida o’z chodirini qurib, imperatorni shu yerda qabul qilgan.Usmoniylar hukmdorlari o’zlariga «g’ozi» nomini berganlar. (Usmon, O’rxon). Bosqinchilik urushlarida diniy guruhlar «axi»lar katta rol o’ynab, ular xunarmand va savdogarlarni ham o’zlariga birlashtirganlar.
Shu tariqa turklar bolqon yarim oroliga yaqinlashadilar. 1352 yilada Vizantiyaga taxtiga da’vogar I.Kantakuzin taxt uchun bo’lgan urushda turklardan yordam so’raydi va Usmonning o’g’li Sulaymon podsho Dardanelldan o’gan xolda Simpe qal’asiga yaqinlashadilar. 1354 yilda kuchli yer qimirlashi natijasida ziflashgan Galliopol shaxri mudofaa devorlari, shuningdek shu yilda Ankara egallanadi. 1357 yilda Sulaymon vafot etadi. Qo’shinga uning ukasi Murod rahbarlik qiladi.1361-1263 yillarda Adrionopol shaxri egallanadi (turkcha Edirna) va sulton Murod I (1362-1389yy) poytaxtni shu yerga ko’chiradi. 1366 yilda u ukalari Ibroxim va Xalilni o’ldirishga buyruq beradi.
Vizantiya imperatori o’zini turklarning vassali deb tan oladi va qizlarini unga va o’g’illariga nikoxlab beradi.(1370 y), keyin esa Filioppol (Plovdiv) shaxri egallangandan so’ng bolgar podshohi Shishman ham vassalikni bo’yniga olgan va sulton garemiga o’z singlisini berishga majbur bo’lgan. 1373 yila sultonning o’g’li Savdji otasiga qarshi qo’zg’alon ko’taradi va Imperator Ioan Vning merosxuri Andronik bilan ittifoq tuzgan xolda. Murod I qo’zg’alonni bostirib, o’g’lining ko’zini o’yib, so’ng kallasi tanasidan judo qiladi.
XIV asrning 60-yillarida boshlab turklar Serbiyaga yurush boshlaydilar. 1389 yil 15 iyunda Kosovo maydonida xal qiluvchi jang bo’lib bu jangda turklar g’alaba qilsada, Murod I halok bo’ladi (serb Milosh tomonidan o’z chodirida o’ldiriladi). Taxtga uning o’g’li Boyazid Yildirim o’tiradi va birinchi navbatda o’z ukalarini bo’g’ib o’ldirishga buyruq beradi
Turklarning ijtimoiy iqtisodiy axvoli. Davlat boshqaruvi
1368 yildagi qonunga ko’ra bosib olingan yerlar davlat mulki deb e’lon qilinadi. 1375 yilda xarbiylarga yerlar tarqatish haqidagi qonun chiqariladi, unga ko’ra kichikroq berilgan yerlar – tumorilar (tarxon), yiriklari –ziyamet deb aytilgan. Xarbiy – (sipohiy-otliq) yeriga qarab sarkarda –sanjoq bey boshchiligida otliq qo’shini bilan yurishlarda ishtirok etishi lozim bo’lgan.
O’rxon davrida davlat boshqaruv tizimi shakllana boshlanadi. Devon shakllanib, vazirlar paydo bo’ladi. Mamlakat viloyat va tumanlarga bo’linib, yirik yer egalari tomonidan boshqarilgan. Bosib olingan yerlarni mustahkamlash maqsadida O’rxon davridan boshlab turklar Kichik Osiyodan Bolqonga ko’chirilish siyosatini olib boradilar Sud ishlarini kadiylar shariat asosida olib borganlar. Ko’chmanchilar orasida esa tyure qonuni saqlanib qolgan. Murod I davrida dastlabki qonunnomalar paydo bo’lib, (jumladan 1368y, 1375 yilgi qonunlar) u Usmoniylar davlati qonunchiligi asoschisi hisoblanadi. Uning o’g’li Boyazid davrida mamlakat markazlashtirila boshlanadi.
Armiya sohasida ham katta o’zgarishla bo’lib o’tadi. Asosiy harbiy kuch otliq qo’shin sipoxiylar edi. 1361 yilda (yoki 1363 y) birinchi xristian harbiy asirlaridan tashkil topgan doimiy piyoda qo’shin tashkil etilib, ular otliq qo’shinuchun qiyin bo’lgan kal’alarni ishg’ol qilishda muhim hisoblangan. Bu qo’shin «yanicharlar» nomini oladi (yangi). Dastlab ularning soni 1-3 ming kishi bo’lib, borgan sari ularning soni oshirilib borgan. XV asrning 20- yillarida maxsus «devshirme» tizimini «qon solig’i» joriy etilib, xar 3-5-7 yilda maxsus odamlar tomonidan xristian o’smirlarini kuch bilan olib kelib, yanicharlar korpusi uchun tayyorlanganlar. Ularga uylanish man etilib, maxsus kazarmalarda yashaganlar. Ular qo’llarida qurol ushlashga qurbi yetganicha xizmat qilishga majbur bo’lganlar.
Yerlar dehqonlar soni emas, balki undan keladigan daromad bilan belgilangan.Timor (tarxon) yerlardan 3 mingdan-20 ming akchagacha (akcha-mayda kumush tanga, grekcha nomi aspr), ziamet yerlar 20 000 – 100 000 akchagacha foyda keltirgan. (Turkiyada 40 mingga yaqin timar va ziyamet yerlar bo’lgan) Eng yirik yer egaligi xoss deb nomlanib, uning foydasi 100 ming akchadan yuqori bo’lgan.Xoss yerlar asosan vazr, beylarbeyi va boshqa yuqori lavozim egalariga berilgan. Lavozimidan ayrilgan shaxs xoss yeridan ham mahrum bo’lar edi. Qaram dehqonlar rayaalar deb nomlanib, ularning ijaraga olgan yeralari 6-16 ga ni tashkil etgan. Ularning imtiyozlari shundan iborat bo’lganki ularga berilgan yerlar uch yil maboynida ishlov berilmasagina yer egasi tomonidan tortib olinishi mumkin bo’lgan. Musulmon dehqonlar asosan ushr solig’ini (xosil bilan) to’lganlar. Musulmon bo’lmaganlar xirodj-i mukasimma soliqini to’lab, u ushr solig’iga uxshash bo’lib, miqdori ko’proq bo’lgan. Bundan tashqari ular, ya’ni 15 yoshdan 75 yoshgacha bo’lgan mehnatga layoqatli musulmon bo’lmaganlar juz’ya solig’ini xam to’laganlar. (pul bilan.) Bundan tashaqari dinidan farqli ravishda ular yer, mol, tutun, kelin, kuyov va boshqa soliqlarni to’laganlar. Urush vaqtida olinadigan avariz solig’i keyinchalik doimiy ravishda olinadigan bo’ldi. Shuningdek Turkiyada xunarmandchilik xam yaxshi rivojlangan bo’lib, ular alohida obro’ga ega bo’lganlar. Savdo bilan asosan musulmon bo’lmaganlar (armanilar, greklar, bolgarlar, serblar, yevreylar va boshqalar) shug’ullanganlar.
Davlat boshqaruvi. XV asrga kelib davlat tepasida podishox utirar, va u mutloq hokimyatga ega bo’lgan. U qo’shin boshida turuvchi asosiy qo’mondon ham bo’lgan.
XVII asrga qadar taxt otadan o’g’ilga meros qolgan. Taxtga chiqqan o’g’il o’z ukalarini taxtga bo’lgan da’vogarlar sifatida o’ldirishga buyruq bergan. XVII asrdagi yangi buyruqqa ko’ra taxt vorisi deb katta o’g’il e’lon qilinadi. Qolgan ukalar esa saroy kamoqxonasi saqlangan. Ikkinchi shaxs buyuk vazir hisoblangan. Alohida sohalar bo’yicha vazirlar (ministrlar) ham bo’lgan. Vazirlarning alohida kengashi Divan-i xumayun bo’lgan. Musulmonlar boshida muftiy turib, XV asr 70 yillaridan boshlab u shayx ul- islom deb aytilgan. Unmdan keyin kadiaskerlar turgan. Salim I davrida dindorlarning obro’si shunchalar oshadiki, sulton tomonidan chiqarilagan qonun shayx-ul islom tomonidan tasdiqlanishi zarur bo’lgan.Turkiyada boshqa dinlarning o’zlarining jamoalarini tuzishga xam ruxsat berilgan. Ular davlatga maxsus soliq to’laganlar.
Boyazit Yildirim Serbiyani vassal davlatga aylantiradi. U Serbiyaning hukmdori Lazarning qiziga uylanadi. Lozarning o’g’li Stefan merosxo’r qoldirmay vafot etgandan so’ng u davlatning ichki ishlariga aralashish huquqiga ena bo’ladi. 1393 yilda Bolgariyaning poytaxti Tыrnova shaxri olinib, Boyazid bolgar shoxi Shishmanni bug’ib o’ldiradi, uning o’g’li esa islomni qabul qilishi bilan o’limdan saqlanadi. 1395 yilda Bolgariyaning oxirgi shaxri Vidin egallanadi. Bolgariya turk provinsiyasi (viloyatiga) aylantiriladi. Kosovo maydonidagi jangdan so’ng turklar Albaniyaga qarshi yurish boshlab, XIV asrning oxiriga kelib Bosniyaning katta qismi egallanadi..
Serbiya va Bolgariya egallangandan so’ng turklar Vengriya chegsharalariga yaqinlashadilar. Vengriya qiroli Siguzmund turklarga qarshi salib yurishlarini tashkil etib, bu yurushda fransuz, ingliz, nemis va chex risarlari ham ishtirok etadilar. 1396 yil 25 sentyabrda Dunay bo’yidagi bolgar shaxri Nikopol yonida xal etuvchi jang bo’lib o’tadi. Ma’lumotlarga ko’ra salibchilarning soni 60-100 ming kishi bo’lgan bo’lsa, turklar ulardan ikki barobar ko’p bo’lganlar. Bu jangda turklar g’alaba qozonadilar. Sulton buyrug’iga ko’ra bir kun davomida tuxtovsiz salibchilar qatl etilgan va sulton xizmatkorlari bu jarayonni kuzatishga xoli qolmay qatlni to’xtatishni so’raganlar. Mashxur fransuz risarlari Karl VI iga katta to’lov evaziga qaytarilgan (200 ming dukat, boy sovg’alar). Sulton xam o’z navbatida turk xarbiysi kiyimlari va oltita odam terisi bilan ishlov berilgan kamon yuboradi.
Nikopol ostida salibchilarni tor-mor etgandan so’ng Boyazid I Bolqonga yangi yurishlarni boshlab yuboradi va Vizantiya poytaxti Konstantinopolni egallash uchun tayyorgarlik ko’ra boshlaydi. 1400 yilda Konstantinopol atrofi qaml etiladi. Ammo kutilmaganda Kichik Osiyoga o’z qo’shini bilan Amir Temur kirib keladi. 1402 yil iyulda mashhur Anqara jangi bo’lib, unda Boyazid va uning ikki o’g’li asirga tushadilar.(ma’lumotlarga ko’ra yarim million kishi ishtirok etgan, 30 ta fillardan foydalanilgan A.Temur) 1403 yil sulton Temur uni Samarqandga olib ketmoqchi bo’lganidan xabar topib, o’z joniga qasd qiladi, ya’ni zaxar ichib o’ladi. Temur uning mamlakatini to’rt o’g’li o’rtasida taqsimlab beradida, Sulaymonga poytaxt Adrionopol bilan yevropadagi yerlani berar ekan, uni sulton sifatida qoldiradi. Aka-ukalar o’rtasida taxt uchun kurash avj olib ketadi. Musa taxtni Sulaymondan tortib olsa, o’zi Mexmed bilan bo’lgan kurashda xalok bo’ladi. Mexmed esa o’z navbatida 1413 yildan boshlab Mexmed I nomi bilan mamlakatni boshqara boshlaydi. Uning davrida 1416 yilda shayx Badriddin va uning tarafdorlari dehqon Byorklyudje Mustafa (Byorklyudje – laqab bo’lib, kichik qalpoq egasi ma’nosini anglatgan) va Torlak Kamol boshchiligida yirik qo’zg’alon bo’lib o’tadi. Shayx Badriddin 1416 yil 18 dekabrda osib o’ldiriladi. 1421 yil mayda MexmedI vafot etgandan so’ng 40 kun e’lon qilinmagan. Ukasi Mustafani taxtga da’vosidan qo’rqib o’g’li Murodni kutganlar. Manbalarda Mustafo A.Temur tomonidan o’ldirilib, u soxta merosxo’r xam deb aytiladi. Murod II tomonidan u osib o’ldirilib, jasadi bir necha kun olinmagan.
Sulton Murod II (1421-1451yy) davrida turklarning xarbiy yurishlari tiklanadi. Papa Yevgeniy IV yangi salib yurishlarini e’lon qiladi. 1439 yilda Florentiy uniyasi imzolanib, unga ko’ra katolik va provaslav cherkovlari turklarga qarshi birlashadilar. (Vizantiya imperatori Ioann VII Paleolog). 1444 yilda vengr qo’shinlari chex qo’shinlari bilan Transilvaniya sarkardasi Yanosh Xunyadi va Vengriya va Polsha qiroli Vasiliy III boshchiligida turklarga qarshi kurash boshlab, 10 noyabr Varna yonidagi jangda mag’lubiyatga uchraydilar. Ikkinchi yurish 1448 yilda mashhur Kosovo maydonida yana mag’lubiyat bilan tugaydi. Murod II dengiz flotini kuchaytirishga aloxida e’tibor qaratadi.
Turklar tomonidan Konstantinopolning egallanishi.
Vizantiyaning oxirgi imperatori Konstantin XI Paleolog (1449-1453) zamondoshlarining ta’rificha kuch-g’ayratga to’la va botir insin bo’lgan u siyosatchilikdan ko’ra harbiy jang sohasini yaxshi o’rgangan bo’lib, u turklarga qarshi kurash uchun kuch to’playdi. Turk sultoni Murod IIning 1451-yil fevralda vafot yetishi turklarda boshqaruv jarayoni vaziyatining o’zgarishiga olib keladi. Turk hukmdorligiga Murod II ning g’ayratli va bosqinchilik olib borish bilan qiziqqan o’g’li Mexmed II (1451-1481)o’tiradi.
Mexmed II Fotix usmoniylar davlatining eng ko’zga ko’ringan yirik namoyondalaridan biri yedi. U o’z maqsadiga yerishish uchun har qanday ishni qilishga tayyor yedi. Sulton Murod IIning xizmatkoridan tug’ilgan o’g’li bo’lib Mehmed II o’z hokimiyatiga uning taxdid solishidan qo’rqar yedi, otasi o’lgach, Mexmed II birinchi o’rinda taxtga davogarlar masalasini hal qiladi. U o’zining 9 oylik ukasi Amuratni hamda bir nechta qarindoshlarini o’ldirishga buyuradi. Yangi sultonnig qaxri qattiqligi to’g’risida afsonalar yaratiladi. Zamondoshlarining aytishiga ko’ra, Mehmed II o’z bog’idan qovun o’g’irlaganlarni topish uchun 14ta hizmatkorining qornini yorishni buyuradi. Boshqa bir kun sulton rasmini chizayotgan Italiyalik mashhur rassom Jentili Belliniga odamning bo’yin muskulidagi tomirini tortilishini ko’rsatish uchun rassomga xizmatkorining kallasini olib tashlaydi.
Lekin shu bilan birga usmoniylar imperiyasining yangi hukmdori yetarli darajada ta’lim olgan, bir nechta tilni bilgan, shu qatorda yunon tilini ham, matematikani o’rgangan, astronomiya ilmiga ancha qiziqqan va ayniqsa falsafaga, yunon faylasuflari asarlarini yaxshi bilgan va vizantiya olimlari boshchiligida ularning taxlili bilan shug’ullanishgan. Lekin yangi hukmdorning asosiy qarashlari yangi yerlarni bosib olish bilan yonardi. Hokimiyatga kelishi bilan Mexmed II o’zining asosiy maqsadi yetib Romeyalar imperiyasini tor-mor qilishni rejalashtiriladi. Mexmed II nafaqat Yevropa va Osiyoda turklar hukmronligini o’rnaga, balki yirik va kuchli imperiya tuzib, Konstantinopolni o’zining davlatiga poytaxt qilib olishga harakat qiladi.
Mexmed II urushga tayyorgarlik chog’ida yunonlar xushyorligini oshirmaslikga harakat qiladi va vizantiyalik yelchilarni xushmuomalalik bilan qabul qildi, xatto Konstantin XI bilan imperiya uchun foydali sulh shartnomalarini tuzadi. Mexmed II ning qarshi harakat boshlamoqchiligi, turklarning Konstantinopoldan uncha uzoq bo’lmagan hudud ya’ni Bosfor qirg’og’ida mustahkam qal’a qurishni boshlashganlarida ma’lum bo’ladi. Bu qal’a (Rumeli Xissar) juda qisqa vaqt ichida qurilib bitkaziladi.
1452-yil mart oyida turklar qurish ishlarini boshlagan bo’lsa, xuddi o’sha yilning avgust oyiga kelib u qal’a qurilishi tugallangan va kuchli garnizon hosil qilinib, artelleriya bilan qurollantirilgan yedi. Bir qancha vaqt oldinroq turklar Bosforning Osiyo qirg’og’ida boshqa qal’ani ham qurishgan yedi. Bu qal’aning nomi “ Anatoli-Xissor“. Shunday sharoitda yendi ular Bosforning har ikkala qirg’og’ida mustahkamlanib olishadi. Yendi Konstantinopolning Qora dengiz bilan yerkin munosabatlari to’sqinlikka uchraydi. Qora dengiz bo’qidagi oblastlardan Konstantinopolga kirib keluvchi non mahsulotlarining kelishi har qanday vaqtda sulton buyrug’iga ko’ra to’xtatilishi mumkin yedi. Tez orada turklar bu qirg’oqlardan o’tuvchi barcha kemalardan soliq yig’ib olishni boshlaydi. Konstantinopolga qarshi hal qiluvchi ishlar qilinib bo’lgandi.
Urush bo’lishi vizantiyaliklarga aniq-ravshan bo’lib qoldi. Katta xavfning ro’y berishi muqarrarligi natijasida imperator Konstatin zudlik bilan poytaxtda tamirlash ishlarini boshlab yuboradi, devorlarni qurollantiradi, ortiqcha oziq-ovqat to’playdi, Konstantinopol amaldorlarining g’arbga tomon ko’chib ketishi, keng tus oladi. Vizantiya hukumati hali ham g’arbdan yordam olishga umidvor yedi.
1452-yil noyabrda Konstantinopolga papa Nikolay V (1447-1455) ning maxsus legati keladi. Asli grek bo’lga kardinal Isidor papa siyosatini faol tarzda olib brogan. Papa legati bilan birga Italiyadan keluvchi yordam rejasi barbod bo’lsa ham, Vizantiya hukmdori Isidorni yaxshi kutib oladi. Ular o’rtasida yangi Uniya qabul qilinadi. 1452-yil 12-dekabr Avliyo Sofiya ibodatxonasida kardinal Isidor Uniya qabul qilinishi munosabati belgisi sifatida katolik tartibda…
Vizantiyani qutqarish masalasi haqida faqatgina Italiyaning shahar respublikalari—Genuya va Vizantiya urinar yedi. Chunki bu shaharlar muhim savdo faktoriyalariga yega yedi. Biroq ular o’rtasidagi doimiy raqobat, turklarga qarshi birlashib harakat qilishga kelishishni izm bermaydi. Vizantiyaning turklar qo’liga qolishidan ayniqsa, oxirgi Paleolog hukmdorlaridan foyda olayotgan genuyaliklar uchun zarar yedi. Vizantiya poytaxti Konatantinopol turklar tomonidan qamal qilinishidan sal avvalroq 700 genuyaliklardan iborat 2ta harbiy otryad Konstantinopolga suzib keladi, ularga jasur kondator Jovanni Justinian boshchilik qiladi. Ana shu G’arbning birinchi real yordami yedi. Sal keyinroq ular ikkita harbiy kemasini yuboradi.
1452-1453-yillarda qish davomida har ikkala davlat urushga tayyorlanishadi. Zamondoshlarining so’zlariga qaraganda, Konstantinopolni bosib olish ishtiyoqi sultonga hyech tinchlik bermasdi. Xatto kechasi ham u o’z huzuriga Konstantinopol joylashuvi haqida yaxshi malumotlarga yega odamlarni chaqirib shahar xaritasini chizar va bo’lajak qamal rejasini tuzib chiqar yedi. Sulton buyrug’iga ko’ra Adrianapolda pushka quyib beriladigan katta ustaxona quriladi. Artilleriya tayyorlash uchun mablag’ ayamay Mexmed II Vizantiyaliklardan metall qo’yish va artilleriya yasashda iste’dodli bo’lgan asli venger Urbanni o’z tomoniga og’dirib oladi. Urbanning turklar tomoniga o’tishiga sabab Konstantin XI unga mehnatiga yarasha maosh to’lamaydi. Urban turklarga mislsiz o’lchamdagi pushka qo’yib beradi. Uni Konstantinopol devorini oldiga olib kelish uchun oltmish ho’kiz va ko’p sonli hizmatkorlar harakat qilishadi.
1453-yil martda Mehmed II o’z qaramog’idagi barcha mamlakatlarga qo’shin to’plashni buyuradi va mart oyiningo’rtalariga kelib sulton nishoni ostida ko’p sonli armiya yig’ilib, ularning soni 150-200 ming jangchiga yetardi.
1453-yil aprel oyining boshida sulton polkining ilg’or qismi Konstantinopol shaxar oldiga kelib, imperiyaning devjri oldiga yaqinlashadi. Tez orada barcha turk armiyasi quruqlikda shaharni o’rab oladi, Sulton yesa o’zining yashil tig’ini devorga qadaydi. Marmar dengiziga 3ta turk harbiy yeskadrasi va 330 ta yuk tashuvchi kemasi keladi. Oradan ikki hafta o’tgach, Qora dengiz orqali 56ta harbiy va 20ta yordamchi turk kemalari suzib keladi. Konstantinopol devoti ustida o’z flotini ko’rib turish uchun maxsus joy qurdiradi, jami 400ga yaqin kema suzib kelishi kerak yedi, turklar qamalining temir doirasi Konstantinopolni ham quruqlikdan, ham dengizdan o’rab oladi. Kurashuvchi kuchlar o’rtasidagi farq yaqqol ko’zga tashlanar yedi. Katta turk armiyasi va flotiga qarshi Vizantiya hukumati faqat bir gurux, uncha ko’p bo’lmagan yollanma lotinlar qo’shinini qo’yishga qurbi yetar yedi xolos.
Konstantin XI ning ham do’sti, ham maslahatchisi bo’lgan Georgiy Sfrandzi imperator buyrug’iga ko’ra qamal boshlamasidan oldin Konstantinopolning butun aholisini ro’yhatdan o’tkazib, ular orasidan qurol tutishga qurbi yetadiganlarni ajratib olishni aytadi.Natijada ro’yxat qayg’uli xolatni aks yettiradi; Poytaxtni ximoya qilishga qodir bor yo’g’i 4973 kishi mavjud bo’lib, chetdan yollanma askari taxminan 2000 kishiga yaqin yedi. Katta shahar aholisini tinch holatda saqlab turish uchun bu ma’lumat qattiq sir saqlanadi.
Undan tashqari Konstantin XI ixtiyorida genuyalik va venesiyaliklarning ko’p bo’lmagan kemalari, Krit orolida ham bir nechta kemasi mavjud yedi. Konstantinopolni himoya qiluvchi kemalarning umumiy soni atigi 25 tadan ortiqroq yedi. To’g’ri, italiyalikllar va venesiyaliklarning harbiy kemalari texnik jihatdan turklarnikiga nisbatan ancha ustunroq bo’lib, eng asosiysi ular dengizda kurashning muhim oili bo’lgan “gerk olovi”dan foydalanishni bilar yedilar. Bundan tashqari vizantiyalik va italiyalik dengizchilar turklarga nisbatan dengiz harbiy san’atining ustalari yedilar. Lekin turklar quruqlikda vizantiyaliklarga nisbatan ancha texnik jihatdan katta kuchga yega bo’lib, Mehmed II tomonidan tashkil yetilgan artilleriyalar Yevropada mislsiz yedi.
Bu voqyealarning guvohi bo’lgan Georgiy Sfrandzi shunday yozadi: “Harbiy mahoratga yega bo’lmagan va son jihatdan kam bo’lgan vizantiyaliklar ma’lum vqat g’alabani o’z qo’llarida ushlab turishlari hayratlanarli hol yedi. Ular inson qurbi, kuchi yetadigan har qanday ishni qilishdi”. Qamalning dastlabki haftalarida Konstantinopol himoyachilari qo’qisda turklarga shahardan hujum qilishar va ularga qarshi yakkama-yakka jangga chiqishar yedi.
Sultonni eng ranjitgan voqyea ularning dengizdagi omadsizligi yedi, og’ir temir zanjir bilan to’siq o’tkazilganligi sababli, turk kemalarining dengizdagi yurishi barbod bo’ladi.
Sulton tomonidan shaharni shturm qilish 29-may kuniga belgilanadi. Shturm boshlanishidan ikki kun oldin har ikki tomon ham o’z tayyorgarligini tekshirib chiqadi. Biri bosqinchilikka, ikkinchisi oxirgi himoyaga tayyorlanadi. Mehmed II o’z qo’shinini ruhlantirish maqsadida, g’alaba qozongan taqdirda buyuk, ulug’vor shaharni 3 kun talash haqida imtiyoz berishni ye’lon qiladi. Mullalar va darveshlar kim bu jangda o’lsa jannatga tushishini va ilohiy rohat olishini ta’kidlab jangchilarni ruhan qullab-quvvatlashga harakat qiladi. Ular diniy fanatizmni avj oldirib, bo’xtonga yo’l qo’yishadi.
Yertalabgi jang uchun turk lageri shovqin-suron bilan tayyorlanayotgan bir vaqtda, Konstantinopolda og’ir sukunat hukm surardi. Lekin shahar uxlamadi, u ham qonli urushga hozirlik kurayotgan yedi. Imperator Konstantin XI poytaxt himoyasini tekshirib chiqadi. Konstantinopolliklar yertaga ko’plari dunyadan o’tishini anglab turishar va bir-birilari hamda o’zining yaqinlari bilan hayrlashardi.
1453-yil 29-may yerta tong saharida turklar qo’shini shahar tomon harakatlanishni boshladi. Qonli to’qnashuv 2 soat davom yetdi. Turklar tosh moslama bilan quruqlikda devorni teshishar, narvon qo’yib narigi tomonga o’tishar yedi, odamlarning o’lim oldi qichqiriqlari ‘shitilar, o’q-qurollarning hidi shaharni qopladi. Turklar shafqasiz tarzda shahar devorlariga yopirilishdi. Shunday vaqt ham bo’ldiki, omad vizantiyaliklar tarafiga o’tadi. Feofil Paleolog va Dimitriy Kantakuzin boshchiligidagi yunon otryadlari hujumni qaytarib xatto ularni Konstantinopol devoridan nariga uloqtirishadi. Bu omadli harakatdan so’ng yunonlar ozodlik haqida o’ylay ham boshlashadi.
Turk armiyasi haqiqatdan ham yirik zarba olishadi, xatto orqaga chekinishmoqchi bo’lishadi. Lekin saroy qonuniga ko’ra ular temir tayoqdek bo’lishga o’rgatilgan, (ayniqsa turk armiyasining harbiy qo’shini ) hamda dushmanga orqa o’girishga haqqi bo’lmagan. Dukaning ma’lumoticha qo’shin orqasida turgan sulton o’zining jangchilarini devor tomon harakat qilishini buyuradi. Xalkakondilarning so’ziga qaraganda, turklarda lagerga qochib ketganlarni shu zahotiyoq o’lim jazosi bilan jazolashganlar. Lekin kuchlar soni teng yemasdi, zarbaga uchragan turk otryadi o’rniga yangi-yangi otryadlar keladi.
Sfrandzining ma’lumoticha Konstantinopolning yegallanishga asosiy aybdor genuyalik Jovanni Justinian deb qaralib, u shaharning quruqlikdagi qismiga komandirlik qilgan. Jarohat olganidan so’ng, u Avliyo Roman darvozasi yaqinidagi shahar himoyasining asosiy qismini tashlab ketadi. Turklarning asosiy kuchi shu yerga tashlangan yedi. Imperator iltimosiga qaramay Justinian bu yerni tashlab ketadi.
Turk qo’shinlari juda ko’p talafot ko’rishgan, ular chekinishga ham tayyor yedi. Lekin ularni temir tayoqlar bilan urib yana jangga qaytarishgan. Kuchlar nisbati teng bo’lmasada, Konstantinopol devorlari yaqiniga yangi-yangi turk qo’shinlari kelib qo’shilgan.
Nima bo’lishidan qat’iy nazar turklar shaharga kirib talon-taroj qilishni boshlashgan. Lekin vizantiyaliklar oxirigacha kurashishgan.
Konstantin XI bir to’da qahramonlar bilan jangning eng qaynoq qismlariga o’zlarini tashlashgan. Imperatorning qoliga tushmasliklari uchun, ular jang maydonida o’zlariga o’lim izlashgan. U jang maydonida jon bergan. Turk Sultoni uning jasadini topishni buyurgan. Murdalar juda ko’p bo’lgan. Konstantin XI ning jasadini qiyinchilik bilan topishgan. Uni qizil rangli va oltin burgutli yetigidan topishgan. Turk sultoni uning kallasini tanasidan judo qildirib, shaharning eng baland qismiga ostirgan. Bu holatga Konstantinopollik asirlar daxshat bilan qarashgan.
Turklar shaharga bostirib kirib, Vizantiyaning qolgan qo’shinlarini qirib tashlashgan. Yo’llarida uchragan barchani qarilarga, ayollarga hatto bolalarga ham rahm qilishmagan.
Sfrandzining yozishi bo’yicha “Shaharning ayrim joylarida jasadlarning ko’pligidan yerning ustki qatlami ham ko’rinmagan”. Dahshatli manzaralar oltin shox qirg’oqlarida ham yuzaga keldi. Shaharni turklar ishg’ol qilishganidan xabar topgan italyan va grek dengizchilari qochishga shaylanishdi. Qirg’oqda juda ko’p xalq to’plangan, ular bir-biriga navbat bermay uzlarini kemalarga otishgan. Uch kechayu kunduzshaharni tashlashgan. Barcha ko’cha va uylarni talon-taroj qilishgan, insonlarni o’ldirishgan, qullikkka sotishgan. Konstantinopolning xalqining ko’p qismi avliyo Sofiya ziyoratgohida asir tushirishgan. Chunki ular shu yerdan panoh izlab yashirinishgan yedi.
Uch kundan keyin Mehmad II ning farmoni bilan talonchiliklarga chek qo’yilgan. U tantanali ravishda shaharga kirgan.
Afsonalarga qaraganda, jangda g’olib bo’lgani bois Sulton oq otda avliyo Sofiya ziyoratgohiga kiradi. Sulton bu inshootning guzalligiga qoyil qoladi. Shu yerni mayitga aylantirishni buyuradi.
Shunday qilib, 1453-yil 29-may oyida turk qo’shinlarining hujumi natijasida buyuk va eng boy shaharlardan biri, madaniyat va san’atning markazi Konstantinopol tor-mor yetiladi. Shu bilan birga Vizantiya imperiyasi ham o’zining borligini tugatdi.
Vizantiyani tor-mor yetgandan keyin Turkiya o’rta asrlardagi buyuk davlatlardan biriga aylandi. Konstantinopol yesa Osman imperiyasining poytaxti-Stanbulga aylandi
Usmoniy turklarning g’alabalariga asosiy sabab va omillar quyidagilar yedi. Usmonli turklar qudratli yaxshi tashkil yetilgan otliq va piyoda qo’shin, lashkarboshilik xususiyatlariga yega sultonlarning, hukmdorga sadoqatli yanicharlar piyoda qo’shinining bo’lishida yedi. Usmoniylar otliq qoshinini kuchaytirishga alohida ye’tibor qaratdilar. Qo’shinni har bir suvoriysi 3-5ming piastr daromad keltiradigan yer-mulk tumori berilgan. Bu yerlar faqat turklarga va harbiylarga xizmatda bo’lgan paytida taqdim yetilgan. Natijada otliq qo’shin soni 150 ming suvoriygacha yetgan.
XI-XVI asrlarda turklarning tashqi siyosati.
1459 yilda Serbiya egallanadi. 1458-1463 yillarda Bolqondagi Vizantiya, Venesiyaga tegishli yerlar, shuningdek Bosniya egallanib, Mexmed II shaxsan o’zi Bosniyaning oxirgi qiroli Stefan Tomashevichning boshini tanasidan judo qiladi.
Albaniya Georgiy Kastriot (Skandarbek) boshchiligida 24 yil davomida turklarga qarshi kurashadilar (1443-1467), ammo mag’lub bo’ladilar.
1475 yilda Qrim bosib olinib, 1479 yilda esa Turkiya Venesiyadan Egey dengizidagi qator orollarni tortib olib, 1483 yilda Gersogovinani egallashga muvaffaq bo’ladi.
XV asrning ikkinchi yarmiga kelib Kichik Osiyodagi mustaqil bekliklar (Karaman, Ak-Koyunli) tugatiladi.
Turklarning Bolqondagi, Kichik Osiyodagi, Qora dengizning nimoliy qirg’oqlariga bo’lgan yurishlari davlatni yirik, kuchli imperiyaga aylanishiga olib keldi.
XV asrdan boshlab yerlar meros sifatida otadan o’g’ilga, bo’lmasa ukasiga meros qolishi joriy etildi. Mexmed II markaziy hokimyatni mustahkamlash maqsadida mulk va vaqf yerlarini chegaralashga xarkat qiladi. Uning maqsadi bu yerlarni davlat yerlariga aylantirish va sipoxiylarga tarqatish bo’lgan. Mulk yerlari o’z ichiga katta xududlarni olib, bu yerlar eski boylar, vazirlar, amaldorlar, shayxlarga tegishli bo’lgan. Bu yerlardan keladigan daromad timar va ziamet yerlaridan bir necha bor ko’proq bo’lgan. Ammo Mexmed IIning merosxo’ri Boyazid II (1481-1512) davrida mulk va vaqf yerlarini tugatish bo’yicha belgilangan choralar bekor qilinadi. Yevropa davlatlaridan farqli ravshda barshina solig’i turklarda keng qo’llanilmagan.
Turkiya ayniqsa Vengriya va Venesiya bilan dushman bo’lgan. 1643yilda Turkiya va Venesiya o’rtasida urush boshlanadi va 16 yil davom etadi. 1479 yildagi Konstantinopol shartnomasiga ko’ra Venesiya Turkiyaga Evbiya, Lemnos va Egey dengizidagi orollarni (Krit va Korfudan tashqari, ular xar yili soliq to’lashga majburiyatini oladi) beradi. Evaziga Venesiyaga Mexmed II tomonidan 1551 yil berilgan savdo va sud imtiyozlari tiklanadi. 1492 yilda Turkiya Moskva davlati bilan diplomatik aloqalarni o’rnatadi. 1497 yilda Konstantinopolga Mixail Pleщyeyev boshchiligida Ivan III tomonidan elchilar yuboriladi. Podsho tomonidan ularga rus savdogarlari uchun Azov, Kafa, Turkiyada savdo-sotiq uchun sharoit yaratilishi
Tavsiya etilgan adabiyotlar:
Istоriya sredniх vekоv. Pоd red. S.P.Kаrpоvа. chаstь II M. MGU. 2001.
Istоriya strаn Аzii i Аfriki v srednie vekа. 1-2 ch. Vыsshаya shkоlа, 1988.
Istоriya strаn Аzii i Аfriki v srednie vekа. M., 1988.
Оsmаnskаya imperiya v strаnах tsentrаlьnоy Vоstоchnоy i yugо-Vоstоchnоy Evrоpы v XV-XVI vv. M., 1984.
Do'stlaringiz bilan baham: |