Mavzu: Urushdan keyingi AQSHning iqtisodiy qudrati
Reja:
1. AQShda urushdan keyingi ahvol.
2.Respublikachilar g‘alabasi. D.Eyzenxauer siyosati.
3.J.Kennedi. Demokratlarning qaytishi.
4.AQSH 90-yillarda.
AQShda urushdan keyingi ahvol.
Boshqa mamlakatlarga nisbatan AQSH Ikkinchi jahon urushida eng kam nisbiy va moddiy talofat ko‘rdi; 300 ming odam halok bo‘ldi va bedarak yo‘qoldi. Bundan tashqari Amerika iqtisodiyotining jadal o‘sishining omiliga aylandi. Masalan urush yillarida AQSH sanoatining quvvati ikki baravar eksport hajmi esa besh baravarga ko‘paydi. AQSH urushdan eng qudratli iqtisodiy va harbiy siyosiy ilg‘or manyuketga aylandi. 1948 yilda kapitalistik dunyo ishlab chiqarishida AQSH ko‘lami 54,6% ni, uning oltin zaxiralari esa dunyo zaxiralarining 53,3% ni tashkil etdi. Urush so‘ngida AQSH kapitalistik dunyodagi eng ko‘p sonli va qudratli armiyaga ega edi. 1949 yilgacha u atom quroli monopoliyasiga egalik qilar va undan foydalanardi. Shuning uchun, AQShning o‘zini “erkin dunyo” manfaatlari himoyachisi deb e’lon qilishi ajablanarli emas. Bu mamlakatlar barcha kapitalistik mamlakatlarni qamrab olardi.
Urushdan keyingi davrda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda prezident F.D.Ruzveltning “yangi kurs (yo‘l)” dasturi doirasida boshlangan islohotlar davom ettirildi. 1944-1946 yillarda harbiy harakatlar tugagandan so‘ng demobilizatsiya qilinishlari kerak bo‘lgan harbiylar hamda aholining qashshoq qatlami ahvolini yaxshilashga yo‘naltirilgan bir qator qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarga, jumladan, urush qatnashchilari uchun katta imtiyozlar berishni ko‘zda tutuvchi “soldat bil”, ishsizlikni qisqartirishga qaratilgan bandlik to‘g‘risidagi qonun, nafaqa va to‘lovlarni oshirish akti kirardi. 1945 yil aprelida F.D.Ruzvelt o‘limidan so‘ng AQSH prezidenti bo‘lgan G.Trumenning o‘z siyosatini “adolatli yo‘l” deb atagani tasodifiy emas edi.
Respublikachilar g‘alabasi. D.Eyzenxauer siyosati.
yilda prezident saylovlarida 1932 yildan beri oppozitsiyada bo‘lgan respublikachilar partiyasi mashhur general D. Eyzenxauer rahbarligida g‘alaba qozondi. U ikkinchi jahon urushi davrida Yevropadagi AQSH qo‘shinlariga rahbarlik qilar va Ittifoqchilar qo‘shining Fransiya sohiliga kiritilishi operatsiyasiga rahbarlik qilardi. Urush tugashi bilan Eyzenxauer AQSH qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi 1947 yilda esa Kolumbiya Universiteti prezidentiga (rektoriga) aylandi. 1951 yilda general Yevropada G‘arbiy Yevropa mamlakatlari-NATO a’zolarining quruqlikdagi, dengizdagi va harbiy havo kuchlariga rahbarlik qildi. 1952 yilga kelib u mamlakatning mashhur va obro‘li kishisiga aylandi.
Eyzenxaurer g‘alabasiga, boshqalardan ko‘ra, shu narsa ham turtki bo‘ldiki, u keng jamoatchilik orasida 5 ta Koreya jangchini tugatishga va’da bergandi. Bu urush Amerika xalqiga katta talofatlar yetkazdi. Eyzenxauerning o‘zi memuarlarida ta’kidlaganidek, bu urush ikkita jahon urushlari va grajdan urushi hisobga olinmasa, AQSH tarixidagi eng qonli urush bo‘ldi. AQSH Koreyada 398 ming o‘lganlar, yaralangan va asirlrni, ittifoqchilari esa 29 ming kishini (Janubiy Koreyadan tashqari) yo‘qotdi. Shuning uchun Eyzenxauer o‘z urinishlarini Koreya urushini to‘xtatishga qaratdi.
Umuman, respublikachilar ma’muriyatining tashqi siyosati Sovet ittifoqiga nisbatan “kuch nuqtai nazaridan” siyosat olib borishni davom ettirilishi bilan xarakterlanardi. Ammo Eyzenxaurer qo‘shma Shtatlarning shunday arboblaridan biri ediki, Amerika hamma narsaga qodir emas va unga hamma narsa ne dozvoleno. Bu narsa ayniqsa, 1957 yil oktabr oyida Sovet Ittifoqida dunyodagi birinchi sun’iy yo‘ldosh uchirilishidan keyin yanada yaqqolroq namoyon bo‘ldi. Bu SSSR yadro qurollarini AQShning hayotiy muhim markazlariga yetkazish vositalariga ega bo‘lganligini bildirar edi. Bundan buyon AQSH raqibning to‘g‘ri hamlasiga neuyazvimiy emas ekanligi ayon bo‘lib qoldi. Shuning uchun Eyzenxauer Sovet Ittifoqi bilan hamkorlik qilish zaruriyatini tushunar, fan, san’at va madaniyat sohalarida sovet-amerika aloqalarini rivojlantirishni muhim deb hisoblardi. Eyzenxauerning yana bir xizmati shundan iborat ediki, u qurollanishni yanada oshirishini yoqlab chiquvchi harbiy sanoat kompleksining o‘ta tirishqoq namoyandalarini to‘xtatib qolardi. U, agar bunday shaxslarga boshqaruvsiz hokimiyat berilsa, AQSH partizan davlatga aylanib qolishiga ishonardi.
Oq Uyga kelgandan keyin Eyzenxauer boshqa saylovoldi va’dalarini, ayniqsa, ichki siyosat masalalariga oid va’dalarni bajarishga shoshilmas edi. Bunda shuni hisobga olish kerakki, respublikachilarning saylovoldi dasturida yangi kursni tartibga solish, davlatning boshqaruvchilik rolini qisqartirish, erkin raqobat va erkin bozor tamoyillarini tiklash asosiy o‘rin tutardi. Ammo, siyosat bobida realist bo‘lgan Eyzenxauer Amerika kapitalizmi allaqachon korparativ shaklga ega bo‘lgani va davlatning iqtisodiyot va ijtimoiy sohada qisqartirish emas, balki faqat oshirish mumkinligini tushunardi. Shuning uchun ichki siyosatda, ayniqsa , ijtimoiy sohada uning ma’muriyati o‘zlaridan oldin hukmronlik qilgan demokratlar siyosatini kichik tuzatishlar bilan davom ettirayotgan edi.
J.Kennedi. Demokratlarning qaytishi.
AQShning urushdan keyingi tarixida 1960 yildagi prezident saylovlarida demokratlar partiyasi nomzodi Massagusetslik 48 yoshli senator J.Kennedining g‘alabasi muhim bosqichni tashkil etdi. V.Vilson va F.Ruzveltlar an’anasini davom ettirib, Kennedi “yangi sarhadlar” nomli islohotlar dasturini olib chiqdi. O‘z yo‘nalishi va siyosiy dunyoqarashiga ko‘ra u F.Ruzveltga juda yaqin edi va ham davlat ichida ham xalqaro sahnada vaziyatga to‘g‘ri realistik baho berilishi bilan farq qilardi. Juda badavlat oiladan chiqqan hamda intelektual va siyosiy elita namoyandasi bo‘lgan Kennedi aholining keng qatlamlari ahvolini yaxshilash va ularning bozor iqtisodiyoti va siyosiy demokratiya ideallari kurashchilariga aylantirish uchun davlat siyosatini doimo takomillashtirib borish zarurligini yaxshi tushunardi.
Kennedi hukumati iqtisodiyotni barqarorlashtirish va ijtimoiy yordam bo‘yicha dasturlarini kengaytirishga qaratilgan bir qator choralarni qabul qildi va amalga oshirdi. Jumladan, u alohida sohalar, masalan, elektra texnika va po‘lat quyish sohalari narxni ko‘tarishni ta’qiqladi. qashshoq mintaqalar (eng avvalo ko‘mir qazib oluvchi mintaqalar)ga yorlam berish, ishchilarni yangi kasblarga o‘qitish va malakalarini oshirish, voyaga yetganlar orasida savodsizlikni tugatish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilgan edi. Kennedi ma’muriyatining eng muhim yutug‘i shundan iborat ediki, respublikachilarning hukmronligi davridayoq (1957 va 1960 yy) qabul qilingan maktab va mansabdor shaxslarni saylashda irqiy kamsitishni ta’qiqlovchi qaror va qonunlarni rivojlantirgan holda jamoat joylari va ishga qabul qilish paytida irqiy kamsitishga qarshi yo‘naltirilgan yangi qonun loyihasini kongressga taqdim etdi.
Kennediga tashqi siyosat masalalarini hal qilishda ham g‘ayri odatiy yondashuv xos edi. Uning davrida “tinchlik korpusi” tashkil qilindi. Bu tashkilot qoloq mamlakatlarda iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda ishlashga istak bildirgan ko‘ngillilardan iborat bo‘lgan
yilga mo‘ljallangan va keng ommaviylashtirilgan “Taraqqiyot yo‘lida birlashuv” nomli dasturga muhim e’tibor qaratildi. Bu ikkala dasturlarning asosiy maqsadi AQShning xalqaro miqyosdagi ta’sirini kuchaytirishdan iborat edi.
AQSH paytda aynan Kennidining hukmronlik davrida, 1959 yildagi inqilobdan so‘ng AQShning ta’sir doirasidan chiqqan Kuba huzurida sovet Rone toparining joylashishidan keyin yuzaga kelgan 1962 yildagi Kuba raketa inqirozi ro‘y berdi. Inqiroz shu darajada keskinlashdiki urushdan keyingi davrda birinchi marta dunyoni termayadro urush yoqasiga olib keldi. Ammo, J.Kennedi va o‘sha paytdagi sovet rahbari N.S.Xrushev juda chigil va dunyo taqdiri uchun 5 ta xavfli bo‘lgan bu vaziyatdan har ikkala tomonga maqbul kelishuvga kelishga muvaffaq bo‘lishdi.
1963 yilda Kennedi ma’muriyati atmosfera, suv osti va koinotda yadro sinovlarini ta’qiqlash to‘g‘risida Moskva shartnomasini imzolashdi. Shunisi, e’tiborliki, o‘sha yili Kennedi yadro ostida ikkita qudratli mamlakatlar o‘rtasidagi urush bema’ni ekanligi va bu urushda g‘oliblar bo‘la olmasligini tan oldi.
1963 -yil 22 noyabrda o‘zining mamlakat bo‘ylab saylovoldi sayohati paytida Dallas shahrida (Texas shtati) Kennedi yollangan qotil (yoki qotillar) tomonidan o‘ldirildi. Bu fojeali voqea nafaqat Amerikaning o‘zi balki butun dunyodagi zamondoshlarini larzaga soldi. Lekin, asr jinoyati deb nomlangan bu qotillik hozirgacha ochilmaganicha qolmoqda va ehtimol Amerika tarixidagi jumboqlardan biri bo‘lib abadiy qoladi. AQSH prezidenti lavozimiga 1964 yilda ishonchli g‘alabaga erishgan vitse-prezident L.Djojon ayblandi.
Kennedi yo‘lini davom ettirib, Jojon “Buyuk jamiyat” dasturini e’lon qildi va uning doirasida bir qator islohotlar kompleksi ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Masalan, 1963, 1965 va 1968 yillarda negrlarning ta’lim sohasida va ishga qabul qilishda irqiy kamsitishning eng tarqalgan shakllarini tugatishga qaratilgan fuqarolik huquqlari to‘g‘risidagi yangi qonunlar qabul qilindi. “Buyuk jamiyat” doirasida, shuningdek, qashshoqlikka qarshi kurash dasturi ham amalga oshirildi. Aholining kambag‘al qatlamiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish ko‘lami sezilarli darajada oshirildi. Ammo Vyetnamdagi urushning tobora kengayib borishi sharoitida Jojon ma’muriyati bir qator eng ko‘p xarajatli ijtimoiy dasturlarni qisqartirish yoki butunlay to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
yil boshlangan bu urush, 1965 yilda tobora keng yoyilmoqda edi. Chegaralanmagan qudrat yarim armiyaning qatnashishiga qaramasdan amerikaliklar Vyetnam xalqi ustidan g‘alaba qozonishmadi. Balki, ular o‘zlariinng sharmandalarcha mag‘lubiyatlarini tanolishga majbur bo‘lishdi.
AQSH 90-yillarda.
R.Reygan ma’muriyati siyosatidagi ijobiy siljishlar respublikachilar partiyasiga 1988 yildagi prezident saylovlarida osongina navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritishga imkon berdi. Amaldagi prezident omma orasida katta obro‘ edi, faqatgina konstitutsiya normalari uchinchi muddatga saylanishga imkon bermasdi. Mamlakatning 41-chi prezidenti qilib, Amerikaning urushdan keyingi davrdagi tarixida birinchi marta vitse-prezidentlikdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, Katta J.Bush saylandi. U AQShning Ikkinchi jahon urushining qatnashchisi bo‘lgan oxirgi prezidenti edi. U o‘zining uzoq muddatli siyosiy () sida katta tajribaga ega edi. Bush AQShning BMTdagi vakili, Xitoydagi elchisi, hamda MRB (SRU) direktori bo‘lgan edi.
Bushning Oq uyda avvaliga vitse-prezident, keyinchalik mamlakat rahbari sifatida kelishi qo‘shma Shtatlar boshqaruv doiralarining siyosatiga katta ta’sir ko‘rsatgan dunyo miqyosidagi ulkan voqealar davrida ro‘y berdi. Gap “sovuq urush” tugashi, yadro urushi xavfining pasayishi, Sovet Ittifoqi va sotsialistik hamdo‘stlikning barham topishi, Germaniyaning qo‘shilishi, Isroilning arab mamlakatlari bilan ochiq muzokaralar olib borishining boshlanishi, hozirgi dunyo siyosiy xaritasidagi o‘zgarishlar haqida boryapti. Sovet Ittifoqi kabi eng qudratli harbiy-siyosiy raqibning siyosiy sahnaning tark etishi. AQSH rahbarlari ongida AQShning yagona va umume’tirof etilgan dunyoviy LIDERS () ga aylanishi va AQSH boshchiligida yagona qutbli dunyoviy tuzumning vujudga kelishi haqidagi xom xayollarini vujudga keltirdi.
Mamlakat ichida oshib borayotgan iqtisodiy qiyinchiliklar va budjet tanqisligining kuchayib borishi davrida respublikachilar ma’muriyati oldida vujudga kelgan yangi tashqi siyosiy imkoniyatlar istiqbolli edi. J.Bush o‘zining keng siyosiy tajribasiga tayangan holda AQShning mudofaasini kuchaytirish va dunyo sahnasida ochilgan yangi imkoniyatlardan samarali foydalanishni o‘z oldiga maqsad qilganini ma’lum qildi.
Ichki siyosat sohasida J.Bush prezidentligining boshlanishi davlat kreditlash tizimidan inqiroz bilan bir davrda to‘g‘ri keldi. Ma’muriyatning bir qator jamg‘arma muassasalarini tugatish va 1989 yilda qabul qilingan moliyaviy institutlarni isloh qilish to‘g‘risidagi qonunga tayanishga bo‘lgan urinishlari muvaffaqiyatsiz bo‘ldi va federal depozitlarni sug‘urta qilish zarurati natijasida budjet xarajatlarining keskin oshishiga olib keldi. 1991 yilda boshlangan iqtisodiy pasayish keyinchalik budjet tanqisligini oshishiga ta’sir qildi va prezident Reyganning konservativ moliyaviy dasturini davom ettirish haqidagi saylovoldi va’dasidan voz kechishga majbur bo‘ldi. Katta J.Bush ma’muriyati tezda soliqlarni oshirish , ijtimoiy ehtiyojlarga ajratilgan mablag‘ va qisman harbiy xarajatlarni kamaytirishga o‘tdi. Soliq siyosati tubdan qayta ko‘tarildi, katta daromadli shaxslardan soliq olishdagi bir qator cheklanishlar bekor qilindi. Shu bilan bir vaqtda kichik korxonalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ma’muriyat ixtiyoridagi soliq vositalari, eng avvalo, soliq imtiyozlarining egiluvchan tizimi kabi davlat tomonidan tartibga solish turi orqali erkin savdoni ta’minlash dasturi ishlab chiqila boshlandi. Prezident bu dasturni amalga oshirishga erisholmadi. U davlat xarajatlarining yangi moddalarini joriy qilish nomumkinligi sababli qiyin vaziyatga tushib, homiylikni () rag‘batlantirish va kengaytirish bo‘yicha katta ishlarni boshladi. Shu sababli uning ma’muriyati bir qator zarur tabiatni muhofaza qilish choralarini mablag‘ni atrof-muhitni ifloslantiruvchi xususiy sanoat hisobidan to‘lashga majbur edi.
Respublikachilarning tashqi siyosati ancha muvaffaqiyatliroq edi. Bush ma’muriyatining Amerika qit’asidagi faoliyati AQShda ma’qullandi va qo‘llab-quvvatlandi. 1989 yil dekabrda general M.A.Norvegi rejimini qulatish va saylangan hukumatni barqaror etish maqsadida AQSH qo‘shinlari Panamaga kiritildi. G‘arb yarim shari mamlakatlarining iqtisodiy hamkorligi rivojlandi. 1990 yilda , “umumamerika tashabbusi”- qarzlarni o‘zaro hisoblash va kelishuv qatnashchilari o‘rtasida bojxona to‘lovlarini bekor qilish yo‘li bilan Amerika davlatlari iqtisodiyotiga investitsiya kiritish va savdoni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar o‘zining amaliy bosqichiga o‘tdi. AQSH, Kanada, Meksika o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risida Shimoliy Atlantik kelishuvini qabul qilish to‘g‘risidagi muzokaralar muvaffaqiyatli o‘tdi.
J.Bush xalqaro keskinlikni susaytirish va “sovuq urush” asoratlarini bartaraf etish siyosatini olib bordi. Uning SSSR rahbari M.Gorbachev bilan birinchi uchrashuvi 1989 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tdi. 21-punktdagi AQSH tomonidan taklif qilingan sovet-amerika munosabatlarini rivojlantirish dasturi deyarli to‘la qabul qilindi. Keyinchalik, SSSR rahbariyati u tarqalgandan so‘ng esa, Rossiya rahbarlari bo‘lgan bir qator uchrashuvlarda bu mamlakatlar munosabatini yomonlashtirib turgan bir qator bahs munozarali masalalar AQSH foydasiga qilindi. AQSH tomoni SSSRni jahon iqtisodiyotiga to‘liq kirishiga yordam berishni taklif qildi. Ayni paytda G‘arbiy Yevropadan sovet va amerika qo‘shinlarini chiqarish, qurollanishni nazorat qilish va Yevropa xavfsizligini yangi tizimini yaratishda SBSE (1975 y) roli haqida muzokaralar olib borildi.
AQSH ma’muriyatining faol ishtiroki ostida Sharqiy va G‘arbiy Germaniyaning qo‘shilishi masalasi muhokama qilindi. Ko‘p tomonlama muzokaralar 12 sentabr 1990 yilda Moskva shahrida shunday shartnoma imzolandiki, unga ko‘ra SSSR NATOning to‘la huquqli a’zosi sifatida yagona Germaniyani tuzishga rozilik bildirdi. 1990-1991 yillardagi Yevropadagi qurolli kuchlar, hamda oddiy va strategik hujumga mo‘ljallangan qurollarni katta miqyosda qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomalar tuzildi.
90-yillarning boshida J.Bush ma’muriyati “yangi dunyo tartibini” o‘rnatish vazifasini ma’lum qildi. AQSH hukumati 1990 yilda, quvaytga xujum uyushtirgan Iroqqa qarshi g‘arb davlatlari kaolitsiyasini tuzdi va uning ustidan yengil g‘alaba qozondi. Shu bilan birga, “sovuq urush”dan keyin ikki dunyoviy tuzum raqobati davrida AQShning xalqaro siyosiy strategiyasiga tayanadigan tashqi siyosiy masalalardagi ichki siyosiy konsepsus barham topdi. Xitoyda 1989 yildagi tinchlik namoyishlarni tarqatish vaqtida inson huquqlarining paymol qilinishi munosabati bilan bu mamlakatga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni qo‘llashdan bosh tortgan J.Bush ma’muriyatiga AQSH keng jamoati tanqidiy munosabatda bo‘ldi. Fors qo‘ltig‘ida urush tugaganidan so‘ng qo‘shma Shtatlarda chuqur iqtisodiy inqiroz boshlandiki, faqat 1992 yil boshida kelib uni qisman to‘xtatishga muvaffaq bo‘lindi.
1992 yilda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida respublikachilar ma’muriyati qiyinchiliklaridan ustalik bilan foydalana olgan demokratlar partiyasi vakili Uilyem Jefferson Kliton Oq uy xo‘jayiniga aylandi. Uning g‘alabasining eng muhim omillaridan biri shu ediki, u demokratik partiyani saylovchilar oldidagi “yuzini” tubdan o‘zgargan o‘ta moddiy islohotlarni o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. “Reyganomika”ning mafkuraviylashgan prinsiplaridan voz kechib, Klinton o‘z partiyasining an’anaviy shiorlaridan uzoqlashishni afzal ko‘rdi. B.Klinton respublikachilarning bir qator mashhur shiorlari, jumladan, federal budjetni muvozanatga keltirish majburiyatini o‘zlashtirib oldi. Markazlashgan siyosatga tayangan holda, umuman olganda, demokratlar, mamlakat ijtimoiy va iqtisodiy hayotida davlat aralashuvi tizimi asoslarini yaratgan Ruzvelt-Kennedi an’analarida sodiq qolishdi. Klinton neokeys yondashuvga asoslangan yangi “iqtisodiy falsafa”ni e’lon qildi. Bunda davlatning sotsial funksiyasi to‘la saqlanadi., ammo u tanqischiliksiz moliyalash yo‘li bilan amalda oshirilishi kerak edi. Ayni paytda Klinton va uning tarafdorlari fuqarolarning shaxsiy tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, bozor prinsiplarini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy yordam va shunga o‘xshash sohalarni isloh qilish to‘g‘risidagi va’dalar bilan chiqishdi.
Klintonning eng muhim ijodlaridan biri AQShning dunyo miqyosidagi peshqadamligini ta’minlash uchun iqtisodiyotni gullab-yashnashi va ichki barqarorlikka urinishiga da’vat qilishdan iborat edi. Bu vazifani amalga oshirishda asosiy rol davlatga topshirildi, davlat esa bozorni to‘ldiradi, erkin raqobat qoidalarini belgilaydi. Klinton ma’muriyatining iqtisodiy strategiyasi budjet tanqisligini qisqartirish, odamlarga investitsiya qilish, xorijiy bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan edi. Klinton ma’muriyati avval iqtisodiyotni barqarorlashtirish, keyin uni barqaror rivojlantirishga erishdi, bu esa o‘z navbatida ishchi o‘rinlarning keskin oshishiga, inflyatsiyaning qisqartirishiga, aholining xaridorlik qobiliyatining yaxshilanishiga olib keldi.
Bu va bir qator boshqa omillar prezidentga 1996 yildagi saylovlarda ham g‘alaba qilishga imkon beradi. Klintonnning ikkinchi muddatdagi prezidentlik davrida bir qator shov-shuvlar tarqaldi va ular sal bo‘lmasa, uni ishpichmentga, ya’ni sud aralashuvi bilan prezidentlik lavozimidan chetlatishga olib kelgandi.
Ikki prezidentlik muddatida B.Klinton harbiy harajatlarni ancha qisqartirdi hamda bir qator ijtimoiy dasturlarning samaradorligini oshirish va ularning oshishini cheklash yo‘li bilan sotsial ta’minotga qaratilgan xarajatlarni isloh qilish yo‘lini tutdi. Hukumat tepasiga demokratlar bo‘lgan vaqt ichida AQShda 20 million yangi ish o‘rinlari yaratildi. 1998 yildan boshlab qo‘shma Shtatlar ijobiy (musbat) budjet saldosi- erishdi. Bir necha o‘n yilliklar davomida ilk bor federal hukumat daromadlari xarajatlardan osha boshladi. B.Klinton 2000 yil 27 yanvardagi mamlakatdagi vaziyat to‘g‘ridagi xotira bu profitsitni yaqin o‘n besh yil davomida milliy qarzlarni to‘lashda ishlatishni taklif qildi.
Ma’muriyatning muhim iqtisodiy muvaffaqiyati inflyatsiya jarayonini ikki baravar sekinlashishi bo‘ldiki, bu amerikaliklarning yuqori darajadagi turmush tarzini saqlashga imkon berdi. Budjet tanqisligini harbiy xarajatlarni qisqartirish yo‘li bilan bartaraf etishga erishildi. Harbiy maqsadlar uchun mablag‘ ajratish 1998 yilda federal budjetning 16 % ni tashkil etdi. Natijada hukumatning ijtimoiy xarajatlari harbiy xarajatlardan uch baravar ko‘paydi. Hukumat dasturlarida uzluksiz texnalogik inqilobni boshdan kechirayotgan iqtisodiyot sharoitida ishchi kuchlarning yuqori malakaviy darajalarini ta’minlaydigan muhim funksiya, ta’lim sohasini qo‘llab-quvvatlashga muhim e’tibor qaratildi. Klinton davrida federal budjet fan sohasidagi barcha xarajatlarning uchdan bir qismini (bu miqdorning yarmini esa fundamental tadqiqotlar uchun) o‘z zimmasiga olgandi.
Klinton ma’muriyatining tashqi siyosiy strategiyasi iqtisodiy salohiyat, samarali harbiy ta’minotni yangilash, televediniya, kino, internet orqali erishilgan madaniy-axborot sohadagi mustahkam mavqega tayangan holda AQShning “dunyo lideri” sifatidagi rolini saqlashga asoslanardi. 1993 yildan boshlab Shimoliy Amerika Erkin Savdo Mintaqasi (NAFTA)ni tuzish to‘g‘risidagi kelishuv kuchga kirdi. 1994 yilda AQSH prezidenti tashabbusi bilan “Amerika Erkin Savdo Mintaqasi” (TAFTA) tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. AQSH Osiyo-Tinch okean iqtisodiy hamjamiyatida faol ishtirok etadi. Yangi “Yevro-Atlantik bozor”ni yaratish rejalari ishlab chiqilmoqda.
Shu bilan birgalikda harbiy kuch AQSH tashqi siyosatining asosiy vositalaridan biri bo‘lib qoladi. 90-yillar boshida Raketaga qarshi Mudofaa (PRO-DAR) rivojlantirish dasturiga e’tibor qaratib, Strategik Mudofaa Tashabbusi (SOI-SDI) dan voz kechdi. Ammo 1998 yilda Hindiston va Pokistonda yadro quroli Eron va Shimoliy Koreyada o‘rtacha uzoqlikdagi raketalar sinovining o‘tkazilishi prezident PROga o‘z munosabatini o‘zgartirishga majbur qildi. 1999 yilda Klinton harbiy xarajatlarning oshirilishi va harbiy qurilishining yangi bosqichi (bunda yangi avlod qurollarni sotib olishini amalga oshirish nazarda tutilgan) haqida e’lon qildi.
Shu bilan birgalikda Klintonning tashqi siyosiy faoliyati tanqidiy fikrlarni ham keltirib chiqardi. Uning Rossiya, BMT, Yaqin Sharq mamlakatlari bilan munosabati, AQSH qurolli kuchlarining xorijdagi to‘qnashuvlarda qatnashganligitanqid ostiga olindi. Xalqaro Valyuta Fondi (XVF) mutaxassislarining baho berishlaricha asr oxirida AQSH iqtisodiyotida “qizib ketish” alomatlari ko‘zga tashlanmoqda va iqtisodiy inqiroz tahdid solmoqda.
2000 yildagi saylovlar AQShda fojiali xarakterga ega bo‘ldi. Demokratlar hukmronligi davrida ko‘zga tashlangan iqtisodiy muvaffaqiyatlar ular nomzodi, vitse-prezident Albert Gorning g‘alabasiga umid bog‘lashga asos bo‘lardi. Respublikachilar ishtiyoqida edilar. Ular jamiyatning an’anaviy qadriyatlarini himoya qilish ishlari ostida saylovchilarni o‘zlari tomon og‘dirish uchun hamma imkoniyatlarni ishga soldilar. O‘zlarining saylovoldi kompaniyalarida respublikachilar B.Klinton tajribasini hisobga olishdi. Bunda ular demokratlarning ba’zi shiorlarini o‘zlashtirib va markazlashgan yondashuvga tayanib, demokratlar mavqeiga yaqin mavqeda turishdi. O‘ta uzoq davom etgan iqtisodiyotning gullab-yashnashi saylovchilar kayfiyatida namoyon bo‘ldi. Natijada saylovoldi muzokaralarni muhokamalarda an’anaviy bo‘lgan iqtisodiy muammolar 2000 yilga kelib ikkinchi darajali masalalarga aylanib, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’limot masalalari, hamda din, jamiyatning oilaviy va ma’naviy huriyatlariga bog‘liq mavzular birinchi darajali muammolarga aylandi. Bu masalalarda respublikachilar mavqei aholining ko‘pchilik qismi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Saylov natijalari inkor etib bo‘lmas xarakterga ega edi. Albert Gor uchun 542 mingdan ko‘proq saylovchilar ovoz berganiga qaramasdan, tanlovchilar kollegiyasida ozgina farq bilan respublikachilar tarafdorlari ko‘proq edi. Bunaqa holatga AQSH saylov tizimining o‘ziga xos xususiyatlari olib keldi. Gorni faqat 20 ta shtat, Kolumbiya federal okrugi qo‘llab-quvvatladi. Kichik J.Bush esa 30 shtatda g‘alaba qozondi. Ayni paytda aholisi yarim millionlardan ko‘p shaharlar aholisi Gorga 1:3 kabi nisbat ovoz berilgan bo‘lsa, kichik shaharlarda 60% ovoz Bushga tegishli bo‘ldi. Demokratlarni qirg‘oqdagi kichik hududda joylashgan yirik shaharlar, respublikachilarni esa mamlakat ichkarisidagi mudofatlarni qo‘llab-quvvatlashdi. Saylov natijasini belgilashda respublikachilarning Florida shtatida saylov varaqalarini qayta sanashga yo‘l qo‘ymaganliklari bo‘ldi. Florida shtatidagi saylov natijalari demokratlarning bir qancha noroziliklariga sabab bo‘lgandi. Natijada AQSH Oliy Sudi qaroriga ko‘ra, AQShning 43-chi
prezidenti etib kichik J.Bush e’lon qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |