Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti MOXT va M yo‘nalishi 4-kurs dariy- ingliz guruhi talabasi _________________ning Markaziy Osiyo xalqlari tarixi fanidan tayyorlagan case study.
Mavzu: URUSHDАN KЕYINGI (1945-1985) YILLАRDА MАRKАZIY ОSIYO ХАLQLАRINING ХO„JАLIKNI QАYTА TIKLАSHI, IJTIMОIY-SIYOSIY, IQTISОDIY VА MАDАNIY HАYOTI. Savol: Markaziy Osiyoda ijtimoiy-siyosiy inqirozning kuchayishi va iqtisodiy turg’unlik.
Javob: XX asrning 70-yillariga kelganda Markaziy Osiyo respublikalarida ijtimoiy rivojlanish muammolari ularning hal qilinishidan ko’ra tezroq ko’payib, keskinlashib bordi. Boshqaruvning ma'muriy-buyruqbozlik usullari va iqtisodiyotni qattiq rejalashtirish prinsipi vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Bu hol sanoatni rivojlantirishni ham qiyin ahvolga solib qo’ydi.
Mustabid tizim va uning zo’ravonlik usullari, iqtisodiyotning qattiq markazlashgan holda rejalashtirilishi Markaziy Osiyo respublikalari rivojlanishida jiddiy ziddiyatlar kelib chiqishiga olib keldi. Sovet imperiyasining tarkibiy qismi bo’lgan, ham siyosiy, ham iqtisodiy huquqga ega bo’lmagan respublikalar Markaz tomonidan ishlab chiqilgan va besh yillik rejalarda aks ettirilgan yo’l-yo’riqlarga amal qilishga majbur edilar. Urushdan keyingi besh yilliklar ana shunday tarzda rejalashtirilgan bo’lib, ularga mahalliy sharoitda respublikalar rahbariyati tomonidan ba'zi aniqliklar kiritish ham Markazning ruhsati bilan qilinar edi. Sanoatni rivojlantirishda Tojikiston, O’zbekiston, Turkmaniston respublikalari metropoliyaning sanoat jihatidan rivojlangan mintaqalarining paxtaga bo’lgan ortib boruvchi ehtiyojini ta'minlashidek yaramas konsepsiyaga qat'iy amal qilinardi. Shuningdek bu respublikalar boshqa qishloq xo’jalik xom ashyosi bilan bir qatorda strategik xom ashyo ham yetkazib berishi lozim edi. Biroq bu respublikalar sanoatiga bildirilayotgan yuksak talablar bu yerda yangi texnologiyalarni, zamonaviy fan va texnika yutuqlarini joriy qilish bilan hamoxang emasdi. Bu esa muqarrar ravishda belgilangan rejaning bajarilmasligiga va boshqa nomutanosibliklarga olib kelardi, bular ayniqsa sanoatning yengil, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarida aniq ko’zga tashlanar edi.
Yengil va oziq-ovqat sanoatiga qaraganda, ko’p tarmoqli mashinasozlik industriyasi traktorsozlik, neft, ko’mir, gaz, kon-ruda, oltin qazib olish, va energetika sanoatlari rivojlantirildi. Markaziy Osiyo respublikalari bo’ylab yangi elektr stansiyalari qurildi. Mashinasozlik va metallga ishlov berish Qozog’iston, O’zbekiston sanoatining eng muhim tarmoqlariga aylandi. Turkmaniston, Tojikiston respublikalarida to’qimachilik va boshqa sohalar rivojlanishiga asosiy e'tibor qaratishga harakat qilindi. Mintaqada boshqa sohalarga bo’lgan e'tiborni ham susaytirmaslikka harakat qilindi. Jumladan, Qirg’iziston, Tojikiston va O’zbekistonda bog’dorchilikni rivojlantirish, pillachilik va chorvachilikdagi jarayonlarni ko’tarish tomon urinishlar bo’ldi. Shunday bo’lsa-da, mustabid tuzumning mustamlakachilik iskanjasida siqib qo’yilgan Markaziy Osiyo respublikalari o’z zaminlaridan olinadigan birorta boylikning asl xo’jayinlari emasdilar. Eng muhim sanoat yoki ishlab chiqarish sohasiga oid karxonalar ittifoq vazirliklariga bo’ysindirib qo’yilgan edi.
XX asrning 70-80 yillariga kelib ushbu respublikalar sanoat ishlab chiqarish rivoji, uning hajmi va mehnat unumdorligi sur'atlari pasayib, mahsulotlar sifati, boshqa eng muhim iqtisodiy ko’rsatkichlari yomonlashib ketdi. Markazlashtirilgan rejalashtirish, ishlab chiqarish va taqsimot Markazning qat'iy nazoratida bo’lishi xalqning tashabbuskorligi va ijodini tobora bo’g’ib qo’ya boshladi. Mavjud qiyinchiliklarni yengish imkonini bermadi. Respublikalarda chaqiriqlar, chiroyli shiorlar va majburiyatlar bilan niqoblangan muammolar hal etilmasdan qolaverdi.
O’z tashqi siyosatini kommunistik mafkurani dunyo bo’ylab yoyish orqali ta'sir doirasini kengaytirish asosida qurgan SSSR 1979 yil 25 dekabrda o’z qo’shinlarini Afg’onistonga kiritgan edi. Bu dunyodagi barcha taraqqiyparvar xalqlar tomonidan keskin qoralandi. 1989 yil fevralda sovet qo’shinlari Afg’onistondan olib chiqib ketildi. Ko’p yillik urush mamlakatga katta zarar yetkazdi. 14 mingdan ziyod sovet jangchisi halok bo’ldi.
Shunday qilib, XX asrning 80 yillariga kelib SSSRda tanglik holati keskin kuchaydi, u mamlakat hayotining barcha sohalarini qamrab oldi. Mustabid tuzum sharoitida davlat mulki monopoliyasi va boshqaruvda ma'muriy-taqsimlash tizimi hukmronligi tobora kuchayib bordi, natijada boshqa respublikalarida bo’lganidek Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekiston respublikalarida ham ishlab chiqarishning o’sish sur'atlari, yalpi mahsulot xajmi, mehnat unumdorligi shiddat bilan pasayib ketdi, ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalaridan, mehnat samaralari va shu kabilardan begonalashuvi yanada ortib bordi.