Kimyoviy va fizik omillar. Urug‘larga turli kimyoviy moddalarning eritmalari bilan ekish oldidan ishlovberilishining unib chiqishi va maysalari xossalarini shakllanishidagi jarayonlarni o‘zgartirib, ma’lum yo‘lga solishga imkon beradi. Urug‘larga: seleksiyada ishlatish uchun maysalarda irsiy o‘zgarishlarni hosil qilish; maysalarni noqulay sharoitlarga moslashtiruvchi funksiyalarini kuchaytirish; maysalar yashovchanligi va ularda bo‘ladigan moddalar almashinuvini kuchaytirish (jonlantirish, stimullash); urug‘larni oziq moddalar bilan boyitish; ularni va maysalarni zararkunanda hamda kasalliklardan himoya qilish maqsadida kimyoviy moddalar bilan ishlov beriladi. Tabiy hodisalarga asoslangan omillar urug‘larning unib chiqish jarayoniga, bu davrda bo‘ladigan metabolizm tabiatiga katta o‘zgarishlar kiritadi. Bu omillarning dozalari, ta’sir ko‘rsatib borish muddatlari va boshqa tegishli sharoitlarni bilib yaxshi tanlab olinganida ular urug‘larning unib chikishi va maysalarning o‘sib borishini jonlantiradi, lekin o‘simliklar rivojlanishining keyingi bosqichida bu omilarnning ta’siri so‘nib boradi.
Rentgen nurlari va gamma nurlar berish, yuqori kuchlanishli o‘zgaruvchan tok elektr maydoni, yuqori kuchlanish impulslari, ultrabinashfa va infiraqizil nurlar, to‘plangan impulsli quyosh nuri, ultiratovush va oddiy tovush to‘lqinlari, yuqori chastotali elektromagnit maydoni, issiqlik neytronlari, lazyer nuri va boshqalar bilan ta’sir o‘tkazish ana shunday omillar jumlasiga kiradi. Urug‘larga beriladigan kimyoviy moddalar va tabiiy omilarning miqdori va qancha vaqt ta’sir ettirilishi, ya’ni ularning dozalari bilan ekspozisiyasi ekinning turiga, beriladigan ishlovning shart-sharoitlari va maqsadlariga asosan turlicha bo‘ladi. Kimyoviy va tabiiy omillarni qo‘llash usullari hozir ishlab chiqarish 130 sharoitlarida sinovdan o‘tkazilmoqda, shunga ko‘ra, ularni ilmiymuassasalarning hodimlari boshchiligida qo‘llash kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- sonli O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni
2. Abdukarimov D.T., Xushvaqtov S.X., Umurzoqov E.U.“Tamakichilik”. Toshkent, “Mehnat”, 1997 y. 192
3. Abdukarimov D.T., Safarov T.S., Ostonaqulov T.E. Dalaekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi va genetika asoslari, Toshkent. “Mehnat”. 1989y.
4. Abdukarimov D.T., Gorelov Ye.P., Halilov N.X. Dehqonchilik asoslari va yem-hashak yetishtirish . Toshkent. “Mehnat”. 1987 y
5. Abdukarimov D.T. Qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi. Toshkent. 2002 y.
6. Abdukarimov D.T. Dala ekinlar xususiy seleksiyasi. Toshkent. 2007 y. 7. Abdukarimov D.T. Donli ekinlar seleksiyasi va urug‘chiligi. Toshkent, 2010 y.
8. Abdukarimov D.T. Dala ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi. Samarqand, 2012 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |