Asosiy namunadan taxlil uchun o’rtacha namuna ajratiladi. O’rtacha namuna ikkita olinadi-biri urug’ning tozaligini, unuvchanligini, 1000 donasining vaznini va boshqa sifatlarini aniqlash uchun ishlatilsa, ikkinchisi urug’ning namligi va zararkunandalar bilan nechog’lik kasallanganligini aniqlashda asqotadi. Taxlil uchun olinadigan o’rtacha namuna har xil og’irlikda bo’ladi. Bo’lsa g’alla o’simliklari uchun olinadigan o’rtacha namunaning og’irligi 1000 g.ga teng bo’lsa, o’tlar uchun 100—150 g teng bo’ladi.Asosiy namunadan o’rtacha namuna quyidagicha olinadi: namunaurug’lari stolga (faner, karton, taxta ustiga) to’qilib, yaxshilab aralashtiriladi, so’ngra urug’lar chizg’ich bilan tekislanib, juda yirik urug’li ekinlarniki (yeryong’oq, burchoq, no’xat va bosh- qalar uchun) qalinligi 1,5 sm keladigan to’rtburchak ko’rinishida yoyib qo’yiladi. - Asosiy namunadan taxlil uchun o’rtacha namuna ajratiladi. O’rtacha namuna ikkita olinadi-biri urug’ning tozaligini, unuvchanligini, 1000 donasining vaznini va boshqa sifatlarini aniqlash uchun ishlatilsa, ikkinchisi urug’ning namligi va zararkunandalar bilan nechog’lik kasallanganligini aniqlashda asqotadi. Taxlil uchun olinadigan o’rtacha namuna har xil og’irlikda bo’ladi. Bo’lsa g’alla o’simliklari uchun olinadigan o’rtacha namunaning og’irligi 1000 g.ga teng bo’lsa, o’tlar uchun 100—150 g teng bo’ladi.Asosiy namunadan o’rtacha namuna quyidagicha olinadi: namunaurug’lari stolga (faner, karton, taxta ustiga) to’qilib, yaxshilab aralashtiriladi, so’ngra urug’lar chizg’ich bilan tekislanib, juda yirik urug’li ekinlarniki (yeryong’oq, burchoq, no’xat va bosh- qalar uchun) qalinligi 1,5 sm keladigan to’rtburchak ko’rinishida yoyib qo’yiladi.
- Hosil bo’lgan urug’ to’rtburchak chizg’ich bilan butsimon qilib kesib, to’rtta uchburchakka bo’linadi.
- Qarama-qarshi tomondagi ikki uchburchakdagi urug’ olib tashlanadi, qolgan ikki uchburchakdagisi esa bir-biriga qo’shilib, yaxshilab aralashtiriladi, yana tekislanib, to’rtta uchburchakka bo’linadi. Qolgan urug’lar ikkita o’rtacha namuna tuzish uchun yetarli miqdorga kelguncha shu tariqa bo’linaveradi. Ana shundan keyin hosil bo’lgan to’rtburchakning ikki qarama-qarshi tomonidagi uchburchakdagi urug’lar bitta o’rtacha namuna olish uchun bir-biriga aralashtiriladi va qolgan ikkita uchburchakdagi urug’lar ham ikkinchi o’rtacha namuna olish uchun bir-biriga aralashtiriladi.
- Urug’ning tozaligini va unuvchanligini aniqlashga mo’ljallangan birinchi o’rtacha namuna buz xaltachaga solinadi, ichiga xo’jalik, ekin, navning nomi, hosil olingan yil, urug’ partiyasining raqami va og’irligi yozilgan yorliq ham solib qo’yiladi. Xaltachaning og’zi ip bilan bog’lanib, ipning uchlari muxrlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |