O`qituvchi:
|
Hozir qaysi dars? (6 daqiqa)
|
O`quvchi:
|
Ona tili
|
O`qituvchi:
|
Biz o`tgan ona tili darsimizda qanday mavzu bilan tanishganmiz, uyga vazifa nima?
|
O`quvchi:
|
Unli tovush va harflarni mustahkamlash.Uyga vazifa 23-mashq. Shartiga ko`ra so`zlar tuzib, yozish lozim.
|
O`qituvchi:
|
2-3- o`quvchidan uy ishi so`raladi, muhokama qilinadi.Uyga berilgan vazifa baholanib, umumlashtiriladi.
|
O`qituvchi:
|
Otilgan mavzularni biz yodga olaylik. Unli tovushlar qanday aytiladi?
|
O`quvchi:
|
Unli tovushlar hech qanday to`siqqa uchramaydi, cho`zib talaffuz qilinadi.
|
O`qituvchi:
|
Unli tovushlar nechta va qaysilar?
|
O`quvchi:
|
6 ta: a, o, e, i, u, o`.
|
O`qituvchi:
|
Uchqur so`zini bo`g`in-tovush, tovush-harf jihatidan tahlil qilinadi.
|
O`quvchi:
|
Uch - 1 bo`g`in, 2 ta tovush (u, ch), 2 ta harf (u, ch) qur - 2 bo`g`in, 3 ta tovush (q, u, r), 3 ta harf (q, u, r)
|
O`qituvchi:
|
a, u, o unlilari bilan boshlanuvchi so`zlar topadi, izohlaydi.
|
O`quvchilar bilimlari izohlanadi, rag`batlantiriladi.
Dam olish daqiqasi: Bo`yin cho`zib qarag`ay, Yon atrofga qaragay. Der u:barcha daraxtdan, Baland akang qarag’ay.
O`qituvchi: O`zbek tilida unli tovushdan tashqari yana qanday tovush bor, u qanday hosil bo`ladi?
O`quvchi: Undosh tovush to`siqqa uchraydi, cho`zilmaydi. O`zbek tilida 23 ta undosh harf bor.
Dars maqsadi e’lon qilinadi.
Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi: Mana, sizlar bilan bugun undosh tovushlarni takrorlaymiz. Sinf daftariga sana, mavzuni yozing. Lug`at diktanti (qish, qalam, kitob, shavla, burgut, bulbul).
Undosh harflarning tagiga chiziladi. Sinf taxtasidagi so`zlar bilan tekshiriladi.
Darslik bilan ishlash:
O`quvchilarga undoshlar haqida, ularning yozilishini o`rgatish.
O`qituvchi: Quyidagi topishmoqning javobini toping:
Ikki yoni tog`, o`rtasida sarig` yog`.
(yong`oq)
Darsligimizning 17-betidagi 24-mashqda Ibrohim Donishning
“Yong`oq” she`ri berilgan. (5 daqiqa)
O`quvchilar o`qib, undoshlar tagiga chizish topshiriladi. Nechta undosh borligi aniqlatiladi (15 xil undosh, 9 xil undosh ishtirok etmagan).
Sinf taxtasiga yozilgan she`r matnini daftarlariga ko`chiriladi.O’quvchilarga chiroyli yozish qoidalari eslatiladi.
Dam olish daqiqasi: Olma yedim baqalog’idan, Anjir yedim yapalog’idan.
Olcha yedim qo’shalog’idan, Dehqon boboning shapalog’idan.
“So`z tuz!” mashqi proektor orqali beriladi. O`quvchilarga proektor haqida
tushuncha beriladi..Mashq shartini tushuntiriladi.O’quvchilar har bir shakldan
oltitadan so’z tuzishlari kerak. (3 daqiqa)
Qatorlar bo’yicha tuzilgan so’zlar o’qitilib,rag’batlantiriladi.
(2 daqiqa)
25-mashq asosida rasmli diktant o`tkaziladi. Darslikdagi lug`atdan tekshiriladi. Sabzavotlarning foydasi, vitaminlarga boyligi, ularni yetishtirishda dehqonlarning mehnati haqida suhbat o`tkaziladi. Daftarga yozilgan sabzavot nomlaridagi undoshlarning tagiga chizish topshiriladi.
O`qituvchi:
|
Mehnat haqida qanday maqollar bilasiz? (4 daqiqa)
|
|
Mehnat - baxt keltirar.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |