IX. O’tilgan mavzuni takrorlash
X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:
Topshiriq. Undalmalarning nechanchi shaxsga qaratilgani, gapning qaysi o‘rinlarida kelishiga e’tibor bering.1. Hurmatli Xolposhsha! Boshingga tushgan tashvishdan, anchagina
betob bo‘lib yotganingdan xabarimiz bor. Qayg‘urma. (O‘. Umarbekov) 2. Gapiraver, qizim, qulog‘imiz senda. (O‘. Umarbekov) 3. Ich, jigarim, qo‘rqqansan... (Abdulla Qahhor) 4. Endi, o‘g‘lim, dabdurustdan majlis deding... asli, shu gapni avval o‘zaro jo‘n gaplashib, pishiqtirib olsag-u, keyin majlisga solsang bo‘lar edi. (Abdulla Qahhor)Ma’lumki, undalmalar so‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yyookkii pprreeddmmeettnnii bbiillddiirraaddi Masalan, rasmiy uslubda qo‘llangan undalmalarda rasmiylik bo‘yog‘i sezilib turadi: Hurmatli Ahmad Rahmatovich, Sizga shuni ma’lum qilamizki...
Undalmalar so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda, asosan, emotsional-ekspressivlik bo‘yog‘iga ega bo‘ladi. Masalan: Odamlar, siz mening hayotim, Har biringiz umrim parchasi. (E. Vohidov) Bo‘tam, orqaga qayt. Manavilarni uyga tashlab, keyin boramiz. (Said Ahmad)
Bunday birliklardagi undash ma’nosini yanada kuchaytirish uchun turli undovlar ham birga qo‘llanishi, undalmalar takror holda kelishi mumkin. Masalan: Ey Vatan, bag‘ringda shod Erkin o‘g‘loning bo‘lib Yurm oqni istaydir ko‘ngil. (E. Vohidov) Hoy qizginam-ey, qizginamey. Nimalar qilib qo‘yding, qizginam-ey. (O. Yoqub ov) Sendan farzandingga bog‘ qolsin, ey do‘st, Bog‘ing Vatan degan nom olsin, ey do‘st. (E. Vohidov)Undalmalar gapning ichida yoki oxirida kelganda, emotsionallik bo‘yog‘i ortiqroq bo‘ladi. Masalan: Endi sen chorlasang, toki tanda jon, Labbay deyajakman, Vat an – onajon. (A. Oripov) Oq yo‘l bo‘lsin sizlarga, yosh do‘stlarim. (E. Vohi dov) Qutida, – dedi Zulayho. – Xud-di shunaqa zirak ham bor. Kumush bo‘lsa kerak-a, dada? (O‘. Umar-
b ekov) Biz eskichasiga Hanifa deyaveraylik, o‘g‘lim, qishloqchilik emasmi, bilgan undoq deydi, bilmagan mundoq deydi. (Said Ahmad)
A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan olingan vaqt so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanishing, ulardagi ma’no nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing. VAQT, payt, zamon, fursat, mahal, chog‘, kez, kezak, mavrid, palla, muddat, dam, on, lahza. Yuz beradigan voqea-hodisa va narsalarning asrlar, yillar, soatlar, daqiqalar va h.k. bilan o‘lchanadigan davomiyligi. Vaqt so‘zi qolganlaridan keng tushunchaga ega. Payt, zamon,
mahal, chog‘, kez, kezak, palla, muddat, dam, on, lahza so‘zlari ma’lum chegaralangan vaqtni bildiradi. Shun ing uchun bu so‘zlar ifodalanayotgan vaqt chegarasini aniql ab ko‘rsatuvchi so‘zlar bilan birga qo‘llanadi: yoz payti, bir zamon, har mahal, shu on, shu chog‘, o‘sha kezda, har lahz a, kuz pallasi kabi. Muddat o‘lchangan, belgilangan vaqtni bildiradi. Zamon biror voqea-hodisa bilan xarakterli bo‘lgan vaqt oralig‘ini ham bildiradi. Lahza, on vaqtning juda qisqa darajasini bildiradi va ko‘proq kitobiy uslubga xos. Fursat, ko‘pincha, ma’lum ish uchun lozim bo‘lgan, shu ishga belgilangan vaqt ma’nosini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |