Kuni uzaytirilgan guruhda sport soati. Uning maqsadi-o`quvchilar sog`ligini mustahkamlash, aqliy va jismoniy yuklanishlarning oldini olishdan iborat. Mashg`ulotlar qiyinchilik sodir bo`lmaydigan shaklda jalb qilish xususiyatida o`yin metodidan foydalanish ustunligida o`tkaziladi, shuningdek, uyda berilgan topshiriqlar xam bajariladi. Bunday mashg`ulotlarni o`tkazishda mutaxassislar, maktabining jismoniy tarbiya faollari va ota-onalar xam jalb qilinadi. Mashgulotlar xar kuni 35-45 daqiqa mobaynida o`tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |