Mavzu: Umumjahon savdo tashkiloti va O’zbekiston reja


O’zbekiston uchun Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lishning afzalliklari



Download 33,3 Kb.
bet4/5
Sana19.06.2021
Hajmi33,3 Kb.
#71045
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jahon savdo tashkiloti va o'zbekiston Erkinboyev M global

O’zbekiston uchun Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lishning afzalliklari

Iqtisodiyotni taraqqiy toptirish uchun bozor mexanizmlarini rivojlantirish, xususiy sektorga imkoniyat yaratish, qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni eksport qilish va ish o‘rni barpo etish kerak bo‘ladi. Bunday maqsadga erishishda esa mamlakatda tizimli islohotlarni o‘tkazish katta rol o‘ynaydi. Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish ham bu borada muhim ahamiyat kasb etib, ishlab chiqarishni rivojlantirishda, eksportni o‘stirish va kengaytirishda, bozor islohotlarini davom ettirish barqarorligini ta’minlashda yordam berishi mumkin. Texnik tartibga solish, bojxona ma’muriyatchiligi, xizmat sohasidagi qonunchilik bo‘yi­cha institutsional islohotlar ishlab chiqarish, ilmiy-texnik rivoj­lanishning dunyo miqyosidagi jarayoniga integratsiya­lashuv imkoniyatini tezlashtiradi va osonlashtiradi. Bu ishbilarmonlik va raqobat muhitining yanada yaxshilanishiga olib keladi. JSTga a’zo bo‘lish alohida korxonalarga berilgan hammaga bir xil bo‘lmagan imtiyoz va tartiblarni bekor qilishni, korrupsiya darajasini kamaytirishni anglatadi. Xususiy sektor haqqoniy qoidalar bo‘yicha rivojlanadi. Masalan, paxta monopoliyasini bartaraf etish, fermer xo‘jaligiga nimani ekishni va bozor narxida sotishni erkin tanlash imkoniyatini beradi. Natijada yangi tarmoqlar vujudga keladi va, tabiiyki, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi. Tashkilotga a’zolik yangi mahsulot va xizmatlar bo‘yicha yangi standart va qoidalarni shakllantiradigan turli xalqaro tashkilot va bitimlarda ishtirok etishga yo‘l ochadi. Yurtimizda dunyo mamlakatlariga eksport qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarish sharoitini tug‘diradi.

O’zbekiston Jahon Savdo Tashkilotiga kirish uchun 1994 yilda murojaat qilgan, lekin bu harakat hozirgacha boshlang’ich darajada qolmoqda. Mutaxassislarga ko’ra, O’zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga qo’shilish jarayoni hukumatning siyosiy irodasiga bog’liq.

AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligining Jahon Savdo Tashkilotiga a`zo bo`lisihda texnik ko`mak ko`rsatish loyihasi direktori Umida Haqnazarga ko’ra, O`zbekiston va Jahon Savdo Tashkiloti o`rtasidagi muzokaralarni to'xtab qolgan deb bo`lmaydi.

“Hozirgacha Jahon Savdo Tashkiloti va O`zbekiston o`rtasida ikki tomonlama va ko`p tomonlama muzokaralar o`tkazilgan, hukumatda vaziralar va vazirlar o`rinbosari darajasidagi komissiya ish olib borayapti, hamda to’qqizta ishchi guruhi tuzilgan”



Jahon Savdo Tashkilotiga a`zo bo`lish uchun O`zbekiston hukumatidan talab qilinadigan omillar asosan milliy tartib-qoidalarni xorijiy va mahalliy korxonalar uchun bir xilda muvofiqlashtirish, import va eksport uchun tariflarni muvozanatda saqlash, savdo va ishlab chiqarish imkoniyatini barchaga teng qilish, tadbirkorlar huquqlarini xalqaro me`yorlarda kafolatlashdir.

Jahon Savdo Tashkilotiga a`zo bo`lish O`zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta'sir ko`rsatishi, xususan mahalliy sanoatning rivojlanishiga to`siqlar bo`lishi mumkinligi haqida mutaxassislar turlicha fikrda.

Jahon Savdo Tashkilotiga kirish O`zbekiston iqtisodiyoti uchun foyda bo'ladi. Jarayon savdo va iqtisodiy rivojlanishga to`sqinlik qilayotgan holatlarga barham beradi va O`zbekiston iqtisodiyoti dunyoning 150 dan ortiq mamlakatida qabul qilingan xalqaro me’yorlar asosida ishlay boshlaydi.

Bundan tashqari Jahon Savdo Tashkiloti nizomida rivojlanayotgan davlatlarga yordam ko`rsatish, tashkilotga a`zo bo`lishning xorijiy sarmoyadorlar uchun kafolat sifatida tushuniladi. Bu esa sarmoyaga muxtoj bo`lgan O`zbekiston iqtisodiga qoshimcha mablag`lar jalb qilishi mumkin.

Mahalliy ekspertlardan biri Toshpo`lat Yo’ldoshevga ko`ra, O`zbekistonning tashkilotga qo`shilish harakati shunchaki tashabbus ko`rinishidagina qoladigan jarayondir.

“O`zbekistonda bojxona tariflarining 90 foizga borishi, chegaralarning minalashtirilgani va yopiqligi nafaqat Jahon Savdo Tashkiloti, balki mintaqa darajadagi savdo-sotiqlarga ham yo`l qo`ymaydi. Shuning uchun ham O`zbekistonni Jahon Savdo Tashkilotiga a`zo bo’lish harakati shunchaki bir gap darajasida qolaveradi”,

1994 yil iyundan O’zbekiston GATT-BST tomonidan kuzatib kelinmoqda.

1994 yil dekabrda O’zbekiston Respublikasi GATT-BSTga to’la a’zo bo’lishi

istagida ariza berdi. Ariza ijobiy ko’rib chiqilgandan keyin 1995 yil yanvarda BST

tomonidan a’zo bo’lish masalalari uchun nazorat guruhi tuzildi.

1998 yil sentyabrda Avstraliya, YI, YAngi Zelandiya va AQSH

mamlakatlari tomonidan BST kotibiyatiga berilgan savollarga O’zbekiston

tomonidan tashqi savdo rejimi asosida memorandum taqdim etildi. BST samarali

ish olib borish uchun mamlakatda BST bo’yicha komissiya idorasi tuzildi. 2002 yil

17 iyulda Jeneva idorasi SHveytsariyada bo’lib o’tgan. O’zbekiston Respublikasi

BSTga a’zo bo’lishi masalasini ko’rib chiqish uchun shu guruhning birinchi majlisi

bo’lib o’tdi. Bunda asosan O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo rejimi

memorandumi holati ko’rib chiqildi. SHu guruhning raisi bo’lib 2002 yilda janob

Alexandro Del La Peneni o’rniga kelgan janob M.Super Amaniam (Malayziya) ish

olib bordi. Bu majlisning yakuni sifatida BSTga a’zo mamlakatlar bular jumlasiga

Avstraliya, Koreya Respublikasi, AQSH tomonidan memorandumga yozma

savollar va sharhlar taqdim etildi. Bundan tashqari YI, Kanada va SHveytsariya

tomonidan ularda mavjud bo’lgan savollarga nisbatan bojxona tariflarini

tushirilishi talab qilindi. Hozirgi kunda ko’rib chiqilgan masalalar bo’yicha TIAA

ning strukturaviy bo’linmalari, shuningdek boshqa vazirlik va respublika idoralari

tomonidan ish olib borilmoqda.

BSTga kirish uchun muhim bo’lgan akt materiallarini tayyorlash maqsadida

respublika vazirlik va qarorlarida quyidagi ishchi guruhlar tashkil etildi:


•Sanitar va fitosanitar choralar ko’rish va savdoda texnik byurolar bo’yicha BST bitimi doirasidagi tasviriy muammolar ro’yxatini tuzish;

• Qishloq xo’jaligida eksport subsidiyalar va ichki qo’llab quvvatlash to’g’risida axborot tayyorlash;

•Intellektual mulk huquqi savdo aspektlari bo’yicha BST bitimi doirasida axborot tayyorlash;

•Tovarlarga tarif berishlari va xizmatlarga majburiyatlar bo’yicha takliflar tayyorlash;

•BST bitimiga muvofiq milliy qonun chiqarishga o’zgartirishlar kiritish;

•O’zbekistonning BSTga kirgan chaqiriqda iqtisodiyotning turli sektorlarida bo’ladigan natijalarni baholashni bo’yicha tadqiqotlar olib borish.

Hozirgacha Jahon Savdo Tashkilotiga a`zo bo`lish uchun Xitoy bilan bo`lgan muzokaralar eng ko`p - 15 yil vaqt olgan. O`zbekistonning murojaat qilganiga 12 yil bo`lgan.

O`zbekistonda Bojxona haqida yangi qonun tahriri, Mualliflik huquqi haqida qonun qabul qilinayotganligi mazkur jarayonlarni tezlashtirishi mumkin.

Markaziy Osiyoda faqat Qirg`iziston Jahon Savdo Tashkilotiga a`zo. Qozog`iston va Tojikiston tomonidan a`zo bo'lish uchun faol harakatlar qilinmoqda. O`zbekistonda esa Yevrosiyo Iqtisodiy Hamkorligi doirasida bojxona tariflarini muvofiqlashtirish jarayoni ham muammoga duch kelayotgani ta`kidlanmoqda.


Download 33,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish