O’zbekiston uchun Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lishning afzalliklari
Iqtisodiyotni taraqqiy toptirish uchun bozor mexanizmlarini rivojlantirish, xususiy sektorga imkoniyat yaratish, qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni eksport qilish va ish o‘rni barpo etish kerak bo‘ladi. Bunday maqsadga erishishda esa mamlakatda tizimli islohotlarni o‘tkazish katta rol o‘ynaydi. Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish ham bu borada muhim ahamiyat kasb etib, ishlab chiqarishni rivojlantirishda, eksportni o‘stirish va kengaytirishda, bozor islohotlarini davom ettirish barqarorligini ta’minlashda yordam berishi mumkin. Texnik tartibga solish, bojxona ma’muriyatchiligi, xizmat sohasidagi qonunchilik bo‘yicha institutsional islohotlar ishlab chiqarish, ilmiy-texnik rivojlanishning dunyo miqyosidagi jarayoniga integratsiyalashuv imkoniyatini tezlashtiradi va osonlashtiradi. Bu ishbilarmonlik va raqobat muhitining yanada yaxshilanishiga olib keladi. JSTga a’zo bo‘lish alohida korxonalarga berilgan hammaga bir xil bo‘lmagan imtiyoz va tartiblarni bekor qilishni, korrupsiya darajasini kamaytirishni anglatadi. Xususiy sektor haqqoniy qoidalar bo‘yicha rivojlanadi. Masalan, paxta monopoliyasini bartaraf etish, fermer xo‘jaligiga nimani ekishni va bozor narxida sotishni erkin tanlash imkoniyatini beradi. Natijada yangi tarmoqlar vujudga keladi va, tabiiyki, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi. Tashkilotga a’zolik yangi mahsulot va xizmatlar bo‘yicha yangi standart va qoidalarni shakllantiradigan turli xalqaro tashkilot va bitimlarda ishtirok etishga yo‘l ochadi. Yurtimizda dunyo mamlakatlariga eksport qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarish sharoitini tug‘diradi.
O’zbekiston Jahon Savdo Tashkilotiga kirish uchun 1994 yilda murojaat qilgan, lekin bu harakat hozirgacha boshlang’ich darajada qolmoqda. Mutaxassislarga ko’ra, O’zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga qo’shilish jarayoni hukumatning siyosiy irodasiga bog’liq.
AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligining Jahon Savdo Tashkilotiga a`zo bo`lisihda texnik ko`mak ko`rsatish loyihasi direktori Umida Haqnazarga ko’ra, O`zbekiston va Jahon Savdo Tashkiloti o`rtasidagi muzokaralarni to'xtab qolgan deb bo`lmaydi.
“Hozirgacha Jahon Savdo Tashkiloti va O`zbekiston o`rtasida ikki tomonlama va ko`p tomonlama muzokaralar o`tkazilgan, hukumatda vaziralar va vazirlar o`rinbosari darajasidagi komissiya ish olib borayapti, hamda to’qqizta ishchi guruhi tuzilgan”
Jahon Savdo Tashkilotiga a`zo bo`lish uchun O`zbekiston hukumatidan talab qilinadigan omillar asosan milliy tartib-qoidalarni xorijiy va mahalliy korxonalar uchun bir xilda muvofiqlashtirish, import va eksport uchun tariflarni muvozanatda saqlash, savdo va ishlab chiqarish imkoniyatini barchaga teng qilish, tadbirkorlar huquqlarini xalqaro me`yorlarda kafolatlashdir.
Jahon Savdo Tashkilotiga a`zo bo`lish O`zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta'sir ko`rsatishi, xususan mahalliy sanoatning rivojlanishiga to`siqlar bo`lishi mumkinligi haqida mutaxassislar turlicha fikrda.
Jahon Savdo Tashkilotiga kirish O`zbekiston iqtisodiyoti uchun foyda bo'ladi. Jarayon savdo va iqtisodiy rivojlanishga to`sqinlik qilayotgan holatlarga barham beradi va O`zbekiston iqtisodiyoti dunyoning 150 dan ortiq mamlakatida qabul qilingan xalqaro me’yorlar asosida ishlay boshlaydi.
Bundan tashqari Jahon Savdo Tashkiloti nizomida rivojlanayotgan davlatlarga yordam ko`rsatish, tashkilotga a`zo bo`lishning xorijiy sarmoyadorlar uchun kafolat sifatida tushuniladi. Bu esa sarmoyaga muxtoj bo`lgan O`zbekiston iqtisodiga qoshimcha mablag`lar jalb qilishi mumkin.
Mahalliy ekspertlardan biri Toshpo`lat Yo’ldoshevga ko`ra, O`zbekistonning tashkilotga qo`shilish harakati shunchaki tashabbus ko`rinishidagina qoladigan jarayondir.
“O`zbekistonda bojxona tariflarining 90 foizga borishi, chegaralarning minalashtirilgani va yopiqligi nafaqat Jahon Savdo Tashkiloti, balki mintaqa darajadagi savdo-sotiqlarga ham yo`l qo`ymaydi. Shuning uchun ham O`zbekistonni Jahon Savdo Tashkilotiga a`zo bo’lish harakati shunchaki bir gap darajasida qolaveradi”,
1994 yil iyundan O’zbekiston GATT-BST tomonidan kuzatib kelinmoqda.
1994 yil dekabrda O’zbekiston Respublikasi GATT-BSTga to’la a’zo bo’lishi
istagida ariza berdi. Ariza ijobiy ko’rib chiqilgandan keyin 1995 yil yanvarda BST
tomonidan a’zo bo’lish masalalari uchun nazorat guruhi tuzildi.
1998 yil sentyabrda Avstraliya, YI, YAngi Zelandiya va AQSH
mamlakatlari tomonidan BST kotibiyatiga berilgan savollarga O’zbekiston
tomonidan tashqi savdo rejimi asosida memorandum taqdim etildi. BST samarali
ish olib borish uchun mamlakatda BST bo’yicha komissiya idorasi tuzildi. 2002 yil
17 iyulda Jeneva idorasi SHveytsariyada bo’lib o’tgan. O’zbekiston Respublikasi
BSTga a’zo bo’lishi masalasini ko’rib chiqish uchun shu guruhning birinchi majlisi
bo’lib o’tdi. Bunda asosan O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo rejimi
memorandumi holati ko’rib chiqildi. SHu guruhning raisi bo’lib 2002 yilda janob
Alexandro Del La Peneni o’rniga kelgan janob M.Super Amaniam (Malayziya) ish
olib bordi. Bu majlisning yakuni sifatida BSTga a’zo mamlakatlar bular jumlasiga
Avstraliya, Koreya Respublikasi, AQSH tomonidan memorandumga yozma
savollar va sharhlar taqdim etildi. Bundan tashqari YI, Kanada va SHveytsariya
tomonidan ularda mavjud bo’lgan savollarga nisbatan bojxona tariflarini
tushirilishi talab qilindi. Hozirgi kunda ko’rib chiqilgan masalalar bo’yicha TIAA
ning strukturaviy bo’linmalari, shuningdek boshqa vazirlik va respublika idoralari
tomonidan ish olib borilmoqda.
BSTga kirish uchun muhim bo’lgan akt materiallarini tayyorlash maqsadida
respublika vazirlik va qarorlarida quyidagi ishchi guruhlar tashkil etildi:
•Sanitar va fitosanitar choralar ko’rish va savdoda texnik byurolar bo’yicha BST bitimi doirasidagi tasviriy muammolar ro’yxatini tuzish;
• Qishloq xo’jaligida eksport subsidiyalar va ichki qo’llab quvvatlash to’g’risida axborot tayyorlash;
•Intellektual mulk huquqi savdo aspektlari bo’yicha BST bitimi doirasida axborot tayyorlash;
•Tovarlarga tarif berishlari va xizmatlarga majburiyatlar bo’yicha takliflar tayyorlash;
•BST bitimiga muvofiq milliy qonun chiqarishga o’zgartirishlar kiritish;
•O’zbekistonning BSTga kirgan chaqiriqda iqtisodiyotning turli sektorlarida bo’ladigan natijalarni baholashni bo’yicha tadqiqotlar olib borish.
Hozirgacha Jahon Savdo Tashkilotiga a`zo bo`lish uchun Xitoy bilan bo`lgan muzokaralar eng ko`p - 15 yil vaqt olgan. O`zbekistonning murojaat qilganiga 12 yil bo`lgan.
O`zbekistonda Bojxona haqida yangi qonun tahriri, Mualliflik huquqi haqida qonun qabul qilinayotganligi mazkur jarayonlarni tezlashtirishi mumkin.
Markaziy Osiyoda faqat Qirg`iziston Jahon Savdo Tashkilotiga a`zo. Qozog`iston va Tojikiston tomonidan a`zo bo'lish uchun faol harakatlar qilinmoqda. O`zbekistonda esa Yevrosiyo Iqtisodiy Hamkorligi doirasida bojxona tariflarini muvofiqlashtirish jarayoni ham muammoga duch kelayotgani ta`kidlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |