Anketa metodi (fransuzcha – tekshirish). Ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to‘plangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, ko‘p hollarda, yozma ravishda olinadi. O‘rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha bo‘ladi:
Ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, bafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);
Yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo‘q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniharli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).
Anketa metodini qo‘llashda ham bir qator Shartlarga amal qilish zarur. Ular quyidagilardir:
Anketa savollari tadqiq etilayotgan muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim;
Anketa savollari yirik hajmli va noaniq bo‘lmasligi kerak;
Anketa savollari o‘quvchilarning dunyosharashi, yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur;
Anketa savollari respondentlar tomonidan to‘la javoblar berilishini ta’minlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur;
Anketa o‘quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish manbaiga aylantirib yuborilmasligi zarur;
Anketa javoblari muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi Shart.
Intervyu metodi respondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini ta’minlaydi. Intervyu respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish asosida o‘tkaziladi. Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi.
2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo‘q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniharli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).
3) to‘g‘ri javob variantlari qayd etilgan savollar (respondentlar o‘z yondashuvlariga ko‘ra to‘g‘ri deb topgan javob variantini belgilaydilar).
Test – aniq maqsad asosida, muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi.
Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzalliklari ko‘zga tashlanadi. Ular quyidagilardir:
1) nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi;
2) nazariy va amaliy bilim darajasini ob’ektiv Sharoitda aniqlash imkonining mavjudligi;
3) bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli o‘quvchilar bilan nazoratni tashkil etish mumkinligi;
4) bilim natijalarining o‘qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi;
5) barcha o‘quvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun bir xil Sharoitning yaratilishi.
Ta’lim tizimi uzluksiz ravishda islohotlarni amalga oshirishni talab etadigan sohadir.
Xulosa
Test metodini qo‘llashda aniqlanishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni turkum asosida berilishiga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodning afzalligi respondentlar javoblarini aniq mezonlar bo‘yicha tahlil etish imkoniyati mavjudligi hamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Biroq, metod ayrim kamchilikdan ham holi emas. Chunonchi, aksariyat holatlarda javoblar yozma ravishda olinadi, Shuningdek, respondent taklif etilayotgan javob variantlardan birini tanlashi zarur. Shu bois respondent o‘z fikrini batafsil ifoda etish imkoniyaga ega emas.
Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni qo‘llashdan ko‘zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik hamda pedagogik yo‘nalishlarda o‘rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bo‘lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g‘oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.
. Uni qo‘llashda o‘quvchilarning ijodiy ishlari – kundaliklari, insholari, yozma ishlari, referatlari, hisobotlari muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Metodning afzalligi shundaki, u ma’lum o‘quvchiga xos bo‘lgan individual imkoniyatni ko‘ra olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Muayyan muammo echimini topishga yo‘naltirilgan pedagogik tajriba ma’lum doirada, soni aniq belgilangan respondentlar ishtirokida amalga oshiriladi. Mazkur metoddan foydalanish tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodikaning samaradorligini aniqlay hamda unga baho bera olishi zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Abdurahmonov A. Saodatga eltuvchi bilim. Т.: Movarounnahr, 2002, 720 bet.
Abdurauf Fitrat. Najot yo’li. – Toshkent: Ma’naviyat, 2003. – 256 b.
Abdurahmon Jomiy. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Adabiyot va san’at. 1971.
Abduqodirov A. “Case-study” uslubi: nazariya, amaliyot va tajriba. Monografiya. – Toshkent: “INNOVATSIYA-ZIYO”, 2019. – 130 b.
Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Meros, 1993. – 224 b.
Abu Rayhon Beruniy. Tarayhalar (Javohirot kitobidan). − Toshkent: Meros, 1991. – 47 b.
Internet manbalari:
www.Arxiv.uz
www.Ziyo.net.uz
www.google.uz
www.kutubxona.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |