tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori vazirlikning asosiy vazifalarini ham belgilab berdi. Unga quyidagilar kiritildi:
umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanish darajasini yanada oshirish;
umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va maktabdan tashqari ta’limga qo’yiladigan davlat talablariga muvofiq umumta’lim muassasalari faoliyatiga metodik rahbarlik qilish;
o’qituvchi kasbining maqomi va obro’sini oshirish, umumta’lim muassasalari, shuningdek, xalq ta’limi sohasi xodimlarini moddiy va ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni ta’minlash, ularning samarali ishlashi uchun munosib shart - sharoitlar yaratish;
o’quvchilarning o’quv, psixologik va jismoniy yuklamalarini optimallashtirishni hisobga olgan holda o’quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllarini, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, kasbga yo’naltirish, ta’lim-tarbiyaning samarali usullarini joriy etish;
umumta’lim muassasalarida Chet tillarini o’qitish samaradorligini ta’minlashga yo’naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, ilg’or pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo’llagan holda yangilangan o’quv rejalari va dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan o’quv va o’quv - metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va nashr etishni tashkil qilish;
ta’lim xizmatlari nodavlat sektorini yanada rivojlantirish, xalq ta’limi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
pedagog kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning ilg’or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish;
Mehribonlik uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitasiyasi va huquqiy himoyasini ta’minlash, ularning jamiyatga integrasiyalashuviga ko’maklashish va ijtimoiy-mehnat ko’nikmalarini rivojlantirish;
rivojlanishida turli nuqsonlar bo’lgan hamda davolanishga va sog’lomlashtirishga muhtoj bo’lgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning ta’lim-tarbiya (shu jumladan, inklyuziv ta’lim-tarbiya) olishiga xizmat qiladigan moslashuv muhitini yaratish, imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) faoliyatini takomillashtirish;
o’quvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik g’oyalarini yanada chuqur singdirish, milliy mentalitetga yot g’oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash;
umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tomonidan davlat ta’lim standartlari va talablari bajarilishini tizimli monitoring qilish;
umumta’lim maktablarining 10-11 sinf o’quvchilarini kasbga o’qitishni ta’minlash bo’yicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ta’lim muassasalarida bino va inshootlardan samarali foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish va monitoring qilish.
O’zbekiston Respublikasining Xalq ta’limi vazirligi o’zining tashkiliy tuzilmasiga ega bo’lib, xalq ta’limi vaziri Vazirlik markaziy apparati xodimlarining tarkibiga o’zgarishlar kiritish huquqiga ega bo’ladi. U vazir sifatida Xalq ta’limi vazirligining faoliyat yuritishi, quyi tuzilmalarning ishlashi bo’yicha javobgar shaxs sanaladi. Vazir qonunlarda belgilangan tartibdagi boshqa vakolatlarga ham ega bo’lishi mumkin. Xususan, idoraviy bo’ysunuvdagi tashkilotlar, shuningdek, umumta’lim va maktabdan tashqari muassasalarni tashkil etish to’g’risida qarorlar qabul qilish huquqiga ham vakolatlidir.
Normativ hujjatlarda xalq ta’limi vazirligi uchun bir qator yengilliklar ham berilgan. Jumladan, vazirlik o’qituvchilarning o’z kasb faoliyatini amalga oshirishi chog’ida huquq va erkinliklari buzilganligi to’g’risidagi da’volar bo’yicha davlat boji to’lashdan ozod qilingan.
Vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga chora-tadbirlar dasturlarida nazarda tutilgan tadbirlarni o’z vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |