Tematik kechalar - Mavzu yoki mavzular majmui-ga doyr, biror mavzuga bagʻishlangan.Tematik konsert. Tematik koʻrgazma. Oy da bir marta oilaviy tematik kechalar oʻtka-zib turshshdi. Turli voqelik va yangiliklarni yoyishda.. tematik stend va koʻrsatkich taxtalari alohida oʻrin tutadi.
Musiqali dastur - dastur musiqasi odatda har qanday musiqiy kompozitsiyaga nisbatan qo'llaniladigan atama mumtoz musiqa an'ana, unda asar ba'zi bir oldindan aytib berilgan rivoyatlar asosida ishlab chiqilgan yoki ma'lum bir g'oya va atmosferani uyg'otish uchun mo'ljallangan.
Shou-namoyish – Shou (ing . — koʻrsatmoq, tomosha) — dabdabali ommaviy tomosha. Dastlab AQShda estrada konsertini ifodalagan. Koʻpincha muayyan mavzu (mas, AQSH kinoakademiyasining "Oskar" mukofoti, Oʻzbekistonda "Ofarin", "Nihol" mukofotlari taqdimot marosimlari). maʼlum shaxsni mashhur qilish yoki narsa, voqeani targʻibot etish maqsadida (reklama Sh.si). estrada, sport "yulduzlari", mashhur aktyor, siyosatchi va boshqalar ishtirokida uyushtiriladi. Sh. gashkil etish yoʻli bilan daromad topish Sh.biznes deb ataladi.
An’anaviy tadbir turlari
Karnaval - (lot. carrus navalis — ajoyib arava, bayram marosimlari kemasi) — asosan, ochiq havoda oʻtkaziladigan teatrlashtirilgan oʻyinlar, koʻcha namoyishlaridan iborat ommaviy sayilning bir turi. Yil fasllarining almashuvi, bahorgi dehqonchilik va boshqa bayramlar bilan bogʻliq majusiylarning marosimlaridan boshlangan. Har qanday karnavalning eng muhim bir boʻlagi - shaharning muhim koʻchalarida tantanali yurishdir.
Festival (Lotincha: festivus — quvnoq), musiqa, teatr, film, estrada, sirk sanʼati yutuqlari koʻrigidan iborat ommaviy bayram. Ilk bor 18-asr boshlarida Buyuk Britaniyada yuzaga kelgan. 20-asrdan xalqlararo keng tarqalgan. Milliy va xalqaro festivallar boʻladi.
Banket Banketlarda, qabul tantanalarida chinnidan va billurdan ishlangan buyumlardan foydalaniladi. Tantanalardagi banketlarga xizmat kо’rsatish konferensiya syezd, delegatsiyalar, marosim, tо’y, yubiley qatnashchilarini ovqatlantirish bilan bog’liqdir. Bunday tadbirlarni о’tkazishda qatnashchilar kimlardan iboratligini bilib xizmat kо‘rsatish vaqtini, taom va ichimliklar xilini va umumiy qiymatini ilgaridan kelishib olish zarur bо’ladi.
Seremoniya - qadimgi Rim tilidan kelib chiqqan “marosim” ma’nosini beradi. Marosim (harakat) - jamoat hayotida tashqi shakllar, ramziy harakatlar va turli holatlar uchun marosimlar; tantanali marosimga muvofiq tadbirni tantanali ravishda o'tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |