x o n d r o i t i n s u l f a t kislotasi – o’zining tarkibida glyukuron kislotasi va atsеtilgalaktozaminning sulfat efirini tutadi. U hujayra qobig’i, toqay, suyak to’qimasi, ko’zning shox pardasida topilgan.
Molekulasi D-glyukuron kislotasi va N-atsetilgalaktozaminning sulfat efirini qoldiqlaridan tuzilgan disaxaridning ko’p marta navbatlanishidan hosil bo’lgan zanjirdan iborat. Xondroitinsulfat molekulasida disaxaridning komponentlari xuddi gialuron kislotasidagidek o’zaro bir-birlari bilan (1-3) β-bog’ bilan birikkan, disaxarid qoldiqlari esa – (1-4) β-bog’ bilan bog’langan. Xondroitinsulfatning ikki xili mavjud: xondroitin-4-sulfat va xondroitin-6-sulfat.
Do'stlaringiz bilan baham: |