Mavzu:Uglevodlar almashinuvi va funksiyalari Reja: 1.Gulikozani membrane orqali o’tkazilishi. 2.Gulikoza tashuvchilarning tuzilishi,spetsifikligi va klinik ahamiyati. 3.Glikogen kasalliklari (glikogenoz va aglikogenozlar). Qonda glyukozaning miqdori sog’lom kishilarda normada Cl bo'yicha 3,6-6,1 mmol/1 (yoki TE bo’yich a 70-120 mg%) bo’lib , kamayishi gipoglikemiya, ko'payishi giperglikemiya va giperglikemiya vaqtida siydik bilan glyukozaning ajralishi esa glikozuriya deyiladi. Qonda glyukoza miqdorining regulyatsiyasida: 1. Regulyator organ jigar. 2. Gumoral ichki sekretsiya bezlarining gormonlari. 3. MNS si qatnashadilar. Ichak vorsinkalaridan qonga so‘rilgan glyukozasi (qopqa vena) orqali jigarga borib, jigarda ma’lum miqdorda glikogenga aylanadi, so'ng jigar arterial qon tomiri (a.hepatica) orqali jigardan chiqib, hamma to'qimalarga tarqaladi. Qonda glyukozaning miqdori oshsa refleks yo’li bilan markaziy nerv sistemasidagi metabolik markazlar qozgaladi va gipotalamusga (glyukoza miqdorini impuls MNS dan regulyatsiya qiluvchi markazga) berilib, undan parasimpatak nerv tolalariga (n.vagus) o‘tadi, so'ng oshqozon osti bezi b-hujayralariga o'tkaziladi, u yerda insulin sintezi tezlashadi. Insulin muskul to'qimasida glyukozani glikogenga aylanisbini tezlashtiradi. Aksincha, qonda glyukozaning miqdori kamayganda impuls MNS dan gipotalamus orqali simpatik nerv tolalariga otib, buyrak usti bezi mag‘iz qismiga boradi va adrenalin gormonining sintezlanishi tezlashadi. Qondagi glyukoza miqdori va glyukoza metabolizmining gormonlar ta’sirida regulyatsiyasi sxematik quyidagicha ko‘rinishga ega: 1 .Glyukokortikosteroidlar aminokislotalardan glyukoza sintezlanishini tezlashtiradi. 2. Adrenalin va glyukogen ta’sirida regulyatsiya qilinadi. 3 .Insulin turli hujayra membranalarining glyukoza o‘tkazuvclianligini kuchaytiradi. Insonlarda bir qator genetik kasalliklar mavjud bo‘lib, bularga glikogen sintezi yoki parchalanishining (irsiy) buzilishi bilan bog‘liq kasalliklar ham kiradi.Bunday irsiy kasalliklarni yuzaga kelishiga, glikogen almashinuvi fermentlarining sintezlanishini irsiy buzilishi sabab bo’ladi. 1. Glyukoza-6-fosfataza. 2. a-amilaza (1,4- glikozidaza). 3. Fosforilaza (jigardagi). Glikogenning turli organlarda jigar, muskul, yurak, buyrak va boshqalarda to'planib qolishi (parchalanmasligi) glikôgenoz (glikogen kasalligi) deyilib, u glikogen parchalanishida qatnashadigan qaysi fermentning sintezi buzilishiga va klinik belgilariga qarab quyidagi turlarga bolinadi . UDF glyukozo-glikogen-transglikozilaza fermentining genetik defekti natijasida glikogen jigar va muskul to‘qimasidajuda kamayadi, hatto butunlay yo’qoladi (to'planmaydi). Bu nasliy kasallikni aglikogenozlar deyilib, 1962-yili Levis tomonidan o‘rganilgandir. Bu kasallik ko‘pincha yosh bolalarda uchrab, ularda ogir gipoglikemiya holati yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |