Mavzu uchburchakli masshtablar orqali planlar nusxasini tayyorlash



Download 182,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana07.03.2022
Hajmi182,79 Kb.
#485318
  1   2
Bog'liq
7-amaliy



7-MAVZU UCHBURCHAKLI MASSHTABLAR 
ORQALI PLANLAR NUSXASINI TAYYORLASH 
Yer tuzish loyixalari va yer kadastlari ishlari odatan fotoplanlarni yoki 
ularning boshka usullarga nisbatan eng anik va unumli-fotomexanik usulida 
tayyorlangan nusxasida olib boriladi. 
Ayrim xolatlarda loyixa planlarni grafik usulida (nur orkali, igna bilan 
teshish) yoki grafomexanik usulida (pantograf yoki proporsional ulchagich 
yordamida) plan va kartalardan nusxa kuchirish orkali xosil kilish mumkin. 
Grafik yoki grafomexanik usullari bilan nusxa kuchirishdan oldin koordinata 
turi chizilib, relef va tafsilotlar originaldan nusxaga xar bir kataklar xududi buyicha 
utkaziladi, shunda geodezik tarmoklari punktlari va yerdan foydalanuvchilarning 
chegralari nusxaga koordinatalarining hisoblangan qiymatlari bo‘yicha tushiriladi. 
Plan va kartalarni nusxalash. Plan va kartalardan nusxa olish masshtabini 
saqlab yoki o‘zgartirib bajarilishi mumkin. 
Planlarni nusxalash quyidagi usullar orqali bajarishi mumkin: 
1.
Fotomexanik (bu usul eng aniq va unumli hisoblanadi). 
2.
Grafomexanik pantograf yoki proporsional o‘lchagich yordamida. 
3.
Grafik - nur(yorug‘lik) orqali, bosish va igna bilan teshish. 
Nur(yorug‘lik) orkali nusxalash maxsus nur bilan nusxa olish 
(svetokopiroval) stolida bajariladi. Igna bilan teщish usuli ko‘pincha maydonlarni 
chegarasi to‘gri chiziklardan iborat bo‘lganda qo‘llaniladi. 
Planlarni nusxalashda qaysi usulni qo‘llanishidan qat’iy nazar quyidagi tartib 
saklanishi kerak: avval nusxani masshtabida koordinatalar turi chiziladi, keyin 
geodezik tayanch punktlari ularning koordinatalari bo‘yicha tushiriladi. Koordinata 
kiymatlari yo‘q bo‘lgan holda, ular grafik usulida ko‘chiriladi. Original(asl 
nusxa)dagi tafsilot va relef har bir katakni hududi bo‘yicha alohida nusxaga 
ko‘chiriladi. 
Pantograf yordamida nusxa olish. Pantograf mexanik asbob bo‘lib, to‘rtta
PA, PD, CB va AS - chizgichlardan iborat. Bu chizgichlar parallelogramm tarzida 
bir biriga sharnir orqali payvand bo‘lib, siljitmaydigan qutb nomlanadigan R 
nuqtani atrofida aylanadi. R nukta metalldan og‘ir qilib ishlangan asosga 
qo‘zgalmas qilib maxkamlangan. 
Pantograf asbobni ishlash prinsipi, nusxa olishda uchta nukta: qutb R, kalam 
K va aylana shpil S (3 - shakl) bir vertikal tekislikda yotishiga asoslangan. Buning 
uchun RA, SV va AS chizg‘ichlarni uzunligi bir xil bo‘lishi kerak, ya’ni RA - SV 
= AS = L, hamda muftalarni S, K va V nuktalarda qo‘yishda quyidagi shart 
bajarishi lozim
AV = RS = SK = X ,
bu yerda L - pantografni razmeri (o‘lchami), mm. Pantografni razmeri 600, 
720, 840, 960 mm bo‘lishi mumkin; 
X - pantografni qo‘yilishi bo‘lib, quyidagicha aniklanadi 
X=LM/m. 


Bu formulada M - asl plan masshtabaning maxrajidagi soni; m-nusxalash 
masshtabining maxrajidagi soni. Misol: Asl plan masshtabi 1:10000, nusxaning 
masshtabi esa 1: 25000, L= 600 mm bo‘lganda pantografni ko‘yilishi X qiymati 
aniqlansin: 
X =600*10000/2500=240 mm 
shunda muftalarni S, V va K nuqtalarda 240 mm belgida qo‘yish kerak. 
Buning uchun AS, VS va PD chizgichlarda millimetri bo‘laklar tushirilgan. 
Bundan tashqari chizgichlarda keltirilgan M : m nisbatlaridan foydalanib V, S va K 
nuktalarini ish holatiga qo‘yish mumkin. 
Agar nusxani original masshtabida ko‘chirmoqchi bo‘lsak, unda pantografda 
qalam K va qutb R nuktalarini holatini almashish kerak, ya’ni qutb R VS 
chizg‘ichning o‘rtasiga ko‘yiladi. Agar nusxani original masshtabiga nisbatan 
yirikroq masshtabda tayyorlamoqchi oulsak, unda kalam K va aylana shpil S 
joylarini almashishi kerak. 
1.1-shakl 
Fan va texnikaning rivojlanishi tufayli hozirgi vaqtda plan va kartalarni 
yangilash, nusxa ko‘chirish kompyuterlarda bajarilmokda. 

Download 182,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish