Ma’no tushunchasining tahlili. Tushunish inson faoliyatining ma’nolarini ushunish va ma’no hosil qilish tarzida kelishi mumkin. Tushunish boshqa odamning «ma’nolar olami»ga kirib borish, uning fikrlari va o‘y-kechinmalarini tushunib etish va ularni talqin qilish bilan bog‘liq. Tushunish – ma’noni qidirish demak, zero, faqat ma’noli narsanigina tushunish mumkin. Mazkur jarayon o‘zaro aloqa, muloqot va dialog sharoitlarida sodir bo‘ladi. Tushunishni o‘z-o‘zini tushunishdan ajratish mumkin emas. U til stixiyasida sodir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |