Мавзу: Туронзамин – қадимий маънавият ва маърифат маскани


Mavzu: Mustaqillikni mustahkamlash har bir fuqaroning burchi



Download 1,12 Mb.
bet40/41
Sana23.07.2021
Hajmi1,12 Mb.
#126341
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Navbahor engil sanoat kasb-hunar kolleji

20. Mavzu: Mustaqillikni mustahkamlash har bir fuqaroning burchi .

Reja.

1. Mustaqillik uchun kurash azaliy meros.

2.Asoratga solish usullari.

3. Mustamlakachilik mafkurasi.

4.Bolsheviklarning bosqinchilik siyosati.

5.Shahidlar xotirasi.

6. Ma'naviyatni mustahkamlash.

7.Muqaddas burch.

Tarixdan ma'lumki, qaysi mammamlakatda ozodlik va istiqlol uchun kurash hara-kati boshlanadi. Chunki ozod tug'ilgan inson birovlarga qaram bo'lishni, boshqalarning zukni ostida yashashni istamaydi. Shu sababli mustamlakachilikka qarshi ozodlik urushlari doimo bo'lib turgan. Butun insoniyat tarixining sabog'i shudir.

Jumladan, O'zbekiston xalqlariga ham mustaqillikka erishish g'oyasi azaldan merosdir. Chunki jannatmakon yurtimizga bostirib kelib, uni egallash uchun xorijiy bosqin-chilar qadimdan qattiq urinishgan. Xalqimiz eron axamoniy-lariga, grek-makedonlarga, arab istilochilariga, mo'g'ul-tatar bosqinchilariga, chorizm mustamlakachiligiga va, nihoyat, sho'ro totalitar tuzumiga qarshi milliy ozodlik kurashlari olib bordi. Chunki mustaqillik xalqimizning orzusi edi. Bu tuyg'u ajdodlardan avlodlarga meros bo'lib o'tgan buyuk tuyg'udir.

To'maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Mahmud Torobiy, Jaloliddin Manguberdi singari xalq qahramonlari, Najmid-din Kubro, Amir Temur kabi daholarimiz vatanparvarligi, Mirzo Bobur qalbidagi Vatan tuyg'usi, Qurbonjon dodho, Dukchi Eshon va Po'latxondek ozodlik yalovbardorlari bi­lan barchamiz faxrlanamiz. Cho'lpon, Abdulla Qodiriy, Fitrat, Usmon Nosir kabi qalam ahllari erksevarligini hech qaehon unutmaymiz.

Xitoy donishmandi Konfutsiy 2700 yil oldin o'z impe-ratoriga: «Xoqonim, agar biror mamlakatni bosib olib, u yerda uzoq hukmronlik qilmoqchi bo'lsangiz, dastawal o'sha yerda yashayotgan xalqni o'z tarixiy madaniyatidan mahrum eting, ma'naviy bo'hronni kuchaytiring. O'z madaniyatidan bebahra, ma'naviy qashshoqlik holatiga uchragan xalq uyush-maydi, ichki nizolar girdobiga o'raladi, sizga qarshilik ko'rsata olmaydi. Bunday holga kelgan xalqni, mamlakatni idora qilish qiyin bo'lmaydi»,— deb maslahat bergan ekan. Madaniyat va ma'naviyatni barbod etish, milliy til, urf-odatlar kamolotiga yo'l bermaslik itoat ettirilgan xalqni jilov-da ushlab turishning eng zarur va nozik yo'llaridan biri ekanligini istilochi va bosqinchilar juda yaxshi bilgan.

Chingizxon ham Movarounnahrni istilo qilayotganida o'z farzandlari va sarkardalariga: bosib olgan yerlaringizda awalo, shu yerning aqlli, donishmand kishilarini qiring, shunda xalq birlasha olmaydi, o'z oralaridan chiqqan aql-siz, nodon, johil, ahmoqlarini boshliq etib tayinlang, ular-ni qo'llab-quvvatlang va ko'klarga ko'tarib maqtayvering. Shunda xalq ma'naviy rahnamolaridan mahrum bo'lib, qovusha olmay tarqalib ketadi, degan edi. Tarixiy man-balar buni isbotlab turibdi. Hamma vaqt bosqinchi mam-lakatlar hukmdorlari o'zlari bosib olgan mamlakatlarda Konfutsiy va Chingizxon aytgan tarzda siyosat olib bor-ganlar. Bundan Chor Rossiyasi ham mustasno emas. Chor Rossiyasi makkorona siyosatini amalga oshirish uchun Turkistonga ayg'oqchi ekspeditsiyalar yuboradi. Ular orasida yirik sharqshunos olim V. Bartold ham bo'lib, u bu o'lkadagi siyosiy-iqtisodiy vaziyatni o'rganib, Sankt-Peterburg Fanlar akademiyasi Ilmiy kengashida shunday degan edi: «Biz shu paytgacha madaniy saviyasi o'zimizdan past bo'lgan xalqlarning yerlarini bosib olgandik. Endi bo'lsa, Turkiston misolida tamom teskari holatga duch kelib turibmiz...Turkistonliklar bizning harbiy ustun-ligimizga tan berishadi, ammo ma'naviy ustunligimizni tan olishgani yo'q. Vazifa ana shuni tan oldirishdan ibo-ratdir. To shuni tan olishmas ekan, biz uzil-kesil g'alaba qozondik, deb ayta olmaymiz».

Haqiqatan ham, tarixiy manbalar guvohlik beradiki, chor hukumati olimlar maslahatiga amal qilib, Turkis-tonning yerli xalqidan o'zlarining «ma'naviy jihatdan ustunligi»ni qanday qilib bo'lsa-da, isbotlashga va shu zaylda «uzil-kesil» g'alabaga erishishga astoydil kirishgan.

Turonzaminni bosib olish siyosati 150 yil davom etdi. XIX asr oxirida chor imperiyasi Yer yuzi quruqlik qismi-ning oltitadan bir qismiga egalik qila boshladi. Bu hudud-ning 95 foizi Turon yerlari edi. Rossiya 200 ga yaqin mil-lat va elatlarning turmasi bo'lib qoldi. 50 ga yaqin kam-sonli xalq o'z milliy qiyofasini yo'qotdi. Uning hududi esa 22 million 400 ming kv. km. bo'lib qoldi. Yoki, boshqacha aytganda, Turonzamin hisobiga Rossiya imperiyasining yerlari haddan ziyod kengaydi. O'rta Osiyo chor qo'shinlari tomonidan bosib olingandan keyin o'lkada o'ziga xos tari-xiy-siyosiy sharoit vujudga keldi. Avvalo, o'lka xalqlari siyosiy, iqtisodiy, milliy zulm ostiga tushdi. Natijada, shu hukmronlik muhiti madaniyat, fan, san'at, adabiyot, ijti-moiy-siyosiy fikr kabi sohalarga o'z ta'sirini o'tkaza bosh­ladi. O'lkada Yevropa turmush tarzi bilan xalqning asriy an'analari yuzma-yuz keldi. johil kuchlar ham Yevropaning ilg'or fan va madaniyati-ga shunday munosabatda bo'ldilar. Demak, har ikki taraf-ning reaksion kuchlari milliy madaniyatning barq urib o'sishiga to'sqinlik qildilar. Aksincha, har ikki tarafning ilg'or kuchlari esa ilm-fan va madaniyatning o'lkada umumiy rivojlanishiga katta hissasini qo'shdi.

«Chor Rossiyasining Turkiston o'lkasidagi general-gu-bernatori M.D. Skobelev: «Millatini yo'q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san'atini, tilini yo'q qilsang bas, tez orada o'zi tanazzulga uchraydi», — deb aytgan gapini eslashning o'zi kifoya qiladi»,— degan edi mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov 1997-yil 29-av-gustdagi Oliy Majlisning 9-sessiyasidagi nutqida. M.D Sko-belevning ana shu ko'rsatmasi Turkistondagi ma'naviyat, ma'rifat va madaniyatga nisbatan amalga oshirilgan yovuz-liklar uchun qo'llanma bo'lib xizmat qilgani shubhasizdir.

Shu boisdan ham Rossiya imperiyasi davrida tarixiy sharoit tufayli o'ziga xos madaniyat yuzaga keldi. Bir tomondan, kapitalistik munosabatlarning kirib kelishi, ikkinchi tomondan, tipik feodal munosabatlarning yemi-rilishi boshlangan edi. Ilg'or ziyolilar dunyoqarashida bu o'zgarishlar o'zining sezilarli ifodasini topdi.

Chor Rossiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosatining tub negizi va mohiyatida qanday maqsad yotganligini xalqimizning bilimli va ma'rifatli kishilari tushunib yetgan edilar. Ana shunday insonlardan biri Ab-durauf Fitrat yozadi: «Ko'rdim, kezdim, eshitdim, o'qidim. Mamlakatlar orasida Turkistonimiz kabi baxtsiz bir mam-lakat yo'qdir. Rus kapitalistlari bilan rus poplarining sodiq va ishonchli qorovullari bo'lgan eski Rusiya hukumati yil orasida Turkistondagi Turk bolalarning foydalariga biror ish ko'rdimi, ko'rmoqchi bo'ldimi? Mana shu savolga — yo'qdan boshqa bir javobimiz yo'qdir...

Bizning ko'zlarimizni ochirmaslik uchun fikri ochiq tatarlarning yer olmoqlari va Turkistonda maktab och-moqlari man etildi».

Chor hukumati Turkistonning tabiiy-iqtisodiy boylik-larini talash bilan kifoyalanib qolmasdan, o'zining mus tamlakachilik siyosatida tobe xalqlarni bo'g'ishga, ulami siyosiy ongsiz qilib qo'yishga, siyosiy faoliyatdan umu-man chetlashtirishga zo'r berib tirishdi.

Umuman, chor Rossiyasining Turkiston xalqlariga nisbatan tutgan mustamlakachilik siyosati xalqlar o'rtasidagi har qanday davlat kurtaklarini yo'q qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma'naviy taraqqiyoti-ni bo'g'ish, ularga erkinlik bermaslik, milliy qadriyatlari va milliy g'ururini toptash, qo'rquvda tutishdan iborat edi.

Rossiya chorizmi tomonidan Buxoro amirligi, Qo'qon va Xiva xonliklarining bosib olinishiga ularning o'zaro ixtiloflari asosiy sabab bo'ldi. Chorizm bosib olgan O'rta Osiyo xalqlarining har qanday haq-huquqlarini yo'q qilib, ularni ijtimoiy-siyosiy, madaniy, iqtisodiy va harbiy qoloq-likda saqlab turish uchun o'zining to'rachilik, mahka-machilikka asoslangan boshqarish usulini joriy qildiki, bunda eng quyi mansabdan eng yuqori mansabga qadar bo'lgan hamma lavozimlar faqat o'ris harbiy to'ralari orqali idora qilinadigan tartib o'rnatildi.

Mahalliy xalqlardan talangan barcha boyliklar (paxta, ma'dan, rangli metall, qorako'l teri, pilla, meva mahsulot-lari va boshq.) awallari tuya, ot, aravalar, eshak, ho'kizga yuklangan karvonlarda tashilgan bo'lsa, O'rta Osiyoga temir yo'l o'tkazilgandan keyin ko'plab vagonlardan ibo­rat uzun eshelonlarda chor Rossiyasiga olib ketiladigan bo'ldi. O'rta Osiyoning yer osti va yer usti boyliklari Rusiya imperiyasining asosiy xomashyo bazasiga aylandi.

Turkiston general gubernatori Fon Kaufman imperator-ga yo'llagan maktublarining birida istilo O'rta Osiyo xalqla­rining madaniyatini, ijtimoiy taraqqiyotini 300 yilga orqaga surib yuborganligi to'g'risida maqtanib yozgan. Shubhasiz, inqilobdan awal masjid, maktab, madrasalarda o'qish che-garalangan, arab, fors, tojik va turkiy xalqlar tillarida bitil-gan noyob qo'lyozmalar chor ma'muriyati tomonidan kuy-dirilgan va olib ketilgan, 30-yillardagi qirg'in-barotlar dav­rida esa ma'rifatlilar bilan birga kitoblar ham yo'q qilingandi.

Sibir, O'rta Osiyo, Qozog'iston, Zakavkazyedan 19 yoshdan 43 yoshgacha bo'lgan 400 ming kishi mardikorlikka yuborilgan. Bunga qarshi xalq qo'zg'olonlari ham bo'lgan. Mustaqillik uchun 1874—1876-yillardagi Po'latxon qo'zg'oloni, 1892-yilgi Toshkent qo'zg'oloni, 1898-yilgi Dukchi Eshon qo'zg'oloni, 1916-yilgi qo'zg'olon, jadidlar harakati shular jumlasidandir. Sho'rolar hokimiyatiga qarshi olib borilgan mustaqillik harakati tarix kitoblariga oltin harf-lar bilan yozilgan.

Rossiyada 1917-yilgi oktabr to'ntarishidan keyin sovet hoki-miyatining mazlum millatlarga nis-batan olib borgan siyosati chor Rossiyasi siyosatidan ham battar bo'ldi. Markaz tomoni-dan yuritilgan davlat siyosati tufayli millatlarning ongi, tili, tarixi, urf-odatlari va umuman, ma'naviyatini rivoj-lantirishga yo'l qo'ymaydigan muayyan g'oyalar o'ylab chiqila boshlandi. Agar chor Rossiyasi ma'naviyatimizni turg'imlikda tutishga uringan bo'lsa, bolsheviklar mahal-liy xalqlarni o'z milliy ma'naviyatidan, madaniyatidan butkul begonalashtirib, ruslashtirish siyosatini olib bordi. Sho'ro tuzumi milliy birdamlik, milliy tuyg'u rivojlanishini millatchilik deb qaradi.

Sho'ro hukumatining birinchi kunlaridan boshlaboq milliy ma'naviyatga qarshi kurash, markscha-lenincha mafkura, marksistik-falsafiy fikrning muhim masalalarini targ'ib qilish va omma o'rtasida tezlik bilan tarqatish ishlari avj ola boshladi. Xususan, dialektik materializm masala-lari idealizm va dinga zid qo'yildi, u ishchilar sinfi dunyo-qarashining asosi ekanligi keng targ'ib etildi. Bolsheviklar partiyasining siyosati markscha-lenincha ta'limot ma'naviy hayotning barcha sohalarida birdan-bir hukmron g'oyaga aylanishini ta'minlashga, qolgan barcha ta'limotlarga qarshi kurash olib borish, ularning ta'sirini yo'qotishga qaratilgan edi. Bu ishlar, asosan, markazdan yuborilgan-lar tomonidan amalga oshirilardi.

20-yillar oxiri va 30-yillarda sotsializm qurish, uning uzil-kesil g'alabasini ta'minlash uchun kuchayib borayot-gan turli sohalardagi sinfiy kurash ma'naviy hayotni, madaniyatni keng qamrab oldi. Kommunistik partiyaning yagona hukmronligi, diktaturasi kuchaya bordi, totalitar rejim mustahkamlanib, odamlarni siyosiy ta'qib qilish avj oldi. Bu hoi, shubhasiz, madaniy hayot, mafkurada ham o'z ifodasini topdi.

Sho'ro hukumati xalqning milliy g'ururini poymol qilish maqsadida bir qator tadbirlarni amalga oshirdi. Shular qatorida, milliy ma'naviyatga kuchli ta'sir etadi-gan Qur'oni karim, Hadisi sharif hamda al-Buxoriy, at-Termiziy, Shayx Najmiddin Kubro kabi yuzlab alloma-larning mo'tabar asarlari kuydirib tashlandi, xalqdan ya-shirildi. Natijada, islom dinini «fosh etish» maqsadida aziz-avliyolarning mozorlariga, masjid-madrasalarga o't qo'yildi. Eski tipdagi maktablarning faoliyat ko'rsatishiga ruxsat berilmadi. Islom diniga qarshi kurash ochiqdan-ochiq e'lon qilindi. O'zbekistonda barcha dinlar, jumla-dan, islom dinining ko'zga ko'ringan yirik vakillari birin-ketin qamaldi, surgun qilindi, imi-jimida otib tashlandi. Chorakam bir asr davomida diniy-ma'naviy tarbiya beril­madi. Prezidentimiz Islom Karimov yozganidek: «Sobiq SSSRdagi hukmron Kommunistik partiyaning qattiqqo'llik siyosati tufayli diniy jamoalarni xalqlarning aql-idrokini egallash uchun kurashda o'zlarining xavfli raqibi deb hisoblar edi. Ular o'zining butun faoliyati davomida din-ni kamsitish, ruhoniylarni yo'qotish va omon qolganlarini bo'ysundirish uchun eng keskin choralarni ko'rgan edi. Islom dinining o'n minglab mo'tabar ruhoniylari qatag'on qilindi.





Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish