birinchidan, dunyo davlatlarining bosib o'tgan tarixiy tajriba-lari;
ikkinchidan esa, O'zbekistonning xo'jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, mustamlakachilik tuzumlaridan meros bo'lib qolgan muammolar asos qilib olindi. Chunki 130 yildan ortiqroq davom etgan buyuk saltanat o'lkamizda o'zining og'ir va ayanchli oqibat-larini meros qilib qoldirgan edi. Bular:
— barbod bo'lgan va mutlaqo markazga tobe bo'lib qolgan iqtisod;
— milliy davlatchilik va boshqaruv tizimining tugatilganligi, milliy boshqaruv tajribasining yo'qligi, yakkaboshchilik, buyruqbozlik, laganbardorlik, ko'ngil ovlash, poraxo'rlik, o'g'rilik, mansabni suiiste'mol qilish kabilarni hisobga olmaslikning mutlaqo iloji yo'q edi.
Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o'tishni belgi-lashda mamlakatimizning tarixan tarkib topgan milliy qadriyatlari, an'analari, xususiyatlari va manfatlari hisobga olindi.
Islohotning besh tamoyili
O'zbekistonning bozor munosabatlariga o'tish yo'liga doir Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyil nafaqat mam-lakatimizda, shuningdek jahon jamoatchiligi tomonidan ma'qul-landi. Eng muhimi, xalqimizning o'zi besh tamoyilni qabul qildi va qo' llab - quwatladi.
BirinchisL Bir qancha mamlakatlarning achchiq tajribasi ko'rsatadiki, iqtisodiyot siyosiy manfaatlarga bo'ysundirilganda u barbod bo'ladi. Iqtisodiyot o'ziga xos bo'lgan ichki qonunlar asosida rivojlanmog'i zarur. Iqtisodiyot, — deb ta'kidlaydi I.Karimov,— siyosatga nisbatan ustuvor mavqeyida bo'lishi lozim. Na siyosat, na mafkura iqtisodiyotni nazorat qilish, unga tazyiq o'tkazish darajasiga ko'tarilmasligi zarur. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan xoli qilish zarur.
Ikkinchisi. Jahon tajribasi o'tish davrida iqtisodiyotni davlat
yo'li bilan tartibga solib turish zarurligini ko'rsatdi. Aks holda iqtisodiyot tanazzulga uchrashi mumkin. «Bozor munosabatlariga o'tish davrida davlat bosh islohotchi bo'lishi, iqtisodiyot va ijtimoiy turmushning hamma sohalarini o'zgartirish rejalarini tuzib, uni izchillik bilan amalga oshirishi zarur», — deb ta'kidlaydi I.Karimov. Milliy iqtisodni shakllantirish, mustaqillikni iqtisodiy jihatdan ta'minlash, uni himoya qilish, jahon xo'jaligi bilan inte-gratsiyaga erishish va xalq manfaatini yuzaga chiqarishda davlat asosiy rol o'ynaydi.
Davlat ixtiyoridagi iqtisodiy mexanizmni yo'qotib, o'rniga bir-daniga bozor mexanizmini o'rnatish mumkin emas. Shu bois O'zbekistonda davlat tizimi birdaniga bo'sh qo'yib yuborilmadi, uning hukmdorligi saqlab qolindi.
Uchinchisi. Bozor iqtisodiyotiga o'tishda qonun va qonunlarga rioya etish ustuvor bo'lishi lozim. Negaki, bozor iqtisodiyoti qonunchilikka tayanadi. Uning qoidalari, mezonlari ming yillar davomida yaratilgan. Bozor iqtisodiyoti huquqiy normalar va qoidalarga tayanishi bilan ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan farq qiladi. Yaxlit bozor tizimini vujudga keltirish uchun uning qonun-chilik tizimi yaratilishi, ularga rioya qilinishi shart. Qonunchilik buzilgan joyda bozor iqtisodiyotini amalga oshirib bo'lmaydi.
Qonunning ustuvorligi huquqiy davlat barpo etish zaruriyati-dan ham kelib chiqadi. Qonun oldida hamma barobardir. Barcha ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga soli-nadi, uning barcha qatnashchilari esa hech bir istisnosiz huquq normalarini buzganligi uchun javobgar bo'ladi. Huquqiy davlatning mohiyati ma'lum qonunlar tizimi borligi bilan emas, balki omma-ning shu qonunlarni bilishi, o'z faoliyatida ularga bo'ysunishi bilan belgilanadi.
To'rtinchisi. Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosatni o'tkazish. Buning zaruriyati iqtisodiy ahvol bilan bog'liq. Birinchidan, O'zbekistonda aholining deyarli to'rtdan uch qismi Sho'rolar hokimiyatining so'nggi yillarida ham o'zlarining minimal ehtiyqjlarini qondirishga qodir bo'lmay, davlat madadiga muhtoj edi. Ikkinchidan, aholi tarkibida davlat va jami-yat o'z himoyasiga olishi zarur bo'lgan bolalar, o'smirlar, qariyalar ko'pchilikni tashkil etadi. Uchinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida dastlab aholi ijtimoiy jihatdan tabaqalanadi va himoyaga muhtoj bo'lganlar qatlami kengayadi. Shu boisdan iqtisodiy islohotlar jarayonida awal odamlarni, birinchi navbatda himoyaga muhtoj qatlamni oldindan kuchli darajada ijtimoiy himoyalash choralarini ko'rish zarurligi inobatga olindi. Ijtimoiy siyosat inflya-tsiya keltirib chiqargan qimmatchilik sharoitida aholi xarid qobili-yatini himoya qilishni ham ko'zda tutadi.
Beshinchisi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish evolyutsion yo'l bilan, puxta o'ylab, bosqichma-bosqich amalgaoshirilishilozim.Buning sababi shundaki, bozor iqtisodiyoti murakkab tizim, uni birdan yaratib bo'lmaydi. Mamlakat aholisining mustamlakachilik «tuzum sharoitida tarkib topib shakllangan hayotiy qarashlari va ko'nikmalarini darhol, birdaniga bozor iqtisodiyoti sharoitiga moslab o'zgartirib bo'lmeydi. Chunki mustamlakachilik tuzumi davrida, odamlarning ongi, shuuri va psixologiyasiga zo'rlik yo'li bilan singdirilgan tobelik, qaramlik, qullik, befarqlik, boqi-beg'amlik, tayyorga ayyorlik kabi qarashlarni bir zarba bilan yo'q qilish va aksincha bozor iqtisodiyoti va mustaqillik sharoiti talablari asosida egalik, yaratuvchilik, bunyodkorlik, ijodkorlik, faollik kabi oliyjanob fazilatlarni ham darhol shakllantirishning iloji yo'q. Buning uchun albatta vaqt, sabr-toqat kerak. Bular bosqichma-bosqich yaratiladi. Bu tamoyil jamiyat a'zolaridan bizga o'tmishdan meros bo'lib qolgan barcha ijobiy qadriyatlarga xayrihohlik bilan qarash va ularni asrab-avaylab rivojlantirish, sayqal berishni talab qiladi. Prezident I.Karimovning «yangi uy qurmay turib, eskisini buzma» hikmatli so'zi ham xuddi ana shu g'oyaga xizmat qiladi.
Iqtisodiyotni tubdan isloh qilish, bozor iqtisodiyoti muno-sabatlarini shakllantirishda yuqorida bayon etilgan barcha tamoyil-lar birday muhim va hayotiy belgilovchi ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |