Mavzu: Turli yosh guruhlarda “Koinot sirlari” mavzusida ta’limiy jarayonni tashkil etish. Reja: Kirish


Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari



Download 48,79 Kb.
bet4/15
Sana20.04.2022
Hajmi48,79 Kb.
#567666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Koinot sirlari

Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari

Mavzu mazmuni orqali Olamning tuzilishi, tarkibi,unda ketadigan qonuniyatlar va Yer-Koinotning bir qismi ekanligi, hamda Yerimizdagi hodisa va jarayonlar Olamdagi osmon jismlari bilan bogliqligini tushuntirish
Dastur, ishchi dastur, taqvim reja, yulduzlar osmoni kartasi, globuslar, yarim sharlar tabiiy kartasi, ma’lumotli jadvallar.
Bizning Yer Koinotning bir zarrasi, Quyosh tizimidagi sayyoradir. Koinot juda murakkab tuzilishga ega.uning asosiy qismi yulduzlarning fazoviy tizimidan iboratdir. Hozirgi vaqtda Yerda turib zamonaviy astronomik asboblar orkali (teleskop va fotografiya; astrograf, fotoelektrik fotomer, radiolakatsiya, spektral analiz va boshqalar) Quyoshdan Yergacha bulgan masofaga (150000000km) nisbatan 3 ming milliard martauzoklikdagi koinotning ma’lum kismini kura olamiz. Koinotning «kuringuvchi» qismi asosan vodoroddan (80%) va geliydan (18%), qolgani qisman boshqa elementlardan tuzilgan.
Koinotning asosiy massasi (98%) yulduzlarda tuplangan bŏlib,ular ionlashgan issiq gaz-plazmadan iboratdir. Kupchilik yulduzlar yuldoshli (planeta) tizimdan iborat bŏlib, biroq, yuldoshlarning massasi Koinot materiyasiumumiy massasining faqatgina 0,1% ni tashkil etadi.
Yulduzlar oraligidagi muhit siyraklashgan gaz va mayda changlardan iborat bqlib,ular ayrim joylarda gigant «bulutlar»ni gaz va changli tumanliklarni vujudga keltirgan. Yulduzlararo bushliqda hamma yunalish buyicha zaryadlangan zarralar-kosmik nurlar harakat qiladi. Koinotdagi kosmik ob’ektlar doimo harakatda bŏlib,ular gravitatsion, magnit va elektrik kuchlar (maydon) orqali boglanganlar.
Yulduzlar-huddi Quyosh kabi, kizigan gazlardan iborat sharsimon osmon jismidir. Oddiy kuz bilan 3500ga yaqin yulduzni, zamonaviy teleskoplar orqali esa yulduzlarning chegaralanmagan sonini kurish mumkin. Hozir astronomlarga yulduzlarning 88 turkumi ma’lum.ularni yulduzlarning ŏziga hos joylashishiga qarab, yulduz kartalaridan foydalangan holda belgilaydilar. Yulduzlarning nomlari qadimdan saqlanib kelinmoqda. Masalan, Sunbulla, Aravakash, Savr yoki grek afsonalari bilan boglik bulgan:- Andromeda, Persey, Pegas va h.s. Hozirgi vaktda astronomlar birnecha mln. yulduzlarning turish vaziyatlarini va ravshanliklarini aniqlaganlar vaular buyicha kataloglar tuzganlar.
Yulduzlar Yermizdan juda katta olis masofada turadilar. Agarda Quyoshdan Yergacha bŏlgan oralik masofani yoruglik 8 minutu 20 sekundda bosib ŏtsa,u holda Yerga yakin bulgan Tsentavr turkumidagi Proksima yulduzidan yoruglik Yerga 4 yilu 3 oyda etib keladi. Boshka yulduzlardan esa yanada kechrok ya’ni yuz million va hatto bir necha milliard yildan sung yoruglik Yerimizga etib kelar ekan. Kuyoshning «chekkasi»da 15 yoruglik yili radiusida fakat 43 ta yulduz borligi aniklangan.
Quyosh sistemasi (tizimi) juda katta yulduzlar tizimini tashkil etgan Galaktikaga (Bizning Galaktika) kiradi. Tungi ochik havoda Galaktikamizdagi yulduzlarning juda katta tuplamini kuramiz.uni «Samon yuli» deb nomlanadi. «Samon yulida»gi yulduzlar-bizning (juda yassi) Galaktikamizning asosiy kismidir. «Samon yuli» - osmonda bizga kurinib turgan yulduzlarning ravshan halkasidir. Hozirgi davrgacha 21- yulduz kattaligigacha bulgan har bir kattalikdagi yulduzlarning soni hisoblab chikilgan. Bular 2h10yulduzni tashkil etadi. Albatta, bu bizning yulduzlar sistemamizdagi – Galaktikadagi yulduzlarning hammasi emas.
Galaktikaning massasiuning aylanishiga karab baholanadi vau 2h1011 Quyosh massasiga teng. (izoh: Kuyoshning massasi Yer massasidan 332000 marta katta. Yer massasi esa – 6h1021 t.ga teng). Galaktikaning diametri yahlitlab olinganda 30000 parsek (ps.) yoki 100000 yoruglik yiliga teng deb olish mumkin. (izoh: 1 ps. (parsek) – 206265 astronomik birlik yoki 3,25 yoruglik yiliga teng; yoki Quyoshdan Yergacha bulgan masofani yoruglik 8,2 minutda bosib ŏtadi. – Yerdan Quyoshgacha bulganurtacha masofa – 150000000 km, yoki 1 astronomik birlikga teng) Agarda bu kiymatlarurniga kuyilib hisoblab chikilsa juda katta rakam hosil buladi. Bu esa Galaktikaning anik chearasi yukligidan dalolat beradi.
Galaktikaning markaziga yaqinlashgan sari yulduzlarning zichligi ortib boradi. Galaktika ŏzining markazi atrofida aylanadi. Quyosh sistemasi ham bu aylanishda ishtirok etib, 250km\sek, tezlikda harakatlanadi va Galaktika markazi atrofini 200 mln. yilda bir marta tuliq aylanib chiqadi.
Yulduzlar bir hilda emaslar.ularni «gigant» va «karlik» larga ajratiladi. Gigant yulduzlar Quyosh razmeriga qaraganda bir necha marta katta bŏladilar. Masalan: Deneb yulduzining hajmi Quyoshga qaraganda 64000 marta , Antares yulduzining hajmi esa Denebga karaganda 1700 marta kattadir. Ba’zi-bir yulduzlar Quyoshga qaraganda 13 mlrd. marta katta, ayrimlari esa bir necha marta kichikdir. Shu bilan birga,ularning zichligi ham turlichadir. Jumladan, Antares yulduzi Quyoshga qaraganda hajmi juda katta bŏlishligiga qaramasdan,uning zichligi Quyoshga nisbatan kam bŏlib, massasi Quyosh massasidan faqatgina 40 marta ortiqdir halos.
Yulduzlar harorati jihatidan ham farqlanadilar. Qizil yulduzlar yuzasida harorat 3000-5000 gradus, ok yulduzlarniki esa 25000 gradusdir. Ayrim yulduzlarning yuza harorati 100000 gradusga etadi.
Yulduzlar ravshanligi bilan ham faqrlanadi. Ravshanlik yulduzning harorati bilan boglik bŏlib, masalan, Oqqush yulduzlar tudasidagi Deneb yulduzi Quyoshga qaraganda 10000 marta, boshqa bir yulduzlar hatto 400000 marta ravshandir. Lekin, ba’zi-birlari esa Quyosh yorugligidan ming marta qolishadi.
Galaktikadagi yulduzlaruziga hos guruhlarni tashkil etgan bulib,ular bir-birlariga yakin joylashganlar vaumumiy markaz atrofida bir-birlariga ta’sir etib turadilar. Natijadaularning rangi va ravshanligi bir-birlariga boglik holda doimouzgarib turadi. Shuningdek, Galaktikada yangi vauta yangi yulduzlar bor bŏlib,ularning harakterlariuzgaruvchandir. Shuninguchun ham bu yulduzlarga qizikish katta.ularda vaqti-vaqti bilan portlashlar bulib turadi. Har bir portlashda yulduzlarning yuzasidan juda katta miqdorda qizigan gazlar otilib chiqadi va yulduzlarning razmeri tezda ortib ketadi. Birnecha sutkadan sŏng esa portlashlar kamayib boradi va yulduzlarning kattaligi oldingi holatiga kaytadi. Galaktikada har yili yuzdan ortik yangi yulduzlar yonadi.uta yangi yulduzlar yangi yulduzlardan portlashlarining quvvati juda katta bŏlishligi bilan farqlanadilar.
Galaktikada yulduzlardan tashqari qoramtir tumanliklar mavjud. Bular gaz yoki kosmik changlarning tŏplamidir. Tumanliklar yaqin atrofdagi yulduzning yorugligini qaytarish asosida yorug bŏlib kŏrinadi. Agardaularga yaqin joyda yulduz bŏlmasa, tumanliklar qoramtir dog (nukta) bŏlib kurinadi.
Bizning Galaktika juda katta ŏlchamga ega. Tabiiyki savol tugiladi:undan tashqarida nima bŏlishi mumkin? Hozirgi zamon teleskoplarida Galaktikadan ortda sanoqsiz juda kŏp tumanliklar kurinadi. Bular bizning Galaktikagauhshash Galaktikalardir.ularning Galaktikamizning « sheriklari» bŏlsa kerak debuylash mumkin. Biroq, Galaktikalar huddi yulduzlar kabi juda hilma-hildir.
Hozirgi zamon teleskop va radioteleskoplari orkali Koinotning «ichki» qismlarini ham kurishga muvofiq bŏlinmokda. Hatto 10 mlrd. yoruglik yiliuzoqligidagi tumanliklarni ham aniqlashga erishildi vau Galaktikalar Metagalaktika, ya’ni ŏziga hos Galaktikalar «arhipelagini» tashkil kilishligi e’tiborga olindi. «Metagalaktika grekcha – galaktikadan tashkaridagi narsa degan ma’noni anglatadi». Bizning Galaktikadan tashkarida 1 mlrd.ga yakin tumanliklar borligi ma’lum. Bu degan suz – Koinot cheksiz va abadiydir. Birgina misol: bizga yaqin galaktikadan biri Andromeda tumanligi Yerdan 1,5 mln. yoruglik yiliuzokda joylashgandir. 1963 yili bizdan 10 mlrd. yoruglik yiliuzokligida kvazarlar (yulduzgauhshash) aniqlandi.ular juda kichik kattalikga ega bulishlariga karamasdan (Quyosh sistemasi kattaligida) akl bovar kilmaydigan miqdorda, tahminan eng katta Galaktika (yuz milliardlab yulduzga ega bulgan) ajratgan energiyadan yuz marta kup energiya ajratar ekan. Yaqinda Koinotning yana bir sirli ob’ekti kashf etildi.ularni tsul’sarlar-neytronli yulduzlar deb ataldi. Pul’sarlar ham juda kichik bulishlariga qaramasdan, masalan, radiusi 10 km.ga yakin, hajmi Kuyosh hajmidan 300 ming milliard marta kichik pul’sar 100 mingta Quyosh kabi nur berar ekan.
Bizning Galaktika va Metagalaktikadagi kupgina yulduzlar, huddi Kuyosh kabi,uz yuldoshlari bulgan sayyoralarga ega ekanlar. Ehtimol bunday tizimga ega bulgan yulduzlarda hayot bulishi mumkin, hatto aklli mavjudot va tarakkiy etgan madaniyat ham. Biroq,ular bizdan nihoyatdauzoq bulganliklariuchun,ular tugrisida ma’lumotga ega emasmiz. Hozirgi vaktda olimlar tashqi ya’ni boshka dunyo bilan alokalarurnatishuchun radiosignallar orkali tadkikot olb bormokdalar. Koinotniuzlashtirishuchun kosmonavtika degan fan yaratildi. Kupgina mamlakatlardan Yer sun’iy yuldoshlari va planetalararo avtomatik stantsiyalar, ilmiy laboratoriyalaruchirildi. «Kosmos», «Molniya», «Meteor», «Interkosmos» dasturlari asosida avtomatik apparatlar boshqa sayyoralarga yuborildi, juda kŏplab kosmonavt va astronavtlar etishib chiqdilar. Dastlab, 12 aprel 1961 y.da Yu.A.Gagarin «Vostok» yuldosh-kemasida Kosmosga chiqdi va 108 minut davomida Yerni aylanibutdi. 1969 yildan boshlab AKSh astronavtlari besh marta Oyga qundilar («Apollon» 11,12,14,15,17) va h.o.


  1. Download 48,79 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish