Mavzu: Turkiston o’lkasida jadidchilik harakati va siyosiy harakatlar. Reja



Download 26,15 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi26,15 Kb.
#723867
Bog'liq
Mavzu Turkiston o’lkasida jadidchilik harakati va siyosiy harak-fayllar.org


Mavzu: Turkiston o’lkasida jadidchilik harakati va siyosiy harakatlar. Reja

Mavzu: Turkiston o’lkasida jadidchilik harakati va siyosiy harakatlar.

Reja:


  1. Mustamlka sharoitida Turkiston adabiyoti. Matbuot.

  2. Tarix va tarixshunoslikning yuksalishi. SHarqshunoslik.

  3. Tabiiy fanlarning rivojlanishi.

  4. Me’morchilik va san’at sohasida tarixiy an’analarning davom ettirilishi.

  5. Jadidlar va ularning maorifdagi mustamlkachilikka qarshi faoliyati.

A) Jadidchilik-yangi fikr va ijtimoiy qarashlarning shakllanishi.
B) Jadidchilik namoyondalari va ularning maorif, matbuot va boshka sohalarda olib borgan faoliyatlari.


Tauaynch tushunchalar:
Jadidchilik harakatining vujudga kelishidagi tarixiy shart sharoitlar. Jadidchilik ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy, g’oyaviy-mafkuraviy va istiqlolchilik harakati sifatida maydonga chiqishiga turtki bo’lgan omillar. Turkiston o’lkasi jadidchilik harakati namoyondalari va ularning milliy uyg’onishda tutgan o’rni. Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931), Abdulla Avloniy (1878-1934), Bexbudiy (1875-1919) va boshqalar. Jadid maktablari-«usuli savtiya», ya’ni tovush oxangiga asoslangan jadid maktablarining tashkil topishi va rivojlanishi. Jadid milliy matbuoti. Jadid madaniy-ma’rifiy tashkilotlari va jadid adabiyoti. Jadidlarning siyosiy qarashlari. 

Adabiyotlar:


  1. I.A.Karimov «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» T.SHarq 1998.

  2. Karimov I.A. «Istiqlol va ma’naviyat». T. «O’zbekiston». 1994 y.

  3. O’zbekistonning yangi tarixi. 1 kitob. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. T.: SHarq 2000

  4. O’zbekistonnig yangi tarixi. 2 kitob. O’zbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida. T.: SHarq 2000

  5. Munavvar Qori Xotiralar. Turon tarixi. 1993–94 yillar 2 – 3 sonlar. 

  6. 3.Aliyev A. Mahmudxo’ja Behbudiy. Toshkent. 1994y.

  7. Sodiqov M. Erksevar, Hurriyatparvar el vorislarini. Toshkent. «Kamalak». 1992 y. 20-30 bet.

  8. Fozilbek Otabek o’g’li. Dukchi Eshon fojeasi. T. «CHo’lpon».1992 y.

  9. Qosimov B. Ismoilbek Gaspirali. Toshkent. 1992 y.

  10. O’zbegim. «Vatan» seriyasi. Toshkent.1992y. 142-180 bet.

  11. Vatan tuyg’usi. Toshkent. «O’zbekiston». 1996y.

  12. Milliy uyg’onish. Toshkent. 1996y.

  13. YUnusova X. «1892 yil Toshkentdagi halq qo’zg’olonlari». T. 1998y.

  14. Jadidchilik: islohat, yangilanish, mustaqillik, taraqqiyot uchun kurash. To’plam. Toshkent. «Universitet». 1999 y.

  15. Jadidlar harakatidan milliy mustaqillikka. T. «SHarq». 2000 y.

XIX asr oxiri- XX asrning boshlarida siyosiy, madaniy, iqtisodiy jixatdan inqiroz xolatiga tushib qolgan muslamlaka tufayli rivojlanish past darajada bo’lgan o’lkada Turkiston ziyolilari chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmidan qutulish, o’z milliy davlatchiligini tuzish, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga yo’l ochish, xalqqa ziyo tarqatish choralarini ko’rdi. Bu borada jadidchilik xarakati katta rol o’ynadi. Jadidchilik rus mustamlakachiligiga qarshi milliy demokratik xarakat bo’lib, u o’sha davr Turkistondagi qoloq iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sharoitda yashayotgan xalqlarni ma’rifatlashtirish, jamiyat xayotida ijtimoiy va madaniy isloxotlar o’tkazish, pirovardida milliy mustaqillik g’oyalarini xayotga tadbiq etish maqsadini o’z oldiga qo’ygan edi. Turkistonda jadidchilik g’oyalari XIX asrning 90-yillaridan yoyila boshladi. Bu xarakat XX asrning 30-yillari oxirlarigacha o’lka ijtimoiy-siyosiy xayotida muxim rol o’ynadi. Bugungi kunda respublikamiz tarixchi olimlari jadidchilik xarakatida quyidagi uchta bosqichni farqlashmoqda: 1) XIX asr oxirlaridan 1915 yilgacha-ma’rifatchilik; 2) 1915 yildan – 1918 yil fevraligacha-muxtoriyatchilik; 3) 1918 yil fevralidan - 20-yillar oxirlarigacha mustabid sovetlar davridagi faoliyati. Jadidchilik Rossiyaga qaram bo’lgan musulmon xalqlari orasida dastlab Qrimda XIX asrning 80-yillarida paydo bo’ldi. Uning asoschisi diniy-dunyoviy ilmlarni chuqur egallagan Ismoilbek Gasprali (1851-1914) bo’ldi. Ismoilbek 1884 yilda jadid maktabi tashkil etib, 40 kunda 12 bolaning savodini chiqaradi. Uning o’qitish usuli «usuli savtiya», ya’ni «yangi usul» nomi bilan shuxrat qozondi. «Jadid» arabcha so’z bo’lib, «yangi» degan ma’noni bildiradi. Ismoilbek g’oyalarini qabul qilgan yangilik tarafdorlari «jadidlar», uning g’oyalari esa «jadidchilik» nomini oldi. Ismoilbek Gasprali darslik yaratadi, o’zining «Tarjimon» (1883-1914) gazetasini tashkil etib, jadidchilikni turkiy xalqlar orasida keng targ’ib qiladi. Bu gazeta Toshkent va boshqa shaxarlarga xam tez yoyiladi.

I. Gasprali 1893 yilda Toshkent, Samarqand va Buxoroda bo’ldi. Buxoroda amir Abdulaxadni jadid maktabi ochishga ko’ndiradi. Bu maktabga «Muzaffariya» nomi beriladi. 1898 yilda To’qmoqda (Qirg’iziston) xam shunday maktab ochildi. 1899 yilda Andijonda SHamsuddin domla, 1901 yilda Qo’qonda Saloxiddin domla, Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov va Samarqandda Abduqodir SHakuriylar birinchi bo’lib jadid maktablarini ochadilar. Jadidchilik xarakatining yirik namoyandalari jadid maktablari uchun darsliklar xam yaratganlar. Xususan, Saidrasul Aziziyning «Ustozi avval» (1903), Munavvarqorining «Adibi avval» (1907), Abdulla Avloniyning «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» (1912) darsliklari aloxida e’tiborga molikdir. Jadidlarning xalq ma’rifati uchun kurash dasturi uch asosiy yo’nalishdan iborat bo’lgan:
1.YAngi usul maktablari tarmog’ini kengaytirish.

2.Umidli, iqtidorli yoshlarni chet elga o’qishga yuborish.


3.Turli ma’rifiy jamiyatlar tuzish xamda ziyolilarning kuchli firqasini tashkil etishga qaratilgan gazetalarni chop etish.
SHu dasturni amalga oshirish borasida Maxmudxo’ja Bexbudiy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jayev, Abdulla Avloniy, Abdulxamid CHo’lpon va boshqa ziyolilar jonbozlik ko’rsatishdi. YAngicha o’qitish musulmon bolalariga qisqa vaqt ichida dunyoviy, diniy ta’lim berish dasturi asosida olib borildi. Bu dasturga ko’ra maktablarda o’qitish tizimi ikki bosqichdan iborat bo’lgan. Birinchi bosqich ibtidoiy qism deb atalib, uning taxsil muddati 4 yil bo’lgan. Birinchi bosqichni tugatgan shogird eski maktabda 10 yil o’qigandan ko’ra yaxshiroq savod chiqargan. Ikkinchi bosqichni muvaffaqiyatli tugatgan shogird arabcha, forscha, turkiy tilda bemalol so’zlashib, ruschada erkin gaplasha olar edilar.

Jadidlarning xalqaro aloqalari juda keng qamrovli bo’lgan. Ular Rossiya, Turkiya, Misr va boshqa mamlakatlardagi jadidchilik oqimlari dasturlaridan xabardor bo’lganlar, o’zaro safarlar, muloqotlar orqali tajriba almashganlar. 1905-1906 yilgi Rossiyadagi inqilobiy xarakatlar Turkistonga xam o’z ta’sirini ko’rsatdi. Faol kuchlar jipslasha boshladilar va jadidlar ma’rifatchilik faoliyatini jadallashtirdilar. Bu faqatgina maktablarda emas, balki jonli matbuotchilik faoliyati, jumladan, ro’znomalarning ko’plab vujudga kelishida xam ko’rindi. CHunonchi, 1906 yilda Ismoil Obidovning muxarrirligida «Taraqqiy», shu yili Munavvarqori muxarrirligida «Xurshid», 1907-1908 yillarda Abdulla Avloniy muxarrirligida «SHuxrat», Axmadjon Bektemirov muxarrirligida «Osiyo» ro’znomalari chop etildi.


Lekin tez orada chor ma’muriyati ashaddiy shovinist N.P. Ostroumov bildirishnomasiga asoslanib, bu ro’znomalarni man etdi.
Ma’rifatchilikning yangi to’lqinida 1913-1915 yillarda «Samarqand», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg’ona», «Buxoroi sharif», «Turon», 1917 yilda esa «El bayrog’i», «Kengash», «Xurriyat», «Ulug’ Turkiston» gazetalari, «Oyina» jurnali kabi ommaviy axborot vositalari xam paydo bo’ldi.
Jadidchilik Stolipin reaksiyasidan so’ng yashirin tusga o’tdi. CHunonchi, Toshkent politsiyasi maxkamasiga yetkazishicha, maxfiy guruxlardan birini o’qituvchi Axmadjonov boshqargan va u, asosan, milliy ziyolilar xamda o’quvchi yoshlar vakillaridan tarkib topgan. Qo’qondagi maxfiy gurux 50 kishidan iborat bo’lgan. Andijondagi jadidlarning yashirin tashkiloti «Taraqqiyparvar» deb atalib, maxfiy ishlar bo’yicha politsiya bo’limining ma’lumotlariga qaraganda, uning raxbarlaridan biri Ubaydulla Xo’jayev bo’lgan. SHuningdek, podsho ayg’oqchilari 1909-1916 yillar davomida mudarris va maktab o’qituvchilarining o’lkani boshqarishda isloxotlar o’tkazish kerakligi xaqida targ’ibotlar olib borayotganliklarini bir necha marotaba xukumatga yetkazganlar.
Rossiya Fevral demokratik inqilobi arafasida Turkiston jadidchiligi yetuk siyosiy xarakatga aylandi. Agar Birinchi Jaxon urushidan keyin jadidlar parlamentar monarxiya uchun kurashgan bo’lsalar, Fevral inqilobidan keyin Turkiston jadidlarining «taraqqiyparvarlar» oqimini tashkil qilgan radikal qismi ancha keng qamrovli, bir qator siyosiy talablarni ilgari surdi. Ular qatoriga maxalliy axoli xuquqlarini kengaytirish tomon o’lkani boshqarish yuzasidan asosli isloxotlar o’tkazish, o’lkaga Davlat Dumasidan axoli soniga qarab o’rin berish, asosiy demokratik erkinliklar, avvalo, milliy matbuot erkinligini ta’minlash, chorizmni konstitutsion tuzum bilan almashtirish kabilar kiradi. Rossiyadagi Fevral demokratik inqilobi Rossiyada yangi davlat tuzumi o’rnatilgandan so’ng federativ davlat shaklida muxtoriyat olishga umid bog’lagan jadidlarni ruxlantirib yubordi. Ayni paytda, milliy siyosiy partiyalar va tashkilotlar, jumladan, jadidlar tomonidan «SHo’roi Islomiya», «Ittifoqi muslimin», «Turon» kabi bir qator tashkilotlar tuzildi. Bu paytga kelganda jadidlar tub yerli axoli ijtimoiy tarkibining turli qatlamlarini o’z ortlaridan ergashtira oldilar, ular ongida musulmonlar birligini mustaxkamlash, jipslashtirish xissini uyg’otdilar. Ammo ular tez kunlarda tushundilarki, Rossiyadagi Muvaqqat xukumat va uning Turkiston Qo’mitasi xam o’lkada avvalgidek mustamlakachilik siyosatini davom ettirish yo’lini tutmoqda. CHunonchi, bu siyosat Ta’sis majlisini chaqirishga tayyorgarlikda yaqqol namoyon bo’ldi. SHu vaqtdan jadidlar uchun mustaqillik va muxtoriyat yo xayot, yo mamot muammosiga aylandi va jadal siyosiy janglar boshlandi. Ular xukumatning mustamlakachilik siyosatini qattiq tanqid ostiga oldilar va Turkistonning Rossiya Demokratik Federativ Respublikasi tarkibida milliy-xududiy muxtoriyat olish uchun astoydil xarakat qilishga kirishdilar. Jadidlarning dasturiy xujjatlarida diqqat-e’tibor milliy-xududiy muxtoriyatning asosiy tamoyillarini amalga oshirish mexanizmlari-Turkiston Federativ Respublikasi imkoniyatlariga taalluqli bo’lgan masalalar bo’yicha, qonunlar chiqarishni amalga oshirish uchun chaqirilgan mustaqil vakolatli o’lka xokimiyatining oliy organlari, boshqaruvi va sudi mexanizmlarini ishlab chiqish, o’z davlat tuzilishini barpo etishga qaratildi. Boshqaruvning poydevori sifatida respublika shakli tanlab olindi. Demokratik xuquq va erkinliklar berilgan va konstitutsion jixatdan kafolatlanishi lozim bo’lgan demokratik jamiyatni shakllantirish-ustuvor maqsad qilib belgilandi. Turkiston jadidlari davlat mustaqilligi xaqidagi o’z g’oyalarini xayotga tatbiq etishni mamlakatdagi turli ijtimoiy kuchlar o’rtasida tinchlik va kelishuvchilik, demokratik asosda shakllantirilgan Rossiya Ta’sis majlisini chaqirish bilan bog’langanliklari xam diqqatga sazovor. 1917 yil iyulda «SHo’roi islomiya»dan «SHo’roi Ulamo» tashkiloti ajralib chiqdi. Ammo Ta’sis majlisida o’rin olish masalasining muximligini anglash, bu ikki oqimning keyinchalik qo’shilishiga va «Turk Adami markaziyati» nomi bilan ataluvchi yagona Turkiston Federalistlari partiyasining tashkil etilishiga olib keldi.
Biroq Turkistondagi oktyabr voqealari va bolsheviklarning zo’ravonlik bilan xokimiyatni egallashi ularga o’z maqsadlarini oxirigacha amalga oshirishlariga imkon bermadi. SHunga qaramay, ular Petrogradda tuzilgan Lenin boshchiligidagi bolsheviklar xokimiyatining «Rossiya xalqlari Deklaratsiyasi» (1917 yil 2 noyabr), «Rossiya va sharqning barcha musulmon mexnatkashlariga» Murojaatnoma (1917 yil 20 noyabr), xujjatlarda ko’rsatilgan millatlarning o’z taqdirini o’zi belgilashi to’g’risidagi xuquqlardan foydalanib, Turkiston muxtoriyati xukumatini e’lon qildilar. Uch oygina yashagan bu muxtor respublika tugatilishi oqibatida jadidlar ta’qibga uchradilar. Munavvarqori Abdurashidxonovning guvoxlik berishicha, «Ittixodi taraqqiy» (1917-1920), «Milliy ittixod» (1920-1925), «Milliy istiqlol» (1925-1929) va «Turkiston Milliy Birligi» (1921-1923) (raisi Axmad Zakiy Validiy) maxfiy tashkilotlari o’lkada xokimiyatni qo’lga olish maqsadida faoliyat yuritgan.
Sovet davrida jadidlardan chiqqan milliy ziyolilar sovet organlarida faoliyat ko’rsatdilar va o’z faoliyatlari bilan xalq ta’limi san’atini rivojlantirishga ma’rifiy ishlarni taraqqiy ettirishga xarakat qildilar. Jadidlarning ayrim qismi mustabid tuzumning siyosatiga ko’nikmay xorijga o’tib ketdilar, muayyan qismi esa istiqlolchilar xarakatiga qo’shilib ketdilar. Istiqlolchilik xarakatiga g’oyaviy raxnamolik qilish, ayniqsa, sovet organlarida ishlab, milliy mustaqillik g’oyalarini targ’ib qilishdagi sa’y-xarakatlari jadidlarning sovetlar tomonidan 1929, 1937-1938 yillarda ommaviy qirg’in qilinishiga olib keldi.
Buxoro amirligi va Xiva xonligida jadidchilik xarakati Turkistondagi kabi XIX asr oxiri-XX asr boshlarida shakllangan bo’lsa xam bu xududlardagi tarixiy sharoit undagi jadidchilik xarakatiga xam o’ziga xos xususiyatlar baxsh etdi. Buxoro va Xiva jadidlari dastlab amir va xon xukmronligini cheklash, mavjud tuzum sharoitida isloxotlar o’tkazib, jamiyat taraqqiyoti va milliy mustaqillikni qo’lga kiritishni maqsad qilib qo’ygan bo’lsalar, keyinchalik xon va amir yakka xukmronligi xar qanday taraqqiyotga to’siq ekanligini tushunib yetdilar. CHunki 1917 yilda Xivada Asfandiyorxon ruxsati bilan tuzilgan yosh xivaliklardan iborat majlis va nozirlar kengashi, ularning taqiqlanishi va Junaidxon davridagi yosh xivaliklarning qattiq ta’qib qilinishi; Buxoro amiri Said Olimxonning o’zi qabul qilgan isloxotlar o’tkazish xaqidagi farmonini bekor qilishi va 1918-1920 yillarda yosh buxoroliklarning quvg’inga uchrashi shunga olib kelgan. Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalarida jadidlar xukumat organlarida raxbar lavozimlarida ishlab mamlakatni taraqqiy qildirish va mustaqillikni saqlab qolishga intildilar (1920-1924). Biroq sovet rejimi avval Buxoro va Xorazm davlatlari mavjudligiga chek quygan bo’lsa, keyinchalik barcha jadid namoyondalarini jismonan maxv qildi.
Umuman olganda, asr boshida yuzaga kelgan jadidchilik xarakati Turkiston xalqlarining milliy ozodlik, mustaqillik uchun dastlab chor Rossiyasi, so’ngra sovet mustamlakachiligiga qarshi kurashda muxim o’rin tutadi.
XIX asr oxiri XX asrning boshlarida siyosiy, madaniy, iqtisodiy jihatdan inqiroz holatiga tushib qolgan mustamlaka tufayli rivojlanish past darajada bo’lgan o’lkada Turkiston ziyolilari chor Rossiyaning mustamlakachilik zulmidan qutilish o’z milliy davlatchiligini tuzish, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotga yo’l ochish, halqqa ziyo tarqatish choralarini ko’radilar. Bu borada jadidchilik harakati katta rol o’ynadi.
Turkistonda jadidchilik G’oyalari XIX asrning 90-yillaridan yoyila boshlagan. Bu harakat XX asrning 30-yillari oxirigacha o’lka ijtimoiy, siyosiy hayotida muhim rol o’ynadi. Hozirgi kunda respublikamiz tarixchi olimlari jadidchilik harakatida quyidagi uchta bosqichni farqlashmoqda:


  1. XX asr oxirlaridan 1915 yilgacha-ma’rifatchilik;

  2. 1915 yildan 1918 yil fevraligacha-muxtoriyatchilik;

  3. 1918 yil fevralidan 20 yillar oxirlarigacha mustabid sovetlar davridagi faoliyatidir.

Jadidchilik Rossiyaga qaram bo’lgan musulmon halqlari orasida dastlab Qrimda XIX asrning 80-yillarida paydo bo’ldi. Uning asoschisi diniy dunyoviy ilmlarni chuqur egallagan. Ismoilbek Gaspirali (1851-1914) bo’ldi. Ismoilbek 1884 yilda jadid maktabi tashkil etib, 40 kunda 12 ta bolaning savodini chiqardi. Uning o’qitish usuli «usuli savtiya», ya’ni «yangi usul» nomi bilan shuhrat qozondi. «Jadid» arabcha so’z bo’lib, «yangi»degan ma’noni bildiradi.
Ismoilbek G’oyalari yangilanish,yangi zamonaviy maktab, matbaa, milliy taraqqiyot usullari, yo’llari tarafdorlari «jadidlar», uning G’oyalari esa «jadidchilik» nomini oldi. Jadidchilik XIX asrning birinchi choragida turkiy musulmon o’lkalarida (Qrim, Kavkaz, Volgabo’yi-BulG’or va Janubiy ¤rol havzasi, Turkiston) shakllanib kelayotgan milliy burjuaziya muhitida yuzaga kela boshladi. U o’sha davrdan Turkistondagi milliy-ozodlik harakatining mafkurasi Turkiston milliy mustaqillik mafkurasi vazifasini bajardi. Jadidchilikning asosiy G’oya va maqsadlari: Turkistonni o’rta asrchilik, feodal qaloqlik, xurofatlardan ozod qilish, «Usuli qadam»ni inkor etgan holda o’lkani, halqni millatni zamonaviy mutaraqqiy yo’liga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish,konstitutsion parlament va prezident idora usulidagi ozod va farovon jamiyat qurish, turkiy tillarga davlat tili maqomini berish, milliy pul birligi va milliy qo’shin tuzish. Bu G’oya va maqsadlar 1917-1920 yillarda «Turkiston» muhtoriyati; Buxoro va Xorazm halq respublikalari davrida, qisqa muddatda va qisman bo’lsa-da amalga oshirildi.
Jadidchilikning mintaqaviy-hududiy tarixiy shakllari: Qrim, Kavkaz, Volgabo’yi-BulG’or va Janubiy ¤roldagi jadidchilikka Gaspirali Ismoilbey, Jovid Husaynzoda, Muso Jorulloh Qozoniy, Rizouddin ibn Fahriddin rahnomolik qilgan;
Turkistonda Munavvar qori, Behbudiy va boshqalar yetakchilik qilishgan; Buxoroda «YOsh buxoroliklar» hukumati, Jum hurrais Usmonho’ja, Fitrat va boshqalar yo’lboshchilik qilishgan; Xiva jadidlariga «YOsh xivaliklar» hukumati, Jumhurrais Xoja Pahlovon Niyoz Hoji yetakchilik qilganlar.
Jadidchilikning Turkistondagi tadrijoti;
I.1885-1895 yillar: G.Ismoilbeyning «Tarjumon» gazetasi ta’sirida Qo’qonda yangi jadid usulidagi maktablar ochish harakatlari boshlanib, ular asta-sekin rus-tuzem maktablari bilan raqobatlasha boshlagan.
II. Qrimdagi Gaspra shahridan G.Ismoilbeyning Buxoro va Samarqandga tashrifi, Buxoro amiri bilan uchrashishi natijasida 1895 yilda jadid maktablarini tashkil etish davri Buxoroda Jo’raboy, Samarqandda A.SHakuriy, S.Aziziy, A Munzim, Mulla Qilich, Toshkentda Munavvar Qori, A.Avloniylar, Qo’qonda Hamza, Namanganda I.Ibrat, So’fizoda va boshqalar siymolarimiz ochgan jadid maktablari o’z faoliyatlarini olib bordilar.
III. 1905-1914 yillar jadidchilikning maktab-maorifidan kengroq gazetachilik, ya’ni ro’znomalar va jadidlarni chop etish, matbaa ishlarini yo’lga qo’yish, ilm-fan, adabiyot, madaniyat maorifni milliylashtirish bosqichi.
IV.1914-1917 yillar jadidchilikning o’ta ijtimoiy, siyosiy yo’nalish kasb etishi, jadidchilik siyosiy firqlarining tuzilishi va ularga 3 xil turli talablar qo’yish:

  1. Rossiyadan to’la ajralib chiqish:

  2. Rossiya Federatsiyasi tartibida «milliy-hududiy muxtoriyat» tuzish:

  3. Rossiya unitarizmi tartibida faqat ma’naviy-diniy muxtoriyat huquqlari kafolatiga ega bo’lish:

V. 1917 yil oktyabri 1918 yil Qo’qonda «Turkiston muhtoriyati»ning tuzilishi va uning qonga botirilib, mahv etilishi davri. 
VI. 1918-1924 yillar sho’ro tizimi tarkibida, maorif-matbaa ishlarida «CHiG’atoy gurungi»ni tuzish bilan ajralib turadi.
VII. Turkiston parchalanib (1924), jadidchilikning keyingi taraqqiyoti «milliy jumhuriyatlar»doirasida bordi. Jadidchilik asosan madaniyat-maorif, maktab va matbaa ishlarida «CHiG’atoy gurungi» G’oyalarini zimdan amalga oshirishga, milliy-ozodlik harakatini jonlantirishga urindi.
VIII. 1931 yildan to 1937-38 yillar orqali 50-yillarining birinchi yarmigacha qataG’onga uchrash davri.
Har bir davrda biror yangi G’oyaning tuG’ilishi aniq tarixiy sharoitda sodir bo’ladi. Unda tarixiy shaxslarning o’ynaydigan rolini hech kim inkor etmaydi. CHunki ular yetilgan muammolarni hal qilish yo’llarini nazariy tomonlarini hal qilish yo’llarini, nazariy tomonlarini barchadan teranroq idrok qiladi, ularni amalga oshirishga favqulodda kuch va G’ayrat bilan kirishadilar. Musulmonlar va qolaversa, turkiylar dunyosining jahon taraqqiyotidan uzilib qolganligini, buni G’oyat hafvli holga barham berish kerakligini hamda umumturkiy qavm, el-yurtlaridagi jaholatni yo’q qilib, ma’rifat orqali taraqqiy topgan mamlakatlariga tenglashish zarurligini birinchi bo’lib qrim-tatar halqi farzandi Ismoil Gaspirinskiy (1851-1914) tushunib yetdi. ,U jadidchilik harakatining butun turkdunyosidagi «G’oyaviy otasi»dir.
Ismoil Gaspirinskiy ilmga qattiq berildi. Jahon madaniyati durdonalarini mashaqqat bilan o’rgandi. Natijada turli ilmlardan boxabar bo’ldi. Bir necha tillarni mukammal egalladi. Bu esa uning jahon ilm-fan yutuqlari bilan tanishuviga keng yo’l ochdi. Ana shu tufayli Ismoil Gaspirinskiy SHarq bilan G’arb olamini taqqoslash va yakdil bir hulosaga kelish imkoniyatiga ega bo’ldi. Musulmon turkiy olamini jahon ma’rifati, ilm darajasiga ko’tarish G’oyasi unga kecha-kunduz tinchlik bermadi. Rossiyaga mustamlaka bo’lgan barcha musulmon hududlar maorifini mutlaqo isloh qilish,ularda dunyoviy fanlarni o’qitish masalasini ko’tardi.Maktab va madrasalarda diniy ta’limot, arab,fors va rus tillarini o’rganish bilan bir qatorda tibbiyot, hikmat, kimyo, nabotot, nujum,handasa fanlarini o’qitish zarurligini ilgari surdi va uni amalga oshirishga kirishdi. U1884 yilda Qrimdagi Boqchasaroy shahrida jadid maktabiga asos soldi. ¤zi dastur tuzib darslik yozdi. Ana shu darslik yordamida 40 kun ichida 12 o’quvchini savodini chiqardi va bu usul «usuli savtin» - Harf tovushi usuli, ya’ni «usuli jadid» nomi bilan tezda shuhrat topdi.
CHunonchi, 1906 yilda Ismoil Obidov muharrirligida «Taraqqiy» shu yili Munavvar Qori muharrirligida «Xurshid» 1907-1908 yillarda Abdulla Avloniy muharrirligida «SHuhrat», Ahmadjon B. Muharrirligida «Osiyo» ro’znomalari chop etilgan.
Ma’rifatchilikning yangi to’lqinida 1913-1915 yillarda «Samarqand», «Sadoi Turkiston», «Sadon Farg’ona», «Buxoroi SHarif», «Turon», 1917 yilda esa «El bayrog’i», «Kengash», «Hurriyat», «Ulug’ Turkiston» gazetalari «Oyna» jurnali kabi ommaviy axborot vositalari ham paydo bo’ldi.
Buxoro amirligi va Xiva xonligida jadidchilik harakati Turkistondagi kabi XIX asr oxiri XX asr boshlarida shakllangan vaqt ham bu hududlardagi kabi tarixiy sharoit, undagi jadidchilik harakatiga ham o’ziga xos xususiyatlar baxsh etdi. Buxoro va Xiva jadidlari dastlab amir va xon hukmronligini cheklash, mavjud tuzum sharoitida islohotlar o’tqizib, jamiyat taraqqiyoti va milliy mustaqillikni qo’lga kiritishni maqsad qilib qo’ygan edilar, keyinchalik xon va amir yakka hukmronligini (cheklash,mavjud) har qanday taraqqiyotga to’siq ekanligini tushunib yetdilar. CHunki 1917 yilda podshoh Asfandiyorxon ruxsati bilan tuzilgan yosh xivaliklardan iborat majlis va nozirlar kengashi, ularning ta’qiqlanishi va Rashidxon davridagi yosh xivaliklarning qattiq ta’qib qilinishi: Buxoro amiri Said Olimxonning o’zi qabul qilgan islohatlar o’tkazishi haqidagi farmonini bekor qilish va 1918-1919 yillarda yosh buxoroliklarning quvg’inga uchrashi shunga olib keldi. Buxoro va Xorazm halq respublikalarida jadidlar birgalikda ishlab mamlakatni taraqqiy qildirish va mustaqillikni saqlab qolishga intildilar. Biroq sovet rejimi avval, Buxoro va Xorazm davlatlarida mavjudligiga chek qo’yilgan bo’lsa, keyinchalik barcha jamiyat namoyondalarini jismonan mavh qildi. 
Umuman olganda, asr boshida yuzaga kelgan jadidchilik harakati Turkiston halqlarining milliy ozodlik, mustaqillik uchun dastlab chor Rossiyasi, so’ngra sovet mustamlakasiga qarshi kurashda muhim o’rin tutadi.
Turkistonda jadidlarning mavqei ko’tarilib yangi - yangi jamiyatlar tashkil topa boshladidar. Qo’qonda «G’ayrat», Andijonda «Taraqqiyparvar» kabi jamiyatlar tuzdilarki, ularning faoliyatida ilg’or rus demokratiyasi vakillari ham ishtirok qila boshladilar.

Jadidlar birinchi jahon urushi yillarida o’z faoliyatlarini keng avj oldirib yubordilar.



Jadidchilik turkiy halqlar, shu jumladan, o’zbek halqi tarixida yangi sahifani ocha boshlagan ijtimoiy harakat bo’lgan. Istibdod tuzimiga uncha qarshi shafqatsiz kurash olib borganligining sababini tushunish qiyin emas. CHunki jadidchilik millat uyg’onishining va ko’tarilishining ijtimoiy sathda namoyon bo’lishi edi. Jadidchilikning tor-mor qilinishi turkiy millatlarning jahon miqyosida tanilishini deyarli bir asrga orqaga surdi, ularni hukmron mafkuraga va istibdodga qaram etib, komunistlarning millatlarini jadal sur’atlar bilan qo’shib yuborish strategik rejasi va nazariyasiga bo’ysundirmoqchi edi. Jadidchilik harakati bir asr davomida komunistik g’oyaning boshida tazyiqida keyinchalik-iskanjasida bo’lib, to’la ravishda namoyon bo’la olmadi. Uning zaminlari va shakllari tarzini o’rganish ta’qiq ostida bo’ldi. Bu masalalar va muammolarni o’rganish bizning jiddiy vazifamiz. «Rivojlangan sotsializm» (1960-1985) yillaridagi misli ko’rinmagan mafkuraviy, ma’naviy, siyosiy va iqtisodiy tazyiqqga qaramay, o’zbek halqi o’zini millat sifatida o’ziga xosligini saqlab qola oldi, zimdan jadidlar o’rtaga oshirish vaqti-saoti kelishini umid bilan kutdi va bu vaqt mustaqillik bilan birga hayotimizga kirib keldi, chunki jadidlarning g’oyalari o’lmas g’oyalar edi.
http://fayllar.org
Download 26,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish