Yo'llarda kichik va katta dam olishlar, qisqa to'xtalishlar tashkil etiladi. Kichik dam olishlarda ryukzaklarni echmaslik ham mumkin. O'tirish oldidan nafasni rostlab olish, yuklarni ixchamlashtirish mumkin. Dam olishni tashkil qilish va kichik to'xtalishlar sayohat rahbarining ruhsati bilan tashkil qilinadi. Yurish paytida rahbar qator oxirida bo'lsa, to'xtash yoki yurish haqidagi buyruq har bir turist orqali oldingilarga etkaziladi. Yo'lda vaqtincha to'xtalish paytlarida birdaniga o'tirib olish, salqin paytlarda ustki kiyimni echish, suv ichish mumkin emas. Bir oz yurib, harakatlar qilib, keyin o'tirish, dam olish kerak. Yurak va o'pkaning normallashuvini ta'minlash zarur. Juda charchaganda oyoqlarni balandroq ko'tarib yotish yoki o'tirish qon aylanish tizimini yaxshilaydi. - Yo'llarda kichik va katta dam olishlar, qisqa to'xtalishlar tashkil etiladi. Kichik dam olishlarda ryukzaklarni echmaslik ham mumkin. O'tirish oldidan nafasni rostlab olish, yuklarni ixchamlashtirish mumkin. Dam olishni tashkil qilish va kichik to'xtalishlar sayohat rahbarining ruhsati bilan tashkil qilinadi. Yurish paytida rahbar qator oxirida bo'lsa, to'xtash yoki yurish haqidagi buyruq har bir turist orqali oldingilarga etkaziladi. Yo'lda vaqtincha to'xtalish paytlarida birdaniga o'tirib olish, salqin paytlarda ustki kiyimni echish, suv ichish mumkin emas. Bir oz yurib, harakatlar qilib, keyin o'tirish, dam olish kerak. Yurak va o'pkaning normallashuvini ta'minlash zarur. Juda charchaganda oyoqlarni balandroq ko'tarib yotish yoki o'tirish qon aylanish tizimini yaxshilaydi.
- Tushki ovqatlanish uchun doimo tekis, salqin, suvli joylar tanlanadi. Turistlar o'z vazifalariga ko'ra tezlikda ovqat pishirishadi.Choy, kisel, kompot, kofe tayyorlashadi. Ovqat uchun o'tin terishadi. Umuman, vazifasiz kishi bo'lmaydi. Navbatchilar idish-tovoqlarni yuvadilar, gulxan o'chiriladi. Jo'nash oldidan qog'oz, konserva qutilari va boshqa keraksiz narsalarni to'plab, chekkaroq joyga ko'miladi. Dam olish joyini to'la tozalab, keyin yo'lga chiqiladi. Bunday dam olishlar 1-2 soat, agar havo issiq bo'lsa, quyosh issig'i pasayguncha (manzilga borish sharti hisobga olingan holda) dam olinadi va keyin yana yo'lda davom etiladi.
- Tunash uchun dam olish paytlarida avvalo chodirlar quriladi. Bekorlar o'tish to'plashadi. Kechki ovqatdan keyin voleybol, futbol, badminton, shaxmat yoki shashka va boshqa o'yinlar tashkil qilinadi.
- Kechasi gulxan tashkil qilinib, uning atrofida suhbatlar, bahslar o'tkaziladi. Turistlar o'z taassurotlari, orzulari bilan o'rtoqlashadilar. Dam olish paytida sho'x qo'shiq va o'yinlar tashkil qilish yaxshi hordiq chiqarishga ko'maklashadi.
- Sayohatlar bir necha kun davom etganda yo'lda yurish, tunashlar ko'p bo'lishi mumkin. Shu sababli yurish davomida yo'lda yurish tartibi o'zgarishi, turistlar toliqishi mumkin. Shunga ko'ra bir qatorda tizilib yurish, charchamaslik uchun vaqt-vaqti bilan dam olishni tashkil qilish lozim.
- Qator boshida yo'l boshlovchi va qator oxirida eng kuchli, tajribali o'quvchi bo'lishi lozim. Yurish davomida toliqqan o'quvchilarning yukini engillashtirish yoki unga yordam berish talab qilinganda qator oxiridagi turist signal beradi. Keyin hamma to'xtaydi. Toliqqan o'quvchi oldingan o'tkaziladi. Umuman, tez-tez charchaydigan o'quvchilar qatorning oldingi qismida bo'ladi. Charchagan yoki xastalangan o'quvchi 3-4 kishi bilan yo'lda (qishloqda) qoldirilishi mumkin. Chakalakzorlardan o'tishda ilon va boshqa zaharli hasharotlar, yirtqich hayvonlardan saqlanish uchun ustki kiyimlarni, oyoq kiyimlarini qalinroq kiyish, qo'llarda tayoq bo'lishi kerak. 2-3 kishi 20-30 m oldinda yurishi, yo'l sharoitini aniqlashi kerak. Botqoqliklarni tayoq botirib ko'rib o'lchanadi.
- O'rmon sharoitida esa kompas yoki karta (sxema)ni qo'lda tutish, aniq belgilar asosida yurish talab etiladi. Bunday paytlarda yuqorida aytilganidek, xavfsizlikni ta'minlashga to'g'ri keladi. Suvi ko'p qo'riqlardan o'tayotganda oyoq kiyimlarini aslo echmaslik, suv chuqurliklarini tayoq bilan aniqlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |