2.Turizmda sotish usullari
chakana savdo aholiga to‘g‘ridan - to‘g‘ri tovar sotish va xizmat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatini o‘z ichiga oladi. CHakana savdo tovarlar assortimentining shakllanishida qatnashadi. Xaridorlarga tovarlar sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida axborotlar beradi. Tovarlarni saqlash, qo‘shimcha ishlash, narxlarni o‘rnatish va boshqa vazifalarini bajaradi. Natijada tovarlarning oxirgi iste’molchilari bilan oldi - sotdi shartnomasini bajaradi. CHakana savdo mulkchilik shakli, usuli va xizmat ko‘rsatishlari bilan turlanadi. 230 Chakana savdoning moddiy - texnika asosini do‘konlar, univermaglar, maxsuslashgan do‘konlar, supermarketlar, oshxonalar va ko‘pchilik mayda shahobchalar tashkil etadi. Chakana savdo aylanmasi. Ichki iste’mol talabini rag‘batlantirilishi tovarlar va xizmatlar iste’mol hajmini kengayishiga turtki berdi. Chakana savdo aylanmasining o‘sish sur’ati barcha hududlarda etarlicha yuqori bo‘ldi. Respublika o‘rtacha ko‘rsatkichi 114.4 % ni tashkil etgani holda, Surxandaryoda - 115,3 %, Jizzaxda – 115,2 %, Navoiyda – 115,1%, Buxoroda – 114,8%, Qashqadaryoda – 114,6%, Toshkent – 114,6% va Farg‘onada – 114,5% ni tashkil etdi. 27 Ushbu hududlardagi chakana savdo aylanmasining yuqori o‘sish sur’atlariga aholining xarid qobiliyati o‘sishi tufayli erishildi. Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi indeksi Buxoro, Jizzax, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida o‘sdi. Hududlarning eng yuqori va eng kichik ko‘rsatkichi o‘rtasidagi farqlanish darajasi 4,9 barobarni tashkil etmoqda.
Chakana savdo firmalarining turlari 4 ta mezon bilan farq qiladi: 1. do‘konning jihozlari 2. mijozga xizmat ko‘rsatish darajasi 3. tovar assortimenti 4. savdoda xizmat ko‘rsatish xarakteriga ko‘ra farqlanadi. Xizmat ko‘rsatish darajasi sotayotgan tovar turiga bog‘liq. Kundalik talabdagi tovarlar uchun o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish; avvaldagi tanlov tovarlari uchun chegaralangan xizmat ko‘rsatish; yuqori tovarlarga to‘liq xizmat ko‘rsatiladi, bu o‘z ichiga xaridorga yordam sifatida axtarish, solishtirishni, tanlashni, turli savollar bilan maslahat berishni oladi. Tovar harakatining umumiy yagona zanjirida chakana savdoning texnologiya jarayonlari muhim xalqa hisoblanadi. Chunki xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish korxonasidan iste’molchilarga etkazib berish jarayonida tovarlarni tanlash va aholining shu tovarlarga o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun eng zarur shart-sharoitlar xuddi ana shu chakana savdo korxonalarida yaratilishi lozim. Aholiga savdo xizmati ko‘rsatishning sifati, ya’ni savdo madaniyati chakana savdodagi texnologiya jarayonlarini, ayniqsa, tovar sotishni tashkil etish darajasiga bog‘liqdir, shu sababli chakana savdo korxonalarining butun savdo operativ faoliyati shu vazifaga bo‘ysundiriladi. Ulgurji savdo umumlashgan vositachi hisoblanadi va ko‘pchilik vazifalarni bajaradi. Ulgurji savdodan sanoat korxonalari, tijorat firmalari va davlat muassasalari ulgurjisiga tovar sotib olishlari mumkin. Ulgurji savdo ahamiyati quyidagichadir: • chakana savdoga ishlab chiqarish firmalarning tor assortimentini kengaytirib taklif etadi; • katta hajmda tovar sotib olib, muomala xarajatlarini kamaytiradi; • yuqori malakali tovarshunos va marketologlar bilan tovarlar bozorini chuqur o‘rganadi; • tovarlarni saqlaydi va kerakli tovar zahiralarini shakllantiradi; • ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo o‘rtasida mustahkam aloqa bog‘laydi, ularga moliyaviy yordamlashadi va boshqalar. Ulgurjisiga faoliyat ko‘rsatish tovar ishlab chiqaruvchilar, tijoratchi firmalar, agent va brokerlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi korxonalar ulgurji savdo faoliyatini maxsus bo‘lim yoki firmalar tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi maxsus tijorat firmalari - ulgurji savdo bazalari, omborlari va tovar birjalari shaklida, xususiy, aksiyadorlik, qo‘shma va davlat mulkiga asoslangan bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |