Aziz Abduhakimov Anvar Ikromovning fikrlarini takrorladi va hukumat hamda biznes-muhit vakillarini hamkorlikda ishlashga chaqirdi: “Davlat organlari va xususiy sektor manfaatlari mushtarak. Agarda sayyohlik operatorlari turistlarni jalb qilmasa, u holda „O‘zbekiston havo yo‘llari“ daromadni qayerdan oladi? Bu yerda davlat organlari va biznes o‘rtasida teng huquqli hamkorlik bo‘lishi lozim”.
Dolores Travel Services sayyohlik operatori direktori Farhod Rasulov Davlat statistika qo‘mitasi taqdim etgan statistik ma’lumotlarni tahlil qilar ekan, ma’lumotlar noto‘g‘ri tushunilishini ta’kidladi.
“O‘zbekistonga yil davomida 2 mln sayyoh keladi, deyiladi. Biz Davlat raqobat qo‘mitasidan rasman ravishda ma’lumotlarni so‘radik va mazkur raqamlarning 1,9 milliondan ortiqroq ekanini ko‘rdik. Lekin turizm turlari bo‘yicha hisoblaydigan bo‘lsak, an’anaviy ekskursion turizmdan 160 ming, xizmat turizmidan esa 190 ming kishi foydalangan. Savol tug‘iladi: „Ularning barchasi qayerda yashadi?“ Respublikadagi mehmonxona nomerlari, jumladan, pansionatlar, sanatoriyalar, bolalar lagerlarini ham hisobga olsak, O‘zbekiston birvarakayiga kuniga 50 ming kishini qabul qila oladi. 1,9 millionni bir yildagi kunlar soniga bo‘lsak, u holda biz jismoniy jihatdan shuncha sayyohni qabul qila olmaymiz. Bu noto‘g‘ri hisob ketganidan dalolat beradi, degani emas, bu shunchaki ma’lumotlarni noto‘g‘ri tushunish demakdir. 1,9 million tashrif buyuruvchidan 1 millioni, bu — mehmonxona turizmiga kiruvchi etnik trafik hisoblanadi, biz uchun esa ular noan’anaviy sayyohlardir. Umuman olganda, respublika uchun, albatta, ular pul sarflaydigan sayyohlar hisoblanadi, biroq bu yerga mamlakatga faqatgina 350 ming kishini jalb qilgan sohaning aynan ikki yo‘nalishi — ekskursion va xizmat turizmini muhokama qilish uchun yig‘ilganmiz”, — dedi u.
Farhod Rasulov soha biznes-hamjamiyatida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini kuchliroq targ‘ib qilish uchun mablag‘lar yetishmasligini tan oldi.
“Xususiy sektor qanday o‘ylashiga diqqat qaratishingizni istar edim. Respublikada 624 mehmonxona xo‘jaligi va 1000 atrofida sayyohlik firmalari mavjud. Biz yagona soliq to‘laymiz va bularning barchasi jamlansa, katta pulga aylanadi. Barcha sukut saqlayotgan turistik yig‘im haqida ham unutmaslik lozim. Bir yil davomida „O‘zbekturizm“ jamg‘armasi taxminan 2 mln dollar qabul qilib oldi. Ko‘rgazmalardagi faoliyatimizga kelganida esa, biz hammasiga o‘zimiz to‘lashimiz kerak, desak noto‘g‘ri bo‘ladi. Chunki bizning komissiya ko‘pi bilan 10 foizni tashkil etadi, bu arzimas daromad emas, biroq mamlakatni kuchli targ‘ib etishni istasak, u kamlik qiladi”.
U o‘z so‘zini davom ettirar ekan, takliflarini ilgari surdi. “Turizm sohasidagi 18 yillik faoliyatim davomida biz qancha takliflarni taqdim etdik, birortasi ham amalga oshmagan takliflar ro‘yxatini tuzsak, 50 punktdan oshar edi. Mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirish uchun takliflardan biri sifatida biz mehmonxona xo‘jaliklarini kreditlashni qayta ko‘rib chiqishni so‘radik. Hozirda tijorat banklari eng kamida 7 yilga kredit ajratmoqda, mehmonxonalarning xarajatlarni qoplash muddati esa 10−12 yilni tashkil etadi. Biz Markaziy bankning tijorat banklariga bunday kreditlarni ajratish to‘g‘risidagi tavsiyasini berishigagina erishdik, biroq birorta ham bank buni amalga oshirmayapti. Mehmonxona turizmini rivojlantirish uchun mazkur taklif ham konsepsiyaga kiritilishi lozim”.
Shundan so‘ng Farhod Rasulov ayni paytda turistik sektorni eng ko‘p tashvishga solayotgan masalani o‘rtaga tashladi. 2017 yil 1 yanvardan O‘zbekiston hududida chet el fuqarolari hamda respublikada doimiy yashamaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga mehmonxonalarga joylashish uchun to‘lov faqatgina erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada amalga oshiriladi.
“To‘lovlarni valyutaga o‘tkazish to‘g‘risida yaqindagina qabul qilingan qaror sababli biz o‘z faoliyatimizni to‘liq qayta ko‘rib chiqayapmiz. Biz 2017 yil uchun barcha narxlarni avgustda e’lon qilgan edik, endi esa mehmonxonalar narxi 30−40 foizga qimmatladi. Natija bunday bo‘ldi: bizning xorijlik sheriklarimiz buyurtmalarni qaytarib olmoqda, bu esa yilning birinchi yarmida yo‘qotishga uchrashimizni anglatadi. Mehmonxonalardan kelgusi yilda eski narxlar bo‘yicha xizmat qilishini so‘rayapmiz, mazkur bekor qilishlar, ular soni mingdan oshdi, mamlakatimiz imidjiga qattiq salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Davlat raqobat qo‘mitasidan mazkur muammoni tezroq bartaraf etish uchun turistik operatorlar va mehmonxona biznesi ishtirokida yig‘ilish o‘tkazishni iltimos qilib qolar edik”, — dedi Farhod Rasulov.
Tadbirkorlar 2017−2021 yillarda turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasini yanada qisqaroq muddatli dasturlarga ajratish g‘oyasini ilgari surib, 1999 yilda qabul qilingan “Turizm to‘g‘risida"gi qonunning ma’nan eskirgani va yangi tahrirda qabul qilish ehtiyoji borligini eslatib o‘tishdi.
Davlat raqobat qo‘mitasi va boshqa mahkamalar vakillari uchrashuv ishtirokchilarini ko‘tarilgan savol va takliflar e’tiborsiz qolmasligiga ishontirdi. Ular sohani rivojlantirish konsepsiyasini yakuniga yetkazish bo‘yicha sermahsul hamkorlik olib borilishiga umid bildirishdi.
Adabiyotlar:
Александрова А. Ю. Международный туризм. Учебник. М.: Аспект Пресс, 2002. — 211 с. Распоряжение Правительства Российской Федерации от 31 мая 2014 г. N 941-р г. Москва «Об утверждении Стратегии развития туризма в Российской Федерации на период до 2020 года» M. A. Mirzayev M. T. Aliyeva “Turizm asoslari” “O‘zbekiston faylasuflar jamiyati” nashriyoti, 2011.
Do'stlaringiz bilan baham: |