Sifat nazoratini loyihalash o‘z ichiga:
xizmatlar tavsifining xatolarini tuzatish usullarini aniqlash,
nazorat qilinayotgan tavsiflarni baholash usullarini aniqlash,
nazorat usullari: vizual (marshrutlar va ob’ektlarni ko‘zdan kechirish); analitik (hujjatlar tahlili); ijtimoiy (turistlar so‘rovi) va h.k.
Xizmatni loyihalashning yakunlovchi bosqichi bo‘lib, loyihani tahlil qilish va buning natijasida xatolarni topish va bartaraf etish hisoblanadi.
Turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni va loyihalangan turistik xizmatlar hujjatlarini turistik tashkilot rahbari buyurtmachi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi. Loyihada o‘zgarishlar faqat buyurtmachi bilan kelishilgan holda va faqat asoslangan hollardagina tur tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |