Zamonaviy turistik bozor iqtisodiyotini holati. Hozirgi kunda ayniksa 1990 yildan (qayta qurish boshlanishi) so’ng turizmda asosan uch xil jarayon bo’ladi:
1) Eski tashkilot va korxonalar (eskursiya byurosi, sayohat byurosi)ning tarqalib ketishi.
Yangi korxonalarning paydo bo’lishi ya’ni assostiastiyalar, korporastiyalar, turistik agentlar.
Eski turistik shaklni kayta kurish ta’sirida, yangi shakliga ist’emolchi talaba javob beradigan shaklini ishlab chiqish.
Yangi rivojlanish davriga o’tashda asosiy e’tiborni yangi mamlakatlarni (davlatlarni) o’rganish maqsadida, chet ellarga borib dam olish, yoshlar turizmini rivojlantirish, ishbilarmon turizmi, tog’ chang’i turizmi, dengizlarga sayr qilish (aylanish) yo’llanma bo’yicha.
SAYYOHLIK TADBIRINI TASHKIL QILISH
Sayyoxatning turiga karab va ularni sayohatga yoki safarga chiqadigan kungacha nazariy - amaliy mashg’ulot o’tkazish kerak. Yana bu guruh "Alpomish" va "Barchinoy" testlarini tayyorlab ularni sayyox nishonini olishga qiziqtirish kerak. Shu bilan bir qatorda ularni inqilobiy joylarga va harbiy jangovor ko’rsatgan shon - shuhratli mehnat qahromonlari bilan kuchaytirish kuchayadi.
Sayoxlik mashg’ulotiga qatnashadigan jismoniy tarbiya jamoasi shunday safarlarni qaytadan ko’rib chiqib, hammasini ilm olishga chaqirish ularning burchi va vazifasidir deb hisoblaydilar.
5.Ommaviy tashviqot ishlari.Sayohatlarni tashkil qilish va uni yakunlashda o’qituvchining roli
Ommaviy tashviqot ishlari mehnatkashlarning va ularning oila a’zolarining yoshlarning va o’quvchilarni o’zlarining jonajon ulkalariga bir kunga va uzoq vaqtga sayohatga qiziqtirilishga qaratilgan. Yoshlarni qahramonona vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Jismoniy tarbiya jamoasi sayyoxlik mashg’ulotda yoshlar ittifoqi tashkiloti bilan o’tkaziladigan tadbirlarda va sayoxlik ekspeditsiyalarida yana boshqa safarlarda faol qatnashishi har tomonlama foydali amalga oshmoqda. Yanada yoshlarni "Mening Vatanim O’zbekiston" ishlarida sayoxlik poxodlar o’tkazish, amaliy va samarali foyda bermoqda. Bu esa sayohat shtabining sayyoxlik yo’nalishlarini zimdan qaytadan ko’rib chiqish va sayyoxlik tadbirlarini kuchaytirishning birdan - bir usulidir.
Jamoaning sayyoxlik mashg’ulot va safarlarda jismoniy tarbiyada qatnashish usulari xilma - xildir.
Dam olish kuni yurishlari ko’p kunlik yurishlar yulduzcha uchun va yulduz yurish hamda sport bo’yicha umumiylashtirilgan sayyoxlik yurish umumiy I - darajadagi qiyinchiliklarga ega bo’lgan o’z ulkamiz bo’yicha yurishlar o’tkazib borish mumkin.
Rejali turizmni rivojlanishi bilan turizm va sayohat Markaziy kengash
shug’ullandi, bu kengash marshurutlarga chiqish yo’llanma (putyovka)larni tayyorladi va chiqardi ya’ni bu yo’llanmalar Butun ittifoq miqyosidagi joylarga berilar edi.
Ittifoqdosh Respublikalardagi yo’llanmalar har bir Respublikaning mintaqaviy tusga olgan marshurutlarga borish uchun berilar edi, buni Respublika, viloyat, ulka turizm va sayohat kengashi rahbarlik qilar edi.
1990 yillarga kelib Kasaba uyushmasi turistik - sayohat tashkilotlari tomonidan chiziqliy aylanma, halqali va radius bo’ylab sayrga chiqish marshurutlarini ishlab chiqdi.
Bir shahardan boshlab ikkinchi bir shaharda tugallaydigan marshurutlarni chiziqliy marshurut deb ataladi yoki rejali marshurut deyiladi.
Agar marshurut bir joydan boshlanib yana shu joyda tugallansa bunday marshurutni aylanma marshurut deyiladi.
Ko’pchilik rejali marshurutlar aylanma shaklda bo’laradi ya’ni turistlar dam olish jarayonida doimo bir bazada turistlar turar joyida, yoki turistik mehmonda yoki pansionatda turis sayohat va sayrlarga marshurut bo’ylab chiqib kelar edi,
Rejali turizm bilan bir qatorda ko’ngilli turizm ham rivojlana boshladi. Ya’ni bu marshrutni qatnashuvchilarning o’zlari oson marshurutlarni ishlab chiqar edi. Bu sayr marshurutlari yakshanba va dam olish, bayram kunlari o’tkazilar edi, ba’zida sport sayriga ham chiqishar edi.
Turizmda yuqoridagilardan tashqari faol yurish bilan tashkil qilinadigan marshuritlar ham mavjud edi.
Bunday marshurutlar o’zlarinig quyidagi turlariga bo’linadi piyoda yurish, chang’ida yurish, suv turizmi, velosiped va ot turizmi.
Maktablarda turistik harakatlarni yaxshi yo’lga qo’yish, uni rivojlantirishda pedagogik jamoalarning roli benihoya kattadir. O’qituvchilar o’z fanlari bo’yicha
yaxshi bilim beribgina qolmasdan, balki ularning darsdan tashqari mashg'uloti,
30
kasb tanlash, sport va sayohatlar bilan shug'ullanishlariga yaqindan yordam berishadi.
O’quvchilarni turizm va o’lkashunoslik to’garaklariga jalb qilish, sayohatlar uyushtirish va uni o’tkazishda geografiya, botanika, tarix hamda jismoniy tarbiya o’qituvchilari birinchi navbatda katta faollik ko’rsatadilar.
Sayohatlar davomida o’qituvchining ham, o’quvchilarning ham kayfiyati doimo bir xil bo’lavermaydi. Ba'zan turli bahslar, tortishuvlar, ranjishlar, hatto arazlashlar yuzaga keladi. Bu holning oldini olish uchun sayohat rahbari aybdorlarni topadi, ularni koyiydi, ko’pchilik oldida tanbeh beradi. Natijada umummaqsad yo’lida turistlar jamoasi o’z ahilligini to’la tiklaydi. Sayohat ko’ngilli o’tadi.
Sayohatda rahbarga quyidagicha talab va vazifalar qo’yiladi hamda huquqlar beriladi:
1.Guruhni tashkil qilish va uning to’la javobgarligini olish.
2.Tog' turizmi sayohatiga rahbarlik qilish uchun "Alpinist" nishondori va yuqori kategoriyali (III- IV) sayohatlarda ishtirok etgan yoki rahbarlik qilgan yuqori malakali kishi bo’lish.
3.Sayohat rahbarlarining huquqlari:
sayohat tartibini buzganlarga chora ko’rish, guruhdan chiqarish;
zarur bo’lganda marshrut yo’llarini o’zgartirish;
sharoit talab qilganda o’z guruhini tajribaliroq instruktor yoki mutaxassisga topshirish.
4.Rahbar quyidagilarni bajarishga majburdir:
turistlarni munosib darajada sayohatga tayyorlash;
sayohat marshrutlari, ijtimoiy-foydali ishlar, qidiruv va O’lkani o’rganish bo’yicha rejalar bilan tanishtirish;
karta yoki sxema tuzish, yo’ldagi xavfsizlikni ta'minlash;
yo’ldagi to’siqlarni o’rganish, zarur bo’lsa, ehtiyotdan boshqa yo’llarni belgilash;
gidrometeorologik o’zgarishlar bilan tanishtirish;
I. tegishli jihozlarni avvaldan tayyorlash, yo’l harajatlari, oziq-ovqatni hisoblash, yig'ish;
J. Marshrut daftarchasini tutish va marshrut kvalifikatsiyasi komissiyasiga (MKK) topshirish;
Z. Yo’lda ob-havo, geologiya, o’rmon xo’jaligi va boshqa idoralardan ruhsatnoma, tegishli maslahatlar olish;
guruhning tartib va intizomini muntazam nazorat qilib borish;
Y. yo’llarda tashkil qilingan xavfsizlikni saqlash va qutqarish nazorati idoralaridan ko’rikdan o’tish;
mashrut daftarchasini ma'lum joylarda belgilash;
sayohat davomida o’tilgan joylar to’g'risida telefon yoki radio orqali MKK yoki uning xavfsizlik va qutqarish nazorati punktlariga xabar berib borish;
shikastlanganlarni tezlikda tegishli joylarga etkazish;
baxtsiz hodisa yuz berganda tezlik bilan xabar berish;
Xavfga uchragan boshqa guruh yoki mahalliy aholiga yordam ko’rsatish;
sayohat tamom bo’lgach, tegishli idora va tashkilotlarga xabar berish.
MKK ruhsatisiz guruhdagi kishilarni o’zgartirish yoki qo’shish qat'iyan man qilinadi.
Sayohat rahbari o’tgan marshrut va qilingan ishlar yuzasidan yozma hisobot tuzadi.
Ana shunday muhim burchlarni faqat eng tajribali turist va o’qituvchigina bajara oladi. Shuning uchun o’qituvchi sayohatni o’tkazishda asosiy kuch hisoblanadi.
Sayohat rahbari butun yurish uchun yozma hisobot tuzadi. Unda o’tilgan
marshrutlar, qilingan asosiy ishlar ko’rsatiladi. Marshrut varaqasi hamda fotosuratlar hisobotga ilova qilinadi. MKK ga topshiriladi. Sayohat xotiralariga bag'ishlab kecha uyushtiriladi, fotoalbom, fotomontaj, devoriy gazeta tayyorlanadi.
Sayohatchilar marshrut davomida qulay kelgan joylarda to’xtab, dam olib, ovqatlanib, hatto tunab ham ketaveradilar. Shuningdek, zarur bo’lgan paytlarda aholi yashaydigan punktlarda, maktab, kolxoz klubida, joylarda to’xtash, tunash mumkin. Bunday hollarda mahalliy kishilar bilan aloqa bog'lash, o’zaro kelishish zarur. Hovli yoki maktablarda tunaganda davlat mulkini ehtiyot qilish, mahalliy kishilarga yordam berish choralarini ko’rish lozim.
Chodirlarni o’rnatishda mahalliy sharoit, ya'ni daraxtlar, toshlar va hokazolardan unumli foydalanish kerak. Chodirlarni bir-biriga yaqin va qator qilib qurish kerak.
Chodirlarni joylashtirish va uning atrofida o’tirish, ovqatlanish, o’yin tashkil qilish, gulxan yoqish kabi tadbirlarni faqat guruh rahbarining ruhsati yoki ko’rgazmasi bilan bajarish sayohatning mazmunli bo’lishini ta'minlaydi.
Turistlarning gulxan yoqish tajribalari ko’p (2.3.4 rasmga qarang). Gulxan yoqish usullari xilma-xil. Ular ichida "Kapa" (chayla) usuli keng qo’llaniladi, bunda shoxlar katta-kichik hajmda (30-50 sm) sindirilib, avval kichiklari yondiriladi. Gulxanning yorug'ligi chodirlarga tushishi, o’tishlarning ko’mirsiz bo’lib yonishi uchun yog'ochlar ustma-ust, tikroq holda qalanadi.
Gulxan yoqishning "quduq" usuli ham mavjud. Bunda yog'och va shoxlar kichik g'o’lachalar shaklida (30-40 sm) kesiladi va avvalo, kichik shoxlarni kvadrat shaklida oraliqlarini ochib, ustma-ust qo’yiladi, alanga kuchaygach, yirikroq shoxlar qalanadi. Ana shu usulda yoqilgan gulxan alangasi o’rtadan to’p bo’lib ko’tariladi va atrofni yaxshi yoritadi, hatto gulxan ustida choy qaynatish imkoni ham bo’ladi. "Taygalik" gulxani ko’pincha yirik va uzun shoxlar, bolorlardan
yoqiladi (yog'ochlar uzunligi 2-3 m). Bu katta alanga beradi va katta guruhga ovqat tayyorlash, xo’l kiyimlarni quritishga mo’ljallangandir.
Rasm 1. Gulxan turlari.
a – Chayla, b – Quduq, c – Taygalik
"Nodya" usulida yoqiladigan gulxanda er ozroq kavlanadi, uning bir tomoni pana qilinadi (devor shaklida). Chuqurchaga avval cho’g' solinib, keyin ustiga uncha katta bo’lmagan g'o’lachalar (50-60 sm) juft shaklda qo’yiladi. Yog'ochlar asta-sekin yonib, bir tekis alanga beradi. Pana (devor tomonda kiyimlarni quritish, ovqatni isitish uchun duxovkaga o’xshash moslama qilinadi. Bunaqa gulxan asosan o’rmonda, yog'ingarchilik kO’p bo’ladigan joylarda ishlatiladi.
Rasm 2.2. Tog’ sharoitidagi o’choq
Bahor yoki yoz vaqtidagi tog' sayohatlarida yomg'ir yog'ishi, qattiq shamol esishi mumkin. Bu sababdan gulxan joyini tanlash katta ahamiyatga ega. Gulxanni devor yaqini yoki panaroq joyda, chodirdan uzoqroqda tashkil qilish kerak. Shuningdek, gulxan alangasi, uchqunlar quruq xashaklarga tushmasligi uchun gulxan atrofini tozalash kerak. Ehtiyot sharti bilan gulxan yaqinida har ehtimolga qarshi suv to’ldirilgan chelaklar, xo’l o’tlar saqlanishi kerak.
Qishki sayohatlarda tunash uchun aholi yashaydigan joylar (maktab, klub va hokazo) yozgi lagerlarni tanlash maqsadga muvofiqdir.
Barcha sayohatlarda, ayniqsa qishki tunashlarda yong'in va sovuq urishdan saqlanish uchun kechasi navbatchilik uyushtirish lozim.
Navbatchilar gulxan yoqish, ovqat pishirish, barcha turistik jihozlarning o’z o’rnida turishi uchun javobgardirlar. Navbatchilarni har 1-2 soatda almashtirish zarur.
Rasm 2-Gulxanda ovqat pishirish uchun moslamalar
Chodirlarni ko’chirmasdan sayohat qilinganda "Lager" uchun komendant tayinlash va hamma joyni gigienik talablar asosida tutish, yashash qoidalariga amal qilishga odatlantiriladi.Jadval 2.4.
XULOSA
Turizm bo’yicha ilmiy-uslubiy adabiyotlarning tahlili shuni ko’rsatadiki, xozirgi kunda bozor iqtisodi sharoitida ko’p kunlik turistik sayr jarayonida shug’ullanuvchilarning funkstional holatini o’rganish bilan shug’ullanuvchilar juda kam.
Olib borgan ilmiy tadqiqot ishimiz shuni ko’rsatdiki, tog’ sharoitida odam organizmiga balandlik qancha oshgan sari va masofaning uzoqligi yurak qon tomir tizimiga, nafas olish tezligiga ta’sir ko’rsatadi.
Ya’ni bizning ishimizda talabalarning yurak qon tomir urishi va nafas olish tezligi masofa va balandlikka ko’tarilganda ancha ko’tarildi. (nafas olish tezlashdi, yurak qon tomir urushi) oshdi.
Bunday yuklamaga moslashish shug’ullanuvchilarning mashq qilganligiga sportchi jismoniy tayyorgarligiga, irodaviy tayyorgarligiga bog’liq bo’ladi.
Ko’p kunlik turistik chiqishlar o’quvchilar organizmini funkstional holatini yaxshilaydi,buni biz o’z tadqiqot ishimizda ko’rdik. Bundan tashqari ko’p kunlik sayr jismoniy sifatlarni (kuch, chaqqonlik, egiluvchanlik va chidamlilik) ni tarbiyalaydi.
Shug’ullanuvchilar sog’lig’iga ijobiy ta’sir qilibgina qolmay balki irodani shakllantiradi, chiniqtiradi, og’ir sharoitlarda mavjud bo’lgan qiyinchiliklarni engishga o’rgatadi, hayotiy muhim bo’lgan ko’nikma va malakalarni egallashga yordam beradi.
O’quvchilarda do’stlik, birodarlik, bir-biriga yordam berish xislarini tarbiyalaydi.
Ko’p kunlik turistik sayrlar faol dam olishning asosiy vositasi bo’lib harakat qiladi, organizmni tabiat injiqlariga qarshi turishga chiniqtiradi, nafas olish va yurak qon tomir tizimini, mushak tizimini mustahkamlaydi. Asab tizimini mustahkamlaydi, ovqat hazm qilish tizimini normallashtirishga imkon yaratadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
O’zbekiston Respublikasining "Ta'lim to’g'risida"gi qonuni. T., 1997 29-sentyabr.
O’zbekiston Respublikasining "Turizm to’g'risida"gi qonuni. T., 2019-yil 18-iyyul.
O’zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to’g'risida"gi qonuni (yangi tahrir). 2015-yil 4- sentyabr.
O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T., 1997 29- sentyabr.
Do'stlaringiz bilan baham: |