Yangi mavzu bayoni: Turar joy binolari interyeri va jixozlari
(O`qituvchi yangi mavzuni tushuntirish davomida, Microsoft Office dasturlar to`plamining Power Point dasturida tayyorlangan slayd, audio va video vositalaridan foydalangan holda mavzu bayon etiladi. Quyida dars davomida namoyish etiladigan slayddagi rasmlardan namunalar namoyish etiladi.)
Turar - joy, jamoat va sanoat binolari intereri “ichki ko’rinishi” va jixozlanishi turli tipdagi turar-joy, jamoat va sanoat binolarini ularning nimaga mo’ljallanganligiga qarab ichki tashkiliy fazoviy shakllantirishining o’ziga xosligini, shuningdek turli funksional, texnologik asbob-uskunalar (mebel, oshxona, sanitariya - texnik asbob-uskunalar, sun’iy yoritish elementlari va boshqalar)ni ishlab chiqish, binolarning yorug’lik va rangli mikro iqlimi, yashash, mexnat qilish va dam olish uchun yoqimli muxit yaratishini o’rganishdan iboratdir.
"Turar-joy, jamoat va sanoat binolari intereri (ichki kurinish) va jixozlanishi mavzusini o’rgatishdan asosiy maqsad loyixalashtirish asoslarini ochish va o’rganish, ichki tashkil qilingan muxit va uning xar-xil tarkibini yaratish xisoblanadi.
Turar joy muxitini xajmiy rejali ko’rinishining asoslari, uni jixozlash, tabiiy-muxitiy, xududiy, milliy va xalqona o’ziga xosliklar majmuaga bog’lik xolda ichki maydon yaratish asosida yorug’ga qarab chiqiladi.
Ketma-ket imoratini xar bir xonasining: daxliz, vanna, oshxona, sanitariya tarmogi, umumiy xona, mexmonxona, yotoqxona, bolalar xonasi, kabinet va boshqalarning maydoni va jixozlanish masalalari ko’rib chiqiladi va o’rganiladi.
Turli imorat xonadonlarining funksional jixatdan maqsadga muvofiq-badiiy estetik jixatdan go’zalligi, mebellarni qulayligi, jixozlanishi va elementlar turar-joy binolarining intereri va jixozlanishi bo’yicha o’tilayotgan mavzuning yakunlovchi bosqichi sifatida loyixalashtirishning asoslaridan birida shakllantiriladi.
Binolarning intereri (ichki ko’rinishi) va jixozlanishi mavzusi haqida gap ketganda quyidagi jihatlarga e’tibor berish lozim:
Inson kuli bilan uzining xayot faoliyati uchun yaratilgan tashkiliy maydon, material muxit sifatida arxitektura ta’rifi;
Ichki tashkiliy maydon sifatida "Ichki kurinish" tushunchasini ta’rifi;
Intererning "INTERER" kishilarning estetik va goyaviy jixatdan tarbiyalash vositasi sifatidagi tarbiyaviy axamiyati. Axolining ularni urab turgan material atrof-muxit asosida estetik didlarning rivojlantirish va oshirish;
Arxitektor axolida estetik yaxshi didni rivojlantiruvchi doimiy targ’ibotga bo’lishi kerak;
Binoning umumiy kompozitsiyada ichki kurinishning axamiyati va uning kuriltoshining tashki arxitekturasi bilan aloqasi.
Ichki maydon ichki kurinish binoning nimaga muljallanganligiga boglik ravishda tashkil kilinadi.
Ko’rilishning g’oyaviy mazmuni va uning funksional o’ziga xosligining ichki ko’rinishi vositasida ifodalanishi.
Uyga vazifa: O’tilgan mavzu yuzasidan uyda mustaqil ravishda A3 formatga interyer bajarib kelish
Do'stlaringiz bilan baham: |