Mavzu: Tuproqsiz ekin yetishtirish Reja: Tuproqsiz dehqonchilik



Download 39,67 Kb.
bet9/10
Sana23.07.2022
Hajmi39,67 Kb.
#843102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
tuproqsiz

O‘g‘itlash. Ko‘chat o‘tkazilgach, ikkinchi yildan boshlab har yili qish oldidan ishlov berishda go‘ng va superfosfat solinadi. Bir, ikki, uch yoshli o‘simlik tagiga 10 kg go‘ng, 20 g dan azot va fosfor hamda 10 g kaliy o‘g‘iti solinadi, meva beruvchi tuplar tagiga esa 20–25 kg. dan go‘ng va 80–100 g fosfor (tuplarining yoshi kattalashgan sari solinadigan o‘g‘itlar miqdori ortib boradi), 80–120 g azotli va 40–60 g kaliyli o‘g‘itlar solinadi. Bunda mineral o‘g‘itlarning 50 foizi fevralda va qolgan qismi may oxiri-iyun boshlarida – mevalari shakllanganidan keyin solinadi.


  • Bundan tashqari, limon tuplari birinchi marta qishda vegetatsiya boshlangungacha, ikkinchi marta gullash oldidan va 3–4 marta tugunlar to‘kilganidan keyin va mevalar o‘sishi davrida 20–25 kun oralatib go‘ngli sharbat bilan sug‘oriladi. Go‘ngli sharbat sigir, qo‘y-echki va parranda go‘ngini (2:1:1) ariq suvida yaxshilab ezib, sug‘orish egatlariga quyiladi. Yozda go‘ngli sharbat kechqurun va ertalab beriladi.


  • Shox-shabbalarini kesish va shakllantirish. Yuqori va mo‘l hosil olish uchun tuplarning faqat me’yorda oziqlanishi, o‘sishi va rivojlanishi bilan kifoyalanib bo‘lmaydi. O‘sib ketgan va shakllangan novdalarni daraxt yoshiga munosib ravishda siyraklash, chilpish va butash yo‘li bilan muntazam parvarishlash juda zarur. Bunda tupning o‘sishi va meva berishi yaxshilanadi.


  • Handak va issiqxonadagi limon o‘simligi shox-shabbasiga shakl berishda ajratilgan joydan oshib o‘smaydigan, shox-shaxbbasi bir tekis rivojlangan, ixcham, mayda shoxchalari ko‘p va serbarg, past bo‘yli o‘simliklar yetishtirishga asosiy e’tibor beriladi. Ularning asosiy shoxlari va tanasi kalta 40–45 sm. dan oshmasligi kerak. Shakl berish va butashdagi asosiy ishlar novdalarni chilpish, so‘ng kesish va hali yog‘ochlanmagan ortiqcha navdalarni kesib olib tashlashdan iborat. Ba’zan yon shoxlari, shuningdek qurigan, singan, shox-shabbani qalinlashtirib yuboradigan shoxlar va novdalar kesib tashlanadi. O‘simliklar har yili yetarli miqdorda yangi novda chiqarsa, ular to‘xtovsiz hosil beradi.


  • Pakana (pastak) shakl berilganda dastlab uch asosiy tartib shoxlarning uzunligi 20–25 sm, o‘rtacha bo‘yli shaklda 35–40 sm. li bo‘ladi.


  • Shakl berilgan standart ko‘chatning 8 tanasi va 3–4 ta pishishi kerak. Standart bo‘lmagan ko‘chatlar o‘tqazilganda 25 sm. dan ortiq qismi (pastan) kesib tashlanadi va 3–4 ta bo‘lajak asosiy shoxi qoldiriladi. Birinchi tartibdagi shoxlar bir-biridan 5–8 sm, oraliqda joylashgan bo‘lishi kerak. Qolgan shoxlar va novdalari kesib tashlanadi.


  • Limon o‘simliklariga pastak shakl berishda birinchi tartib novdalarning uzunligini taxminan 25 sm. ga yetganda, uchi 2–3 ta bargi bilan kesib tashlanadi. Shundan so‘ng bir hafta o‘tgach, novda bir oz uzayib, yog‘ochlashganda, 20 sm uzunlikda qoldirib, ichki tomondagi kurtagigacha kesib tashlanadi. Keyin har bir birinchi tartib shoxda 2 ta ikkinchi tartib, ularning har birida 2 tadan uchinchi tartib shox qoldirib kesiladi. Ba’zan bitta yoki uchta shox qoldiriladi. Qoldiriladigan keyingi tartib shoxlari soni ularning boshqa shoxlar orasida mavjudligi va joylashishiga, oldingi tartib shoxlarning rivojlanish darajasiga bog‘liq. Qoldirilgan novdalar har xil barg bo‘g‘imlarida joylashgan bo‘lishi kerak. Bitta barg bo‘g‘imidan bir nechta novdadan faqat bittasini qoldirib, boshqalari kesib tashlanadi. Qoldirilgan ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi tartib novdalar har doim bo‘yi 25 sm. ga yetganda uchi chilpib tashlanadi. Taxminan bir haftadan keyin, ular yog‘ochlashganda 20 sm. dan ortig‘i kesib tashlanadi. Bunda, odatda, ikkinchi tomondagi yon kurtagigacha kesiladi.


  • Dastlabki 3–4 ta tartib shoxlar tanlanganda ularning bir tekis joylashishiga alohida e’tibor berish kerak, chunki shox-shabbalarning asosiy qismi keng, novdalarni yon tomoniga o‘sishiga yordam beradigan, shox-shabbaning o‘rtasidan yuqoriga qarab o‘sishni tezlashtirmaydigan bo‘lishi zarur. G‘ovlab ketgan novdalarning hammasi kesib tashlanadi.


  • Handak va issiqxonalarda o‘stiriladigan Meyer nav limonning shox-shabbasiga ham ana shunday shakl beriladi.


  • Limon o‘simligining novdasi o‘sish sur’ati jixatidan bir-biridan farq qiladi, ba’zilari yo‘g‘on, boshqalari mayda, nozik bo‘lganligi bois har doim ham shakl berish uchun yetarli bo‘lmaydi, natijada bu ish ikkinchi yili ham davom ettiriladi. O‘sayotgan novdalar o‘z vaqtida chilpib, pishgandan keyin kesilsa, shox-shabbaga kerakli shakl berish mumkun bo‘ladi. Chilpib tashlangan novdalar, odatda, bittadan yangi novdalar chiqararadi. Ko‘proq shoxlash uchun bu novda pishgandan keyin kesib qisqartiriladi. Agar faqat bitta kurtak o‘sib chiqsa, yana ikkinchi marta pastroqdan kesiladi. Lekin, ikkinchi marta kesish ko‘pincha o‘zini oqlamaydi. Ko‘p kesilsa ma’lum miqdordagi shox va barglar kesilib ketadi va o‘simlik nimjonlashib qoladi. Shuning uchun chilpish va kesish shox shabbaning holatiga mos ravishda olib borilishi kerak. Chilpigandan keyin tez o‘sib ketadigan novdalar kesib qisqartiriladi. Kuchli o‘sadigan novdalar va shoxlarning yon shoxlari kesiladi.


  • Asosiy shoxlardagi serbarg kalta shoxchalar qoldiriladi, chunki ular ayniqsa birinchi yili o‘simliklar yaxshi o‘sishini ta’minlaydi. Novdalar butun vegitatsiya davrida chilpib kesilaveradi, buning uchun har oyda o‘simliklar 2–3 marta kuzatib turiladi. Bu tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish maqsadga muvofiqdir.


  • O‘simlik agrotexnika qoidalariga rioya qilgan holda parvarish qilinsa birinchi yili kamida ikki tartib shox chiqaradi. Ekilgandan 2–3 yil o‘tgach chiqqan 4–5-tartib novdalar gullab meva tugadi. Shuni aytish kerakki, tegishli tartibdagi novdalar limon o‘simliklarning hosilga kirish qobilyatini to‘liq belgilamaydi, bu juda ko‘p omillarga bog‘liq. O‘simliklar hosilga kirganda ham ularga shakl berish ishi davom ettiriladi, bunda ularning shox-shabasi mo‘ljallangandan katta bo‘lib ketmasligi kerak. Ayrim shoxlar novdasining o‘sishi tartibga solinadi, kesiladi. Hosilga kirgan o‘simliklarni butash, odatda, eng serhosil bo‘lgan o‘rtacha uzunlikdagi shoxlarni chiqarishga qaratilgan.


  • Keyingi yilarda mamlakatimizda sitrus o‘simliklarga har xil shakil berish bo‘yicha olib borilgan tajribalar handaklar va issiqxonalarda pastak va yarim pastak shakl bilan bir qatorda, vertikal so‘ri usulida shakl berish ham yuqori samara berishini ko‘rsatdi. Shpaler (sim bag‘az) usulida shakl berilganda shox-shabba ichiga yorug‘lik yaxshi tushadi va ular yaxshi ozuqlanadi, hosildorligi ortadi, handak va issiqxonada ularni parvarish qilish onsonlashadi, har gektariga ko‘proq ko‘chat ekish mumkun bo‘ladi. Bunday shakl berilganda sitrus o‘simliklarni eng yuqori agrotexnika darajasida parvarish qilish, ularning eng yaxshi o‘sishini ta’milaydigan sharoit yaratish kerak. Umuman olganda, sim bag‘az usulida shakl berilganda limon o‘simligi hosildorligining ortish evaziga sarflangan xarajatni to‘la qoplaydi.


  • Issiqxona va handaklardagi limon o‘simliklari uchun ham tokzorlardagi kabi sim bag‘az qilinadi, ya’ni ko‘chatlar qatorining har 6 metriga temir-beton ustun o‘rnatilib, ularga 50 sm kenglikdan uch qator sim tortiladi. Sim bag‘azlarda o‘stiriladigan sitrus o‘simliklarga, odatda, palmetta (simbag‘azlarga bog‘lash) usulida shakl beriladi.


  • Simbag‘azlarga shakl berib o‘stiriladigan ko‘chatlar o‘tqazishdan oldin 35 sm dan ortig‘i kesib tashlanadi. Eng yaxshi rivojlangan yuqorigi uchta novdasi qoldirib, boshqalari olib tashlanadi. Ikkita yon novdasi 70–75 sm. ga yetganda simning pastki qatoriga gorizantal holida bog‘lanadi. Bu novdalar birinchi yarusni hosil qiladi. Uchinchi novda ikkinchi, keyin uchinchi yarus hosil qilish uchun asos bo‘ladi.


  • Asosiy shoxlardan chiqqan novdalarning uzunligi 25 sm. ga yetganda uchi chilpib tashlanadi, keyin uchinchi va undan yuqori tartib novdalar chiqishi uchun kesiladi. Tarvaqaylab chetga qarab o‘sayotgan novdalar simbag‘azga bog‘lab qo‘yildi. Simbag‘azlar oralig‘i 1,2–1,4 m. Keyingi parvarish ishlari pastak shakl berilishidagi kabi bajariladi.


  • Uch-to‘rt yildan keyn bo‘yi 2 m va undan oshadigan yaxlit limon o‘simliklar devori hosil bo‘ladi. Keyingi ishlar o‘simliklarning skletining asosini saqlash, shox-shabbasini qalinlashtirib yuboradigan ortiqcha shoxlarni kesib tashlash, novdalarning o‘sishini tartibga solish va hokazolardan iborat.


  • Doim yashil o‘simliklarning bargi zapas oziq moddalar to‘planadigan joydir, butash paytida barglarning ko‘plab olib tashlash o‘simliklarning hayoti foliyatiga salbiy ta’sir etadi. Butashda ana shuni e’tiborga olish kerak. Kesilgan shoxlarda vegetativ o‘sish, chilpilgan shoxlarda generativ o‘sish ustunlik qiladi. Shunga ko‘ra, vegetatsiya davrida o‘simliklarni doim kuzatib borish zarur.


  • Handak va issiqxonalar o‘lchamining cheklanganligi, sitrus o‘simliklarining o‘ziga xos biologik xususiyatlari ayniqsa hosil shoxlarining yuqori qismi ko‘proq rivojlanishi shoxlarni kesish uzunligi ma’lum talablar qo‘yadi. Qancha kesish kerakligi o‘simliklar hosil novdalarning uzunligiga bog‘liq. Masalan, Meyer limonining novdalari o‘rtacha 15–20 sm uzunlikda kesiladi.


  • Sitrus o‘simliklar hosilga kirgan davrda asosan qishda, ya’ni shonalaguncha va novdalari o‘sgunicha butaladi. Qurigan, singan, chirmashib, qalinlashib ketgan shoxlar kesib tashlanadi, ishlashga xalaqit beradiganlari qisqartiriladi. Hosil berib bo‘lgan shoxlari meva tugilgan joyining pastrog‘idan kesib tashlanadi.


  • Yuqoridagi tadbirlarni yil davomida 3–4 marta o‘z vaqtida o‘tkazsh lozim. Bir galgi muddatda kesilmay qolsa, keraksiz novdalar ko‘p o‘sib chiqib, novdalari chiqishi va rivojlanishi susayib ketadi. Kech kesilsa ham vegetativ massasi va unga sarflangan ozuq moddalar bekor ketib, o‘simliklar noziklashib qoladi, hosildorlik pasayadi.


  • Meyer limoni novdalarining taxminan 20 sm dan ortig‘i chilpib tashlanadi, chunki yangi novdalar asosan 15–20 sm li shoxlardan chiqadi. Chilpilgandan keyin novda ancha o‘sib, dastlabki bo‘ynining 30 foizgacha yetadi. Odatda, sitrus o‘simliklari novdasi 10–12 ta barg chiqarganda chilpiladi. Bu jarayon odiroq o‘tkazilsa, hosil novdalarning o‘sib chiqishiga salbiy ta’sir etadi.




  • Download 39,67 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish