Kelib chiqishiga ko’ra minerallar:
Birlamchi minerallarga magmatik va metfmorfik jinslarning mexanik nurashi natijasida kimyoviy jihatdan o’zgarmasdan, g’ovak jinslar va tuproqlarda to’planadigan minerallar kiradi.
Birlamchi minerallar asosan yirik zarracha (>0,001 mm) larda to’plangan bo’ladi. Tuproq ona jinslari va tuproqda ko’pincha mexanik jihatdan mustahkam va kimyoviy nurashga chidamli bo’lgan kvars SiO2 uchraydi.
Ikkilamchi minerallar deb, asosan magmatik jinslar va birlamchi minerallarning kimyoviy va biologik nurashi natijasida hosil bo’lgan minerallarga aytiladi.
Bu minerallarning barchasi nozik dispers mexanik fraksiyalarda (< 0,001 mm) to’plangan bo’ladi va ona jinslar hamda tuproqning muhim tarkibiy qismi va uning unumdorligini belgilaydigan asosiy ko’rsatkichlardan biridir.
Tuproq tog’ jinslaridan paydo bo’lgan. Ammo tuproq o’zining bir qancha xususiyatlari, ayniqsa unumdorligi, ya’ni o’simliklarni suv, havo va oziq moddalari hamda boshqa hayot omillari bilan ta’min etish xususiyati bilan tog’ jinslaridan keskin farq qiladi.
Tuproq paydo bo’lishi nihoyatda murakkab biofizik-kimyoviy jarayondir. A.A.Rodening ko’rsatishicha, tuproq paydo bo’lish jarayoni deb moddalar va energiyaning tuproq qatlamida o’zgarishi va harakati singari hodisalar yig’indisiga aytiladi.
Tuproq paydo bo’lishi yaxlit qoya tog’ jinslarida yoki ularning suv, muz, shamol, gravitasion (bir-birini tortish xususiyati) ta’sirida nurashi va qayta yotqizilishidan hosil bo’lgan mahsulotlari ustida tirik organizmlarning paydo bo’lishi paytidan boshlanadi.
NURASH
Tog’ jinslari nurashi, bir joydan ikkinchi joyga ko’chirilishi va qayta yotqizilishi jarayonlarida, dastlabki zich jinslar uchun xarakterli bo’lmagan va tuproq paydo bo’lishi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan, qator yangi xossalarga ega bo’ladi:
1) zich, yaxlit holatdan g’ovak, bo’laklarga bo’lingan holatga o’tadi;
2) kovaklikka ega bo’ladi, shu tufayli havo sig’imi va havo o’tkazuvchanlik, nam sig’imi va suv o’tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo’ladi;
3) birlamchi jins hosil qiluvchi minerallar bilan bir qatorda nurash po’stlog’ining tog’ jinslari ikkilamchi minerallarni, almashinadigan singdirish qobiliyatiga ega bo’lgan kolloidli va kolloid kattaligidagi loyli minerallarni saqlaydi;
4) o’zining granulometrik, mineralogik va kimyoviy tarkibi bo’yicha yer yuzasida qayta taqsimlanadi;
5) tirik organizmlar uchun qulay shakldagi, biofil elementlar, shuningdek zaharli kimyoviy elementlarni saqlaydi;
6) materiallarning nurashi, aralashuvi va qayta yotqizilishi jarayonlarida shakllanadigan, litologik qatlamlilikga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |