Mavzu. Tuproq tarkibidagi suv Kirish Асосий қисм



Download 49,94 Kb.
Sana26.06.2017
Hajmi49,94 Kb.
#16540
Mavzu.Tuproq tarkibidagi suv

Kirish

Асосий қисм

1.Tuproqdagi suvning turlari

2.Tuproqning suv xossalari va suv o`tkazuvchanligi

3. O`simliklarga singadigan tuproq namligi

4. Tuproqning suvni bo`g`latish xossasi va suv balansi

5.Tuproq suv rejimini tiplari va suv rejimini yaxshilash tadbirlari



Xulоsa

Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati

Kirish


Tuproqdagi suvning axamiyati beqiyos. Ona jins –ruхlyakning shakillanishidan boshlab tuproq paydo bo`lishi hamda uning rivojlanishidagi turli fezik-kimyoviy, beokimyoviy va bialogik pratseslarning borishida suv muxim rol uynaydi. Shuningdek, suv o`simlik va boshqa turli organezimlar xayoti uchun eng zarur bulib, o`larning normal oziqlanishi va rivojlanib o`sishini xamda mekroorganezimlar talabini tamin etadigan muxim sharotlardan biri hisoblanadi. Demak, suv tuproq unumdorligining eng muxim faktoridir. Suv tuproqda organic moddalarning tuplanishiga, sturuktura elimentlaring paydo bulishiga, tuproqning fezik mexanikaviy xossalari va dehqonchilikda qullaniladigan turli ageotehnikaviy tadbirlarning sifatiga keskin tasir kursatadi. Tuproqda namning mutadil bulishi, undagi bulayotgan ijobiy xakterdagi pratseslarning rivojlanishi va tuproq unumdorligi uchun yaxshi sharoet yaratishga imkon beradi.

O`rug`larning unib chiqishi va umuman o`simliklar xayotidagi zarur pratseslar tuproqda suv yetarli bulgandagina yuzaga keladi.

Tuproqda suv mutlaqo bulmasa, o`simliklar qurib qoladi va mekrobialogek pratseslar ham tuxtaydi. Suv karbanat angidiret birgalikda fotasentez pratsesida ishtirok etib, o`simlik uchun zarur bulgan dastlabki organik moddalarni vujutga keltiradi. Suvda erigan oziq moddalar tuproq eritmasi orqali o`simliklar ildiziga shimiladi va o`larning xayotey talabini tamin etadi .

Suv osimlik tarkibing 80-90 % ini tashkil etadi, o`simlik esa o`z xayoti davrida bu suvning kup qismini o`zi orqali bog`latib yuboradi. O`simlik xayoti uchun juda kub suv talab etiladi. Bir gr quruq modda tuplash uchun o`simlik o`rta xisobda 300-800gr suv sarflaydi.

Tuproqdagi suvning asosey manbai yog`in suvlaridir, bazi joylarda sizob suvlari orqali xam tuplanadi. So`g`oriladigan dehqonchilik sharoetida esa sug`orish suvlari xam anashunday manbalardan biri hisoblanadi.

Ekinlardan mul va sifatli xosil olishda tuproqning suv rejimini puxta o`rganinsh va o`ni boshqarish yularini bilish g`oyat kata axamiyatga egadir.



Tuproqdagi suvning turlari

Suv tuproqning to`rli teshik va kavaklarida saqlanib, o`zining kimyoviy tarkibi va xossalariga kura, tuproq zarralari bilan doemo o`zora tasir va munosabarda buladi. Bu esa oz navbatida tuproqdagi namning xarakati , xossasi va osimlikga shimilish xolatini belgilaydi.

Tuproqdagi suv xar xil tabiiy kuchlar tasirida bulib , bu kuchlar tuproqning tarkibi va xosslari (mexanikaviy tarkibi , chirindi miqdori, va strukturasi ) ga birikgan suv ,Gigroskopik suv, parda suv, kapelyar suv, gravitatsion suv, bo`g`simon suv, qattiq xoldagi suv, sizob suvlari kabi shakl va xolatda bo`lishi mumkin.

Kimyoviy birikgan suv –tuproq tarkibidagi mineral kalloidlar va menerallar tarkibida gedroksil birikma (Fe(OH)3, Al(OH)3, Ca(OH)2 yoki malekula xolida (CaSO4).2H2O), Na2SO4.10H2O)uchraydi. Gedroksil birikmalardagi suvni ajratishda tuproqni ancha yuqori darajada (400-800) gradisda qizdirish kerak buladi, ammo geps (CaSO42H2O) va merabelet (Na2SO4.10H2O) singari menerallardagi suv malekulasini ajratib yuborish uchun esa tuproqni 100-200 gradisda qizdirish kifoya qiladi. Tuproqnong muxim tarkibiy qismi xisoblangan kimyoviy suv o`simlikga singmaydigan xolatdadir, yane o`simlikning suvga bulgan talabini tamin etishda qatnashmaydi.

Gigroskopik suv-tuproq zarralari yuzasiga adsorfsiyalangan yane singdirilgan suv xisoblanadi. Tuproqning xavodagi namni singdirib olish qobiliyatiga Gigroskopiklik va singdirilgan namga esa Gigroskopiklik suv deyiladi. Gigroskopik suvning miqdori xavoning nisbiy namligi va xaroratiga hamda tuproqning meneralogek, mexanokaviy va organik tarkibiga bog`liq.

Xavoning nisbiy namligi qancha yuqori bulsa, tuproq suv malekulalarini shuncha kup singdiradi va natejada tuproqda Gigroskopik suv miqdori xam kupayadi . issiqlik ortgan sayin ruproqda suv oz singdiriladi va aksincha, tempratura pasayishi bilan tuproq suvni kuproq singdira boshlaydi.

Tuproqdagi suvni aniqlash yuzasidan olib borilgan tekshirishlar tuproq zarralari yuzasini bir jecha qavat suv malekulalari o`rab olishi natejasida Gigroskopik suv paydo bulishligini kursatadi. Xavo suv bug`i bilan tuyingan (xavonong nisbiy namligi 100% ga yaqin) sharoetda tuproq zarralari yuzasidagi Gigroskopik suv miqdori 1,5-2 barobar kupayadi va maksemal Gigroskopiklik vujutga keladi.

Tuproq yo`zasiga suvning adsorbsiyalanish (singish) pratsessi tuproqning egzotermik, yane malum darajada issiqlik chiqarish xarakteri bilan bog`liq bulib, bu esa adsorbsiya xolatining asosiy kursatkichlaridan biri xisoblanadi.

Gigroskopik suvning miqdori birinci navbatda tuproqning mexanikaviy va meneralogek tarkibi xamda organik moddalar miqdoriga bog`liq. Serchirindi va mexanokaviy tarkibli tuproqlarda Gigroskopik suv oz chirindili yengil tuproqdagina nisbatan kup buladi.

Kuchli bosim (bir necha mong atmasfera bosimiga teng) tasiri ostida adsorbsiyalangan bu Gigroskopik suv mustaxkam birikgan suv deyiladi va o`simlikga singmaydi. O`simlik ildizi osmatik bosimi ancha kam bulganligidan bu turdagi suvni o`ziga shimib olmaydi.

Erkin xoldagi suvda eriydigan moddalar odatda Gigroskopik suvda erimaydi. Bu suv tuproqdagi xarorat 4-78 gradis oralig`ida bulgandagina muzlaydi. Gigroskopik suv zarra yuzasida xarakat etmaydi, uni chiqarib yuborish uchun tuproqni bir necha soat davomida 100-105 gradis issiqlikda qizdirish bkerak buladi. Anashundagina tuproq absalyut quruq xolatga utadi. Demak, tabiiy sharoetda xar qanday tuproqda xam malum miqdorda Gigroskopik suv buladi.

Parda suv –maksemal Gigroskopik nam xoldagi tuproq sernam sharoetda bulganda uning zarralari yuzasiga suv malekulalari singdirilishi natejasida yupqa suv qatlami xosil buladi va unga parda suv yoki bush birikgan suv deyiladi. Bu suv tuproq zarralari yuzasidagi maksimal Gigroskopik ustidan parda singari yupqa suv qatlami orab oladi. Bu suv pardasining qalinligi maksemal Gigroskopiklikga nisbatan 2-4 barobar ortiq.

Parda suv tuproq zarralari yuzasida suyuq xolda bulib, oz-moz xarakat etadi. Suv pardasi qalin bulgan zarradan yupqa pardali zarraga qarab vs tuproq qatlamining issiq tamonodan sovuqroq tamoniga juda sekin xarakat qiladi (9-rasm).

Parda suvning o`simliklarga qisman singishi sungi tatqeqotlar asosida aniqlangan. Parda suvning miqdori xavoning nisbiy namligi, tuproqning tipi, kimyoviy va mexanikaviy tarkibiga kura turlechadir. Parda suv, ayniqsa tuproq qatlamida loyqa va kalloed zarrachalarning kupayishiga mutonosib ravishda kupaya boradi (1-jadval).

Mexanokaviy zarralarning yirik maydaligiga kura parda

Suv miqdorining o`zgarishi (A.F. Lebedev).

1-jadval



Tuproqning mexanikaviy

Tarkibi


0,005 mmli zarralar

miqdori, %

xisaobida



Parda suv miqdori,

% xisobida

Soz tarkibli

Og`ir qumoq

O`rta qumoq

Yengil qumoq

Qo`mloq

42,6

24,0


19,8

12,6


3,7

27,9


18,5

11,7


6,7

3,9


Bu malumotlar parda suv miqdori tuproqning mexanikaviy tarkibiga bog`liq ekanligini kursatad. Parda suv garchi o`simliklarga qisman singsada, lekin o`larning suvga bulgan talabini tamin eta olmaydi.



Kapelyar suv –tuproq qatlamlarining mayda zarralar oralig`idagi juda nozik qilsimon yullar orqali pastdan yuqoriga qarab erkin xarakat eta oladigan suvga kapillyar suv deyiladi.kapillyar suvning qatlamlar orasida yuqoriga qarab harakat etish tezligi va kutarilish balantligi tuproqlarning mexanikaviy tarkibi hamda struktura holatiga kura turlichadir.

Tuproqlarda kapilyar suvning xarakati odatda qatlamlardagi nozik qilsimon yullarning diyametri 10mm bulgandan boshlanib, ayniqsa ular 0,1-0,01mm ga yetganda kuchayadi.

Tabiiy sharoetda o`tkazilgan kuzatishlar asosida qumoq tarkibli tuproq qatlamlarida kapelyar suv bazan 6 metrgachayuqori kutarilsada, lekin kupincha 3-4 m dan oshmasligi, qumloq , qumli tuproqlarda esa kutarilishi 40-80 sm atrofida ekanligi aniqlangan . tuproqdagi kapilyar sestema juda murakkab holatda bulib,uzoro munosabatdagi yirik va nozik kapilyar yig`indisidan iboratdir (2-grafik). Shuning uchun ham kapilyar suvning qatlamlar orqali kutarilish balandligi tuproqning mexanikaviy tarkibi, suturukturasi va zichlik darajasiga kura harxildir. Suturukturasiz, soz tarkibli tuproqlarda zarralar aro yullar juda nozikligi va ular kupincha xavo bilan, Gigroskopik hamda parda suvlar bilan ishxol etilganligi sababli kapilyar suv yuqoriga tamon kup baland kutarila olmaydi. Sutrukturali soz va qumoq tuproqlarda kapilyar suv esa anchagina balandga 3-4 metirgacha kutariladi.

Kapilyar suvning qatlamlari orasidagi harakat tezligi zarralar ulchamiga mutonosib ravishda ortib boradi, yani kapilyar suv yirik zarrali (qumloq va qum) tuproq qatlamlarida mayda zarrali (qumoq va soz) qatlamlardagina nisbatan yuqoriga tezroq harakat bilan kutariladi. Qatlamlarda issiqlikning kutarilishi bilan kapilyar suvning harakati ham tezlashadi, lekin kutarilish balandligi pasayadi.Tuproq eritmasining konsendratsiyasi oshishi bilan kapilyar suvning harakati sekinlashadi.Shuningdek, bunday suvning harakat tezligiga kapilyaryullardagi xavo bo`g`larning qarshiligi xamda ishqalanish singari xollar xam tasir etadi (2-jadval).

Kapelyar suv o`zining manbai va kapelyaryullar orqali xarakat etish xususiyatiga kura, asosan, ikki xil –kutariluvchi kapelyar suv va muallaq kapelyar suvlarga bulinadi.

Kutariluvchi kapelyar suvning manbai sizob suvlaridir, o`lar yuqorida aytib o`tilgan sharoitlarga kura harakat etadi. Bo`g`lanish yoki o`simliklarning ildiziga shimilishi narejasida sarf bulayotgan namlik o`rni ana shu kutariluvchi kaelyar suv bilan o`zluksiz va tuxtovsiz tuldirilib turiladi.

Muallaq kapelyar suv sizob suvlari bilan qushilmagan xolda bulib, qatlam oralig`ida joylashadi. Sizob suvi chuqur bulgan yerlarda, ayniqsa strukturali tuproqlarda bu xildagi kapelyar suv yog`indan yoki sug`orishdan kiyin yuzaga keladi.

Zarralarning kata kichikligiga kura kapelyar suvning

Ko`tarilish balandligi

2-jadval



Zarralar o`lchami

(mm xisobida)


Maksemal kutarilish

Balandligi

(mm xisobida)


Maksemal kutarilish

Muddati

(kun xisobida)

5,0-2,0


2,0-1,0

1,0-0,5


0,5-0,2

0,2-0,1


0,1-0,05

0,05-0,02


25

65



131

246


428

1055


2000

3

4



4

8

8



72

_



Xar ikki xildagi bu kapelyar suv o`simliklarga oson singadi va o`larning suvga bulgan extiyojini taminlaydigan asosiy manbalardan xisoblanadi. Bulardan tashqari, zarralar tutashgan joydan ba juda nozik kapelyaryullardan o`rin olgan va mustaqil xarakat etmaydigan ajralgan kapelyar suvlar xam buladi. Bu xildagi kapelyar suv o`simlikga oson singadi va bo`g` yoki parda suvga aylangan taqderdagina xarakat etishi mumkin.

Kapelyar suv taxmenan -1,5 gradisda, juda nozik (<0,03 mm radusli ), kapelyarlarda esa -18,05 gradis savuq tempraturada muzlaydi.



Gravitatsion suv. Tuproq qatlamlaridagi nokapelyaryullar va yirik kapelyarlar orqali yuqoridan pastga tomon erkin harakat etadigan suvga gravitatsion suv qeyiladi. Shurlanmagan tuproqlarda bu suvning osmotik bosimi 0,5 atm ga teng bulganidan bu suv o`simliklarga yaxshi singadi. Lekin qatlamda gravitatsion suvning tez harakat qilganligi va boshqa turdagi suvga o`tganligi sababli o`simlikni bevoseta suv binan tamin etishga ozroq qatnashadi.

Gravitatsion suv miqdori tuproqda yog`indan yoki ekin so`g`orilgandan keyin juda kupayadi.bazi bir tuproqlarning xaydalma ostki qatlami suvni yaxshi o`tkazmasligi yoki juda sekin o`tkazishi tufayli xaydalma qatlamda gravitatsion suv ancha vaqtgacha tuxtab qolishi va natejada tuproq ustki qatlamida o`simliklar va mekroorganezmlar uchun xavo yetishmay qolishi mumkin.

Tuproqdagi kapilyar va gravetatsion suv miqdorining mutadil xolatda bulishi tuproqning mexanikaviy tarkibiga, strukturasi va qovushmasiga, shuningdek, dehqonchilikda qullaniladigan agrotexnikaviy tadbirlar (molalash, shudgor, kultivatsiya, chopiq, so`g`orish va boshqalar) ning sifatli o`tkazilishiga bog`liq.

Gravitatsion suv pastga tamon harakat etib, suv tusar gorizantga yetib borganda, u joyda suvli qatlam vujutga keladi.Shu qatlamda tuplangan suvga sizob suvi deyiladi.Suv tusar garezant bir tamonga nishab joylashgan bulsa, sizob suvi tamonga sizib borib, daryo yoki soy yaqinida buloq bulib chiqadi, aksincha, suv tusar garezant tekis joylashganda sizob suvining satxi vertikal ravishda yuqoriga kutariladi.

Sizob suvlarining chuqurligi, kimyoviy tarkibi tuproqning suv xossalariga va o`simlik xayotiga kata tasir etadi. Sizob suvi satxining kutarilishi tufayli kapelyar suv bilan o`simliklar tamin etilib turilsada, biroq tuproqda shurlanish va botqoqlanish singari salbiy pratseslar xam yuzaga keladi.

Kapelyaryullar orqali suvni pastdan yuqoriga kutarilishiga tuproqning kapelyarligi yoki suvni kutarish qobiliyati deyiladi.

Tuproqda yuqorida qisqacha xarakterlangan suvlarning bu shakllaridan tashqari, qatlam tempraturasing o`zgarishi bilan bog`liq bulgan bo`g`simon suv (suv bug`i) yoki qattiq suv (muz) lar xam buladi. Bu xildagi suvlardan o`simlik bevoseta foydalana olmaydi.

Tuproqning suv xossalari vatuproqning suv o`tkazuvchanligi

Tuproqdagi xar xil shakl va xolatlardagi suv bilan qatlamning tarkibiy qismi (mexanikaviy zarralar va organik moddalar )orasidagi turli munosabat natejasida agronomik nuqtae nazardan axamiyatga ega bulgan turli gedralogik xodisalar doem sodir bulib turadi. Tuproqning suvga bulgan munosabati uning suv xossalarini belgilaydi.Tuproqning eng muxim suv xossalariga nam sig`imi, suvo`tkazuvchanligi, suvni bo`g`lantirishi, suv kutaruvchanligi singarilar kiradi.



Tuproqning nam sig`imi- tuproqning o`z qatlamlari orasida malum miqdordagi suvni ushlab qolish qobiliyatiga uning nam sig`imi deyiladi. Tuproq qatlamlarida ushlanib qolgan suvning miqdori va xolatiga kura tuliq, kapelyar, maksemal, Gigroskopik, va dala nam sig`imlari buladi.

Tuliq nam sig`imi.Tuproqdagi hamma kapelyarva nokapelyar kavaklik va bushliqlarning tamomila suv bilan tuyingan xoldagi namligiga tuliq nam sig`imi deyiladi. Tuliq nam sig`imi sizob suvi sayoz joylashgan tuproqlarning suvli qatlamidagina bulishi mumkin.

Sizob suvi chuqur sharoetda esa tuproqda tuliq nam sig`imi qalin qor yog`gandan keyin va kuchli yog`inlar yoki yerni bostirib sug`orilgandan sung vaqtincha vujutga keladi. Gedramorf (botqoq) tuproqlarda tuliq nam sig`imi o`zoq vaqtlargacha davom etishiyoki daemiy xolda bulishi mumkin. Tuproqlarda tuliq nam sig`imi o`zoq davom etganda anaerob jarayonlari boshlanib, natejada tuproq unumdorligi keskin pasayadi va ekinlar xosiliga salbiy tasir etadi.



Kapelyar nam sig`imi .tuproqdagi kutariluvchi kapelyar suvning ushlanib qolgan miqdoriga kapelyar nam sig`imi deyiladi.

Kapelyar nam sig`imining miqdori o`zgaruvchandir, u sizob suvi satxining sayozyoki chuqur bulishiga bog`liq. Sizob suvi satxi qanchayaqin bulsa, kapelyar nam sig`imi miqdori xam shuncha kup buladi. Kapelyar nam sig`imini tuliq xarakterlash uchun tuproq sizob suvi joylashgan qatlamidan boshlab kutarilayotgan namni puxta o`rganish va aniqlash talab etiladi.



Maksemal absorbseon nam sig`imi. Deb tuproq zarralari yuzasiga maxkam singdirilgan (absorbsealangan) suvning eng kub miqdoriga aytiladi. Bu nam sig`imining miqdori odatda tuproqning maksemal Gigroskopiklik xolatidagi namdan biroz kam buladi.

Dala nam sig`imi. Deb sernam tuproqdagi bug`lanish va kapelyar namlanishdan tashqari tuproq qatlamlarida ushlanib qolgan suvning maksemal miqdoriga aytiladi. Dala nam sig`imi tuproqning eng muxim suv xossalaridan biri hisoblanadi va uning miqdori tuproqning 1 m qalinligi uchun prasent bilan ifodalanadi. dala nam sig`im xolati tuproqda o`simlik talabiga yetarli miqdorda, yane tuproq kavakligiga 55-75 % qismida suv buladi.

Sizob suvining sayozyoki chuqur bulishiga kura, tuproqlarda dala nam sig`imining nisbiy miqdori kub yoki kam bulishi mumkin.



Sizob suvi turli chuqurlikda bulgan buz

tuproqning dala nam sig`imi

(N.V. Bespalov)

3-jadval


Tuproq qatlami

(sm xisobida)

Sizob suvining chuqurligi (m xisobida)



1,6



2


2,5


3

0-50


0-70

0-100


0-150

23,12


24,95

26,56


27,66

22,74


24,37

26,04


27,66

21,90


23,03

24,50


26,20

21,15


21,65

22,36


23,37

So`g`oriladigan dehqonchiliksharaetida dala nam sig`imini bilish nixoyatda kata axamiyatga ega, chunki yerni so`g`orish normasi va muddatlarini to`g`ri aniqlash ana shu nam sig`imiga kura olib boriladi. Umuman nam sig`imlarining meyori va miqdori tuproqning mexanikaviy tarkibi, organik modda miqdori , strukturasi, qovushmasi xamda madaniy ishlanish xolatiga kura xar xildir. Tuproqning nam sig`imini yaxshilashda ekin maydonlarining strukturali, qumoq tarkibli va serchirindi bulishi aloxida axamiyatga ega va xamesha bunga jiddiy etibor berish lozim.

Tuproqning suv o`tkazuvchanligi. Tuproqning suvni shimib olib, uni qatlamning quyi qismiga o`tkazish qoboliyatiga tuproqning suv o`tkazuvchanlik xossasi qeyiladi. Tuproqning suv o`tkazuvchanligi ikki bosqichli prases bulib, u dastlab namga tuyinmagan tuproq suvni shiimib tuyinadi, sungra suv qatlamining pastki qismiga malum tezlikda felterlanadi, yane shimilish va feltirlaninish singari ikki bosqichli jarayon buladi.

Suv o`tkazuvchanlik tuproq yuzasiga kelayotgan suvning miqdori bilan ulchanadi.Suv dastlab tuproqqa kup miqdorda shimiladi, keyinchalik esa kamaya borib, feltirlanishning boshlanishi bilan o`zgarmas xolatga utadi.

Tuproqning suv o`tgazuvchanlik qobiliyatini agronomik va melerativ nuqtae nazardan baxolashga doer malumat mana shu jadvalda keltirilgan.

Tempratura 10 gradis va suv bosimi 5 sm bulgandaTuproqning suv o`tkazuvchanligi(N.A.Kacheneske shkalasi)

4-jadval



Suv o`tkazuvchanlikni

baxolash


kuzatishning birinchi soatida

tuproqqa shimilayotgan

suvning miqdori,

mm xisobida

Buzuvchi


G`oyat (ortiqcha) yuqori

Engyaxshi

Yaxshi

Qoniqarli



Qoniqarsiz


1000


1000-500

500-100


100-70

70-30


30

Suvo`tkazuvchanliktuproqningmexanikaviyvameneralagektarkibi, chirindimiqdori, strukturasi ,qovushmasivashurtoblikdarajasigabog`liq. Strukturasiz va oz chirindili, zich qovushmali soz tuproqlarning suv o`tkazuvchanligi yomon, aksincha qumli, qumloq va strukturali qumoq tarkebli va g`ovak qovushmali tuproqning suv o`tkazuvchanligi yaxshi buladi.

Tuproqning donodor strukturali xolati buzilsa, suv o`tkazuvchanligi yomonlashadi. Bunday joylarda suvning tuproqqa shimilishiva pastki qatlamiga felterlanishi qiyinlashadi. Shuningdek, plug ostidagi zich qatlam va singdiruvchi kompeleksida natriy kateoni kub bulgan tiniq shurtob va shurtoblashgan tuproqlarda xam suv o`tkazuvchanlik yomon buladi .

Tuproqning namligi, xaydalgan vaqti va dehqonchilikda qullaniladigan agrotexnikaviy tadbirlar sifatiga kura, qatlamlarda suv o`tkazuvchanlik xolati xam uzgaradi. Tuproqning madaniy xolatiga (buz yeryoki xaydalgan yerekanligi ) kura, bir tibdagi tuproqlarda xam suv o`tkazuvchanlik xar xil buladi.

Suv o`tkazuvchanligi juda yuqori bulgan tuproq qatlamlarida yogin paytidagi nam pasga tamon tez siljishi natijasida o`simlik ildizlari yetarli miqdorda suv bilan taminlanadi. Suv o`tkazuvchanlikning g`oyat (ortiqcha) yuqori bulishi ayniqsa sug`oriladigan dehqonchilik zonasida bir qancha salbiy xodesalarga sabab buladi. Bunda kanal va so`g`orish ariqlaridagi suvlarning bir qismi pastki qatlamga felterlanib. Sizob suvning sarxi kutariladi xamda tuproq shurlanadi va botqoqlanish buladi.

Suv o`tkazuvchanlik yomon bulganda suv tuproq yuzasida tuplanib qoladi yoki nishab tamonga oqa boshlaydi va ntejada ekinlar zararlanadi yoki asta sekin tuproq eroziyasi boshlanadi.

Suv berish xossasi deb oqish tufayli tuproqdagi gravitatsion suvning boshqa tamonga chiqarib yuborish qobiliyatiga aytiladi. Tuproqning maksemal suv berish (MSB) kursatkichi, tuliq nam sig`imi (TNS) bilan dala nam sig`imi (DNS) o`rtasidagi suv miqdorining farqiga teng buladi. Demak, bu miqdorning present kursatkichi MSB-TNS-(DNS) formulasi asosida aniqlanadi; biroq tuliq nam sig`im xolatda bulganda tuproq qatlam orasida qamalib qolgan xava tufayli suv berishning xaqiqiy miqdori xisoblab chiqarilganiga nisbatan ancha kamroq buladi.

Xar xil ona jins va tuproqlarda MSB ning miqdori turlecha bulib, qumlarda 25-30%. Lyossimon jins (sog` tuproq ) larda 3-6% va og`ir soz tarkibli jinslarda esa bir prasentning 0,1-0,2 hissasiga teng buladi.

Tuproqning malum miqdordagi suvni uz qatlamlari orasida ushlab qolish qobilyatiga uning suv ushlash xossasi deyiladi. Tuproqning bu xossasi ham qatlamlarning mexanikaviy tarkibi, sturukturasi, qavushmasi vachirindisi miqdoriga bog`liq.

O`simliklarga singadigan tuproq namligi

O`simliklar tuproqdagi namning hammasidan foydalana olmaydi. Namning bir qismi usimlikga mutloqo singmaydi, boshqa qolgan qismi esa turli darajada singadi

Tuproqdagi kimyoviy birikgan suv Gigroskopik va maksimal Gigroskopik suv o`simlikga mutloqo singmaydigan foydasiz suv hisoblanadi. Tuproqda bush birikgan suvdan ham o`simlik qisman fotdalanganligi sababli o`simlik normal o`sa olmaydi va suliy boshlaydi. O`simliklar butunlay sulib qoladigan nam miqdoriga sulish namligi (SN) yoki sulish koeffisienti (SK) deyiladi va quruq tuproqqa nisbatan prosent bilan ifoda etiladi. Tuproqda sulish koeffisientiga borobar nam bulganda o`simlikda fotosintez jarayoni tuxtaydi, binobarin o`simlik o`sishdan tuxtaydi va xosil bitmaydi. Lekin o`simlik qurib qolmaydi xayoti davon etaveradi. Sulish kayfesenti odatda maksemal gegraskoplikga nisbatan 1,5-ikki xissa kup miqdordagi nam bilan ifodalanadi.

Sulish kayfesenti tuproqlarning turi va o`simliklarning naviga kura maksemal Gigroskopik namlikga nisbatan 1 dan 3 xissa kup yoki shurlanmagan tuproqlarda 1,34-1,50 shurlangan tuproqlarda undan xam yuqqoriroqdir. Shuning uchun sulish kayfesentini aniqlashda tuproqning maksemal Gigroskopik namlik miqdorini 1,34 -1,50 ga kupaytirish kifoY. Sulish namligi tuproqning mexanikaviy tarkibigagena emas, balki yuqorida aytilgandik ekinlarning turiga qarab xam xar xil buladi.

Sizob suvlari chuqur joylashgan yerlardagi tuproqda dala nam sig`imiga yaqin miqdoradagi namlik o`simliklar uchun eng qulay namlik xisoblanadi. Tuproqdagi namlik dala nam sig`imidan biro z kub bulganda xam o`simliklar yaxshi rivojlanadi, ammo tuproqdagi namlik xaddan tashqari kupayib ketsa, xavo yetishmasligi natejasida o`simliklar uncha erkin o`saolmaydi. Sizob suvlari sayoz bulgan sharaetda agar o`simlik ildizlari kapelyar nam yuzasiga yetib borsa, ular yaxshi o`sadi.

Xar bir tuproqning o`simliklar uzlashtiradigan uziga xos aktev nam deapazoni (AND) buladi. Sizob suvi chuqur bulgan tuproqlarda bu deapazon DNS-SN ga, sizob suvi sayoz tuproqlarda esa KNS-SN ga tengdir.



Tuproqning suvni bo`g`latish xossasi va tuproqning suv balansi

Tuproqning o`stki va yuza qismidan suvning bo`g`lanib ketishi bir qator rashqi faktorlarga va tuproqlarning xususiyatlariga bog`liq. Bo`g`lanish, xavoning namligi, tempraturasi, shamolning tezligiga kura o`zgarib turadi. Shuningdek, yer yuzasining past balandligi, tuproqning mexanikaviy tarkibi, strukturasi, qovushmasi, chirindi miqdori, tuproqning tusi xam bo`g`lanishga tasir etadi.

Shimoliy rayonlarda iqlim savuqligi sababli tuproq yuzasida suvning bo`g`lanishi kam bulib, yillik yog`in miqdoridan ancha ozdir, Yurtimizning tog`li rayonlarining dasht zonasida yillik yog`in miqdori bilan bo`g`lanishdagi suv miqdori deyarli bir-biriga teng. Quruq dasht va chul zonalarida esa bo`g`lanish yillik yog`in miqdoriga nisbatan ancha kubdir. Shuning uchun xam bu zonalarda shurlanish prassesi kuchli o`tadi. Umuman sernam tuproqlarda bo`g`lanish kub bulib; ayniqsa tempratura kutarilgan va shamol tezligi kuchaygan paytlarda bug`lanish yanada ortadi. Shuningdek, og`ir mexanikaviy tarkebli , strukturasiz va zich qovushmali tuproqlarda xam bug`lanish kuproq buladi.shuning uchun jumladan tuproqdagi namning bug`lanishini kamaytirish chora tadbirlarini kurish, dala atroflarida ixota daraxtzorlari barpo etish va tuproqning tarkibi, strukturasi va qovushmasini yaxshilashga etibor berish lozim.

Tuproqning suv balansi. Suv balansi tuproqqa kelayotgan suv va undan chiqib sarf bulayotgan suvlar miqdori bilan belagilanadi. Suv balansi malum sharoetdagi teratoriyada tuproqning muayyan qarlamida malum vaqt orasidagi suv kirim va chiqimini xisoblab chiqarishga asoslangan. Agranomiya nuqtai nazardan tuproqning o`simlik ildizlari tarqalgan uski qatlami (0,5-1 m) ning suv balansini o`rganish juda axamiyatlidir.

Tuproqqa kiradigan suvning eng asosiy manbai atmasfera yog`inlaridir. Lekin yog`inlarning xamma qismi xam tuproq yuzasiga tuliq tushmaydi. Chunki yog`in suvlarining bir qismi (2-3mm) o`tlar va daraxtlarda ushlanib, shu joyning o`zida bo`g`lanib yana atmasferaga kutariladi. Oz miqdorda shivalab yog`ayotgan (taxmenan sutkasiga 3-4mm) yomg`irning biroz qismi tuproq yuzasini va u yerdagi organik qoldiq xamda kesaklarni namlashga sarf buladi va qatlam orasiga shimilmaydi, o`simlik undan kam foydalanadi . bu xildagi foydasiz oz suv serut va serdaraxt joylarda yillik yog`in miqdorining 30-40 % tashkil etadi.

MDX ning kupgina teratoriyalarida qor kub va qalin yog`adi, qish faslida erimaydi , lekin janibiy rayonlarda esa qor oz yog`adi va tez erib ketadi. Atmasferadan tushayotgan yog`inlarning bir qismi relef sharoetiga va tuproqning suv utkazuvchanlik darjasiga kura nishab tamonga oqib ketadi va pastlik joylarda suv kup tuplanadi.

Sizob suvi sayyoz bulgan yerlardagi kapelyar yullar orqali kutarilayotgan suv xam tuproqdagi qushimcha suv manbai xisoblanadi. Tuproqning ustki qatlamlarida nam zapasining kupayishida xavodagi suv bo`g`lanishidagi kandensasiyasi (suv bug`larining suyuq xolga utishi) xam uziga xos axamiyatga ega.

Atmasfera havosidagi bug` xolidagi suvlarning kandensasiyasi barcha tuproqlarda xavo haroratining tuproq tempraturasidan yuqori bulgan sharoetda yuzaga chiqadi. Ayniqsa baxor va kuz mavsumlarida bu tezlashadi. Yozda tuproq yuzasiga kechasi tushadigan shabnam ana shu kandensasiya xodisasi natejasidir. Bug` xolidagi suvning kondensasiyasi chul zonasidagi qumli va toshloq yerlarda ayniqsa kuchli bulib, tuproqdagi nam zapasining ortishida kata axamiyatga egadir. B.P Orlov malumotiga kura qoraqum chulidagi qumli tuproqlarda kondensasiya xodisasi natejasida bir yilda 60 mm chamasi yerda suv tuplanishi mumkin.

Shamol bilan uchirilib kelgan qor xam tuproqqa qushimcha suv manbai buladi. Qorning uchirilishi daraxsiz sershamol zonalarida tez tez va kuchli bulib turadi. Sug`oriladigan dehqonchilik sharoetida, yuqorida aytib o`tilgan tabiiy manbalardan tashqari, tuproq sug`orish suvlari xisobidan xam nam oladi, bu esa tuproqdagi suvning suniy manbai xisoblanadi. Bu suv manbaening miqdori ekinlarni sug`orish soni va sug`orish normasiga kura uzgarib turadi.

Suvning tuproq yuzasidan bug`lanishi (fezikaviy bug`lanish) va o`similar orqali bo`g`lanishi (transperatsiya) natejasida tuproqda tuplangan suvning ancha qismi sarf buladi. Bu o`rinda shunu esda tutish kerakki, o`simliklar orqali bo`g`lanish foydali bulib, fezikaviy bo`g`lanish esa foydasizdir. O`t bilan qalin qoplangan tuproqlarda bu ikki turdagi bug`lanish uchun sarf buladigan suv miqdorini aloxida aniqlash qiyin bulganligi sababli xar ikki bug`lanish pratsesida sarf bulgan suv miqdorining umumiy yig`indisi aniqlanadi va unga evakotranspiratsiya deyiladi.

Bundan tashqari yuqorida aytilgandek, turli faktorlar tasirida tuproqdagi nam xamma vaqt malum iqdorda sarf bulib turadi.

Malum maydondagi tuproq namining kirimi va sarflanish miqdori urganilgandan keyin, A.A Rade tamonidan tafseya etilgan quyidagi formula asosida usha tuproqning suv balansi aniqlanadi.

B1=B0+(OC+K+Gr P)-(D+Isp+Pc+VPS+Gr S).

B1—o`rganilayotgan davr oxirida tuproqdagi nam zaxerasi;

B0—davr boshida tuproqdagi nam zaxerasi;

OC—butun davr mobaynidagi yog`in miqdori;

K—butun davr mobaynidagi kondensasiya miqdori;

GrP—butun davr mobaynida tuproqqa kelgan sizob suvi miqdori;

D—deskunsiya (butun davr mobaynida o`simliklar olgan suv) miqdori;

Ps—butun davr mobaynida tuproq yuzasidan oqib ketgan suv miqdori;

VPS—butun davr mobaynida tuproqqa yon tamondan oqib kelgan suv miqdori;

GrS—butun davr mobaynida sizob suvi oqimi miqdori.

Sug`oriladigan dehqonchilik rayonlaridagi tuproqlar uchun bu formulaning kirim qismiga sug`orish suvining miqdori xam qushiladi. Tenglamadagi barcha miqdorlar mm da ifodalanadi. Suv balansi istalgan davr uchun tuzilishi mumkin, amma kupincha yillik suv balansidan foydalanish qulaydir , suv balansi tabiiy sharoetlar va suniy faktorlar tasirida yil sayin uzgarib turadi. Agarda yil oxirida tuproqda suv zapasi kupaysa, suv balansi musbat, aksincha kamayganda manfiy halatda buladi.Tuproqdagi krim bilan sarf barobar bulsa suv balansi teng deyiladi.

Tuproq suv balansini osonroq hisoblash uchun soddalashtirilgan va amalda qullanilishi qulay bulgan quydagi formuladan ham foydalanish mumkin;

B1—B0=Os—R,

B1—davr oxiridagi nam zaxirasi;

B0—tuproqdagi dastlabki nam zaxerasi;

Oc—atmasfera yog`ingarchilik umumiy miqdori;

R—sarf bulgan namning umumiy miqdori.



Tuproq suv rejimini tiplari va tuproq suv rejimini yaxshilash tadbirlari

Tuproqda tuplanayotgan suv va uning sarf bulishi yoki kirim va chiqim qatlamlardagi xarakati va uning uzgarish xolatini xarakterlaydigan barcha xodisalarga tuproqning suv rejimi deyiladi.

Tuproq suv rejimining o`zgarishi iqlim sharoyitlariga, o`simlik qoplamiga, relifga, tuproqning suv xossalari va sizob suvining chuqurligiga hamda doimiy muzlagan qatlam tasiriga va insonning dehqonchilikdagi faolyatiga bog`liq.

Tuproqning suv rejimi va uning tiplari haqidagi daslabki talimot akademik G.N. Visoskiy tamonidan ishlab chiqilgan bulib, u suv rejimini yuviladigan, davriy yuviladigan, yuvilmaydigan va terlaydigan tiplarga bulinishini taklif etadi.

Keyinchalik A. A.Rade (1956-yilda) G.N. Visoskiy talimotini rivojlantirib unga muzlagan va irrigasion suv rejimi singari tiplarni qushadi va barcha tiplarni bir necha tipchalarga ajratadi. Quyida tuproq suv rejimi tiplari haqida qisqacha malumot berib utamiz.

Muzlagan tip- bu tipdagi suv rejimi bir necha yil davomida muzlab yotgan tuproq qatlamlari bulgan shimoliy rayonlarda uchraydi. Yoz faslida bu muzlagan qatlamning yuzasigina erib, uning pastgi qismi deyarli erimaydi va suvni utkazmaydi.natijada bu qatlam yuzasida suv kub tuplanganligi va bug`lanish sustligi tufayli tuproq namga tuyinadi, nihoyat u yil davomida juda sernam bulib turadi.

Yuviladigan tip-o`rmon o`tloq zonasi tropik va sernam suptropik zonalarida uchraydigan bu tipdagi suv tejimi tarqalgan rayonlarda atmasferadan tushayotgan yog`in miqdori bug`lanishga nisbatan ancha kup bulganligidan yog`in suvlari tuproqning quyi qatlamidagi sizob suvi satxigacha sizib borib, unga qushiladi. Pastki qatlamga sizayotgan bu suv tuproqning ustki qatlamdagi birikmalarni, jumladan oziq moddalarni xam uzi bilan quyi garezantga yuvib tushiradi. Shuning uchun bu xildagi suv rejimiga yuviladigan tip deyiladi.

Davriy yuviladigan tip- o`rmon dasht va shimoliy qora tuproqlar zonalarida uchraydigan bu yipdagi suv rejimi ayrim yillardagina davriy ravishdagi atmasfera yog`inlari miqdori bug`lanishga nisbatan kuproq buladi va pastga sizayotgan suv bilan tuproqning ustki garezantidagi moddalar sizob suviga borib qushiladi.

Issiq va qurg`oqchil yillarda esa tuproq yuzasidan past garezantga sizayotgan atmasfera yog`inlari sizob suvi satxigacha yetib bora olmaydi va unga qushilmaydi. Shuning uchun yuqori qatlamdagi moddalar yuvilib ketmaydi. Yuvilish ana shunday doemiy bulmasdan bazi yillardagina yuzaga kelaganligi sababli bu xildagi suv rejimiga davriy yuviladigan suv rejimi deyiladi.



Yuvilmaydigan tip- Quruq iqlimli va sizob suvi chuqur bulgan dasht, quruq dasht va chul zonalaridagi qora tuproq, kashtan tuproq, qung`ir tusli tuproq va buz tuproqli rayonlarda uchraydi. Bu zonada yog`in suvi xisobiga namlangan qatlam bilan sizob suvi joylashgan qatlam oralig`ida deyarli yoki quruq xoldagi gorezantga, yane sulish namligi miqdoriga yaqin nam gorezant buladi. Demak, bu xildagi suv rejimida tuproqning ustki qatlamidagi moddalar garezantning quyi qismiga yuvilib ketmaydi va sizob suviga borib qushilmaydi.

Terlaydigan tip-bu tipdagi suv rejimida tuproq va o`simliklardan bo`g`lanayotgan suvning miqdori tushayotgan atmasfera yog`iniga nisbatan ancha kub buladi. Bular orasidagi nam zaxerasi farqi esa yuza joylashgan sizob suvi bilan tuldirilib turiladi.

Demak, bu tipdagi suv rejimi sizob suvlari sayoz joylashgan rayonlardagi tuproqlarda uchraydi. Bu tipdagi suv rejimi tasirida tuproq malum darajada shurlanadi.



Irrigasion tip- sug`orilib dehqonchilik qilinadigan rayonlarda sug`orish suvidan yig`ilib-tuplanib vujutga keladi. Bu tipdagi suv rejimi ekinlarni sug`orish soni va sug`orish normasiga kura uzgarib turadi. Agarda sug`orish suvlari sizob suvi satxiga yetib bormasa, u xolda bu tipdagi suv rejimi yuvilmaydigan tipiga yaqqin xolatda buladi.

Sizob suvi yuza joylashgan tuproqlarda sug`orish suvi sizob suvi satxiga qadar sizib boradi va uning satxini kutarib ustki qatlamlardagi namning miqdorini oshiradi. Natejada bu tipdagi suv rejimini terlaydigan tipga uxshash xolatda buladi. Sug`orish suvlari tuproq qatlamidagi oson eriydigan birikmalarni eritib, zovurlar suviga oqizib borsa, bu tipdagi suv rejimi yuviladigan tipga uxshash buladi.

Yuqorida qisqacha xarakterlangan tuproq suv rejimi tiplarining klasefekatsiyasi turli sharoetlarda yuzaga keladigan suv rejimi tiplarini tiliq ifoda etmaydi. Shuning uchun xam bu soxadagi tatqeqot ishlarini kuchaytirish talab etiladi. Keying yillarda (1964 yil) S.A. Vladichenskiy botqoq tuproqlarga xos bulgan turg`un tip va soxil tuproqlari uchun esa, soxil tipi deb aytiladigan aloxida suv rejimi tiplarini qushishni taklif etadi.

Tuproq suv rejimini yaxshilash tadbirlari. Ekinlardan mul va yaxshi sifatli xosil olish uchun tuproqda ular xayoti uchun zarur bulgan batcha faktorlarga, jumladan o`simliklar uchun eng qulay va yetarli miqdorda suv tuplanishiga aloxida etibor berish kerak. Malumki, bazi tuproq zonalarida ekinlarning o`sish davrida suv yetishmaydi, ayrim rayonlarda esa yog`in kub yog`adi, atmasfera yog`inlari xamda sizob suvlarining yoqin bulishi xisobiga tuproqda suv xaddan tashqari kub miqdorda tuplanadi. Shuning uchun xam tuproqdagi suv miqdori, balansi va rejimini urganish yuli bilan tuproqda mutadil namlik xolatini vujutga keltirish va suv rejimini yaxshilashga qaratilgan chora tadbirlarni qullanish kata axamiyatga ega. Shu maqsadda malum zonadagi ekinlarga ijobiy tasir etadigan suv rejimini yaratish va muntazam xolga keltirish uchun bir qancha tadbirlar, jumladan iqlim va tuproq sharoetini (tuproqning tarkibini, xossalari, strukturasi va agranomik xususiyatlari ) puxta urganilishi asosida agrotexnikaviy, gedratexnikaviy va meleratsiya tadbirlarini uz vaqtida sifatli amalga oshirishga jiddiy etibor berish lozim. O`rmon tayga singari seryog`in rayonlarda va sizob suvlari sayoz bulgan gedramorf tuproqli oblastlarda joylarning relefiga kura ekin maydonlarini tekislash, sizob suvi satxini pasaytirish maqsadida turli xildagi zavur va drenajlardan foydalanish tuproqning suv rejimini yaxshilashga ijobiy tasir kursatadi.

Tuproqdagi suv rejimining turlecha bulishi tuproqning mexanikaviy tarkibi, strukturasi, chirindisi va qavushmasiga bog`liq. Strukturasiz oz chirindili va og`ir mexanikaviy tarkebli tuproqlarda juda zichlangan bilib, yog`in suvlarning juda oz qismigina (taxmenan 15%) shimiladi. Bu shimilgan suv xam yog`indan keyin ularda rivojlangan kapelyar yullar orqali qatlamning yuqori qismiga kutariladi va tez bug`lanib ketadi. Bunday yerlarda sug`orish suvlari xam tuproqqa juda sekin shimiladi va tuproqning ustki yupqa qavatigina namlanib pastki qisimlariga esa suv deyarli utmaydi. Natejada ana shunday strukturasiz og`ir tarkibli tuproqlarda suv rejimi yaxshi bulmaydi va o`simliklar nam bilan yetarli darajada taminlanmaydi.

Qumoq tarkibli va strukturali tuproqning suv rejimi butunlay boshqachadir. Ularda nokapelyar yirik kavaklar kub bulganligidan yog`in suvlarining kub qismi (taxmenan 5%), shuningdek sug`orish suvlari agregatlar orasidagi yullar orqali tuproqning pastki qatlamlariga oson shimiladi. Bu tuproqlarning nam sig`imi yaxshi bulganligidan nam uzoq saqlanadi va sekinlik bilan bug`lanadi. Shuning uchun tuproq suv rejimini yaxshilash maqsadida tuproqning qumoq tarkebli bulishiga, strukturasining yaxshilanishiga qaratilgan tadbirlarni uz vaqtida qullanish lozim. Tuproqda vujutga kelgan qatqaloqni boronalash namning bo`g`lanishini keskin oshiradi.

Dala atrofiga ixota daraxtzorlar tashkil qilish tuproqda nam tuplanishi va saqlanishida uziga xos kata axamiyatga ega, chunki daraxtzorlar ekin maydonlarida qorning tuplanishiga va namning tez bug`lanishiga sabab buladigan shamolning salbiy tasirini keskin kamaytiradi.

Atmasfera yog`inlari kam buladigan viloyatlarda tuproqlar (qung`ir tusli tuproq, buz tuproq, qaqir tuproq, taqir tuproq va chul tuproq) ning suv rejimini yaxshilashda sug`orish soni va normasi muxim axamiyatga egadir. Ekinlarni sug`orayoyganda tuproqning mexanikaviy tarkibi, strukturasi, qovushmasi, suv xossalari, suv tusar garezant va sizob chuqurligi singari xususiyatlari xamda ekinlarning suvga bulgan talabini puxta urganish asosida olib borilsa, suv rejimi normal buladi.

Xulosa

Xulasa qilib shuni aytish mumkinki, tuproq tarkibidagi suvni, suv rejimlarini, tug`ri yulga quyish, sug`orish normalari, suv berish vaqtini, tug`ri amalga oshirish va o`simlik talab etadigan suvni uz vaqtida amalga oshirish kerak. Malumki, tuproq tarkibida oziq moddalar xam, tuproqda suv yetarli miqdarda bulgandagina o`zlashtiriladi.

Tuproq unumdorligi uchun suv eng muhum omillardan biri hisoblanadi, chunki tuproq tarkibida sodir buladigan barcha jarayonlar, jumladan, tuproq tarkibidagi chirindilar agrobakteriyalar tamonidan parchalanib o`simlik o`zlashtira oladigan xolga utadi. Tuproq suv rejimini to`g`ri yulga quyish va uni chuqur o`rganish, birinchi navbatda o`simliklardan, mul va sifatli xosil olishda, shuningdek, g`uza va boshqa oziq ovqat mahsulotlari yetishtirilayotgan tuproqlarni shurlanishini oldini oladi.Shurlangan tuproqqa ekilgan o`simlik o`sishi qiyinlashadi va fotasentiz sustlashadi, fotasentiz sustlashganda organik moddalarning xosil bulishi keskin kamayadi. Tuproq shurlanishi xozirgi davrimizda eng muxim muammalardan biri hisoblanadi, uni oldini olish esa, suv rejimlarini to`g`ri yulga quyilsa maqsadga muofiq buladi.

Bizning dehqonchilik rayonlarimizda, atmasferadan tushayotgan yog`in miqdori,, bug`lanayotgan suvdan kam buladi. Bu rayonlarda yog`ingarchilik vaqtida tushayotgan suv tuproqning malum, kavaklar, bushliqlar, kapelyarlar, orasida tuplanadi yog`ingarchilik tugagandan sung bu suvlarning malum qismini o`simlik uzlashtiradi qolgan qismi yana atmasferaga kutarilib bo`g`lanib ketadi o`simlik vaqtincha nam bilan tuyinadi malum vaqtdan suvga bulgan talabini, sizob suvlarining, tuproqdagi malum kuchlar tasirida kutarilishi natejasida xosil bulayotgan tuproq namligidan oladi. O`simlik, sizob suvlaridan foydalanishi bir tamondan ijobiy, bir tamondan salbiy oqibatlarga olib keladi. Yani tuproq shuri yuvilib sizob suviga yetkazilgan tuzlar ham suvga qushilgan xolda kutariladi. Suv o`simliklar tamonidan o`zlashtiriladi, qolgan qismi tuproq yuzasidan bo`g`lanib ketadi, tuz esa tuproq yo`zasiga qolib, natejada tuproq shurlanadi. Tuproqdagi suvlarni tug`ri yulga quyish va uni puxta urganish mul va sifatli oziq ovqat, mahsulatlari, hamda sanoat xomashyolarini yetarli miqdorda va sifatli xolda yetgazishga imkon beradi.



Tavsiyaetiladiganadabiyotlarrо‘yhati

Asosiy adabiyotlar

  1. Karimov I. Asarlar tо‘plami.- T.: “О‘zbekiston”, 1999- 2014 yy.

  2. AbdullayevS.A., NamozovX. Tuproqmelioratsiyasi.-T.: “Milliyensiklopediyasinashriyoti”, 2011.

  3. AbdraxmonovT., JabbarovZ. Tuproqlarnikimyoviyifloslanishmuammolarivamuxofazaqilishtadbirlari. - T.: “Universitet”, 2007.

  4. Aleksandrova L.I Organicheskoye veshestvo pochv i protsessi yego transformatsii.-L.: “Nauka”, 1980.

  5. Boboxо‘jayevI.. UzoqovP. Tuproqshunoslik.-T.: "Mehnat",1995.

  6. Boboxо‘jayev I, Uzoqov P. Sostav i svoystva pochv Uzbekistana.-T.: “Fan”, 1991.

  7. Gorbunov B.V. Oroshayemiye pochvi Sredney Azii // Geografiya i

  8. SattorovJ.S., TurapovI.T., Qо‘ziyevR.Q. Sovremennoyesostoyaniyeizadachiissledovaniypobonitirovkepochv // Nauchniyeosnovi bonitirovki pochv v usloviyax rinochnix otnosheniy.-T., 1996.

  9. Sidiqov. S, Faxrutdinova. M., Tuproqshunoslikvaо‘simlikshunoslikasoslari.- T.: “Universitet”, 2005

  10. TursunovL. Tabiiyvatexnogenbuzilgantuproqlargenezisi, geografiyasivarekultivatsiyasi.- T., 2008.

  11. О‘zbekiston Respublikasi yer kadastri // Tolipov G.A.vaboshq.-T., 1994.

Qо‘shimchaadabiyotlar

  1. О‘zbekistonRespublikasiningYerkodeksi (30.04.1998 y.).

  2. Abdraxmonov T., Jabbarov Z.A., Fahrutdinova M. Tuproqlarning ifloslanish muammolari va muxofaza qilish tadbirlari. – T.: “Universitet”, 2008.

  3. AbdullayevX.A. О‘zbekistontuproqlari.-T., 1973.

  4. AbdraxmonovT., JabbarovZ.A. Tuproqlarnineftvaneftmahsulotlaribilanifloslanishivaularnirekultivatsiyasi.- T.: “Universitet”, 2012.

  5. Agrokimyo / D.S.Sattorovtahririostida.-T. “CHо‘lpon”, 2011.

  6. Boboxо‘jayevI.. UzoqovP. Tuproqningtarkibi, xossalarivaanalizi / Tuproqshunoslikdanamaliyqо‘llanma.– T.: “Mehnat”, 1990.

  7. Boboxо‘jayevI.. P.Uzoqov. Tuproqhimoyagamuhtoj // Senie’zozlaymiztabiat.- T.: “Mehnat”, 1988.

  8. GofurovK.G. AbdurahmonovT. Tuproqbonitirovkasikursi.-T., 1998.

  9. Dehqonchilikvailmiyizlanishasoslarifanidanlaboratoriyavaamaliymashg‘ulotlar // AzimbayevS.A. vaboshq.,.- T., 2010

Download 49,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish