Turkiston Muxtoriyati ko‘plab sabablarga ko‘ra o‘zini-o‘zi yetarli darajada himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lolmadi. Buning boisi, avvalo uning qisqa umr ko‘rganligi (u atigi 72 kun yashadi), shu sababdan ko‘p narsalarni bajarishga ulgurolmaganligi bo‘ldi. Qolaversa, muxtoriyatchilar orasida ko‘pgina muhim hayotiy masalalarda birlik, hamjihatlik, jipslik mavjud emas edi.
Xulosa, Turkiston Muxtoriyati halokatga yuz tutgan bo‘lsada, biroq u o‘lka xalqlarining tarixiy taqdirida o‘chmas iz qoldirdi. Turkiston aholisi endilikda o‘z erki, mustaqilligini birovlar, yot ajnabiy kuchlar, ularning “dohiylari” yordami bilan emas, balki o‘z kuchlari, o‘z milliy rahnamolari yetakchiligida birgalikda kurashib, qo‘lga kiritishlari mumkinligiga qat’iy ishonch hosil qildilar.
Etiboringiz uchun raxmat !
Do'stlaringiz bilan baham: |