Mavzu: Tub model bo`yicha indekslar, ularning tadqiqlari


Miqdor ko’rsatkichlari indekslari



Download 296,45 Kb.
bet3/4
Sana28.05.2022
Hajmi296,45 Kb.
#613301
1   2   3   4
Bog'liq
Tub model bo`yicha indekslar, ularning tadqiqlari

1.1 Miqdor ko’rsatkichlari indekslari
Indeks so’zi lotincha “Index” atamasidan olingan bo’lib, belgi, ko’rsatkich degan ma’noni bildiradi. Lekin har qanday ko’rsatkich ham indeks deb atalavermaydi. Indeks so’zi pochta, poligrafiya va boshqa tarmoqlarda tartib nomeri ma’nosida ishlatiladi. Statistikada esa ushbu so’z butunlay boshqa ma’noga ega. Statistik indeks – bu bevosita qo’shib bo’lmaydigan bo’laklardan tashkil topgan ikki to’plamni taqqoslashga aytiladi.
Bevosita qo’shib bo’lmaydigan hodisalarni vaqt bo’yicha yoki makonda o’zgarishini baholash uchun ularni mutloq yoki o’rtacha hadlari bilan o’zaro taqqoslab bo’lmaydi. Bu ishni bajarish uchun indeks metodining maxsus usullarini qo’llash kerak.
Statistikada shunday hodisalar uchraydiki, ularga mumkin bo’lmagan sharoitda umumlashtirib baho berish (mahsulotni moddiy natural formulada o’zgarishini yoki narxlarni, tannarx va boshqalarni baholash) zaruriyati tug’iladi.
Bu kabi muammolarni echish uchun statistikada mahsulot hajmi indeksi, baho, tannarx, mehnat unumdorligi va boshqa indekslar hisoblanadi.
Mahsulot hajmini taqqoslaydigan bo’lsak, uni moddiy natural formadan qiymatformasiga o’tkazish kerak, ya’ni mahsulot unsurlari (miqdor va baho) o’zaro ko’paytiriladi. Lekin bir narsani esda saqlash zarur, mahsulot qiymatining o’zgarishi, ikki omilga, ya’ni uning miqdori va bahosining o’zgarishiga bog’liq bo’ladi.
Mahsulot qiymatini taqqoslash bilan biz indeks metodi oldiga qo’yilgan vazifani hal qilmaymiz. Bizning maqsadimiz barcha mahsulotlar bo’yicha birgalikda miqdorni yoki bahoni o’zgarishini o’rganish edi. Bu maqsadga erishish uchun, ya’ni turdosh mahsulotlarning hajmi qanday o’zgarganligini bilish uchun taqqoslashdan oldin taqqoslanuvchi va taqqoslanadigan davrlarda mahsulot hajmi o’zgarmas (bitta davr) baholarda hisoblaniladi, agar bahoning o’zgarishini o’lchamoqchi bo’lsak, mahsulot miqdorining ta’sirini yo’qotish kerak. Bu indeks metodining o’ziga xos xususiyatidir.

Indeks metodi yordamida murakkab hodisalarning vaqt bo’yicha va hududiy o’zgarishi, reja va buyurtmalar bajarilishi o’rganiladi. Mana shu vazifalarga qarab indekslar quyidagi turlarga bo’linadi: dinamika indekslari; hududiy indekslar; reja yoki buyurtmalarning bajarilishi indekslari.


Indeks metodi o’rtacha ko’rsatkichlarning o’zgarishini o’rganishda ham keng qo’llaniladi. Masalan, joriy davrda o’tgan davrga nisbatan turdosh tovarlar uchun o’rtacha baho o’zgarishini o’rganmoqchi bo’lsak, joriy davrdagi o’rtacha bahoni o’tgan davrga bo’lamiz. Ma’lumki, o’rtachalarni o’zgarishiga faqat o’rtalashtirilayotgan belgini o’zgarishi emas, balki shu to’plam tarkibining o’zgarishi ham ta’sir qiladi. Demak, o’rtachaning o’zgarishiga ikki omil ta’sir ko’rsatadi. Bu omillar ta’sirini baholash uchun statistikada o’zgaruvchan va o’zgarmas tarkibli hamda tarkibiy siljishlar indekslari hisoblanadi.


Indekslar to’plam birliklarini qamrab olishiga qarab individual va umumiy indekslarga bo’linadi. Individual indekslar to’plamning ayrim elementlarining o’zgarishini ta’riflaydi. Masalan, Toshkent shahrida 10 ta dehqon bozori mavjud. Hammasida olma, uzum, shaftoli va boshqalar sotiladi. Mana shu sotiladigan mahsulotlardan bittasining bahosi yoki miqdorining o’zgarishini o’rganmoqchi bo’lsak, individual indeksni qo’llaymiz. Barchasi bo’yicha o’rganmoqchi bo’lsak, umumiy indeks qo’llaniladi.
Taqqoslanish asosiga qarab indekslar bazisli va zanjirsimon indekslarga bo’linadi. Baza o’rnida qabul qilingan miqdor bilan qolganlari taqqoslansa bu indekslar bazisli, o’zidan oldingi davr bilan taqqoslansa zanjirsimon indekslar deyiladi.
Indekslashtirilayotgan miqdorlarning xarakteri va mazmuniga qarab indekslar miqdor(fizik hajm) va sifat kursatkichlari indekslariga bo’linadi.
Indekslar nazariyasida qaysi ko’rsatkich indekslashtirilsa, u indekslashtiriladigan miqdor deyiladi. Umumiy indekslarda indekslashtirilayotgan miqdor so’zi o’rniga indekslashtirilayotgan belgi va uning vazni tushunchalari ishlatiladi. Masalan, baho umumiy indeksi hisoblanayotgan bo’lsa, indekslashtirilayotgan belgi baho hisoblansa, uning vazni sifatida mahsulot miqdori olinadi.
Indekslarni bevosita hisoblashishga kirishishdan oldin, shu metodda qo’llaniladigan ramziy belgilar bilan tanishib chiqaylik.
H
Individual indekslar quyidagicha ifodalanadi:
mahsulot fizik hajmi individual indeksi , bu yerda: q1 va q0 - joriy va o’tgan davrlarda ishlab chiqarilgan mahsulot fizik hajmi. Bu indeks yuqorida ta’kidlaganimizdek, mahsulot fizik hajmini vaqt, hudud va ob’нektlar bo’yicha faqatgina bitta mahsulot uchun o’zgarish xarakterlaydi.


odisaning miqdori (fizik xajmi) q; narxlar-r; tannarx –s; unumdorlik
 harflar bilan belgilanadi. Joriy davr ko’rsatkichi “1” satr osti ishorachasi, o’tgan davr esa “0” –bilan ifodalanadi. “i” va “I” lar individual va umumiy indekslarni ifodalaydi, “” – yig’indini bildiradi.

Baho individual indeksi - ip=
bu erda: p1 va p0 – joriy va o’tgan davrlarda mahsulot bir birligini bahosi (narxi).
Tannarx individual indeksi iZ=
bu erda: z1 va z0 – joriy va o’tgan davrlarda mahsulot birligini tannarxi.





Download 296,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish