10. Laboratoriya ishi.
Mavzu: Transpirasiyani hajmiy usulda aniqlash. Umumiy ma’lumot: Transpiratsiya intensivligi deb ma’lum yuzadan yoki og’irlikdan ma’lum vaqt ichida bug’langan suvning miqdoriga aytiladi, odatda u bir soatiga gramm yoki soatiga dm2 hisobiga chiqariladi. Ko’pincha transpirasiya intensivligi 1 g bargda soatiga 0,1 dan 2-4 g gacha o’zgarib turadi.
Kerakli o’quv materiallari: Byuretkalar, tindirilgan vodoprovod suvi, Mor qisqichi, tok qaychi, temir shtativ, soat, tiqin parmasi.
Darsning maqsadi: O’simliklar suv bug’latishini aniqlash
Ishning bajarilishi: Buning uchun avval kauchuk tiqinga o’simlik novdasi o’rnatiladi. So’ngra 25 ml hajmli byuretkaga suv to’lg’azib, og’zi novdali tiqin bilan berkitiladi. Byuretkaga solingan suvda havo pufakchalari bo’lmasligi shart, chunki suv tarkibida erigan gaz qolsa, tajribani o’tkazishga halaqit beradi. Vodoprovod suvini bir kun oldin chelakka qo’yib tindirilsa, havosi chiqib ketadi. Keyin ana shu suvdan ishlatiladi.
Byuretkalarga o’simlik novdasi joylangandan so’ng byuretka asta-sekin to’nkarilib shtativga o’rnatiladi. Byuretkadagi suv bug’lanib kamayishining oldini olish uchun uning ikkinchi uchiga kauchuk nay kiygizilib, mahkam berkitiladi. Tajribani boshlashdan oldin byuretkadagi suvning sathi qaysi nuqtaga to’g’ri kelishi belgilab olinadi. Suv kamayishi transpirasiya prosessi borayotganligini ko’rsatadi. Transpirasiya prosessi hamma o’simliklarda ham bir xil tezlikda boravermaydi. Shuning uchun 2-3 xil o’simlik olib, ularning transpirasiya intensivligini aniqlash tavsiya etiladi. Bu tajribani geran, navro’zgul va boshqa o’simliklar ustida o’tkazish mumkin.
Tekshirish vaqti tugagandan so’ng suvni bug’latishda ishtirok etgan barglar sathini aniqlash uchun novdaning uchida, o’rtasida va pastida joylashgan barglardan 3 tasi olinadi. Ularning o’rta qismidan barg yuzasining katta-kichikligiga ko’ra, 4-10 sm2 hajmda bo’laklar kesib olinadi. Keyin bu bo’laklarning umumiy vazni aniqlanadi, shu vaqtning o’zida novdada qolgan barglarni ham kesib olingan barg bo’laklariga qo’shib vazni aniqlangach, barglarning umumiy yuzasi quyidagicha topiladi.
Yuzasi aniq barg bo’laklarini a, ularning vaznini b bilan ifodalasak, novdadagi umumiy barg yuzasini v bilan ifodalab, quyidagi tenglama bo’yicha barglarning umumiy sathi x topiladi:
Barglarning umumiy sathi topilgandan keyin transpirasiya intensivligi 20-mashg’ulotda ko’rsatilgandek hisoblab topiladi.
2 tapshiriq Barg va poyaning temperaturasini aniqlash.
Mashgulot uchun kerak-yaroklar: 0,1 0C anikligidagi termometr, paxta, makkajuxori, kup yillik daraxt va boshka keng bargli usimliklar, termometr diametriga tugri keladigan parma.
Usimlik yer ustki organlaridan doim suvning buglanib turishi natijasida barg va poyaning temperaturasi fark kiladi.
Ishning borishi:Barg temperaturasini aniqlash uchun termometrning simobsiz tomoni ip yordamida o’simlik novdasiga osib qo’yiladi, pastki simobli qismini esa yaxshilab bargga o’rab 10 minut saqlanadi. Bu vaqtda barg temperaturasini 3-4 marta aniqlab, yozib boriladi. So’ngra termometrni bargga o’rab qo’yilgan simobli qismini bargdan chiqarib, normal holatga qo’yib o’simlik atrofidagi havoning temperaturasi o’lchanadi. Shunday temperaturani soyada va quyoshda turgan barglarda o’simliklar sug’orilguncha va sugorilgandan keyin aniklash juda ham yaxshi natija beradi. Poyaning temperaturasini aniklash uchun termometrni barg kultigiga tikib kuyiladi. Ko’p yillik daraxtlarning tanasidagi temperaturani aniklash uchun namuna olinadigan parma yordamida tanadan uyib olib, unga termometr joylashtirib, bir kecha-kunduz kuzatib boriladi. Agar barg temperaturasini aniklash bilan birga undagi labchalarning holati ham belgilansa, yaxshirok buladi. Olingan ma’lumotlar natijalari kuyidagi jadvallarga yozib olinadi va muhokama qilinadi.
1- jadval
Asosiy poya buylab bargning joyla-shish tartibi
Tekshi-rish vakti
Temperatura
Havo temperaturasi
Temperatura farki
Ilova
Bargda
Poyada
2- jadval
O’sim-lik nomi
Tekshi-rish nomi
Havo temperaturasi
Barg va poyaning temperaturasi
So’limagan holatda
soyada
Quyosh
da
Sug’orilguncha
Sug’o-rilgan-dan keyin
So’ligan xolatda
Nazorat uchun savollar: 1. Transpirasiya intensivligi nima?
2. Transpirasiyani hajmiy usulda qanday aniqlash mumkin?
3. Hajmiy usulni aniqlashda qanday jihozlar ishlatiladi?