Mashg‘ulotning borishi
Asosiy atamalar va tushunchalar:
-transformator
-o‘zgaruvchan tokni transformasiyalash
-yuksaltiruvchi transformator
-pasaytiruvchi transformator
-transformatsiya koeffitsiyenti
I. Darsning tashkil etilishi: (2 minut)
a) sinfga kirishda o`quvchilar o‘qituvchi tayyorlagan emblemalarini oladilar va borib o‘tiradilar.
b) salomlashish, davomatni aniqlash;
c) o‘quvchilarni darsga hozirligini ko‘rib chiqish.
Darsning blok-chizmasi
|
Dars bosqichlari
|
Vaqti
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
2 minut
|
2.
|
Uy vazifasini so‘rash
|
6 minut
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni (kichik ma’ruza)
|
16 minut
|
5.
|
Yangi mavzu bo‘yicha masala yechish va test o‘tkazish
|
15 minut
|
6.
|
O‘quvchilarni rag‘batlantirish
|
3 minut
|
7.
|
Uyga topshiriqlar
|
3 minut
|
O‘tilgan mavzu bo‘yicha so‘rash ( 6 minut)
O‘quvchilar guruhlarga bo‘linib olinadi.
1- guruh: Amper guruhi 2- guruh: Volt guruhi 3- guruh: Om guruhi
O‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan savol va topshiriqlarni guruh sardorlari chiqib tanlab oladilar.
1-guruhga “Induksion tokning yo‘nalishini tushuntiring”
2-guruhga “O‘zgaruvchan tok va uning grafigini qanday hosil qilish mumkin.”
3-guruhga “Induksion tok feneratorining tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntiring”.
Guruhlar taqdimoti
III. Yangi mavzu bayoni (16 minut).
Reja:
1.Transformatorning tuzilishi va ishlashi.
Yuksaltiruvchi transformator .
Pasaytiruvchi transformator.
Transformatorda energiyaning aylanishi.
Transformatsiya koeffitsiyenti.
O‘qituvchi tomonidan kompyuter orqali dioproektorda o‘quvchilarga transformatorning tuzilishi va ishlashi ekranda ko‘rsatiladi va transformatorga ta’rif beriladi.
O‘zgaruvchan tokning chastotasini o‘zgartirmasdan kuchlanishni bir qiymatdan ikkinchi qiymatga o‘zgartirib beruvchi asboblar transformatorlar deyiladi.
Generatorlarda hosil qilingan kuchlanish ularning quvvatiga qarab turlicha bo‘ladi. Bundan tashqari uzoq masofalarga elektr energiyasini uzatishda simlarning qizishi tufayli isroflar bo‘ladi. Bunday hollarda o‘zgaruvchan tokning kuchlanishini bir qiymatdan ikkinchi qiymatga o‘zgartish zaruriyati tug‘iladi. Bu vazifani transformator deb ataluvchi elektr mashinasi bajaradi.
Transformator ikkita chulg‘am va o‘zakdan iborat. Kuchlanishni ko‘paytirib beruvchi transformatorni yuksaltiruvchi transformator, kamaytirib beruvchi pasaytiruvchi transformator deyiladi.
Yuksaltiruvchi transformatorda birlamchi chulg’am yo`g`on simdan kam o‘ramli qilib yasaladi. Ikkilamchi chulg’am nisbatan ingichka simdan ko‘p o‘ramli qilib yasaladi.
Yuksaltiruvchi transformatorda n2>n1 va U2>U1 bo`ldi. Pasaytiruvchi transformatorda n21va U21 bo‘ldi.
Transformatorda energiyaning aylanishi. Transformator birlamchi chulg‘amidagi ma’lum kuchlanishli elektr energiyani ikkilamchi chulg‘amdagi boshqa kuchlanishli elektr energiyaga aylantiradi.
Transformatorning ikkilamchi chulg‘amida kuchlanish necha marta ortsa tok kuchi shuncha marta kamayadi.
U- Birlamchi o‘ramdagi kuchlanish.
I- Birlamchi o‘ramdagi tok kuchi
U- Ikkilamchi o‘ramdagi kuchlanish
I- Ikkilamchi o‘ramdagi tok kuchi
Transformasiya koeffisiyentini quyidagi formula bilan aniqlanadi.
k= yoki k=
bu yerda birlamchi va ikkilamchi galtakdagi o‘ramlar soni Transformatorning foydali ish koeffisiyenti { FIK}
Takomillashgan transformatorlarning FIK juda yuqori bo‘lib, 99% tashkil etadi.
Mustahkamlash: (15 minut)
Masalani yechish.
Birlamchi chulg‘amda 300 ta o‘ram bor. Agar transformatorning transformatsiya koeffitsiyenti 15 ga teng bo‘lsa, yuksaltiruvchi transformatorning ikkilamchi chulg‘amida nechta o‘ram bo‘ladi?
Berilgan Formula Yechish 300.15=4500
O‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan ijodiy test savollari kadoskop orqali slaydda ko‘rsatiladi. O‘quvchilar testni o‘qib, daftarlariga javobini belgilaydilar.
“Transformator- …asbob” . Gapni davom ettiring.
A) o‘zgarmas tokning kuchlanishini o‘zgartiruvchi
B) o‘zgaruvchan tokning kuchlanishini o‘zgartiruvchi
C) o‘zgaruvchan tokni to‘g‘rilovchi
D) o‘zgaruvchan tok chastotasini o‘zgartiruvchi
Transformatorning o‘zagi nima sababdan alohida listlardan yig‘iladi
A) mustahkamligini oshirish uchun
B) magnit kuch chiziqlarni to‘plash uchun
C) magnit maydonini kuchaytirish uchun
D) isroflarni kamaytirish uchun
k<1 bo‘lganda … transformator deyiladi.
A) pasaytiruvchi B) yuksaltiruvchi
C) chulg‘amli D) tok hosil qiluvchi
O‘quvchilar testning javobini topib bo‘lgandan so‘ng, o‘qituvchi tomonidan testning javobi ekranda ko‘rsatiladi. O‘quvchilar bir-birlarining testini almashtiradi va tekshiradi. O‘qituvchi test savollari orqali hamma o‘quvchilarga reyting ball qo‘yadi.
O‘quvchilarni rag‘batlantirish va baholash (3 daqiqa)
Dars yakunida o‘quvchilar to‘plagan ballariga qarab rag‘batlantiriladi.
Uyga topshiriq: ( 3 minut)
Mavzuni o‘qib kelish va savollariga javob yozib kelish.
Transformator (ishdan chiqqan) olib, uning chulg‘amidagi simlarni yeching va chulg‘amlardagi o‘ramlar sonini sanang. Transformatorning tuzilishini ko‘zdan kechirib, xulosalaringizni daftarga yozing.1>
Do'stlaringiz bilan baham: |