Mavzu: Transformatorlarni transformasiyalash koeffisienti Reja


O’lchash transformatorlari



Download 200,26 Kb.
bet2/2
Sana06.03.2022
Hajmi200,26 Kb.
#483901
1   2
Bog'liq
Elektrotexnika va elektronika fanidan MI-2

O’lchash transformatorlari. O’zgaruvchan tokning yuqori kuchlanishli zanjirlariga ulanadigan o’lchov asboblarining o’lchash chegaralarini kengaytirish maqsadida kuchlanish va tok transformatorlaridan foydalaniladi. YUqori kuchlanishli tarmoq asbob – uskunalarini himoya qilish uchun turli himoya relelaridan foydalaniladi. Ular ham tarmoqqa o’lchash asboblari kabi tok va kuchlanish transformatorlari yordamida ulanadi.
4.5-rasmda kuchlanish va tok o’lchash transformatorlarining o’lchash zanjiriga va o’lchash asboblariga ulanishi sxemasi keltirilgan. Kuchlanish o’lchash transformatorlari orqali vol’tmetrlar, chastotometrlar va vattmetrlar, schetchiklar, fazometrlar va sh.k. larning parallel’ cho’lg’amlari ulanadi.










4.5 – rasm.




4.6 – rasm.

Toklar transformatori orqali ampermetr va o’lchash asboblarining ketma-ket zanjirlari ulanadi. O’lchash transformatorlarining yuqori kuchlanish va katta tokka ulanadigan qismalarini X, A va L, L2 bilan, o’lchash asboblariga ulanadiganlarini x.α va I1, I2 bilan belgilanadi.


O’zgarmas tok mashinalari, ularning xalq xo’jaligida qo’llanilishi.


O’zgarmas tok mashinalari o’zgaruvchan tok mashinalaridan oldin (dastlab o’zgarmas tok dvigateli, so’ngra o’zgarmas tok generatori) yaratilgan. O’zgarmas tok mashinalari qaytuvchanlik xususiyatiga ega bo’lib, dvigatel va generator rejimlarida ishlay oladi. Ularning tuzilishi ham bir xil. Generator rejimida birlamchi dvigatelning (asosan, asinxron dvigatelning, gohida ichki yonuv dvigatelining) mexanik energiyasi elektr energiyaga, dvigatel rejimida esa elektr energiyasi qayta mexanik energiyaga aylantirib beriladi.



1838 yili akademik B. S. YAkobi o’zgarmas tok dvigatelini amalda ishlatib ko’rsatdi. O’zgaruvchan tok texnikasi taraqqiy eta borishi bilan o’zgarmas tok mashinalarini ishlab chiqarish o’zgaruvchan tok mashinalariga nisbatan kamaya bordi. Bunga sabab o’zgarmas tok mashinalari konstruksiyasining nisbatan murakkabligi (ayniqsa kollektor va cho’tkaning mavjudligi) va qimmatligi bo’ladi. SHunga qaramasdan, o’zgarmas tokni elektr energiyasidan foydalanishning. ma’lum sohalarida o’zgaruvchan tok bilan almashtirib bo’lmasligi hamda u birmuncha afzalliklarga ega bo’lgani uchun shu kunda ham ishlatib kelinmoqda. Masalan, elektroliz qurilmalarida, akkumulatorlarni zaryadlashda, avtomatikada, tezlikni keng doirada bir tekis boshqarish hamda katta aylanuvchan moment talab etilgan joylarda, elektr transportida va hokazolarda o’zgarmas tokdan foydalaniladi. Sanoatda o’zgarmas tok generatorlari va dvigatellarini ko’plab ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. SHuningdek, o’zgaruvchan tokni yarim o’tkazgichli to’g’rilagichlar yordamida o’zgarmas tokka aylantirish sxemalari ham keng qo’llanilmoqda.


O’zgarmas tok mashinasi, asosan, qo’zg’almas qism —stanina qo’zg’aluvchan qism — yakordan iborat. Stanina yirik mashinalar uchun po’latdan, kichik mashinalar uchun cho’yandan qo’yib yasaladi va unga qutblarning o’zaklari o’rnatiladi.


Bosh qutblar staninaning ichki sirtiga o’rnatilgan. bo’lib, unga uyg’otish chulg’amlari o’ralgan. Bosh qutb mashinaning asosiy magnit maydonini hosil qiladi. Magnit maydonining tekis tarkalishi uchui bosh qutbga uchlik o’rnatilgan.

YAkor’ silindrsimon o’zak bo’lib, o’qqa o’rnatilgan. YAkor qalinligi 0,35 - 0,5 mm li elektrotexnik po’lat plastinkalar to’plamidan tayyorlanadi. Uyurma toklarga bo’ladigan quvvat isrofini kamaytirish maqsadida plastinkalar bir-biridan izolasiya qilinadi. Aylanuvchan yakorning chulg’amlarida o’zgaruvchan EYUK hosil qilinib, kollektor va cho’tkalar yordamida generatordan o’zgarmas tok olinadi.


YAkor chulg’ami izolasiyalangan mis simdan iborat bo’lib, u alohida-alohida seksiya qilinib yasalgandan so’ng yakorning o’zagidagi pazlar orasiga joylashtiriladi. CHulg’am yakorning o’zagidan yaxshilab izolyasiya qilinadi va maxsus yog’och ionalar yordamida pazalarda maxkamlanadi (7.2- rasm, a).- CHulg’amning uchlari kollektor plastinkalariga biriktiriladi.
Kollektor silindr shaklida bo’lib, misdan yasalgan alohida -alohida plastinkalardan iboratdir Uning tuzilishi 7.2-rasm, b da ko’rsatilgan. Plastinkalar bir- biridan va korpusdan mikanit manjeta vositasida izolyasyalanadi. Korpusdagi tutqichga o’rnatilgan cho’tkalar yordamida kollekterdan tok olinadi. CHo’tkalar ko’mir, grafit, mis yoki bronzadan yasaladi.
Mashinaning yakori birlamchi dvigatel yordamida o’zgarmas tezlik bilan aylantirilganda (generator rejimi) uning chulg’am o’ramlarini bosh magnit kuch chiziqlari kesib o’tishi natijasida, elektromagnit induksiyasi qonuniga binoan, EYUK induksiyalanadi, ya’ni

bu erda с — o’zgarmas koeffisient; n — yakorning aylanish tezligi, ayl/min; Ф — bosh kutblarning magnit oqimi, Vb.


Induksiyalangan EYUK ning yo’nalishini, o’ng qo’l" qoidasiga ko’ra aniqlash mumkin. YAkorda EYUK induksiyalanish hodisasi o’zgarmas tok mashinasining dvigatel rejimida ham sodir bo’ladi. Biroq bunda generatorda induksiyalangan EYUK tokni generatorga ulangan tashqi zanjirda hosil qiladi, Dvigatelda esa bu EYUK unga berilgan kuchlanishga teskari yo’nalgandir.
Download 200,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish