Mavzu: Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Reja: Quyi Chirchiq tumani haiqda



Download 2,09 Mb.
Sana20.06.2022
Hajmi2,09 Mb.
#678968
Bog'liq
Toshkent viloyati quyi chirchiq tumani..

Mavzu:Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani

Reja:

1.Quyi Chirchiq tumani haiqda

2.Tabiati.

3.Aholisi


Quyi chirchiq tumani - Toshkent viloyatidagi tuman. 1926-yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1962-yil dekabrda Oqqoʻrgʻon tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1973-yil dekabrda qayta tashkil qilingan, 1978 — 91 yillarda Gʻalaba tumani deb atalgan. Shimolida Chinoz va Yangiyoʻl, sharqda Oʻrta Chirchiq, janubida Oqqoʻrgʻon tumanlari, gʻarbdan Sirdaryo orqali Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 0,56 ming km2. Aholisi 96 ming kishi (2005). Tumanda 1 shahar (Doʻst-obod), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Gul, Istiqlol, Ketmontepa, May-dontol, Toshloq, Toshovul, Yangihayot, Oʻzbekiston, Qoʻrgʻoncha) bor.
Markazi — Doʻstobod shahri
Quyi chirchiq tumani
Куйичирчикский районtumanTarkibidaToshkent viloyatiMaʼmuriy markaziDoʻstobodRasmiy tillarOʻzbek Soat mintaqasiUTC+5
Tabiati. Tuman hududi Chirchiq va Ohangaron daryolari quyi oqimlari oraligʻida joylashgan. Yer yuzasi, asosan, yassi tekislik, sharqdan gʻarbga tomon pasayib boradi.
Iqlimi kontinental, qishi nisbatan yumshoq, yozi uzoq davom etadi, issiq va quruq. Yanv. ning oʻrtacha temperaturasi — G dan —1,5° gacha, iyul-niki 26— 27°. Yiliga 250–350 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 200 — 212 kun. Sugʻorish kanallari oʻtkazilgan. tuprogʻi, asosan, boʻz tuproq. Grunt suvlari yer yuzasiga yaqin yerlarda oʻtloqi va oʻtloqi botqoq tuproqlar, daryo sohillarida allyuvial tuproqtar tarqalgan. Yerlar qishloq xoʻjaligi da oʻzlashtirilganidan tabiiy oʻsimliklar kam. Sirdaryo boʻylarida baʼzan toʻqaylar uchraydi.
Yulgʻun, turan-gʻil, yovvoyi jiyda va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, yumronqoziq, qoʻshoyoq, koʻrsichqon, toshbaqa, kaltake-sak, toʻqaylarda chiyaboʻri, yovvoyi quyon, qushlardan oʻrdak, qirgʻovul, chumchuq, loyxoʻrak va boshqa uchraydi. Suvlarida suv kalamushi, baqa, suv iloni, baliqlar bor.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, koreys, rus, tatar, qozoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 171 kishi. Shahar aholisi 13,6 ming kishi, qishloq aholisi 82,4 ming kishi.
Xoʻjaligi. Tumanda 240 ga yaqin xususiy, 180 kichik korxona va boshqa bor. Shulardan yiriklari: paxta tozalash zavodi, baliqchilik xoʻjaligi, "Nissi" qoʻshma korxonasi (sholi mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashgan), avtokorxona va boshqa Quyi chirchiq tumanida paxtachilik, gʻal-lachilik yetakchi oʻrinda. Pilla ham yetishtiriladi. Tumandagi 11 shirkat xoʻjaligidan 8 tasi paxta va gʻalla, bittasi sholi yetishtirishga, bittasi bogʻdorchilikka ixtisoslashgan.
387 fermer, 160 dehqon xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Quyi chirchiq tumani yerlariga paxta, gʻalla, sholi, kanop, sabzavot, kar-toshka, ozuqa ekinlari ekiladi. Bogʻlar va tokzorlar mavjud. Tumandagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 23 ming qoramol (shu jumladan, 11,5 ming sigir), 6,9 mingʻ qoʻy va echki bor, shuningdek, parranda, yilqi ham boqiladi.
2004/05 oʻquv yilida tumanda 51 umumiy taʼlim maktabi (22,2 ming oʻquvchi), 2 kasb-hunar kolleji (520 oʻquvchi) faoliyat koʻrsatdi. 19 kutubxona, 16 klub muassasasi, 5 stadion, sport maydonchalari va boshqa sport inshootlari bor.
2 kasalxona (240 oʻrin), tugʻruqxona, 2 poliklinika, 15 feldsher-akusherlik punkti, 16 qishloq-vrachlik punkti va boshqa tibbiy muassasalarda 116 vrach, 688 oʻrta va kichik tibbiy xodim aholiga xizmat koʻrsatadi. Tuman hududini sharqdan Toshkent — Angren temir yoʻl liniyasi kesib oʻtgan. Toshkent — Doʻstobod, Toshkent — Oqqoʻrgon avtomobil yoʻllari ham tuman hududidan oʻtgan. Tuman markazida Xotira maydoni barpo etilgan. 1927-yildan "Erkin soʻz" tuman gaz. chop etiladi (adadi 1620).

Etiboringiz uchun rahmat


Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish