MAVZU: TOPOGRAFIK KARTA VA PLANLAR
Reja:
Karta va plan tushunchasi.
Kartalar klassifikasiyasi. Raqamli karta va planlar.
Masshtablar: Sonli masshtab va natural masshtab.
Masshtab asosi.
Masshtab aniqligi.
Chiziqli masshtab va ko‘ndalang masshtab.
Har xil qurilish – muhandislik ishlarida, xalq xoʻjaligining turli tarmoqlarida, shuningdek qishloq xoʻjaligida har xil masshtabli topografik plan va kartalardan foydalaniladi.
Agar ye ryuzasining qogʻozda tasvirlanadigan boʻlagi Yerning kattaligiga nisbatan juda kichik boʻlsa, ya’ni uning uzunligi 20 km dan oshmasa, bunday joyni tekis deb qabul qilish mumkin.
Butun yer yuzasini yoki uning ayrim katta boʻlaklarini qogʻozda tasvirlashda yerning sharsimon ekanligi hisobga olinadi.
Plan deb – kichkina maydonning tekislikka (qogʻozga) kichraytirilgan holda, yer egriligini hisobga olmasdan tushirilgan gorizontal proyeksiyasiga aytiladi.
Yer yuzidaga geografik obektlarning kontur va chiziqlari ellipsoid yoki shar sirtiga tushiriladi, ya’ni yer yuzaning gorizontal proyeksiyasi hosil qilinadi, bu proyeksiya ma’lum matematik qonun asosida tekislikka tushiriladi, bunda dastlab, meridian va parallellar toʻri, ya’ni kartografik toʻr chiziladi. Soʻngra kartografik toʻr ma’lum darajada kichraytirilgan geografik obektlar bilan toʻldiriladi.
Karta deb, butun yer shari yoki uning ayrim katta boʻlagining kichraytirilgan holda tekislikka (qogʻozga) yer egriligini hisobga olgan tushirilgan gorizontal proyeksiyasiga aytiladi.
Plan bilan karta oʻrtasida asosan quyidagi farqlar bor:
1. Karta yer yuzasi yoki uning katta qismining sferik yuzaga tushirilgan proyeksiyasining qogʻozdagi kichraytirilgan tasviridir; plan esa yeryuzasi kichhik qismining tekislikdagi gorizontal proyeksiyasining qogʻozdagi kichraytirilgan tasviri.
2. Planda joydagi chiziqlarning uzunligi, obektlar konturlarining maydoni va yoʻnalishlari orasidagi burchaklar toʻgʻri tasvirlanadi; kartada esa ularning tasvirida ma`lum xatoliklarga yoʻl qoʻyiladi.
3. Planning masshtabi uning hamma qismida bir xil boʻladi, ya`ni: planda masshtab oʻzgarmaydi; kartadaesa masshtab kartaning turli qismlaridagina emas, hatto bir nuqtadan chiqadigan turli yoʻnalishlari buyicha ham oʻzgarib boradi.
4. Karta ma`lum kartografik proyeksiya yoki zonalar sestemasidagi toʻgʻri burchakli koordinata sistemasida tuziladi; plan esa koʻpinchashartli yoki mahalliy toʻgʻri burchakli koordinatalar sistemasida tuziladi.
Karta va plan tuproq turlarini tekshirish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini almashlab ekishda, eroziyaga qarshichora – tadbirlar koʻrishda va shunga oʻxshash turli muhandislik ishlarida qoʻllaniladi.
Plan va kartada faqat joydagi barcha tafsilotlarning chegaralari aniq tasvirlangan boʻlsa, bunga gorizontal (konturli) plan yoki karta deyiladi. Agar joyning relefi gorizontallar bilan tasvirlangan boʻlsa, unga topografik plan yoki topografik karta deyiladi.
Planga tushirilgan maydon kichik boʻlganligi sababli uni tekis yuza deb qabul qilinadi, shuning uchun planning barcha joyida masshtab bir xil boʻladi, kartada esa katta maydon tasvirlanganligi sababli, uning ba’zi joylarida masshtabi har xil boʻladi, faqat meridian va parallelga yaqin joylarning masshtabi bir xil boʻladi, shuning uchun unga asosiy masshtab deb yuritiladi. Boshqa joylarda tafsilotlarning chegarasini koʻrsatishda masshtab saqlanmaydi, bunga kartaning shaxsiy masshtabi deb yuritiladi.
Plannning kartadan farqi shundan iboratki, kartada meridian va parallellar boʻladi, planda esa boʻlmaydi. Bundan tashqari, plan va kartalar masshtabi bilan bir – biridan farq qiladi.
Joyda avtomobil yoki temir yoʻl, kanal yoki kollektot, elektr tarmoqlari, gaz yoki suv quvuqlari va shunga oʻxshash har xil chiziqli inshootlarni loyihalash uchun oʻsha joyining profilini tuzish kerak. Shuning uchun ham profil nima ekanligini bilishimiz zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |