Mavzu: topografik karta va planlar


Maxsus sotsial – iqtisodiy kartalariga tarixiy – iqtisodiy va ma`muriy – siyosiy kartalari kiradi



Download 72,3 Kb.
bet3/4
Sana01.06.2022
Hajmi72,3 Kb.
#625507
1   2   3   4
Bog'liq
6-ma'ruza

Maxsus sotsial – iqtisodiy kartalariga tarixiy – iqtisodiy va ma`muriy – siyosiy kartalari kiradi.


Plan, karta va profil ma’lum masshtabda chiziladi. Tafsilotlar va relef ma’lum shartli belgilar bilan ifodalanadi.
Masshtab – yer yuzidagi masofalar gorizontal proyeksiyalarining kichraytirilgan darajasidir.
Masshtablar sonli, natural va grafik masshtablar koʻrinishida boʻladi. Raqamlar bilan ifodalangan masshtab sonli masshtab deyilib, u kasr koʻrinishida yoziladi. Kasrning maxrajidagi – M masshtabning kichraytirilish darajasi deyiladi.
Agarda sonli masshtab soʻz bilan ifodalansa – bunga natural masshtab deyiladi. Masalan, sonli masshtab 1: 5000 boʻlsa, natural masshtabda plan yoki kartadagi 1 sm joyga 50 m toʻgʻri keladi.
Grafik masshtab – chiziqli va koʻndalang chiziqli koʻrinishda boʻladi.
Chiziqli masshtab deb, sonli masshtabning grafik koʻrinishda chizilishiga aytiladi.
Sonli masshtab ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan hisoblashlarni qilmaslik uchun sonli masshtabning grafikaviy ifodasi boʻlmish chiziqli masshtabidan foydalaniladi.
Santimetr va millimetrlarga boʻlingan chizgʻich (leniyka) chiziqli masshtab vazifasini bajaradi.
Chiziqli masshtab yasash: sonli masshtab berilgan deylik, chiziqli masshtab yasash uchun toʻgʻri chiziq oʻtkazilib, uni 1yoki 2sm dan iborat boʻlgan bir nechta boʻlaklarga boʻlib chiqiladi. 1sm yoki 2 sm lik har bir boʻlakka masshtab asosi deyiladi. Chap tomondagi birinchi boʻlak, yana 10 ta boʻlakka boʻlinadi, bunda masshtabning grafik aniqligi ± 0,5 mm ga teng boʻladi (2 – rasm).

2rasm. Chiziqli masshtab chizgʻichi.
Grafikaviy ishlarning aniqligini oshirish maqsadida boʻlakni 0,01 aniqlikda oʻlchashga imkon beradigan koʻndalang masshtab chizgʻichidan foydalaniladi.
Koʻndalang masshtab burchak tomonlarini kesib oʻtadigan parallel chiziqlar boʻlaklarining proporsionalligiga asoslangan. Toʻgʻri chiziqqa 2 sm li AB boʻlak (masshtab asosi) bir necha marta (odatda 5 marta) oʻlchab qoʻyiladi. Chetdagi perpendikulyarlarda ixtiyoriy, ammo bir – biriga teng 10 ta boʻlak ajratiladi (3–rasm). Boʻlish nuqtalari orqali dastlabki chiziqqa parallel qilib toʻgʻri chiziqlar oʻtkaziladi. Keyin masshtabning chetki chap asosining ustki (CD – boʻlak) va ostki (AB – boʻlak) chiziqlarini teng 10 boʻlakka boʻlib, 3–rasmda koʻrsatilganidek ustki chiziqning bosh, ostki chiziqning 1– chi boʻlagi bilan, 1–chi boʻlak ostki 2– chi boʻlagi bilan va hokazolar birlashtiriladi. Shunday qilib, chetki chap asos 2 mm li boʻlaklarga boʻlinadi. Undan ham maydaroq boʻlaklar olish uchun gorizontal chiziqlarning eng birinchi BD qiya chizigʻi bilan uning yonida turgan BC vertikal chiziq orasida hosil boʻlgan boʻlaklardan, ya`ni: DC ustki boʻlagidan pastga qarab ketma – ket 0,2 mm dan kamayib boradigan boʻlaklardan foydalaniladi. Pastdan yuqoriga qarab 0,2; 0,4; 0,6; 0,8; 1,0; 1,2; 1,4; 1,6; 1,8; va 2 mm ga teng boʻlaklar hosil boʻladi. Bunday masshtab normal koʻndalang masshtab deyiladi. B nuqtadan yuqorida joylashgan birinchi dc gorizontal boʻlinma 0,2 mm ga teng boʻlib, unga koʻndalang masshtabning eng kichik boʻlinmasi (t) deyiladi va u quyidagicha aniqlanadi, ya`ni: ;
Oʻlchagichning ignalarini yoʻllar oʻrtasiga oʻrnatib, bu eng kichik boʻlinmani koʻz bilan chamalab keyin ikki boʻlakka boʻlish mumkin. Bu yerda hosil qilinadigan 0,1 mm li bu boʻlak koʻndalang masshtabda oʻlchab boʻlinadigan eng kichik boʻlak boʻladi. U masshtabning grafikaviy aniqligi deyiladi.
Turli sonli masshtablar uchun masshtab grafikaviy aniqligining kattaligi (0,1 mm) joyda quyidagi boʻlaklarga toʻgʻri keladi:
1:200 masshtabida 2 sm,
1:500 masshtabida 5 sm,
1:1000 masshtabida 10 sm,
1:2000 masshtabida 20 sm,
1:5000 masshtabida 50 sm,
1:10000 masshtabida 1 m,
Demak joydagi boʻyi 20 sm boʻlgan predmetlarni 1: 5000 masshtabda chizilgan chizmada tasvirlab boʻlmaydi, chunki bu masshtabda joydagi boʻyi 50 sm boʻlgan boʻlaklar chizmaga 0,1 mm kattalikda tushadi, ya`ni nuqta shakliga ega boʻladi degan xulosa chiqarish mumkin. Xuosa qilib aytganda chizma masshtabida 0,1 mm ga toʻgʻri keladigan chiziqli kesma uzunligi masshtabning grafikaviy aniqligi ekan.
Normal koʻndalang masshtabdan foydalanib, teskari masala yechish ham, ya`ni chizmadan olingan boʻlaklarni masshtabga qoʻyib chiziqlarning joydagi uzunligini aniqlash ham mumkin.
Buning uchun sirkul oyoqlarini biron bir chizmada aniqlanadigan oraliqqa mos qilib ochib masshtab boyicha qoʻyiladi va uning chap ignasini masshtabning chetki chap asosida boʻlishi uchun oʻng ignasini qaysi vertikal chiziq boʻylab siljitish lozimligi aniqlanadi. Bu chiziq topilgach, sirkul bilan masshtab asosidan birin – ketin yuqoriga qarab bir paralleldan keyingisiga koʻchirib boriladi. Bunda chap igna chetki chap asosning koʻndalang chiziqlaridan biriga tushmaguncha oʻng igna oʻsha vertikalda turishi kerak. Sirkulning oʻng ignasiga qarab masshtab asosidan butun sm lar chap ignasiga qarab sm ning oʻndan bir va yuzdan bir ulushlari hisoblab chiqiladi. Buning uchun masshtab asosini bilish lozim.
Xususan masshtab asosi quyidagilarga mos keladi:
1:500 soniy masshtabida ……………………… 10 m,
1:1000 soniy masshtabida ……………………… 20m,
1:2000 soniy masshtabida ……………………… 40 m,
1:5000 soniy masshtabida ……………………… 100 m,
1:10000 soniy masshtabida ……………………… 200 m,
Koʻndalang masshtab− grafik shaklida koʻrsatiladi (3 – rasm).
Masalan: 3–rasmda, 1:5000 soniy masshtabi uchun tatbiqan oʻlchab qoʻyilgan146,0 m li boʻlak koʻrsatilgan.


Download 72,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish