Mavzu: Tolali optik raqamli aloqa tizimlarini loyihalashtirish. To’lqin uzunligi bo’yicha multipleksorlangan optik aloqa tizimini loyihalashda sifat mezonlari Bajardi: Qodirov



Download 472 Kb.
bet1/4
Sana18.04.2022
Hajmi472 Kb.
#561667
  1   2   3   4
Bog'liq
Qodirov Mahmudning 2-Mustaqil ishi




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"Telokomunikatsiya" fakulteti
“Optik aloqa tizimlari fanidan”

Mavzu: Tolali optik raqamli aloqa tizimlarini loyihalashtirish. To’lqin uzunligi bo’yicha multipleksorlangan optik aloqa tizimini loyihalashda sifat mezonlari

Bajardi: Qodirov.M


Qabul qildi: Nurmurodov.J.X


SAMARQAND-2022
Mavzu: Tolali optik raqamli aloqa tizimlarini loyihalashtirish. To’lqin uzunligi bo’yicha multipleksorlangan optik aloqa tizimini loyihalashda sifat mezonlari
Reja:
Kirish.
Asosiy qism:


  1. Tolali optik raqamli aloqa tizimlarini loyixalashtirish va sifat mezonlari.

  2. Optik aloqa tizimlari va tarmoqlarida o’lchash usullari haqida.

  3. Optik uzatish linyalarini o’lchashda qo’llaniladigan refloktometrlar va spektroanalizatorlar va ularda o’lchash usullari.



Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.
Uzatish liniyasini loyihalashda quyidagi masalalar echiladi:

  • Uzatish liniyasining trassasini tanlash;

  • Oxirgi va oraliq punklarning ijtimoiy-iqtisodiy xarakteristikalari;

  • Talab etiladigan kanallar sonini asoslash va hisoblash;

  • Regeneratsiyalash punktlarini joylashtirish va boshqalar.

Uzatish liniyasining trassasini tanlash texnologik loyihalash normalariga muvofiq izlanish jarayonlarida amalga oshiriladi. Trassa uzunligi minimal bo‘lishi kerak. Trassaning shaxardan tashqaridagi qismi avtomobil yo‘llari bo‘ylab, o‘pirilish va cho‘kish bo‘lmasligi uchun qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan erlar, shuningdek kemiruvchi xayvonlar bo‘lmagan erlar bo‘ylab o‘tishi kerak. Loyihalashda turli xildagi er osti kommunikatsiyalarning, yuqori voltli liniyalarning va elektr temir yo‘llarining joylashuvini hisobga olish kerak. Trassaning mos keluvchi ob’ektlar bilan kesishuvi va yaqinlashuvini loyihalash normativ xujjatlarda aniqlanadi.
Aholi punktlarida trassa asosan mavjud yoki loyihalashtirilayotgan kabelli kanalizatsiya bo‘ylab, tonnellarda va ayrim xollarda erda o‘tishi kerak. Trassa bo‘ylab punktlar orasidagi masofa izlanishlar jarayonida aniqlanadi. Bunda trassaning bir necha variantlari tanlanadi, ular eng afzal variant deb tanlangan uzatish liniyasining xolat plani ko‘rinishida aks ettiriladi.
Elektrik hisoblashlar uchun punktlar orasidagi masofa, trassaning to‘g‘ri emasligini va ularni aylanib o‘tishda kabel bukilishlarini hisobga oluvchi, kabel uzunligi bo‘yicha aniqlanadi. Odatda kabellar uzunligi mos keluvchi trassa uchastkasi uzunligidan oshadi. Normativ zapaslar mos keluvchi uchastka uzunligidan o‘rtacha 2% ni tashkil etadi.
Kabelli liniya trassasi shunday tanlanadiki, xamma punktlarni (loyihalash topshirig‘ida ko‘zda tutilgan) aloqa bilan ta’minlashda inshootlarga va uzatish liniyasining ekspluatatsiyasiga sarf etiladigan xarajatlar minimal bo‘lishi kerak.
Trassaning optimal variantini tanlash quyidagi me’zonlar bo‘yicha olib boriladi:

  • qurilishga minimal kapital xarajatlar;

  • minimal ekspluatatsiya xarajatlari;

  • xizmat ko‘rsatish qulayligi.

Ko‘rsatilgan me’zonlarni qoniqtirish uchun trassa berilgan punktlar orasida eng qisqa masofa va qurilishni murakkablashtiruvchi va qimmatlashtiruvchi, to‘siqlarning eng kam soniga ega bo‘lishi kerak
Suvli to‘siqlarni kesib o‘tish uchun eng kichik kenglikka ega joy tanlanadi.
Ko‘rilgan variantlarning qiyosiy taxlil natijalari jadval ko‘rinishida rasmiylashtiriladi, tomonlar yo‘nalishi va masshtab ko‘rsatilgan kartadan nusxa olinadi va shartli belgilar qo‘yiladi.
Oxirgi va oraliq punktlarning ijtimoiy-iqtisodiy xarakteristikalari, tanlangan oxirgi va trassada joylashgan oraliq punktlar orasida aloqaning tashkil etilishini asoslash uchun zarur.

Download 472 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish