Bozor izlovchi TTXI esa muayyan mamlakat yoki mintaqa iste’mol bozorlarini egallashni maqsad qilib qo‘yadi. Bu turdagi investitsiyalarni kirituvchi korxonalar odatda o‘z mahsulotlariga bo‘lgan joriy yoki kelgusi talabga javoban uy xo‘jaliklari uchun zarur iste’mol va sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bozor izlovchi TTXI ko‘pincha himoyalovchi harakterga ega bo‘lib, korxonalar tomonidan qabul qiluvchi mamlakatdagi import to‘siqlarini aylanib o‘tish maqsadida amalga oshiriladi. Bu turdagi investitsiyalar olib kiruvchi investor uchun resipiyent mamlakatdagi liberal savdo siyosati muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |