Mavzu: Tog’ sharoitining avtomobil transportiga ta’siri.
O`zbekiston va qo`shni davlatlar yo`l sharoitlarining tahlili shuni koprsatadiki, bu joylarda avtomobil transportini uchta maxsus sharoitlarda ishlaydi:
- issiq, tro‘ik iqlimga yaqin sharoitda;
- tog`li hududlarda;
-dengizsathidan 2800..5000 metrgacha balandlikda joylashgan yo`llardagi baland
tog`li dovonlarda.
Tog`lar va balandliklar etagida qurilgan avtomobil yo`llari 1500-2000 m va undan yuqori baland-
liklargacha koptarilib, keyin esa qiyaliklar va egri-bugriliklar bilan tushadi. Bunday yo`llar quyidagi
omillar bilan ajralib turadi:
- katta bo`ylama qiyaliklar (10-12%);
- baland-‘astliklar (1 km da 10 tadan ortiq);
- egri-bugriliklar (1 km da 15-18 tadan ortiq);
- kichik radiusdagi burilishlar (8-10 m);
- etarli bo`lmagan yo`l kengligi;
- yo`lning o`nqir-cho`nqirligi;
- masofaning yomon koprinishi.
Qayd qilingan omillar avtomobilning chidamliligiga ta`sir qilib, transportning qiyin
harakatlanishiga, tezlikning pasayishiga, transport xarajatlarining oshishiga va yo`l-transport
hodisalari tez-tez ro`y berishiga sabab bo`ladi.
Tog` sharoitlarining o`ziga xos xususiyatlari avtomobil ishida bir qator o`zgarishlarga olib
keladi. Avtomobil janubiy tog` tizimlarida va dovonlarda ishlaganda, unga asosan issiq o`zgaruvchan
havoning harorati va changligi ta`sir koprsatadi. SHuning uchun TXK da yonilg`i va moy quyila-
yotganda uning tozaligini ta`minlash va moylash tizimidagi filtrlarga katta e`tibor berish kerak.
CHunki buzilishlarning 70-80% shu tizimlarga to`g`ri keladi.
Issiq tog` sharoitlarida transmissiya va koptarish tizimlarida ishlatiladigan moylar tez eskiradi,
chunki havoning namligi va yuqori issiqlikning ta`siri hamda chang oksidlanish jarayonida katalizator rolini o`ynaydi. Bunday vaqtlarda oksidlanish va zanglashga qarshi qo`shimchalar qo`shilgan hamda
quyuqroq moylar ishlatilishi tavsiya etiladi. Tez-tez tormozlanish va kichik radiusda burilishlar natijasida shinalar juda tez yemiriladi.
Yo`l sharoitining murakkabligi tufayli ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, tormoz tizimi ju-
da ko‘p ishlatiladi, rul mexanizmiga ta`sir etuvchi kuch tez oshib boradi, buning natijasida ular detal-
larining yemirilishi oshadi hamda qotirilgan joylar bo`shab boradi.
Baland dovonlardagi havoning namligi ta`sirida avtomobil detallari, mexanizmlari,
agregatlari, kabina, kuzov qismlari zanglay boshlaydi. Dengiz sathidan 2500 m balandroq (Tog`li
Badaxshonga o`tadigan yo`l dengiz sathidan 3000 m balandlikda joylashgan bo`lib, shu yo`l kesib
o`tadigan dovonlar balandligi 5000 m ga yetadi) joylardagi havo bosimining pastligi (havoning
siyrakligi) dvigatcl quvvatini keskin kamaytirib yuboradi. Bu avtomobilning ish unumini pasaytiradi
va yuk tashish tannarxini oshiradi. Havo zichligi kam sharoitlarda avtomobilda to`xtash, ta`minlash,
yondirish tizimlarining ishlashida ham o`zgarishlar yuzaga keladi.
YUqorida qayd qilinganlarning hammasi bu sharoitlarda avtomobillardan foydalanilganda
boshqarish mexanizmlari, yoritish anjomlari va ogohlantirish asboblari katta e`tiborda bo`lishini
hamda qotirish ishlarini tez-tez bajarib turish kerakligini taqozo etadi.
Buning uchun TXK dan avval diagnoztika ishlarini o`tkazish shart hamda TXK va JT
me`yorlariga sharoitga qarab tuzatish kiritish zarur.
Agarda sovutish tizimida suv qo`llanilsa tezda quyqa hosil bo`ladi, bu o`z navbatida is-
siqlik almashishini yomonlashtiradi, dvigatel qizib ketadi, uning quvvati, iqtisodiy koprsatkichlari va
buzilmaslik xususiyatlari kamayadi. Bu sharoitlarda buzilishlarning 6% gachasi sovutish tizimiga
to`g`ri keladi.
Dvigatelning me`yoriy ishlashini ta`minlash uchun sovutish tizimida 50 markali antifriz va
Tosol-40 hamda sovutish suyuqligi uzluksiz harakatlanib turuvchi «yo‘iq sovutish tizimi»ga ega
bo`lgan avtomobillardan foydalanish tavsiya qilinadi. Ilojsiz hollarda sovitish tizimiga qaynatilgan
(ya`ni yumshatilgan) suv qo`yish tavsiya qilinadi.
Avtomobillar issiq iqlim va tog` sharoitlarida ishlaganda ulaming texnik holati bilan bir
qatorda, haydovchilarning ish sharoitlariga ham alohida e`tibor berish lozim.
Ilmiy izlanishlar shuni koprsatadiki, yoz kunlarida avtomobillar kabinalaridagi harorat yuk
avtomobillarida 50...60°C gacha, avtobuslarda esa 70°C gacha koptarilib ketadi. Bu haydovchilarning
ishlashida qiyinchiliklar tug`diradi. Buning ustiga, ko‘p va keskin burilishlar, yuqoriga chiqish va
keskin pastga tushishlar, uzatma dastasining holatini tez-tez o`zgartirishlar, haydovchining char-
chashi ishlash qobiliyati kamayib ketishiga sabab bo`ladi. Undan tashqari, yoritish chiroqlarining
tog` sharoitlariga moslashmaganligi avtomobil boshqarishni og`irlashtiradi va ko‘p holatlarda yo`l-
transport hodisalari yuz berishiga olib keladi.
Tog` yo`llaridagi nishabliklar («128-55» nomerli me`yoriy hujjatga asosan V sinfdagi
yo`llarda) 10 % dan oshmasligi kerak.
Avtomobillar bunday nishabliklarda ishlaganda albatta haydovchiga juda ko‘p marta uzatmalar
dastagi holatini o`zgartirishga to`g`ri keladi. Bunday sharoitda tepaga chiqish paytlarida dvigatel
zo`riqib ishlasa, pastga tushishida transmissiya agregatlariga og`irlik tushadi. Avtomobillar «to`g`ri
uzatma» holatida esa odatdagidan ancha kam harakat qiladi.
Avtomobil 345 km yo`l bosib o`tganda uzatma dastagining holati 536 marta o`zgartirilgan, shu
yo`ldan faqatgina 15% ini avtomobil uzatmasi to`g`ri uzatish holatida yurgan. Bunday holatda albat-
ta dvigatel va boshqa agregatlar karterlaridagi moylar qizib ketadi. Bu esa zichlamalarning ishdan
chiqishiga, moy mahsulotlari qovushqoqligining kamayib ketishiga olib keladi.
Tog` yo`llarida avtomobillarning tormoz tizimlari juda og`ir sharoitda ishlaydi. Dovondan
tushish paytlarida tormoz tizimi doimo ishlatilib turilishi sababli qizib ketadi, natijada g`ildirak disk-
larining harorati «GAZ-53A» avtomobilida 400...450°C gacha, «ZIL-130» avtomobilida esa
250...3500 C gacha koptarilib ketadi. Bu esa o`z navbatida, g`ildiraklarda zichlamalar va ishchi tormoz
mexanizmi rezina manjetlarini ishdan chiqaradi.
Bundan tashqari, g`ildiraklarning sovushi uchun avtomobil dovondan tushgach, kamida 20
km yo`l yurishi kerak, demak bu oraliqda haydovchi tormoz mexanizmidan to`la foydalana
olmaydi, chunki g`ildirak diskining harorati 350...400°C bo`lganda avtomobilni to`xtatish yo`li
me`yoridagidan 3 barobar ortiq bo`ladi.
Foydalanilgan internet saytlari:
www.ziyo.net
www.fayllar.org
www.kitob.uz
www.kitobxon.com
Do'stlaringiz bilan baham: |