Mavzu: Tog’ sharoitining avtomobil transportiga ta’siri



Download 18,23 Kb.
Sana04.04.2022
Hajmi18,23 Kb.
#527247
Bog'liq
Avtomobillarni sinash 1-mustaqil ish


Mavzu: Tog’ sharoitining avtomobil transportiga ta’siri.
O`zbekiston va qo`shni davlatlar yo`l sharoitlarining tahlili shuni koprsatadiki, bu joylarda avtomobil transportini uchta maxsus sharoitlarda ishlaydi: 
- issiq, tro‘ik iqlimga yaqin sharoitda; 
- tog`li hududlarda; 
-dengizsathidan 2800..5000 metrgacha balandlikda joylashgan yo`llardagi baland
tog`li dovonlarda.
Tog`lar va balandliklar etagida qurilgan avtomobil yo`llari 1500-2000 m va undan yuqori baland-
liklargacha koptarilib, keyin esa qiyaliklar va egri-bugriliklar bilan tushadi. Bunday yo`llar quyidagi 
omillar bilan ajralib turadi: 
- katta bo`ylama qiyaliklar (10-12%); 
- baland-‘astliklar (1 km da 10 tadan ortiq); 
- egri-bugriliklar (1 km da 15-18 tadan ortiq); 
- kichik radiusdagi burilishlar (8-10 m); 
- etarli bo`lmagan yo`l kengligi; 
- yo`lning o`nqir-cho`nqirligi; 
- masofaning yomon koprinishi. 
Qayd qilingan omillar avtomobilning chidamliligiga ta`sir qilib, transportning qiyin 
harakatlanishiga, tezlikning pasayishiga, transport xarajatlarining oshishiga va yo`l-transport 
hodisalari tez-tez ro`y berishiga sabab bo`ladi. 
Tog` sharoitlarining o`ziga xos xususiyatlari avtomobil ishida bir qator o`zgarishlarga olib 
keladi. Avtomobil janubiy tog` tizimlarida va dovonlarda ishlaganda, unga asosan issiq o`zgaruvchan 
havoning harorati va changligi ta`sir koprsatadi. SHuning uchun TXK da yonilg`i va moy quyila-
yotganda uning tozaligini ta`minlash va moylash tizimidagi filtrlarga katta e`tibor berish kerak. 
CHunki buzilishlarning 70-80% shu tizimlarga to`g`ri keladi. 
Issiq tog` sharoitlarida transmissiya va koptarish tizimlarida ishlatiladigan moylar tez eskiradi, 
chunki havoning namligi va yuqori issiqlikning ta`siri hamda chang oksidlanish jarayonida katalizator rolini o`ynaydi. Bunday vaqtlarda oksidlanish va zanglashga qarshi qo`shimchalar qo`shilgan hamda 
quyuqroq moylar ishlatilishi tavsiya etiladi. Tez-tez tormozlanish va kichik radiusda burilishlar natijasida shinalar juda tez yemiriladi. 
Yo`l sharoitining murakkabligi tufayli ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, tormoz tizimi ju-
da ko‘p ishlatiladi, rul mexanizmiga ta`sir etuvchi kuch tez oshib boradi, buning natijasida ular detal-
larining yemirilishi oshadi hamda qotirilgan joylar bo`shab boradi. 
Baland dovonlardagi havoning namligi ta`sirida avtomobil detallari, mexanizmlari, 
agregatlari, kabina, kuzov qismlari zanglay boshlaydi. Dengiz sathidan 2500 balandroq (Tog`li 
Badaxshonga o`tadigan yo`l dengiz sathidan 3000 m balandlikda joylashgan bo`lib, shu yo`l kesib 
o`tadigan dovonlar balandligi 5000 m ga yetadi) joylardagi havo bosimining pastligi (havoning 
siyrakligi) dvigatcl quvvatini keskin kamaytirib yuboradi. Bu avtomobilning ish unumini pasaytiradi 
va yuk tashish tannarxini oshiradi. Havo zichligi kam sharoitlarda avtomobilda to`xtash, ta`minlash, 
yondirish tizimlarining ishlashida ham o`zgarishlar yuzaga keladi. 
YUqorida qayd qilinganlarning hammasi bu sharoitlarda avtomobillardan foydalanilganda 
boshqarish mexanizmlari, yoritish anjomlari va ogohlantirish asboblari katta e`tiborda bo`lishini 
hamda qotirish ishlarini tez-tez bajarib turish kerakligini taqozo etadi. 
Buning uchun TXK dan avval diagnoztika ishlarini o`tkazish shart hamda TXK va JT 
me`yorlariga sharoitga qarab tuzatish kiritish zarur. 
Agarda sovutish tizimida suv qo`llanilsa tezda quyqa hosil bo`ladi, bu o`z navbatida is-
siqlik almashishini yomonlashtiradi, dvigatel qizib ketadi, uning quvvati, iqtisodiy koprsatkichlari va 
buzilmaslik xususiyatlari kamayadi. Bu sharoitlarda buzilishlarning 6% gachasi sovutish tizimiga 
to`g`ri keladi. 
Dvigatelning me`yoriy ishlashini ta`minlash uchun sovutish tizimida 50 markali antifriz va 
Tosol-40 hamda sovutish suyuqligi uzluksiz harakatlanib turuvchi «yo‘iq sovutish tizimi»ga ega 
bo`lgan avtomobillardan foydalanish tavsiya qilinadi. Ilojsiz hollarda sovitish tizimiga qaynatilgan 
(ya`ni yumshatilgan) suv qo`yish tavsiya qilinadi. 
Avtomobillar issiq iqlim va tog` sharoitlarida ishlaganda ulaming texnik holati bilan bir 
qatorda, haydovchilarning ish sharoitlariga ham alohida e`tibor berish lozim. 
Ilmiy izlanishlar shuni koprsatadiki, yoz kunlarida avtomobillar kabinalaridagi harorat yuk 
avtomobillarida 50...60°C gacha, avtobuslarda esa 70°C gacha koptarilib ketadi. Bu haydovchilarning 
ishlashida qiyinchiliklar tug`diradi. Buning ustiga, ko‘p va keskin burilishlar, yuqoriga chiqish va 
keskin pastga tushishlar, uzatma dastasining holatini tez-tez o`zgartirishlar, haydovchining char-
chashi ishlash qobiliyati kamayib ketishiga sabab bo`ladi. Undan tashqari, yoritish chiroqlarining 
tog` sharoitlariga moslashmaganligi avtomobil boshqarishni og`irlashtiradi va ko‘p holatlarda yo`l-
transport hodisalari yuz berishiga olib keladi. 
Tog` yo`llaridagi nishabliklar («128-55» nomerli me`yoriy hujjatga asosan V sinfdagi 
yo`llarda) 10 % dan oshmasligi kerak. 
Avtomobillar bunday nishabliklarda ishlaganda albatta haydovchiga juda ko‘p marta uzatmalar 
dastagi holatini o`zgartirishga to`g`ri keladi. Bunday sharoitda tepaga chiqish paytlarida dvigatel 
zo`riqib ishlasa, pastga tushishida transmissiya agregatlariga og`irlik tushadi. Avtomobillar «to`g`ri 
uzatma» holatida esa odatdagidan ancha kam harakat qiladi. 
Avtomobil 345 km yo`l bosib o`tganda uzatma dastagining holati 536 marta o`zgartirilgan, shu 
yo`ldan faqatgina 15% ini avtomobil uzatmasi to`g`ri uzatish holatida yurgan. Bunday holatda albat-
ta dvigatel va boshqa agregatlar karterlaridagi moylar qizib ketadi. Bu esa zichlamalarning ishdan 
chiqishiga, moy mahsulotlari qovushqoqligining kamayib ketishiga olib keladi. 
Tog` yo`llarida avtomobillarning tormoz tizimlari juda og`ir sharoitda ishlaydi. Dovondan 
tushish paytlarida tormoz tizimi doimo ishlatilib turilishi sababli qizib ketadi, natijada g`ildirak disk-
larining harorati «GAZ-53A» avtomobilida 400...450°C gacha, «ZIL-130» avtomobilida esa 
250...3500 C gacha koptarilib ketadi. Bu esa o`z navbatida, g`ildiraklarda zichlamalar va ishchi tormoz 
mexanizmi rezina manjetlarini ishdan chiqaradi. 
Bundan tashqari, g`ildiraklarning sovushi uchun avtomobil dovondan tushgach, kamida 20 
km yo`l yurishi kerak, demak bu oraliqda haydovchi tormoz mexanizmidan to`la foydalana 
olmaydi, chunki g`ildirak diskining harorati 350...400°C bo`lganda avtomobilni to`xtatish yo`li 
me`yoridagidan 3 barobar ortiq bo`ladi. 

Foydalanilgan internet saytlari:



  1. www.ziyo.net

  2. www.fayllar.org

  3. www.kitob.uz

  4. www.kitobxon.com

Download 18,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish