Tosh taxlamlari hosil qilish uslubi. Kon zarbalariga xavfli sharoitlarda lahimlar o‘tishda keng qo‘llaniladi. Lahimlar tirgovichli keng yo‘lak shaklida o‘tiladi, chunki chiqadigan ko‘p miqdordagi jinslar to‘ldiriladi. Tirgovichlarning kengligi har bir tomonda o‘rganilayotgan qatlamning qalinligidan 3-6 marta katta qilib olinadi.
Bu uslub kon zarbalarining oldini olish uchun emas, balki zarba sodir bo‘lganda odamlar va uskunalarni samarali himoyalash uchun mo‘ljallangan. YAsalgan jinsli tirgovichlar zarba kuchini sindirib lahimni buzishidan saqlaydi.
I-lahim o‘tish davrida; II-tog‘ jinsining siljish jarayoni tugagan davrda; 1-nishablik; 2-tog‘ jinslaridan xosil qilingan devor.
Kamuflet va tebranma portlatish uslubi.
Kamuflet portlatish o‘zining zaryadini ichki ta’siri bilan ajralib turadi, bunda massivning ichida tog‘ jinslarining bo‘shoqlanishi, zaryadning kesishidan darzliklar hosil bo‘lishi va yumshatilgan jinslarning lahimga otilib ketmasligi xarakterlidir.
Tebranma portlatishda esa zaryadning ichki ta’siri tog‘ jinslarini bo‘shoqlantirmaydi. Bu portatishda energiyaning asosiy qismi zaryadlarning kesishini natijasida massivda elastik tebranishlar hosil qilishga sarf bo‘ladi. Kamuflet va tebranma portlatishlarning samarasi zaryadlarning muvofiq konstruksiyasini tanlash, PM larning turlicha parchalashi, to‘plamdagi shpurlarning ketma-ket portlashida ko‘rinadi.
Zaryadlarning kamuflet portlashida massivning kavjoy oldi qismida kuchlanish konsentratsiyasining pasayishi ro‘y beradi, tayanch bosim zonasi massiv ichkarisida aralashib ketadi, massivning kavjoy oldi qismidagi kuchlar tekis taqsimlanadi. Massivning egilgan qismidagi darzliklarning bo‘shoqlanishi va bo‘linishi lahim tomonda kon bosimlari yoki otilib chiqishlar namoyon bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.
Tebranma porlatishda kuchlanishning statik maydoniga dinamik kuchlanishlarni qo‘yadi, ya’ni chegaraviy kuchlanishni oshishiga olib keladi va kon zarbalari yoki otilib chiqishlarni qo‘zg‘atadi.
Bunday hollarda katta miqdordagi energiya ajratmasdan turib portlatish kuchi bilan kon zarbalarini aniqlanish darajasini boshqarish mumkin, shu jumladan, kutilgan vaqtda, nisbatan katta bo‘lmagan kuchlar yordamida kon zarbalarini chiqarish, bunda kon lahimlarida jiddiy buzilishlarni yuzaga keltirmay amalga oshirish mumkin.
Kamuflet va tebranma portlatishlar jinslar va gazlarning otilib chiqishiga qarshi kurashish uchun etarli emas, shiplarda qulashlarni yuzaga keltiradi, otilishlarning qo‘zg‘alishidan bo‘shliqlar hosil qilish, kechikkan portlashlar xavfi, kon ishlari ritmini buzilishi, eng asosiysi qazish ishlarini o‘tish uchun maqul kelmaydi.
Kon zarbalari va otilib chiqishlarga qarshi kurashishda mahalliy tadbirlardan yana bir gidravlik usul qo‘l keladi. Gidravlik usullar ichida eng diqqatga sazovor ishlari massivning kavjoy oldi qismini past bosimda namlash, gidroyuvish, gidroyumshatish va gidrosiqish hisoblanadi.
Mahalliy uslublarni samarali qo‘lashda massivning kavjoy oldi oblastida kuchlanishni pasayishi odatda seysmoakustik aktivlikni kamayishi bo‘yicha nazorat qilinadi, buning uchun seysmoakustik kuzatishlar olib boriladi.
Xulosa
Burg‘i quduqlari lahim kavjoyidan perpendikulyar holatda yuqori kuchlanishli zonani kesib o‘tguna burg‘ilanadi. Burg‘i qudug‘i atrofida chegaraviy kuchlanish holatidagi oblast vujudga keladi. Agar burg‘i quduqlari etarli zichlikda burg‘ilanib, bu oblastni o‘zaro qamrab olsa, natijada massivning kavjoy oldi qismi u yoki bu darajada buziladi. Bir vaqtning o‘zida burg‘i qudug‘i orqali qizg‘in gazsizlantirish ro‘y beradi. YUqori konsentratsiyali kuchlanish zonalari massivning ichkarisida aralashib ketadi. Ko‘pgina xollarda, yuqori samarali gazsizlantirish talab qilinsa, lahim devori tomondan yo‘nalishli chegaralovchi ilgarilanma burg‘i quduqlari o‘tiladi. Bu hududlar atrofdagi massivning kuchlanish holatini nisbatan kam o‘zgartiradi, lekin gaz bosimini pasaytirishni o‘ta qizg‘in ta’minlaydi, ya’ni gazsizlantirish jarayonini aktivlashtirishni amalga oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |