Moslanuvchanlik. Sistema amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi
mumkin. Resurslar majmuasi OS effektivligi va samaradorligini oshirish maqsadida
ko`paytirishi yoki kamaytirilishi mumkin.
7.
Kengaytiruvchanlik. Evolutsiya jarayonida OS ga yangi fizik va
dasturiy resurslar qo`shilishi mumkin.
8.
Aniqlik. Foydalanuvchi sistema interfeysi darajasidan pastda sodir
bo`ladigan jarayondan bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi
sistema haqida qancha bilgisi kelsa shuncha bilish imkoniyatiga ega bo`lishi kerak.
Bu holatda interfeys sistemasida qabul qilingan qoida va fizik qurilmalar ulanishi va
o`zaro bog`liqligining funksional xarakteristikasi asosida amalga oshiriladi.