Mehrob ravog‘i va bag‘ali muqarnas kosachalar bilan to‘ldirilib, zarhal berilgan hamda Qur’on oyatlaridan olingan bo‘rtma yozuvlar bilan hoshiyalangan. Eshiklar murakkab naqsh va yozuvlar bilan yog‘och o‘ymakorligida pardozlangan. Hovli sahni (50x50 m)ga marmar yotqizilgan. Atrofidagi hujralarga eshik, tobadonlariga panjaralar ishlangan. 1930-yillarda bu yerda maxsus ustaxona tashkil etilib, koshinlarning qadimiy rangini topish yo‘lida tadqiqot ishlari olib borilgan. Inshootning uslubiga keladigan bo‘lsak, Sharq me’morchiligini o‘zida mujassamlashtirgan, gumbazsimon, “Chor” uslubida qurilgan. Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomonlaridan biri shundaki, dastlab u Yalangto‘shbiy Bahodirning kichik maqbarasi nomi bilan atalganligiga qaramay xalq orasida Tillakori nomi bilan mashhur bo‘lgan. Bundan tashqari, dastlab madrasaning o‘rnida Mirzoyi karvonsaroyi bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |